gram news
Shohzod Polatov | ScaleUp channel avatar

Shohzod Polatov | ScaleUp

@scaleupuz

Marketolog | Tadbirkor Marketingni biznesga aylantirish haqida yozaman Bog‘lanish: @shohzodpolatov

ProjectsUZBusiness

2,990subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Shohzod Polatov | ScaleUp

    22 Sept, 04:35

    Oxirgi marta qachon bir soat hech narsa qilmagansiz?Safarning 11-kuni. Yo'l chetida o'tiribman, qo'limda turk choyi. Telefon jim. Hech kim kutmayapti, hech qayerga kechikmayapman. Bir soat shunchaki o'tdi.20 yoshimda bu soat menga azob bo'lardi. Unda bitta qoida bor edi: itdek ishlash kerak. Bo'sh qolgan har daqiqa - yo'qotilgan pul, ortda qolish, aybdorlik. Dam olish deganda faqat uyquni tushunardik. Shuni ham to'liq eplay olmasdik.34 yoshda o'sha bir soat topilgani - boylik. Dangasalik emas, boylik.Chunki boylikni pul bilan emas, bo'sh vaqt bilan o'lchash kerak. Ertangi kuningizni kim hal qiladi: sizmi yoki har kuni borayotgan ishxonangizmi? Agar ishxona bo'lsa, daromadingiz qancha bo'lishidan qat'i nazar, siz hali boy emassiz. Siz qimmat xodimsiz.Itdek ishlash yoshlikda to'g'ri edi. Xato - uni umrbod qoida deb o'ylashda.Bo'sh vaqtdan xijolat bo'lgan odam hali boy emas. U h
    81337874Open in Telegram
  • Shohzod Polatov | ScaleUp

    18 Sept, 04:36

    Bizni haqiqiy energiya bilan to‘ldiradigan va hayotga qaytaradigan barcha manbalar - BepulEnergiyamizni qayta tiklaydigan bepul manbalar: ⚪️Bomdoddan keyingi sayr - ruhni tinchlantiruvchi eng musaffo havoda qilingan harakat;⚪️To‘g‘ri vaqtdagi va sifatli uyqu - tananing eng tabiiy tiklanish jarayoni;⚪️Kunlik 3L toza suv - hayotiy quvvat va tozalik manbayi;⚪️Ortiqcha va keraksiz ovqatlardan voz kechish - tanaga yengillik beruvchi vosita.Biz ba'zan energiyamizni qimmatbaho narsalardan, qandaydir pullik xizmatlar yoki buyumlardan izlaymiz. Lekin pullik narsalar sog‘lig‘imizni ham, yo‘qolgan ichki quvvatimizni ham qayta ishlay olmaydi.Yashash va qayta kuch yig‘ish uchun eng zarur bo‘lgan barcha ne'matlar bizga bepul berilgan. Faqat ulardan to‘g‘ri
    1,230video32442Open in Telegram
  • Shohzod Polatov | ScaleUp

    10 Sept, 09:23

    Agar ko'proq daromad olishni istasangiz, shunchaki narxlarni oshirishni to'xtating - mijozlar darajasini oshiring.Men buni o'z tajribamdan tushunib yetdim. Yillar davomida bir xil odamlarga qimmatroq sotishga harakat qildim. Doimiy ravishda bitimlarni yo'qotdim, mavjud mijozlarni ushlab qolish uchun doim chegirmalar berdim. Bir kuni bozorni tahlil qilib, men ishlayotgan mijozlar auditoriyasi mening mehnatimni qadrlaydiganlar emas, balki «eng arzonini olaman» deydiganlar ekanligini bildim. Siz xuddi muz so'rab kelganlarga limonad sotayotgandeksiz.Men narxlarga bo'lgan qarashimni butunlay o'zgartirdim, chunki deyarli hech kim sizga buni aytmaydi. $500 lik mijoz $50 uchun tortishadi. $50 000 lik mijoz esa $5 000 uchun hatto ko'z ham yumib qo'ymaydi. Gap nafaqat raqamlarda - gap qaysi stolda, ya'ni qaysi maqsadli mijozlar auditoriyasida ekanligingizda. Arzon mijozlar har doim ham
    1,910201383Open in Telegram
  • Shohzod Polatov | ScaleUp

