gram news
Shaha Dolimov channel avatar

Shaha Dolimov

@shahadolimov

Shaxsiy fikr va mulohazalarimni ulashib borish uchun ochilgan kanal. Hamkorlik va reklama: @abdusamad_abrorov

ProjectsENBlogs

19,600subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Shaha Dolimov

    16 Sept, 02:09edited

    Boylar ham huddi immigrant (muhojir) kabi 1,2,3-avlodlarga bo'linadi.Birinchi avlod boylarida OMADni roli katta. Bundaylarni kelib chiqishi boy bo'lmasada, o'sgan muhiti ya'ni tarbiyasi "boy" bo'ladi. Shuning uchun birinchi avlod vakillaridan, oila, qadriyatlar haqida masalahat olish eng ma'quli.Ikkinchi avlod vakillari agar ota-onasi qurib ketgan biznesni muvaffaqiyatli davom ettirayotgan bo'lsa, ularda OMADdan ko'ra strategik qarorlarni roli katta. Shuning uchun bu avlod boylaridan, pul topish bo'yicha qarorlaringizni masalahatini qilish afzal deb o'ylayman.Chunki ikkinchi va undan keyingi avlod vakillarida, pul topish uchun qilinadigan qarorlar huddi refleks'dek bo'ladi. Ya'ni ularni pulga qarashi, ota-onasinikidan tubdan farq qiladi.Agar pulingiz yo'q va ota-onangizda ham shunday bo'lsa, "yuranginga quloq tut" degan maslahatga kamroq amal qilar edim. Chunki yuragingiz "puli
  • Shaha Dolimov

    15 Sept, 04:00

    Maniken odamlar!Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda bir yosh yigit yangi sotib olgan avtomobilini investitsiya deb ataganini ko'rib qoldim.Nima emish, bo'lajak mijozlar uni minib kelgan avtomobiliga qarab muomala qilar ekan. Ichimda "ko'r-ko'rni qorong'uda topibdida" degan maqolimiz esimga keldi.Hozirgacha bir necha o'n million dollar pul aylanmasi qiladigan bizneslarni, qora futbolka, jinsi shim, va Sketchers oyoq-kiyimida borib shartnoma imzolaganman.Chunki meni tashqi ko'rinishimdan ko'ra men beradigan natijaga qiziquvchilar, aslida men minib kelgan temirdan 100 tasini sotib olishga qurbi yetadi.Ustidagi latta-puttasi yoki tagidagi minib yurgan temiridan boshqa ko'rsatadigan narsasi yo'q odamlarni "maniken odamlar" deyman.Manikenlar plastik materialdan yasalgan bo'ladi, ichi bo'm-bo'sh lekin tashqaridan qarasangiz sizdan ancha yaxshi kiyinib olgan. Qaddini tik tutib turishidan
  • Shaha Dolimov

    4 Sept, 06:30edited

    Matoh va latta-puttalarini tinimsiz ko'z-ko'z qilayotgan odamlarning aksariyatida bolalik travmasi bor.Ularni eng yaqin bo'lgan insonlari ya'ni ota-onasi, yoshlik davrida yetalicha mehr va e'tibor bermagan bo'ladi.Natijada bola katta bo'lgandan keyin, e'tiborni tashqaridan qidirishni boshlaydi.Mana nima uchun kundan-kunga instagramda "shaxsiy brend" qilmoqchi bo'lganlarni soni oshib ketmoqda.Ularga pul emas, oddiygina e'tibor yetishmayapti. Chunki katta-katta tadbirkorlarni ham bu holatda ko'p ko'ryabman.Demak shu e'tiborni u haligacha topa olgani yo'q shuning uchun kuzatuvchilarini (obunachi) hamma narsadan ustun qo'yadi.Bu davrni boshdan kechirgan inson sifatida kichik masalahatimni bermoqchiman.Agar sizda ham shunday travma bo'lsa, unda sizni oldingizda turgan eng katta vazifa, minglab obunachi yig'ish emas, shu mehrni bera oladigan umr yo'ldosh topish va farzandlar
  • Shaha Dolimov

