gram news
Sarvinozdan chizgilar channel avatar

Sarvinozdan chizgilar

@sarvinoz_omonova

• Ruhiy qo'llab-quvvatlovchi postlar • Hozirgi davrning psixologik analizi • Kitob, film va seriallar tavsiyasi Psixolog Sarvinoz Omonova Konsultatsiyaga yozilish uchun: @ps_sarvinoz_omonova Kurs va leksiyalar: @sara_kurslar Instagram: sarvinoz.umar

ProjectsUZPsychology

2,320subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Sarvinozdan chizgilar

    9 Sept, 19:06

    Oxirgi kunlarda ruhiy charchoq zabt etdi. Yarim kun boʻlsayam dam olgim kelyapti.Ijtimoiy tarmoqlarda boshqa onalarning hikoyalariga solishtirganimda qizim na qiyin chaqaloq, na “sovgʻa” bola ekanini tushunyapman. Kolik degan baloga yoʻliqmadik, yengil kun ham boʻlmadi, disxeziya qiynab turadi. Kechqurunlari yaxshi uxlashimiz mumkin, lekin kunduzi joyimdan qimirlay olmay quchogʻimda uxlataman. Ehtiyojlarini anglab, tez qondirganimda deyarli yigʻlamaydi Barno. Uygʻonganidan keyin 10-20 minut oʻzi sokin yotgan holda atrofni yoki meni kuzatib oʻtiroladi.Menimcha yonimda yaqinlarim boʻlsa ancha oson boʻlardi. Kuniga umumiy 2 soat kimdir qarab turolsa ham ancha qulaylashardi kundalik hayot.Tugʻgandan keyin yengillashib bir dunyo narsalar qilib tashlamoqchi edim, endi burnout boʻlmasam boʻldi deb turibman. Emigratsiyada uzoq yillar yashab, yurtingdagi yosh bolali dugonalaringning
    5753015Open in Telegram
  • Sarvinozdan chizgilar

    30 Aug, 10:23edited

    Yozni ham tugatvoldik amallab. Yozning oʻrtasida tugʻishni hech kimga maslahat bermayman, kimdir reja qilmoqchi boʻlsa😄Homiladorlikning oxirgi ikki oyi juda ogʻir oʻtgandi, “depressiyada edimmi?” deb oʻylab qolaman. Har kuni yomon kayfiyatda uygʻonar, haftada 2-3 marta yigʻlab olardim. Koʻngilni koʻtarish uchun har kuni nimadir oʻylab topishdan ham charchab ketardim.Tugʻgandan keyin esa issiq havo tufayli ishtahasizlik, kunduzi sayrga chiqolmaslik qiynab yubordi.Kuzni har doim katta hayajon bilan kutib olardim. Bu safar qizim bilan sayrlar qilish va kuzni koʻproq his qilishim mumkinligidan kuchliroq entikyapman. Hozir Barno atrofga katta qiziqish bilan qaraydigan boʻlgan, shunga tez-tez sayr qildirgim kelyapti.Qiziquvchan odamlarni, odamlarda qiziquvchanlikni koʻrishni yaxshi koʻraman. Farzandli boʻlishni istashimning eng katta motivi — bolamga dunyoning qanchalar qiziq ekanini
  • Sarvinozdan chizgilar

    12 Aug, 15:41edited

    Qizim bir oylik boʻldi. Tezroq shu muddat toʻlsin deb kutgandim — bir-birimizga moslashib olish, jismonan tiklanish, onalik vazifalarimda oʻzimga ishonch his qilish uchun. Shunday boʻldi ham, lekin qiynalib yetib keldik.Homiladorlik yukidan, tugʻruq azobidan xalos boʻlishing bilan dam olmay turib, hayot tarzingni oʻzgartirib yuboradigan yana bir ulkan vazifa bilan yuzlashish kerakligi uchun ham onalikning ilk oyi — juda qiyin. Ha, uyqusiz tunlar, ovqat yeyish va hojatga chiqishga imkon boʻlmasligi, emizish qiyinchiliklari haqida eshitgansan, bilasan. Lekin eshitish boshqa, boshdan oʻtkazish boshqa.Kimningdir yordamisiz chaqaloqni parvarish qilish qoʻrqitardi, eplay olganimizdan xursandman. Lekin bu davrda er va ayoldan tashqari hamma uy ishlarini boʻyniga oladigan yana bir kishi juda kerak ekanini tushundim — onaning fiziologik ehtiyojlari vaqtida qondirilishi uchun.Bugun ertalab
    2,7609417Open in Telegram
  • Sarvinozdan chizgilar