    8 Sept, 05:35

    2022-yilda ta’lim bozoriga kirganimda Abdulhamid va Humoyunni tanidim. Ular kichkina bo’lsa-da, kalla va ishga chanqoqligi bilan ajralib turardi. Ko’pincha ularni “maqsad yosh tanlamaydi” degan gapimning benchmarki sifatida gapiraman.Performance marketing mutaxassisi. U sohasidagi asosiy muammoni yozib chiqqan: ko’pchilik shuni bilmasligi tufayli loyihalarda kelishuvlardan norozi bo’lmoqda.https://t.me/abdulhamidyakubov/548
    1,530111Open in Telegram
  • Shohzod Polatov | ScaleUp

    7 Sept, 14:07

    Farzandingiz 12 yoshga kirganda unga qaysi sohani maslahat berasiz?Men shu savolga javob topolmay yuribman. Qizim 6 yosh, o'g'lim 4. Ular soha tanlaydigan yoshga yetguncha 6–8 yil bor. Bu muddat menga uzoq tuyulmayapti, chunki o'z mutahassisligimda bir yil ichida nima o'zgarganini ko'rib turibman.Loyihalarimda 15ga yaqin AI-agent ishlayapti. Hisobot yig'adi, raqobatchini kuzatadi, mijozga birinchi javobni beradi, jadvalni tozalaydi. Bu ishlarni ikki yil oldin stajyorga berar edik. Endi stajyor kerak emas. Kelgan kunidan agent bilan ishlay oladigan, ko'nikmasi tayyor odam kerak. Korxonalarga kirish eshigi yopilmadi, lekin ancha yuqoriga ko'chdi.Bizni ota-onamiz esa eski eshik uchun tayyorlagan. Onam aytardi: o'g'lim, universitetga kir, bo'lmasa ishsiz qolasan. O'sha davr uchun to'g'ri maslahat edi. Men 20 yoshimda akam bilan otamning videostudiyasini qabul qilib olib, hunar
    1,71018653Open in Telegram
  • Shohzod Polatov | ScaleUp

    2 Sept, 09:14edited

    AI davrida muvaffaqiyatning asosi - yuqori agentlik (high agency), ya'ni muammoni mustaqil payqash va uni AI yordamida hal qilish qobiliyatidir. Hozirda texnologiya bilan qurish xarajatlari keskin kamaygani sababli, asosiy to'siq "qanday qurish" emas, balki "nimani qurishni tanlash" bo'lib qoldi.Shu sababli, faqat buyruq kutuvchi ijrochilar emas, balki o'z vazifasi doirasidan tashqariga chiqib, tashabbus bilan qaror qabul qiladigan mutaxassislar eng katta qiymat yaratadilar. Kelajakda ierarxik tizimlardan ko'ra, xodimlariga avtonomiya va AI bilan tezkor ishlash imkonini beradigan kompaniyalar g'olib bo'ladi.ScaleUp | @scaleupuz
    1,770137Open in Telegram
  • Shohzod Polatov | ScaleUp

    1 Sept, 12:48edited

    Biznesda eng xavfli gap: Biz doim shunday qilib kelganmiz !Ko'p kompaniyalar muammolarni tizim yo'qligidan emas, balki eski usullarga juda uzoq yopishib olgani uchun to'plashadi. Bir paytlar yaxshi foyda bergan reklama, g'oya yoki sotuv strategiyalari vaqt o'tib shubhasiz haqiqatga aylanib qoladi. Lekin bozor va mijozlar o'zgaryapti, texnologiyalar o'sib boryapti, eski ish uslubi esa o'sha-o'sha qolyapti. Oqibatda, oldin kompaniyani muvaffaqiyatli qilgan narsalar endi uni yiqita boshlaydi.Boshqacha yo'l tutib ko'ring: Birinchidan, yillar davomida o'zgarmagan ish usullaringizni qaytadan ko'rib chiqing. O'zingizga oddiy savol bering: "Agar bugun ishni noldan boshlaganimizda, yana shunday qilgan bo'larmidik?".Ikkinchidan, odatni natijadan ajratishni o'rganing. Ish uslubini faqat o'rganib qolganingiz uchun saqlab qolmang. Agar u hali ham eng yaxshi natijani berayotgan bo'lsa,
    1,76074Open in Telegram
  • Shohzod Polatov | ScaleUp

    31 Aug, 10:06edited

    93% konversiya raqamini men marketingning yutug'i deb aytolmayman. 234 tashrifdan 217 shartnoma - bu marketing, qabul va o'qituvchilar bir zanjirda ishlagani uchun chiqdi.Bitta bo'lim yolg'iz zo'r ishlasa - bu ko'rsatkich. Hamma bo'lim birga ishlasa - bu natija.2-sentyabr: 1400 o'quvchi. O'yin hali tugagani yo'q.ScaleUp | @scaleupuz
    1,70021851Open in Telegram
  • Shohzod Polatov | ScaleUp

