Latest posts

Seul Global Markazidagi tajribam
30 Aug, 01:24
forwarded from @salomkorea
🎤 Murojaat xati bo'yicha jonli suhbatKoreyadagi yurtdoshlarimizning hayotini yana ham yaxshilash, yillar davomida qayta-qayta duch kelinaveradigan muammolarga tizimli yechim berish tashabbusi bo'yicha bir guruh faollar harakat qilishdi.Buning uchun avval fikr va takliflar qabul qilindi, o'rganildi va tahlil qilinib, Koreya tomoni hal qilib bera olishi mumkin bo'lgan eng asosiylari ajratib olindi.Muammo va takliflar keng yoritilib, asoslantirilib, katta rasmiy murojaat xati ko'rinishiga keltirildi va bu tashabbusni qo'llab-quvvatlagan Koreyadagi yurtdoshlarimiz nomidan tegishli davlat tashkilotlariga yuborildi.Mana shu tashabbus bo'yicha 2026.08.30 (yakshanba) kuni onlayn jonli suhbat o'tkazishni rejaladik.👉 Jonli suhbat qayerda bo'ladi? https://t.me/SalomKoreya?videochat Telegram guruhida.- Qachon bo'ladi? 20
Seul Global Markazidagi tajribam
27 Aug, 03:42
forwarded from @koreyaadvokatura
D-2 TALABALIK VIZASI QOIDALARIDAGI O‘ZGARISHAmalga kirish sanasi: 2026-yil 3-avgustdan boshlabHomiladorlik, tug‘ruq yoki 1 yoshgacha bo‘lgan farzandini parvarish qilish sababli universitetdan rasmiy akademik ta’til olgan xorijlik ayol talabalar D-2 vizasini saqlab qolgan holda Janubiy Koreyada yashashni davom ettirishlari mumkin.ASOSIY O‘ZGARISHLAR - D-2 vizasi o‘z kuchida saqlanadi. - Tibbiy sug‘urtadan foydalanish huquqi saqlanib qoladi. - Viza turini o‘zgartirmasdan, keyinchalik o‘qishni davom ettirish mumkin.KIMLARGA TEGISHLI? Homiladorlik, tug‘ruq yoki 1 yoshgacha bo‘lgan farzandini parvarish qilish sababli universitetdan rasmiy akademik ta’til olgan xorijlik ayol talabalar. (Oldingi nizom bo'yicha homiladorlik sabab ham akademik ta'til olinsa 14kun ichida Koreyadan chiqib ketishi kerak edi.)RUXSAT ETILADIGAN MUDDAT Koreyada qolish muddati ko‘pi bilan 1 yilgacha
Seul Global Markazidagi tajribam
27 Aug, 03:41
forwarded from @ganiev_tarjimon
Rostdan ham juda g‘alati holat. Nega ishchi qonuniy ravishda ish joyini o‘zgartirgani uchun jarima to‘lashi kerak?E-9 tizimida 사업장 변경 (ish joyini almashtirish) qonunda belgilangan holatlarda ruxsat etilgan. Shunday ekan, ishchini katta miqdordagi jarima bilan qo‘rqitib, bir ish joyida ishlashga majburlash juda noto‘g‘ri.Noqonuniy ravishda ish joyini tashlab ketishning oldini olish kerak, albatta. Lekin buning yechimi oyiga 2 000 dollar jarima solib, ishchini bir joyda ishlashga majburlash emas. Menimcha, bu juda noto‘g‘ri tatbiq qilingan tartib.
Seul Global Markazidagi tajribam
27 Aug, 03:41
forwarded from @ganiev_tarjimon
KOREYA MEHNAT VAZIRLIGI O‘ZBEKISTONDAN E-9 ISHCHILARIGA QO‘YILAYOTGAN “ISH JOYINI ALMASHTIRISH JARIMASI”NI BEKOR QILISHNI TALAB QILMOQDA2026-yil 8-avgust kuni Koreya Mehnat va bandlik vazirligi (고용노동부) O‘zbekistonlik E-9 ishchilari bilan bog‘liq masala yuzasidan rasmiy pozitsiyasini bildirdi.Koreya OAVlari xabariga ko‘ra, ayrim O‘zbekistonlik ishchilar Koreyaga kelishdan oldin imzolagan hujjatlarda Koreyada ish joyini almashtirgan yoki tark etgan taqdirda oyiga 2 000 AQSh dollarigacha jarima to‘lashi mumkinligi ko‘rsatilgan.Koreya Mehnat vazirligi bunga jiddiy e’tiroz bildirib, agar bu ma’lumotlar haqiqat bo‘lsa, bunday tartib: — 고용허가제 (EPS) tizimi maqsadiga zid bo‘lishi; — E-9 ishchisining qonuniy 사업장 변경 (ish joyini almashtirish) imkoniyatini asossiz cheklashi; — hatto 인신매매 (odam savdosi) bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidladi.6-avgust kuni Koreya