    6 Aug, 09:54edited

    Terapevtik ta’sirga ega bilimlar olishni, oʻzingizga gʻamxoʻrlik berishni istasangiz — avval oʻtgan kurslarimga nazar tashlab koʻring🙌🏻 Bugun va ertaga (6-7-avgust) hammasiga 20%lik chegirma bor.@sara_kurslar kanaliga har bir kursim haqida ma’lumot joylaganman.Sotib olish uchun @ps_sarvinoz_omonova akkauntimga murojaat qiling.
  • Sarvinozdan chizgilar

    3 Aug, 11:37edited

    Ishlashga deyarli imkonim boʻlmagan paytda qanday qilib kuchli diqqat bilan ishlash haqida kitob oʻqiyapman — Cal Newportning “Purdiqqat” nomli kitobini.Undagi bir fikr oʻzim oxirgi paytlarda qoʻllab yurgan usulga tasdiq boʻldi. “Uygʻoq boʻlgan hamma vaqtingizda internetda u yoqdan bu yoqqa yarim ongli ravishda sovrilish oʻrniga zehningizni mazmunli narsalar bilan mashgʻul qilsangiz, kunni ancha qoniqarli holatda yakunlab ertangi kunni yaxshiroq dam olgan ahvolda boshlaysiz”. Bunga ingliz yozuvchi Arnold Bennetning shu gaplarini biriktiradi: “odamning aqliy imkoniyatlari qiyin ishlarni uzluksiz davom ettirishga mosdir; qoʻl yoki oyoq singari charchamaydi. Aqlning yagona ehtiyoji oʻzgarish va yangilanishdir, dam olish emas — albatta uyqu istisno”.Oqshom tushganidan keyin “boʻldi, kech boʻlganda ishlamay” deb intellektual faoliyatlarni toʻxtatish odatim bor edi bir necha yil davomida.
  • Sarvinozdan chizgilar

    1 Aug, 17:40edited

    Avvallari men: Uyda bir kun ham oʻtirolmayman, har kuni ishlarimni qilgani bitta kafega borishdan ham bezor boʻldim! Sayohat xohlayman!Hozir men: Bugun dushga kirolgandim/ovqatlanolganim/qahva tayyorlab icholganim uchun xursandman! Koʻchaga chiqishim umuman shart emas!Maslou piramidasining eng pastida oʻrmalayapman xullas😁
    2,47092253Open in Telegram
  • Sarvinozdan chizgilar

    1 Aug, 12:05

    Psixolog boʻlib ishlaganda shunaqa koʻnikmalar shakllanadi: tanqid qilish oʻrniga odamning xulq-atvorini kuzatish va sabablar haqida fikrlash, maslahat berish oʻrniga qabul qilishga urinish. Yillar davomida odatiy hayoting shunaqa boʻlsa, keyinchalik nimadir sabab boʻlib tanqid va maslahatlar muhitiga tushib qolganingda juda asabiy boʻlib qolishing tayin.Shungami, homiladorlik va tugʻruqni Turkiyada oʻtkazishni istab kelganman. Bu yerdagi davlat shifoxonalariga unchalik ham ishonmas edim, lekin xizmat koʻrsatish kutganimdan ancha yaxshi boʻlib chiqdi. Hamma tekshiruvlar-u tugʻruq jarayonida shifokor va hamshiralar juda xushmuomala edi (“canım” deb murojaat qilardi ba’zilari). Bosim, tanqid, ayblov, maslahatlar boʻlmadi sira.“Tabiiy onalik” degan yondashuv bor. Bunda ona va bolaning organizmi, ruhiyatiga hurmat bilan qaraladi, koʻp jarayonlarning tabiiy boʻlishiga harakat qilinadi,
  • Sarvinozdan chizgilar