    31 Aug, 09:36

    Biznesni barbod qilishning eng tez yo‘li - unga to‘xtovsiz ravishda yangi KPI ko‘rsatkichlarini qo‘shishdir !Ko‘pgina tadbirkorlar nazoratni kuchaytirish uchun raqamlar ko‘p bo‘lishi kerak deb xato o‘ylashadi. Natijada har bir bo‘lim o‘zining alohida maqsadiga intiladi: marketing ko‘proq odam olib kelishi, sotuv bo‘limi tushumni ko‘paytirishi, call-centre esa muammolarni tezroq yopishi kerak bo‘ladi.Vaqt o‘tishi bilan xodimlar biznesning umumiy manfaatiga zarar yetkazsa ham, o‘z rejalarini bajarish yo‘lini topishadi. Marketing sotib olmaydigan sifatsiz mijozlarni yig‘adi, sotuvchilar katta chegirmalar hisobiga foydasiz bitimlar tuzadi, call-centre esa muammo hal bo‘lmasidan turib murojaatni yopib yuboradi. Hamma o‘z KPI ko‘rsatkichini bajaradi, lekin biznes baribir yutqazadi.Vaziyatni to‘g‘rilash uchun quyidagilarga amal qiling: ⚪️Har bir KPI-ni
    1,69012103Open in Telegram
  • Shohzod Polatov | ScaleUp

    30 Aug, 07:30edited

    Sotuvning birinchi qoidasi mijozga yoqish deb o’ylab yurdim. Yillar kerak bo’ldi tushunishimga: bu ikkinchi qoida ekan.Birinchisi boshqacha. Avval siz mijozni yoqtirasiz va buni unga sezdirasiz. Odam buni sezgan zahoti himoyasini o’zi tushiradi. Chunki bizni yoqtirgan odam bizga yomonlik qilmasligini ichimizda bilamiz.2024-yil fevral. Katta korxonaga suhbatga chaqirishdi. Boshqalar bunday paytda kompaniyani o’rganadi, men esa rahbarni o’rgandim. Qaror qabul qiladigan odam u edi, kompaniya emas.Bitta narsa topdim. Biz bir mahalladan ekanmiz.Suhbat quruq boshlandi. Savol, javob. Bir payt gap aylanib kelganda shu narsani aytdim. Rahbarning yuzi o’zgardi. Yarim soatga belgilangan suhbat to’rt soat davom etdi.O’sha yerda ikki yil ishladim. Keyin bilsam, u kishi hech kim bilan bunaqa ochiq gaplashmas ekan. Meni boshqalardan ajratib turgani na diplom, na tajriba. Bitta umumiy nuqta.
    1,640361095Open in Telegram
  • Shohzod Polatov | ScaleUp

    28 Aug, 10:34

    Iyunda 100 ga yaqin shartnoma. Iyulda 500. Avgustda 700 dan oshdi. Ko'pchilik bunday raqamni ko'rsa, birinchi bo'lib byudjetni so'raydi. Biz esa butun yoz davomida ikkita boshqa raqamni kuzatdik.Kelgan odamdan shartnomaga: iyunda 15%, iyulda 45%, avgustda 80%. Bir mijozning narxi: 1 250$, keyin 490$, keyin 92$.Bu yerda sehr yo'q. Iyunda biz ko'proq odam chaqirishga urinardik. Keyin savolni almashtirdik: nega kelgan odam ketib qolyapti. O'sha savolga javob topgan kunimizdan boshlab narx o'zi tusha boshladi. Mijoz narxi 13 barobar kamaydi. Endi rostini ayting. Sizda shu uchta raqam bormi. Oyma-oy, yozib qo'yilgan holda. Agar yo'q bo'lsa, siz biznesni boshqarmayapsiz, unga umid qilyapsiz.Bugun o'tiring va bitta oyni hisoblang. Bir soat yetadi. Ishoning, ko'rgan narsangiz sizni ancha vaqtga o'ylantiradi. O'sish ko'proq harakatdan emas, to'g'ri savoldan boshlanadi.Shu raqamlarni hali
    1,73020118Open in Telegram
  • Shohzod Polatov | ScaleUp