    2 Sept, 05:24

    Bu postni o’qiyotgan bo’lsangiz, katta ehtimol bilan aqliy mehnat bilan shug’ullanasiz.Ya’ni uzoq muddat ekran qarshisida o’tirasiz.Statistik ma’lumotlarga qaraganda, har yili yuritimizda 86 mingdan ziyod odam, yurak-qon tomiriga aloqador turli xil kasalliklardan vafot etishadi.86 000+ KISHI…Bu fojeaviy raqam.Aksariyatini sababi, kam uyqu, notog’ri ovqatlanish, va kam harakatlilik.Inson xaftasiga 150 daqiqa atrofida yurakning ikkinchi zonasida kardio qilish kerak deyishadi.Agar fitness klubga yoki qandaydir zalga borishga qiynalsangiz sizga eng optimal sport turini tavsiya qilaman.YUGURISHSizdan nari borsa $100 investitsiya talab qiladi halos.
  • Shaha Dolimov

    28 Aug, 05:09

    Sizni kim taniydi?Shaxsiy brend qurayotgan do’stlarimizga tavsiya.Ikki xil taniqlilik bor.Oddiy odamlar o’rtasida taniqlilik. Mutaxassislar o’rtasidagi taniqlilik.Kuchli shaxsiy brend uchun ikkisi ham muhim lekin ikkinchisining muhimlilik darajasi ancha yuqori.Ya’ni sizni nafaqat oddiy odam “tan” olishi balki hamkasblaringiz ham “tan” olishi kerak.Chunki oddiy odamga mutaxassisligingiz bo’yicha qulog’iga “lag’mon” ilsangiz ham, ishonib ketishi mumkin. Lekin o’z ishini ustalarini “oldi-qochdi” gaplar bilan alday olmaysiz.Mutaxassislar orasida tanilayotganingizni qayerdan bilishingiz mumkin?Oddiy…Sizni shu bo’yicha seminarlarga, podkaslarga, davra suhbatlariga so’zlovchi mehmon (speaker) sifatida ko’p chaqirishadi.
  • Shaha Dolimov

    12 Aug, 16:25edited

    Jarroh paradoksi!Aytaylik sizni operatsiya qilish kerak.Sizni nufuzli shifoxonaga olib borishdi.Bir jarroh juda chiroyli kiyingan, xonasini devorlari sertifikatu faxriy yorliqlar bilan to’la.Ikkinchi jarroh esa ust kiyimlari g’ijim, stolini usti betartib. Tashqarida ko’rsangiz uni hech qachon jarroh deb o’ylamaysiz.Agar bittasini tanlash kerak bo’lsa doim ikkinchisini tanglang deydi Nassem Taleb o’zining Skin in the game kitobida.Chunki, u shu ahvolida ham eng nufuzli shifoxonada ishlayotgan bo’lsa, demak u bemorlarni qandaydir tashqi omillari bilan lol qoldirish darajasidan o’tib bo’lgan.Dr. House serialini ko’rgan bo’lsangiz yuqoridagi gapni isbotini ko’rasiz.Yaxshi kiyining lekin kiyimingiz mutaxassisligingizdan o’tib ketishi shart emas.Omad!
    Image from a post by Shaha DolimovImage from a post by Shaha Dolimov
  • Shaha Dolimov

    9 Aug, 13:59

    Yaqinda O'zbekistonlik muvaffaqiyatli tadbirkorlar davrasida bo'ldim. Qiziqib "nima qilasiz?" deb so'raganimda:- kolbasa ishlab chiqaramiz- avtomoykamiz bor- kanalizatsiya tozalaymiz- ko'p qavatli uy qurib sotamiz- Avtoservislarimiz bor- Kiyim tozalaymiz (ximchistka)- Gul do'konlarimiz borVa eng qizig'i ularni biznesini xattoki 70 yoshli buvim ham bir deganda tushunadi.Yoshim ulg'aygani sari, bir narsani tushunishni boshlayabman: Biznes qanchalik qiziqarli eshtilsa unda shuncha daromad qilish ehtimolligi kam.
  • Shaha Dolimov