Seul Global Markazidagi tajribam
27 Aug, 01:58
forwarded from @wayu_korea
#oʻzimiznikilar30-son: “Koreyadan ketib, boshqa davlatlarda o‘qishni davom ettirayotgan O‘zimiznikilar”— Begzodbek Kambarov — Gulnoza Qo’ldosheva — Ibrohim Xakimjonov — Xalima Rahmatova — Azamjon Abdurashidov — Gavharoy JuraevaJanubiy Koreyada boshlangan ta’lim yo‘li ba’zi vatandoshlarimiz uchun boshqa mamlakatlarda davom etmoqda. Ular yangi muhit, yangi ta’lim tizimi va yangi imkoniyatlar sari qadam tashlab, o‘z bilim va tajribalarini yanada boyitmoqda.Kimdir Koreyada olgan bilimlarini boshqa davlatdagi universitetda davom ettirmoqda. Kimdir xalqaro muhitda yangi yo‘nalishlarni kashf etmoqda. Yana kimdir esa o‘zining ta’lim va karyera yo‘lini yangi mamlakatda qurmoqda.Bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chish — shunchaki manzilni o‘zgartirish emas;Bu — yangi imkoniyatlarga jur’at bilan qadam qo‘yish. Bu — o‘z ustida ishlash va chegaralarni kengaytirish. Bu — qayerda bo‘lishidan




Seul Global Markazidagi tajribam
22 Aug, 23:48
forwarded from @salomkorea
Assalomu alaykum!Sukut bu rozilik emas.Lekin sukut bu boshqalarga: "Mening muammoim yo'q" degani.Aslida esa muammolar bor va ko'p! Koreyada, 1345 xizmatida, har safar immigratsiyaga borganingizda vizada, hujjatlarda, sug'urtada, oilani chaqirishda, yosh onalar va farzandlarida va h.k.🔸 Bir guruh faollar jam bo'lib, muammolarni o'rgandik, fikr va takliflarni yig'dik, 🔸 Koreya tomoni hal qilib bera olishi mumkin bo'lgan eng asosiy masalalarni bir joyga to'pladik. 🔸 Tartibladik, tahlil qilib, rasmiy murojaat xati shakliga keltirdik.🔥 Endi bir narsa qoldi: sizning imzoingiz va qo'llab-quvvatlashingiz.🤐 Bir imzo untiladi. ✍️ Ming imzo talabga aylanadi. ✊ O'n minglab imzo Koreya davlat tashkilotlarini harakatga keltiradi.
Seul Global Markazidagi tajribam
18 Aug, 01:56
forwarded from @ganiev_tarjimon
Koreyada yashayotganlar uchun muhim eslatma!Bu oy ko‘pchilikning uyiga 주민세 (mahalliy rezident solig‘i) to‘lov qog‘ozi keladi. Kelgan bo‘lsa, albatta vaqtida to‘lab qo‘ying.Viza muddatini uzaytirish yoki viza turini o‘zgartirish vaqtida Immigratsiya sizning soliq va 건강보험료 qarzdorligingiz bor-yo‘qligini tekshiradi. Rasmiy tartibga ko‘ra: 출입국관리공무원이 관계부처에서 보낸 체납정보를 활용하여 비자 연장 등을 신청하는 외국인의 세금 · 건강보험료 체납여부를 확인하고,체납이 있는 경우 출입국관리공무원의 납부 안내에 따라 체납액을 모두 납부하면 정상적으로 비자연장이 가능하지만, 미납 시에는 비자연장을 제한함으로써 체납액 납부를 유도합니다. 출입국관리공무원 tegishli davlat idoralaridan yuborilgan qarzdorlik ma’lumotlari orqali viza uzaytirish va boshqa arizalarni topshirayotgan xorijliklarning soliq hamda sog‘liq sug‘urtasi qarzdorligini tekshiradi.Agar qarzdorlik mavjud bo‘lsa, Immigratsiya xodimining ko‘rsatmasiga binoan qarzdorlikning barchasi to‘lansa, viza odatdagi tartibda uzaytirilishi mumkin. Ammo qarzdorlik to‘lanmasa,