    27 Aug, 08:07edited

    Ta'tilga chiqsangiz, biznesingiz necha kun mustaqil yashaydi?Javobni aytmang. Shunchaki bir raqam o'ylang - post oxirida unga qaytamiz.20 yoshda akam bilan otamizning videostudiyasini qabul qilib oldik - keyinchalik u Shohona Creative Group bo'ldi. Aylanma o'sdi, jamoa kattalashdi. Lekin bitta narsa o'zgarmadi: har bir narx, har bir kelishuv men orqali o'tardi.Studiya o'sayotgandek tuyulardi. Aslida o'sayotgani men edim.Bu farqni Mustafa loyihamizni ochganimizda tushundim. Kafe men zalda bo'lsam ham, bo'lmasam ham ishlayveradi. Sodiq School'da ham shunday.Farq iste'dodda emas. Farq - tizimda.Mana bugun o'zingiz o'tkaza oladigan 4 ta tekshiruv: ⚪️Oxirgi haftada sizdan so'ralgan savollarni yozib chiqing: qaysi biri menga kelishi shart edi ? Yarmidan ko'pi shart bo'lmasa - sizda biznes emas, navbat bor. ⚪️Har bir
    2,00915653Open in Telegram
  • Shohzod Polatov | ScaleUp

    25 Aug, 13:24

    BYD Yevropa bozoriga eshikni kim orqali ochganini bilarmidingiz?7-may kuni Xitoy kompaniyasi bu reklamani e'lon qildi va ko'p muhokamalarga sabab bo'ldiXitoy tomoni uchun biz bilgan "ingliz 007 agenti" juda muvafaqqiyatli bo'ldi, pulini keragidan ortiq oqlagan bo'lishi kerakLekin, Angliya va shu atrofdagilarda g'alati savollar uyg'ongan. Masalan ba'zilar:Reklama haqida to'liqroq Kreativ reklamalar kanalida: https://t.me/+EPB_wSpoBDYzM2Zi
    1,930video13Open in Telegram
  • Shohzod Polatov | ScaleUp

    23 Aug, 07:02

    Oxirgi paytlarda o‘zim ham, atrofimdagi ko‘pchilik ham bir narsani - tinimsiz yugurish, ish va majburiyatlar girdobida aslida nima muhim ekanini unutib qo‘yayotganimizni juda qattiq his qilyapman. Shu mavzuda o‘qib, yuragimdan o‘tgan bir haqiqatni sizlar bilan bo‘lishgim keldi.Avstraliyalik hamshira Bronnie Ware umrining oxirgi haftalarini yashayotgan insonlar bilan ishlab, ulardan bitta savol so‘ragan:Hayotingizda nimadan afsuslanasiz ?Psixologik nuqtai nazardan qaraganda ham, bu insonlarning oxirgi daqiqalardagi e’tiroflari - biz bugun yo‘l qo‘yayotgan eng katta xatolarimizning xaritasi. Mana o‘sha eng kuchli 5 ta afsus:⚪️Boshqalar kutgan hayotni yashaganimiz. Eng katta og‘riq - o‘z orzularimizni chetga surib, jamiyat yoki yaqinlarimiz qoliplariga moslashib yashab o‘tish ekan. Odamlar ketish oldidan o‘z xohishlarini sinab ham ko‘rmaganidan
    2,2101744Open in Telegram
  • Shohzod Polatov | ScaleUp

    22 Aug, 13:40

    Harakatda sabrsiz bo’l, natijada sabrli.Ko’pchilik teskari qiladi. Boshlashda sabrli: - Hozir emas; - Yana o’ylab ko’ray; - Jamoa to’liq bo’lsin;Natijada sabrsiz: reklama 3 kun ishladi - foydasi yo’q; kontent 2 hafta chiqdi - ishlamas ekan;Shu bitta almashuv yillaringni yeydi. To’g’ri tartib: reja 70% aniq bo’lsa - bugun boshla. Boshlagandan keyin - natijaga o’z muddatini ber.Reklama haftalarda, kontent oylarda, ishonch yillarda pishadi. Bu muddatni sabrsizlik qisqartirmaydi - faqat buzadi.Kechikkan harakat uchun o’zingni jazola. Kutilayotgan natija uchun o’zingga vaqt ber.
    1,76019113Open in Telegram
  • Shohzod Polatov | ScaleUp