    26 Jul, 11:40

    Boshqalar sizni hurmat qilishini xohlasangiz:- Belgilangan uchrashuvga vaqtida boring. Kechikayotgan bo’lsangiz oldindan ogohlantiring- Masalahat so’rab kelishsa, yashirmasdan chin ko’ngildan bering- Menga nima foyda emas, mendan nima foyda deb yashang.- Matohingizni ko’z-ko’z qilib faqatgina matohi yo’qlarni hayron qoldirasiz.- “Bilmayman” deyishni odat qiling- Agar xohlamasangiz “yo’q” deyishni o’rganing- Umr yo’ldoshingizni boshqalarga yomonlamang.- Bukchaymasdan qaddingizni tik tutib yuring- So’ralmagan savolga javob bermang
  • Shaha Dolimov

    11 Jul, 04:01

    Yaponiyada talabalik davrimda chamasi 1,5 yil katta restoranda ofisiant bo’lib ishlaganman.Mijozlarni asl xarakterini bizga qiladigan muomalasidan, farosatini esa ovqatlanib ketgan stol holatidan bilib olish mumkin edi.Korxonangizga hodim, o’zingizga umr yo’ldosh yoki biznes hamkor qidirayotgan bo’lsangiz, oddiygina ularni biror joyga ovqatlanish uchun taklif qiling.Shu ikki holatni qunt bilan kuzating.Omad!@shahadolimov
  • Shaha Dolimov

    9 Jul, 07:40

    Aksariyat insonlar, “xarobadan chiqqan millioner” kabi voqealarni sevib tinglashadi.Chunki boyni yanada boyishi hech kimga qiziq emas.Lekin…Boyni boyish ehtimoli, kambag’alni boyish ehtimolidan ANCHA yuqori.Shuning uchun haqiqatga tik boqish o’rniga, imkoni deyarli yo’q narsalar bilan o’zimizni ovutishga harakat qilamiz.Siz muvaffaqiyatli deb hisoblagan insonlarni 99,9%, boy oilada tug’ilgan yoki boy oila bilan quda bo’lgan.Ishonmasangiz, ular internetda ko’pirtirib aytgan “ertak”lardan ko’ra, ular katta bo’lgan oilani yaxshilab surishtirib ko’ring.Elon Musk’ni otasini Rolls Royse haydagan. Bill Gates Amerikada kompyuteri bor yagona maktabga borgan. Donald Trump’ni otasi Nyu Yorkni eng katta quruvchilaridan bo’lgan. Nima demoqchiligimni tushundingiz.Binoni qurish uchun eng katta vaqt va pul fundament qismiga ketadi. Boylar o’z farzandlari uchun aynan shu fundamentni
  • Shaha Dolimov

    8 Jun, 07:32

    O'zbekistonda o'rtacha umr ko'rish yoshi 72,5 ekan.Nafaqaga (pensiya) chiqish yoshi esa 60.Aytaylik, 25 yoshdan to 60 gacha ishlasangiz, bu umringizni 35 yili degani.Ya'ni siz 12,5 yil uchun 35 yil ishlab berishingiz kerak. Agar shu 12,5 yil ham nasib qilgan bo'lsa.Agar o'rtacha odamga o'xshab hayot kechirsangiz, 60 yoshda sizda na pul na sog'lik bo'ladi.Nafaqaga chiqish yoshi bundan keyin oshsa oshadi lekin hech qachon pasaymaydi.Shuning uchun erta nafaqaga chiqish haqida o'ylash va unga hozirdanoq kirishish, hayotingizda qilgan ENG to'g'ri qarorlardan bo'ladi.Nafaqaga degani, tapchanda yotib olib ko'k choy ichish degani emas. Agar shunday deb o'ylasangiz, 60 yoshgacha kutganingiz ma'qul.Nafaqa bu inson vaqt, moliya, va joy erkinligiga erishish degani. Va erta nafaqa uchun uchalasi ham birdek muhim.30-40 yosh oraligi'da bu ishni amalga oshira olsangiz eng ideali deb
  • Shaha Dolimov