    30 Jul, 12:03

    Birinchi haftada chaqalogʻim juda yuvosh, onalik esa kutganimdan yengil tuyulayotgan edi. Kunduzgi 2-3 soatlik uyqulari davomida ishlarimni qivolishga ulgurayotgandim. Keyin esa “toʻrtinchi trimestr”ni his qila boshladim…Bola tugʻilganidan keyingi uch oy “toʻrtinchi trimestr” deyiladi. Bu paytda goʻdakka ona qornidagi muhitni yaratish — koʻp quchoqda olib yurish kerak. Zero buni oʻzi talab qilib oladi. Yoshi kattalar “quchoqqa/hidingga oʻrgatma” deyishadi, lekin inson bolasi tugʻilganida eng himoyasiz va qaram holatda boʻladi, ona bagʻri eng muhim ehtiyoji boʻladi. Emotsional-kognitiv rivojlanishi, keyinroq mustaqil va oʻziga ishongan boʻlishi uchun chaqaloq ilk uch oyda koʻp quchoqda boʻlishi kerak, undan keyin ham agar buni istasa.Hozir kuni boʻyi qizim bilan boʻlishga toʻgʻri kelyapti. Kunduzgi uyqulari juda yuzaki, zoʻrgʻa uyquga ketganida u-bu ishlarimni qilay deb endi
  • Sarvinozdan chizgilar

    23 Jul, 17:39

    Biz taraflarda yomgʻir yogʻdi bugun. Yoz yomgʻiri — tabiatning boshqa holatlaridan koʻra kuchliroq ta’sir qiladi ruhiyatga. Chunki bir-biridan deyarli farqsiz va cheksiz tuyuladigan issiq yoz kunlariga tanaffus e’lon qilib, tabiatning boshqacha boʻlishi mumkinligi, biz ham boshqacha boʻlishimiz, boshqa hislar va holatlarni boshdan oʻtkaza olishimiz mumkinligini koʻrsatadi.Qiziming dunyoga kelishi — men uchun yoz yomgʻiriday boʻldi. Tashqaridan qolipsiz va turli-tuman koʻrinsa-da, bir xil hislar, intilishlar, xavotirlardan iborat kunlarim — markazi karyeraviy oʻylarni tashkil qiladigan hayotim toʻxtadi. Bundan ozgina boʻlsayam qaygʻuda emasman.Hozircha faqat uyqusida jilmayib qoʻyadigan qizim ilk oʻn kunda shuncha sevinch bergan boʻlsa, keyin qancha yoqimli hislar beradi, bilmayman. Butun ruhiyatim va tanam shu odamchaning ehtiyojlariga qaratilishiga nafaqat ogʻrinmaslik, balki
    2,600589Open in Telegram
  • Sarvinozdan chizgilar

    19 Jul, 20:30

    Farzand ko'rish deganda 3 bosqichli yo'l keladi tasavvurimga: homiladorlik, tug'ish va bola parvarishi. Shulardan tug'ish — meni umuman xavotirga solmagan narsa edi. Tug'ruq azobi haqidagi hikoyalar qulog'imning bir chekkasidan chetlab o'tar, "chidasa bo'ladigan azobdir", "menda yengil o'tar" deb qo'yardim.Bunaqa o'ylaganim bir tomondan xavotirsiz yurishimni ta'minlagan bo'lsa, boshqa tomondan tug'ruqqa yetarlicha (o'zi yetarli ekanini bilib bo'ladimi?) tayyorgarlik ko'rmasligimga sabab bo'ldi."Yuragim yorilib, o'lib qolaman hozir" degan o'y keldi dard chekish jarayonida. Boshidan oxirigacha tabiiy tug'ruq bo'lishini xohlagandim, lekin jarayonni tezlashtiradigan amallar (stimulyatsiya va b.) qilishdi va bu og'riqlarimni yana-da kuchaytirdi deb taxmin qilyapman. Tongdan tungacha davom etgan to'lg'oqlarning oxiri hech qachon kelmaydiganday tuyuldi. Qizim tug'ilgach, azoblarim
    2,990751911Open in Telegram
  • Sarvinozdan chizgilar

    16 Jul, 11:00

    Toʻrt kun oldin qizimiz Barno tugʻildi — hayotimdagi eng katta tuhfa🤍 Shirin hislar selida oqib yuribman
    3,14020429Open in Telegram
  • Sarvinozdan chizgilar

