gram news
Sarvar Zaynutdinov channel avatar

Sarvar Zaynutdinov

@savdo_bolimi

Bu yerda Sotuv Bo'limi qurish, biznesda o'sish uchun olgan insight'larim va albatta shaxsiy fikrlarim haqida yozaman. Sotuv bo’limi auditi / Konsultatsiya uchun: @sarvarzaynutdinov_admin

ProjectsUZBusiness

1,770subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Sarvar Zaynutdinov

    22 Sept, 18:37

  • Sarvar Zaynutdinov

    20 Sept, 10:17

    Eng xavfli gaplardan biri — “ertaga qilaman.”Chunki hayotimizni katta xatolar emas, ko‘pincha shu “ertaga”lar sekin-sekin yeb bitiradi.Ertaga boshlayman. Ertaga gaplashaman. Ertaga o‘zgaraman. Ertaga ibodatimni to‘g‘rilayman. Ertaga ota-onamga vaqt ajrataman. Ertaga oilam bilan ko‘proq bo‘laman.Lekin bizda aniq bor narsa — faqat bugun.Kecha o‘tib ketdi. Ertaga kelishiga esa hech kim kafolat bermagan.Shuning uchun yaxshi ishni ham, muhim qarorni ham, insoniy va diniy vazifalarimizni ham imkon qadar bugunga qo‘yish kerak ekan.Nafsning eng chiroyli aldovi ham shu bo‘lsa kerak:
  • Sarvar Zaynutdinov

    19 Sept, 17:29

    Ko‘pincha biz o‘zimiz haqimizda noto‘g‘ri fikrda yuramiz.“Man ko‘p ishlayman.” “Pulni bekorga sarflamayman.” “Vaqtim yo‘q.” “Intizomliman.” “Oilamga yetarlicha vaqt ajrataman.”Bularning hammasi to‘g‘ri bo‘lishi mumkin.Lekin tekshirib ko‘rmaguncha — bu faqat bizning fikrimiz.Bir hafta vaqtingizni yozib boring — “vaqtim yo‘q” degan gap qayerdan kelayotganini ko‘rasiz.Bir oy pulingizni yozib boring — pul qayerga g‘oyib bo‘layotgani bilinadi.Kun davomida telefonni necha marta ochganingizni ko‘ring — diqqatingiz qayerga ketayotganini tushunasiz.Haftada yaqinlaringiz bilan necha soat sifatli vaqt o‘tkazganingizni hisoblang — “oilaparvarman” degan fikrni ham tekshirib ko‘rish mumkin.
  • Sarvar Zaynutdinov

    19 Sept, 15:45

  • Sarvar Zaynutdinov

    19 Sept, 06:29

  • Sarvar Zaynutdinov

    19 Sept, 05:35

  • Sarvar Zaynutdinov

    18 Sept, 05:00

    Natija chiqmayaptimi? Avval sistemangizni emas — shu formulani tekshiring.Natija = Kalibr × Muhit × Sistema × Vaqt• Kalibr — bosim, risk va mas'uliyatga chiday olish. Sinmaslik. • Muhit — ustozlar, sheriklar, jamoa. Xonadagi eng aqlli bo'lib qolsangiz — o'sish shu yerda to'xtaydi. • Sistema — bozor, biznes-model, strategiya, tuzilma. • Vaqt — natijani kutish va bitta nuqtadan urish.Qaysi biri nolga teng bo'lsa — natija ham nol.Kuchli odam zaif muhitda — o'sish yo'q. Kuchli odam, kuchli muhit, lekin kichik bozor va past marja — bir umr mayda savdoda qoladi. Hammasi borda, lekin natijani kutolmaydigan — besh joyga birdan uradi, hammasi yarim qoladi.Bugun o'zingizga bitta savol: qaysi omilim eng zaif? O'shani oshirish bilan kunni boshlang.Ertaga Samarqandda offline seminar bo'ladi. Qo'shmoqchi bo'lsangiz — @sarvarzaynutdinov_admin ga yozing.
    TelegramSarvar Zaynutdinov| Admin 1Sotuv bo'limi tizimlashtirish bo'yicha ekspert Sarvar Zaynutdinov rasm
  • Sarvar Zaynutdinov