    18 May, 05:04

    Telefonimda ijtimoiy tarmoqlar (youtube ham) bo’lgan payt, kunlik ekran vaqti tahminan 4-5 soatni tashkil etar edi.2 yil avval o’chirib tashlaganimdan keyin, kuniga 2-3soatga tushdi.O’tgan xafta, oq-qora filterini o’rnatganimdan keyin 16% ga yana pasaydi. Bu kuniga tahminan 30 daqiqa degani.Bunday ekspiriment’larni, ko’proq pul topish uchun yoki muvaffaqiyatli bo’lish uchun qilinmaydi.Asosiy sababi nafsni nazoratda ushlab turish.Nafsini nazorat qila olganlarda esa, halovat, o’zini solishtirmaslik, sakinat paydo bo’ladi.(Telegram ni ham o’chirish vaqti keldimikan-a?😊)@shahadolimov
    Image from a post by Shaha DolimovImage from a post by Shaha Dolimov
  • Shaha Dolimov

    9 May, 07:45edited

    E’tibor eng qimmat pul birligi!Va uni qayerga sarflash judayam muhim hisoblanadi.E’tibor erkinligiga yoki har qanday erkinlikka inson ma’lum intizom bilan erishadi.Intizom esa turli xil eksperimentlar ortidan keladi.2 yil avval telefonimdan barcha ijtimoiy tarmoqlarni o’chirib tashlab ancha foyda topdim.Endi esa telefonim oq-qoraga bo’yaldi va buning uchun har bir telefonda maxsus bo’lim mavjud.Ranglar va addiction (bir narsaga o’rganib qolish) o’rtasida juda katta bog’liqlik bor.Omad!@shahadolimov
    33,800videoOpen in Telegram
  • Shaha Dolimov

    27 Apr, 18:06

    Texnologiya giganti Oracle yaqinda 30 ming kishini elektron xabar orqali bo’shatib yubordi.Tasavvur qiling, ertalab tursangiz ishingizni dab-durustdan olib qo’yishgan va buni sizga elektron pochta orqali aytishgan.Ajoyib-a?Eng qizig’i, shu hodisalar paytida, Oracle yangi Moliya direktoriga $29.7 millionlik yillik maosh berdi.$29,7 MILLION!!!Bundan haqiqat yoki mantiq izlashga harakat qilmang, foydasi yo’q.Oddiygina, korxona sizni oilangiz emasligini yodda tuting tamom.Ja sodiqlik qilgingiz kelsa, ayolingizga, farzandingizga, yoki yaqin do’stingizga qiling, korxonaga emas.Ishingizni vaqtida bajarib oylikni halol oling lekin ortiqcha qilishingiz shart emas.Eplay olsangiz, qo’shimcha daromad manbai qilib qo’ying.
  • Shaha Dolimov

    25 Apr, 16:40

    Soxta suhbatlar!Suhbatlarga tashqarida e’tibor berib ko’ringda.Kimdir muammosini gapirsa, eshitayotgan odam undanam kattaroq muammo haqida gapirishni boshlaydi.Kimdir boshiga tushgan mushkuli haqida gapirsa, eshitayotgan odam undanam kattaroq mushkuli haqida gapirishni boshlaydiKimdir sayohat qilgan joyi haqida gapirsa, eshitayotgan undanam yaxshiroq sayohati haqida gapirishni boshlaydi.Ba’zida gapiradiganlardan ko’ra eshitadiganlarga zor bo’lib qoldik…@shahadolimov
  • Shaha Dolimov

    21 Apr, 07:35edited

    Tadbirkor 2 ta masala ustida qancha ko’p bosh qotirsa, shuncha yutishda davom etaverar ekan.Birinchisi, “qanday qilib hodimlarimni boyitsam bo’ladi?”Ikkinchisi, “qanday qilib mijozlarimni boyitsam bo’ladi?”Tamom…Rahbar, yotsayam tursayam shu savollarni o’ziga berib yursa bo’ldi.Hodimlarni boyitish deganda birinchi pul tushuniladi. Keyin shahar markazidagi ofis, ahil jamoa, shirin kofe, play station keladi.Mijozlarni boyitish degandayam birinchi moliyaviy qiymat tushuniladi. Undan keyin, xushmuomala bo’lish, vaqtida javob berish, kabilar keladi.Ikkisi ham boy bo’lsa, siz avtomatik boysiz.@shahadolimov
  • Shaha Dolimov