Seul Global Markazidagi tajribam
4 Aug, 23:06
forwarded from @salomkorea
📱 FORS365 - chet ellik ishchilar uchun mehnat havfsizligi va sog'liqni saqlash mobil ilovasiKoreyada xavfsiz va sog'lom ishlash uchun chet ellik ishchilarga mo'ljallangan mehnat xavfsizligi va sog'liq bo'yicha mobil ilova mavjud.✅ Mobil ilovada asosiy mehnat xavfsizligi va sog'liqni saqlash bo'yicha ta'lim va bu bo'yicha onlayn kurslargacha hammasi bepul taqdim etiladi.✅ Foydali kontentlar 17 ta tilda, shu jumladan, o'zbek tilida ham bor.✅ Rasmdagi QR-kodni skanerlab yoki quyidagi linklar orqali ilovani o'rnatib foydalanishingiz mumkin:👉 Android uchun: [LINK]👉 iOS uchun: [LINK]Kanalga a'zo bo'lish uchun: 👉 t.me/SalomKoreaKoreyadagilar uchun guruh: 👉 t.me/SalomKoreya


Seul Global Markazidagi tajribam
30 Jul, 06:13edited
❤️🔥❤️🔥❤️🔥 ✉️ Taklif bering! ✉️ Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar. 2026-yilning sentyabr oyida Koreyada oliy darajada "Koreya + Markaziy Osiyo" sammiti o'tkazilishi rejalangan. Bu sammitda davlat rahbarlari, shu jumladan, O'zbekiston prezidenti ham qatnashadi.
Seul Global Markazidagi tajribam
22 Jul, 04:34
❤️🔥❤️🔥❤️🔥 ✉️ Taklif bering! ✉️ Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar. 2026-yilning sentyabr oyida Koreyada oliy darajada "Koreya + Markaziy Osiyo" sammiti o'tkazilishi rejalangan. Bu sammitda davlat rahbarlari, shu jumladan, O'zbekiston prezidenti ham qatnashadi.
Seul Global Markazidagi tajribam
22 Jul, 04:30
forwarded from @salomkorea
❤️🔥❤️🔥❤️🔥✉️ Taklif bering! ✉️Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar.2026-yilning sentyabr oyida Koreyada oliy darajada "Koreya + Markaziy Osiyo" sammiti o'tkazilishi rejalangan. Bu sammitda davlat rahbarlari, shu jumladan, O'zbekiston prezidenti ham qatnashadi.Koreya hukumati hududlardagi "Chet elliklar bilan aloqa" bo'limi xodimlari orqali muammolar va takliflarni o'rganmoqda. Shu jarayonda O'zbekiston fuqarolarining fikrlari ham to'planmoqda.Sizningcha, Koreya hukumati va davlat idoralari darajasida hal qilinishi kerak bo'lgan muammo va masalalar bo'lsa, ularni quyidagi so'rovnomada yozib qoldiring.Masalan, ko'pchilikka taalluqli immigratsiya xizmati/viza, mehnat faoliyati, hujjatlar, Koreyadagi davlatGoogle DocsTaklif bering!Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar. 2026-yilning sentyabr oyida Koreyada oliy darajada "Koreya + Markaziy Osiyo" sammiti o'tkazilishi rejalangan. Bu sammitda davlat rahbarlari, shu jumladan, O'zbekiston prezidenti ham qatnashadi. Koreya hukumati hududlardagi…
Seul Global Markazidagi tajribam
19 Jul, 09:26
forwarded from @wayu_korea
Koreyada o'qiyotgan, ishlayotgan yoki ishlashni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, o’z huquqlaringizni bilish juda muhim!WAYU Koreya Navbatdagi Huquq mavzusidagi foydali tadbirni Tajribali Mutaxassislar bilan davom etadi!Sana: 25-iyul (shanba) Soat: 11:00 ~ 13:00 (1-qism)☕ Cofe time: 13:00 ~ 14:002-qism: 14:00 ~ 16:00Manzil: O’zbekiston Elchixonasi (Seul) (서울 종로구 돈화문로 11가길 99)Ishtirokchilar soni: 50 nafarSeminarda quyidagi mavzular yoritiladi: - Mehnat shartnomasi tuzish - Ish haqi, haftalik dam puli va nafaqa puli - Ish haqi to’lanmasa yoki ish vaqtida baxtsiz hodisa yuz bersa nima qilish kerak