    16 Sept, 05:35

    Hech qachon yutmas ekanmiz.Biz kimdandir biror ish qilib berish evaziga pul olamiza.Ishni 100% qildikmi, 99% qildikmi — agar pul berayotgan odam qilgan ishimizdan norozi bo‘lib, ichida og‘rinib pul bersa, qancha pul olsak ham nimadir noto‘g‘ridek tuyularkan.Man oxirgi paytlarda bitta narsani ko‘proq tushunyapman:Pulning miqdoridan tashqari, rozilik ham juda muhim ekan.Xizmat sohasida ishlasak, mijozdan pul olayotganda:“Ishimizdan rozimisiz?”degan savolni o‘zimizga ham, mijozga ham berib turish kerak ekan.Huddi shu narsa xodim sifatida ishlaganimizda ham bor.Korxonadan ma’lum vazifalarni bajarish evaziga oylik, KPI yoki bonus olamiza.
  • Sarvar Zaynutdinov

    15 Sept, 07:02

    Depressiya har narsa qo‘limizda deb o‘ylaganimizda paydo bo‘ladi.Man hozir aynan o‘zim tushungan bir narsani yozmoqchiman.Hozirgi zamonda instrument juda ko‘p.Qanday pul topish. Qanday biznesni o‘stirish. Qanday to‘g‘ri yashash. Qanday oilani mustahkam qilish. Qanday qarzdan chiqish. Qanday baxtli bo‘lish.Hamma narsaga texnika bor. Kitob bor. Kurs bor. Podkast bor. Formula bor.Bularni o‘rganganimiz sari sekin bitta xato fikr paydo bo‘ladi:
  • Sarvar Zaynutdinov

    14 Sept, 13:59

    https://youtu.be/CzflpzTtq1A?t=1010
    YouTubeTravmalar bizni hasadgoy va baxtsiz qilib qoymoqdaOvozda kamchiliklar bor shuning uchun sizlardan uzur so'raymiz, maroqli hordik va do'stlarga yuborib qo'yishni unutmang. 00:00 Tizer va Kirish qism 05:15 "Boyning bolasi" bo‘lib, pulsiz tarbiya topish saboqlari 09:20 "Yaxshi bola sindromi": Yo‘q deyolmaslik…
  • Sarvar Zaynutdinov

    14 Sept, 13:42

    Sotuv bo’limingizdagi muammolarni real keys asosida hal qilamiz.Samarkand shahrida 19-sentyabr kuni offline seminar.Ro’yxatdan o’tish
  • Sarvar Zaynutdinov

    7 Sept, 14:06

  • Sarvar Zaynutdinov

    7 Sept, 12:47

  • Sarvar Zaynutdinov

    2 Sept, 19:07

    NATIJA QO‘LIMIZDAMI?Bir rivoyatda aytilishicha, bir ovchi daraxtda sayrab turgan bulbulni tutib olibdi.Bulbul unga: — Mani qo‘yib yuborsangiz, sizga bir sir aytaman. Shu daraxtning kovagida bir xum tilla bor, — debdi.Ovchi borib qarasa, rostdan ham tilla bor ekan.Shunda ovchi kulib: — Ey bulbul, shuncha aqlli bo‘lib, daraxtning ichidagi tillani ko‘ribsan-u, oldingdagi mani kattakon to‘rimni ko‘rmadingmi? — debdi.Bulbul: — Ovchi aka, kerilmang. Alloh shu to‘rga tushishimni yozgan bo‘lsa, qanchalik ziyrak bo‘lmay, baribir tusharkanman-da, — degan ekan.Bu rivoyatning tarixiyligini bilmayman.Lekin uning ichidagi ma’noga juda yaqin bir hadis bor.Rasululloh ﷺ aytganlar: agar Allohga haqiqiy tavakkul qilsangiz, U sizni qushlarni rizqlantirgandek rizqlantiradi — ular ertalab och chiqib, kechqurun to‘q qaytadi. (Sunnah⁠)
    SunnahSunan Ibn Majah 4164 - Zuhd - Sunnah.com - Sayings and Teachings of Prophet Muhammad (صلى الله عليه و سلم)‘Umar said: “I heard the Messenger of Allah (ﷺ) say: ‘If you were to rely upon Allah with the reliance He is due, you would be given provision like the birds: They go out hungry in the morning and come back with full bellies in the evening.”
  • Sarvar Zaynutdinov