    2 Jul, 18:47

    1-tremestrda kitoblarga qaragim kelmay qolgandi, rasm ham chizolmay qolgandim. Nima qilishni bilmay, oxiri “Taxt oʻyinlari” serialini koʻrishni boshlagandim — qish atmosferasiga mos deb.Qonli zoʻravonlik sahnalari juda koʻpligidan zoʻrgʻa 2-sezonning yarmigacha koʻroldim. Oʻta qiziq ham tuyulmadi. Mendaylar bormi shu serialni koʻrolmagan?
  • Sarvinozdan chizgilar

    2 Jul, 18:23

    Shu yozni ventilyator qarshisida Ferrantening uzundan-uzun romanlarini oʻqib oʻtkazmoqchiman.Hozirgi kunlarim oʻsmirlik, oʻspirinlik yillarimdagi yozlarni eslatyapti. Uydan chiqib boradigan joyim boʻlmasdi — choʻl oʻrtasidagi kichik shaharda hech qanday koʻngilochar joy yoʻq edi. Ba’zan jaziramada ancha uzoqdagi kutubxonaga borib kelardik dugonam bilan — shu yagona quvonchimiz edi. Kitoblarga shoʻngʻirdim majburan.Turkchada juda koʻp qiziq kitoblar borligiga va turk tilini bilishimga shukr qilyapman shu kunlarda.
  • Sarvinozdan chizgilar

    28 Jun, 13:10

    🥒IYUL oyi obunasi nimalarni qamrab oladi:🔴Oʻziga ishonchni shakllantirish/kuchaytirish boʻyicha kognitiv xulq-atvor terapiyasi texnikalari (postlar)🔴”Erkinlik” mavzusida video-leksiya. Erkinlik ehtiyoji nega ba’zi odamlarda kuchli boʻladi va erkinlik qafasga aylanishi mumkinmi — shularga javob qidiramiz🔴Qiyin kliyentlar bilan ishlash boʻyicha audio-podkastlar🕺 Bundan tashqari, avvalgi 4 oyga taalluqli obuna materiallarini ham koʻrib chiqishingiz mumkin!Klubga ilk oy a’zo boʻlish narxi — 470 ming soʻm, obunani davom ettirmoqchi boʻlsangiz — keyingi har oy 320 ming soʻmdan.📖 28,29,30-iyun va 1-2-iyul kunlari toʻlov qilib a’zo boʻlishingiz mumkin. Buning uchun
  • Sarvinozdan chizgilar

    28 Jun, 13:04

    Bir oyda 2-3 ta mavzuga shoʻngʻishni yaxshi koʻraman. Bu odatim litsey davridan qolgan. Har oyni menga qiziq boʻlgan bitta yozuvchi va bitta shoirga bagʻishlab, ularning asarlari bilan tanishib chiqardim.Hozir psixologiya boʻyicha shuni boshqalar bilan birgalikda qilyapman. “Ongosti gʻavvoslari” klubimda har oy bitta terapevtik yoʻnalishni koʻrib chiqamiz, boshqa qiziq mavzularda ham leksiya va podkastlar boʻladi.Bunday formatning qanday afzalliklari bor: ✔️Nimani oʻrgansam ekan, deb har xil manbalarni titkilab informatsiyadan bukib qolmaysiz ✔️Bitta yondashuvga oid kerakli manbalar (kitoblar, bloglar tavsiyasi) ega boʻlasiz va istagan paytingizda yana chuqur oʻrganishingiz mumkin. ✔️Qanday sharoitda va holatda ekaningizga qarab, informatsiyani turli koʻrinishlarda (matn, audio, video)
  • Sarvinozdan chizgilar

    27 Jun, 17:08

    Oʻzini yosh boladay his qilish“Mendan boshqa hamma odam kattaday, qanday yashashni, nima qilishni biladiganday. Oʻzimni haliyam ulgʻaymagan, kichik his qilaman” — shunaqa hissiyot boʻladimi sizda?Buning sabablaridan biri —nartisstik travmadir. Bunday travmasi bor kishi bolaligidan oʻzini tuzatishi, oʻzgartirishi, boshqacha boʻlishi kerakligi hissi bilan yashaydi. Oʻzini tuzatish uchun esa koʻpincha idealidagi odamlarni qidiradi va ularning fikrlariga koʻra yashaydi. Bu ideal odamlar koʻpincha yuqori professionallik va obroʻga ega, keskin fikrlaydigan, oʻziga katta ishonch bilan gapiradigan kishilardir.Oʻzini yosh boladay his qiladigan kishida qanchalik koʻp “toʻgʻri” yashash borasidagi qoidalarni oʻzlashtirsa — shunchalik ulgʻayishi hissi boʻladi. Bu teskari natijaga olib keladigan illyuziyadir. Atrofini yuqoriroq malaka, obroʻ, natijalarga ega odamlar bilan toʻldirgan kishi uyat
  • Sarvinozdan chizgilar