Seul Global Markazidagi tajribam
19 Jul, 03:01
@seul_global_markazi



Seul Global Markazidagi tajribam
19 Jul, 03:00edited
Koreyada faqat chet ellik fuqarolarga mo'lajallangan futbol namoyishi!!📢 FC Seul chet ellik muxlislar kuni Chet ellik fuqarolar uchun FC Seul futbol o‘yinini tomosha qilish bo‘yicha maxsus tadbir tashkil etilmoqda.⚽ Uchrashuv: FC Seul – Ulsan HD FC 📅 Sana: 26-iyul (yakshanba), soat 19:30 📍 Joy: Seul Jahon Kubogi stadioni (서울월드컵경기장) 🎫 Chipta narxi: 1 kishi uchun 11 000 von🎁 Imtiyozlar: Qo‘llab-quvvatlovchi muxlislar sektori (응원석) uchun 1 dona chipta💳 Chipta to‘lovi va olish tartibi O‘yin kuni soat 16:30 dan boshlab stadiondagi chet elliklar uchun maxsus chipta kassasida chiptani bevosita sotib olishingiz mumkin. 📍 Joylashuvi: Stadionning shimoliy tomoni, 3-qavat, chipta kassasi oldida.✅ Guruh bo‘lib qatnashish (10 kishi va undan ko‘p) E'londagi QR-kod orqali guruh arizasini to‘ldiring. Guruh bo‘lib ro‘yxatdan o‘tganlarga birga o‘tirishlari uchun joylar ajratiladi.
Seul Global Markazidagi tajribam
9 Jul, 05:34
forwarded from @ganiev_tarjimon
Assalomu alaykum, aziz Koreyadagi yurtdoshlar!O‘tgan safar yurtdoshimiz Madrakhimov Azzijo akamiz uchun kanalimiz orqali yordam so‘raganimizda, sizlarning saxovatingiz bilan 900 ming von mablag‘ yig‘ilgan edi. Shu yordam bergan barcha insonlardan Alloh rozi bo‘lsin. Afsuski, akamiz hozir ham miya saratoni (Glioblastoma Multiforme) kasalligi bilan kurashishda davom etmoqdalar.Davolanish, tekshiruv va dori-darmon xarajatlari sababli hozirda shifoxonadan 3 million von qarz bo‘lib qolgan ekanlar.Shu sababli yana bir bor imkoni bor yurtdoshlarimizdan Alloh yo‘lida oz bo‘lsa ham yordam berishlarini iltimos qilamiz. Ba'zida biz uchun kichik bo‘lgan ehson, birovning hayotida juda katta umid bo‘lishi mumkin.🤲 Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺ dedilar: "Kim bir mo‘minning dunyoviy g‘amlaridan birini yengillashtirsa, Alloh uning qiyomatdagi g‘amlaridan birini yengillashtiradi."💳 Ehson uchun hisob




Seul Global Markazidagi tajribam
6 Jul, 03:08
👆Shu yangilikni ko'rib kayfiyatim ko'tarilib ketdi. Nimadan? Asli falastinlik bo'lgan musulmon olimning ilmiga ehtiyoj kattaligidan!!! @seul_global_markazi
Seul Global Markazidagi tajribam
6 Jul, 02:56
forwarded from @talaba_dostimga
Mana buni kun yangiligi desa bo'ladi: Xitoyning Tsinhua universiteti AI va ximiya sohasini birlashtiradigan yangi ilmiy markaz uchun asli falastinlik Umar Yagini AQShdan 'sug'urib oldi'.Bizning yurtimizga ham mana shunday ilm ustalari kelishini ko'rish nasib etsin.