    24 Aug, 10:35

    Aziz aka Rahimov oxirgi podkastlarida natijaga rozi bo‘lishlik haqida juda zo‘r tushuntirib berdilar.Bir loyihada A maqsad qo‘yildi, lekin oxirida u maqsadga yetib borilmadi. Bunda biz to‘g‘ri qarashda natijaga rozi bo‘lishimiz kerak deb aytamiz.Bir narsani to‘g‘ri tushunishimiz kerak: biz faqat natijaga rozi bo‘lishimiz kerak, ya’ni natija bizdan emas, bu bizga yozilgan qadar edi.Lekin sababiyat bizdan edi. Ya’ni qarorlar ixtiyorimizda edi. Biz qanchalik sababiyatini to‘g‘ri qila oldik? Sababiyatini qilishda to‘g‘ri yondashdikmi, to‘g‘ri qildikmi? Bizning ixtiyorimizdagi ishlarni bajara oldikmi? Mana shundan biz norozi bo‘lishimiz kerak bo‘ladi.Natijaga rozi bo‘lganda shukr ortadi, baraka bo‘ladi. Sababiyatga rozilik boshlangan joydan esa comfort zone boshlanadi.Sababiyatga norozilik — bu bizni natijaga olib chiqadi.Sababiyatni to‘liq qilish bu 24/7 ishlash emas, 24/7 shu
  • Sarvar Zaynutdinov

    23 Aug, 13:47

    Trenajyor zaliga chiqmasdan yoki chiqib ham trener aytganini qilmasdan:“Natija bo‘lmadi, trener yaxshi emas ekan”deyish qanchalik to‘g‘ri?Doktor dori yozib berdi, siz ichmadingiz.Keyin:“Doktor yaxshi emas ekan.”Biznesda vazifa berdingiz, lekin nazorat qilmadingiz.Keyin:“Xodimlar ishlamaydi.”Bizda bir qiziq odat bor.
  • Sarvar Zaynutdinov

    19 Aug, 13:56

    Bir paytlar kontent uchun yaxshi kamera va chiroyli montaj yetadi deb o‘ylardim.Keyin tushundim: video odamni dastlabki soniyalarda ushlab qolmasa, qolganining ahamiyati kamayadi.Hozir kontentdagi eng qimmat narsa — e’tibor.Odamni scroll qilishdan to‘xtatish. Oddiy mavzudan qiziq syujet chiqarish. Reklamani kontentdek ko‘rsatish.Shuning uchun bizga shunchaki mobilograf emas, Content Maker / Mobilograf kerak.“Bugun video olish kerak” desak, “qanaqa video?” deb kutib turmaydigan.O‘zi g‘oya topadigan. Hook o‘ylaydigan. Kadrni his qiladigan. Telefonini olib, fikrni videoga aylantiradigan.Bizga trendni shunchaki ko‘chiradigan emas, uni biznesga moslashtira oladigan odam kerak.
  • Sarvar Zaynutdinov

    17 Aug, 10:35

    🚀 Daromadingizni natijangiz belgilashini xohlaysizmi? Unda bu imkoniyatni qo’ldan boy bermang!MFaktorning Jalinga loyihasi jamoasiga Sotuv Menejeri qidirmoqda.💰 Maosh: • Fiks oylik — 2 500 000 so’m • KPI asosida qo’shimcha daromad📅 Ish grafigi: • 6/1 • 10:00 – 18:00📍 Manzil: Yakkasaroy tumani📌 Talablar: • Sotuv sohasiga qiziqish; • Kuchli kommunikatsiya va muzokara olib borish ko’nikmasi; • Mas’uliyatli va natijaga yo’naltirilgan bo’lish; • Jamoa bilan ishlay olish.
  • Sarvar Zaynutdinov

    16 Aug, 16:55

    Hich e’tibor berganmisiz?Navigator bilan ketvossiz. Noto‘g‘ri joydan qayrilib qoldiz.U sizga:“San xato qilding.” “Man aytgandim-ku.” “Gapimga kirmading.”demaydi.Shunchaki:“Yo‘nalish qayta tuzilmoqda.”deydi.Qiziq-a?
  • Sarvar Zaynutdinov

    14 Aug, 05:10

    30 yoshga yaqinlashganda hayotingdagi ko‘p narsalarga ikkinchi marta qaray boshlarkan odam.Oldin maqsad juda tushunarli edi.Pul topish kerak. Uy olish kerak. Mashina olish kerak. Oila qurish kerak. O‘zingni isbotlash kerak.Yugurasan.Keyin bir kuni qarasang, oldin juda katta tuyulgan narsalarning ayrimlari senda bor.Lekin ichingda g‘alati savol paydo bo‘ladi:“Xo‘sh, endi-chi?”Menimcha, 30 yosh atrofidagi eng qiziq o‘zgarish ham shu.