    20 Aug, 11:52edited

    Mutaxassisning asosiy valyutasi: IshonchMutaxassis uchun eng qimmatli aktiv - bu ishonch. Odamlar nima uchun Google / AI dan emas, aynan sizdan maslahat so‘rashadi ? Chunki ular sizning haqqoniyligingizni, bilmagan narsangizni bilaman demasligingizni yaxshi bilishadi. Bu ishonch esa ertaga real natija va daromadga aylanadigan yagona kapitaldir.Ishonch qanday qozoniladi? Marketing rahbari bo‘lib ishlagan davrimdagi bir voqea buni yaqqol ko‘rsatgan. Stolda 258.000$ reklama kampaniyasi loyihasi turardi. Rahbarga kirib aniq strategiyani aytdim: “Shu aktivlikni yoqsak, rejamizni 90% bajaramiz va asosiy hududlarda savdo ko’rsatkichlarini saqlab qolamiz.”Rahbar hisob-kitoblarga emas, ko‘zimga tikilib bitta savol berdi: “Agar effekt bermasa - zararga sherik bo‘lasanmi?”Bu moliyaviy xavfni o‘lchash emas, qat’iyatni sinash edi. Unga shunday javob berdim: “Zararga moddiy sherik bo‘lishim
    2,05015533Open in Telegram
  • Shohzod Polatov | ScaleUp

    18 Aug, 12:28

    2,1301281Open in Telegram
  • Shohzod Polatov | ScaleUp

    18 Aug, 02:12edited

    Eng qimmat qarorlaringiz qayerda tug’iladi?Oxirgi 5 yillik kuzatuvim: birorta ham strategik yechim operatsion shovqin ichida tug’ilmagan. Bironta ham. Menga tez-tez aytishadi: “Sizga mazza - shanba-yakshanba muammo bo’lsa ham yo’q bo’lib ketasiz.”Ha. Bir necha yildan beri ataylab shunday qilaman. Sabab oddiy: muammoning yechimini muammoning ichida turib topolmaysiz. Miya ham telefonga o’xshaydi - kesh to’lsa, qotadi. Xotira to’lsa, sekinlashadi. Farqi shundaki, telefonni tozalashni bilamiz, miyani esa yillab tozalamay ishlatamiz.Oxirgi 10 kunda ta’lim loyihalarimizda mutaxassislar bu mavsumda bozorni o’zgartirganimizni, og’riqni aniq topganimizni va natija ham shuni tasdiqlayotganini aytishdi. Ular bilmagan bitta narsa - bu g’oyalarning manbai qattiq mehnat emas, xotirjamlik edi.Ko’pchilik natijaga erisholmayotganining sababi mehnat kamligi emas. Xotirjamlik yo’qligi. 12 soat
    2,200346Open in Telegram
  • Shohzod Polatov | ScaleUp

    16 Aug, 04:10

    Yangi tanishuvlarda shunchaki eslab qolingan emas, yodda qoladigan suhbatdosh bo'lish uchun bir nechta oddiy qoidalarga amal qilish yetarli:⚪️ Hikoyani toping: Uchrashuvdan oldin suhbatdoshingizning rezyumesini emas, uni nima qiziqtirishini surishtiring. Suhbat bir joyda to'xtab qolsa, shu narsa qutqaradi. ⚪️Ko'proq tinglang: 80% tinglab, 20% gapiring. To'g'ri savollar yoqimli qiladi, o'zingiz haqingizda o'rinli gapirish esa yaqinlashtiradi. ⚪️100% e'tibor bering: Telefonni bir chetga surib, ko'z to'qnashtiring. Hayotda chinakam e'tibor ko'rganlar kam - shuning o'ziyoq esda qolishga yetadi. ⚪️Me'yorida ochiling: Qadriyat va qarashlaringiz haqida gapiring, lekin birinchi uchrashuvdayoq hamma sirni to'kib solmang. ⚪️Jonli
    2,1901611Open in Telegram
  • Shohzod Polatov | ScaleUp

    14 Aug, 06:39

    Ayyorlik yoki bosim bilan emas, balki faqat tushunish orqali qanday qilib sotishni 5 qadami:Birinchi qadam: gapirishni to'xtating. Og'zingiz ochiq ekan, hech narsa o'rgana olmaysiz.Ikkinchi qadam: haqiqiy muammoni toping. Ko'pchilik odamlar xohlagan narsasini emas, balki ularning tashvishlarini hal qiladigan narsani sotib olishadi.Uchinchi qadam: eshitganlaringizni takrorlang. Hammasini to'g'ri tushunganingizga ishonch hosil qiling. Aynan shu yerda ishonch tug'iladi.To'rtinchi qadam: gapirmang, ko'rsating. Taklifingiz ularning hayotini qanday osonlashtirishini aniq namoyish eting.Beshinchi qadam: "ha" deyishni osonlashtiring. Bosim o'tkazmang, shunchaki mantiqiy bo'ling.Scaleup | @scaleupuz
    2,170194Open in Telegram