    27 Jun, 11:20

    Oʻtgan yili yozda ertalablari juda yoqimsiz ahvolda uygʻonardim: burnim oqib, tinmay aksirib, koʻzim yoshlanardi. Kunning birinchi qismida konsultatsiya oʻtsam, qiynalib ketardim bu simptomlarni tiyib turaman deb.Biror narsaga allergiyam bor shekilli degan taxmin bilan oʻzimni kuzata boshladim. Bir necha haftadan keyin har safar kafeda yuqoridagi holatim kuchayishini sezib qoldim. Yozda muzli qahvani konditsioner ostida emas, issiq joyda ichishni xohlaganim sabab kafelarning tashqi qismida oʻtirardim. 10-15 minutdan keyin koʻzim achishishni boshlardi. Bu atrofdagilarning segaret chekkanidan paydo boʻlgan tutunni hidlaganimdan ekan.Bir kunda kamida 3-4 soat sigaret tutuni yutar ekanman. Tamaki chekib turgan kishilardan uzoqlashishni boshlagach, ahvolim birdan yaxshilandi.Turkiyada haddan ziyod koʻp sigaret chekishadi. Kafelarning tashqarisida tutundan oʻtirib boʻlmaydi.
    2,410267Open in Telegram
  • Sarvinozdan chizgilar

    25 Jun, 16:28edited

    Oʻz tajribasini universal deb hisoblashKoʻpincha optimistik va intuitiv harakat qilganim uchun boshqalarning maslahatiga quloq solib yashamaganman. Lekin homiladorlik, chaqaloq parvarishi — boshqarish, oldindan taxmin qilish qiyin boʻlgan vaziyat. Psixika tinchlanish uchun boshqalarning tajribasiga quloq tutishni istaydi. Boshqa tomondan, soʻralmagan maslahatlar va hikoyalar ham yogʻilib kelaveradi.Ona boʻlish arafasida yosh onalarni kuzata boshladim va shu narsani payqadim: oʻzining tajribasini universal deb hisoblashga moyillar anchagina va kamdan-kam kishi “menda shu narsa shunaqa holatga olib keldi va qiynaldim, senda boshqacha boʻlsin”, “balki seniki boshqacha boʻlar” deydiganlar esa juda kam. Yoki “menga shu narsalar yordam berdi, senga ham yordam beradi deb kafolatlolmayman” degan gapni eshitish amrimahol.Hammaning psixik resurslari, organizmi, moddiy vaziyati, atrof-muhiti
  • Sarvinozdan chizgilar

    22 Jun, 18:51

    Qoʻlimga boʻyoq ololgan kunim — baxtli kunim🪽
    2,3607555Open in Telegram
  • Sarvinozdan chizgilar

    19 Jun, 18:46

    Terapiya oʻtishni boshlaganimda psixologlik kasbini romantizatsiya qilardim. Dunyodagi eng ajoyib kasb edi nazarimda.Bir-bir yarim yildan beri esa kasbimdan separatsiya boʻla boshladim. Ya’ni uning qiyinchiliklari, noqulayliklarini payqash va isyon qilishga oʻtdim. Bu menga hech qanday zarar keltirmadi, aksincha — reallikni yaxshiroq his qilish koʻnikmam ishlarimni rivojlantirdi, oʻzimni qadrlash kuchaydi, daromadim oshdi.Bugun “Ongosti gʻavvoslari” klubim uchun psixologlarning muammolari haqida video-leksiya yozdim. Unda: • O'zini doim analiz qilish • O'zini doim nazorat qilish • Nartsissizm • Bir taraflama yaqinlik • Zid ko'rsatmalar • Ko'p narsa bilish • O'ziga va boshqalarga kasallik yorlig'ini yopishtirish • Yopiqlik • Charchoq • Pul masalalari yoritilgan.Psixologlar koʻpincha oʻzidagi muammolar haqida gapirishdan uyalishadi. Bu kasbga yaxshi daromad manbasi sifatida
    2,790244Open in Telegram