Seul Global Markazidagi tajribam
30 Jun, 12:09
forwarded from @ganiev_tarjimon
고용노동부 (Mehnat va bandlik vazirligining (MOEL) (2026-yil 30-iyundagi eng so‘nggi e'loni ●Korxona bankrot bo'lgan taqdirda ham, xodimlarga eng ko‘pi bilan 6 oylik ish haqi miqdorigacha to‘lanmay qolgan ish haqi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. ●4 soat ishlaydigan xodimlar tushlik yoki dam olish vaqtini olmasdan, ishni tugatib darhol ketishni tanlashi mumkin. ●Farzand kasal bo‘lsa yoki bog‘cha/maktab vaqtincha yopilsa, qisqa muddatli farzand parvarishi ta'tili olish mumkin. ●Homilador ayollar va homilani parvarish qilish uchun ta'til hamda vaqtincha ishdan ozod qilish imkoniyatlari kengaytiriladi.Shunga o‘xshash baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar bo‘yicha tergov hujjatlari oshkor qilinadi. ●Mehnat bozori yomonlashganda bandlikni saqlab qolish subsidiyalari kengaytiriladi. Bandlikni saqlab qolish subsidiyasining qo‘llab-quvvatlash




Seul Global Markazidagi tajribam
30 Jun, 07:13
forwarded from @salomkorea
⚠️ O'ta issiq kunlarda o'zingizni ehtiyot qiling! ⚠️🔥 O'ta yuqori issiqlik tufayli yuzaga keladigan kasalliklarning oldini olish choralari va ishchilarning haq-huquqlari haqida bilasizmi?Harorat 31°C va undan yuqori bo'lgan ish joylarida ishlaganda ish beruvchilar issiqlik bilan bog'liq kasalliklarga qarshi profilaktika choralarini ko'rishlari shart.Postga ilova qilingan rasmlarda quyidagilar haqida ma'lumot berilgan: ✅ Issiqlik bilan bog'liq kasalliklarning oldini olish choralari ✅ Issiqlik to'lqini paytida majburiy beshta asosiy xavfsizlik qoidalari ✅ Issiqlik to'lqini darajasiga qarab ishni to'xtatish tavsiyalari ✅ Issiqlik bilan bog'liq



Seul Global Markazidagi tajribam
30 Jun, 01:22
forwarded from @koreyada_farzand_tarbiyasi
Yuqoridagi postni misollarda ko'radigan bo'lsak,Birinchisi, qalb tarbiyasi bu qalbga har xil salbiy hissiyotlar, nafrat, kibr, riyo, xavotir, shubha, hasad kabi illatlar paydo bo'lib qolishidan ehtiyot bo'lishgan. Agar bironta illat qalbda paydo bo'lsa, qalb kasal bo'lib, qora va tosh kabi qattiq bo'lishini oldini olishgan. Qalbni salim, ya'ni sog' tutishga harakat qilib, yoshlikdan qalb tarbiyasiga katta e'tibor berishgan.Ikkinchisi, nafs tarbiyasi, nafsning 7ta darajasi bor, eng quyi nafs darajasi bu nafsi ammora, ya'ni buyruq beruvchi nafs(nafsi nimani xohlasa, o'shani qiladi), eng yuqori 7darajasi bu komil nafs, ya'ni oldingilar nafslarini komillik darajasiga yetkazishga harakat qilishgan. Bu komil nafsga erishgan insonning nafsi o'ziga xizmat qiladigan bo'ladi, ya'ni inson nafsining quliga emas, nafs insonning quliga aylanadi. Natijada inson boshqa insonlarga noma'lum bo'lgan
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