    22 Mar, 09:03

    Manqurtlik!Agar sun'iy intellekt siz uchun o'ylab berayotgan bo'lsa, sizda tez orada manqurtlik alomatlari boshlanadi.Manqurtlikni ilk alomatlari bu mustaqil firklashdan mahrum bo'lish.Noto'g'ri tushunmang, sun'iy intellekt zamonamizning ajoyib kashfiyotlaridan lekin u o'zini nomi bilan sun'iy. Lekin ko'pchilik buni unutib qo'ygandek.Unga mundane tasks (kundalik qayta takrorlanadigan vazifalar) ni bering lekin sizni robotdan ajratib turadigan yagona xususiyatingiz ya'ni o'ylashingizni topshirib qo'ymang.Yaqinda katta davlat tashkiloti rahbari, butun boshli matnni sun'iy intellektda yozib, boshqalarga nimalarnidir tushuntirishga harakat qilayotganini guvohi bo'lib qoldim. Kulgim keldi, afsuslandim, qo'l ostidagi hodimlarga achindim.Kelajakda tanqidiy fikrlovchi strateg odamlarga talab oshib ketadi.Agar hozirdan buni o'z nazoratingizga olmasangiz, qattiq afsuslanasiz.Balkim
  • Shaha Dolimov

    1 Mar, 21:14

    Chertib tanlang!“Manzil qiziqmi yoki sayohatmi” deb so’rashsa, “yoningda kim bo’lishi qiziqroq” degan ekan bir dono.Biz ota-onamizda boshqa qolgan hammani tanlash imkoniyatimiz bor.Shunday ekan, atrofingizdagilarni extiyot bo’lib tanlang.Chunki aynan shu insonlar ‘sayohatingizniyam’ ‘manzilingizniyam’ qanday bo’lishini belgilab berishadi.@shahadolimov
  • Shaha Dolimov

    28 Jan, 04:32

    Z avlodni ayblashni to'xtatishimiz kerak!Yaqinda The Guardian tomonidan yozilgan maqolani o'qib qoldim. Unda aytilishicha, X va Y avlod vakillari, Z avlodni dangasalikda va tartibsizlikda ayblayotgan ekan.Z avlodni ayblashni men huddi farzandini tarbiyasiga yoshligida bee'tibor bo'lib, keyinchalik farzandini ayblaydigan ota-onaga o'xshataman.Xo'sh, ayblaydiganlarga savol...Ularni qo'lidagi telefonni qaysi avlod o'ylab topdi?Ichidagi ijtimoiy tarmoqlarnichi?O'yinlarnichi?Z avlodni baxtsiz qilgan ham, tartibsiz qilgan ham, dangasa qilgan ham aynan biz va bizdan oldingi avlod bo'ladi.Endi esa uyalmasdan ularni ayblab o'tiribmiz.@shahadolimov
  • Shaha Dolimov

    26 Jan, 04:49

    Ijtimoiy tarmoq ilovalarini telefonimdan o'chirib tashlaganimga 2 yildan oshdi.Ijobiy o'zgarishlar talaygina, lekin bu post ular haqida emasTadbirkor bo'lganim uchun, kunu tun biznesimni rivojlantirish haqida o'ylayman.Yotishdan avval, telefonimda foydali ma'lumotlar o'qib uyquga ketish va uyg'onganimda "bizesimda biror muammo bo'lmadimikan?" deb birinchi bo'lib telefonimni tekshirish odati shakllanib qolibdi.Ya'ni...Ekran bilan yotib, ekran bilan turayotgan ekanman.So'nggi 2 xafta bu odatimdan voz kechdim. Natijasi a'loXo'sh, qanday voz kechdim?1. Yotishdan avval, 30-40 daqiqa ekrandan uzoqlashaman. Uni o'rniga issiq hammom olib, tishlarimni yuvib, biznesimda bo'layotgan biror muammo haqida o'ylab yotaman.2. Ertalab turib, yugurishdan qaytib kelib, cho'milib chiqmagunimcha (tahminan 2 soat) ekranga umuman qaramayman.