gram news
Shahnoza Soatova blogi channel avatar

Shahnoza Soatova blogi

@shahnozxon

Ki har ne olami sug‘roda mavjud, Bori ul olami kubroda mavjud. (Alisher Navoiy) Murojaat uchun: @shahnozchatbot

ProjectsKKBlogs

4,760subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Shahnoza Soatova blogi

    22 Sept, 13:20

    Shu yerga tegmanglar. Yashil hududlarni "chopmanglar" Har kuni tushlik vaqti shu maydonda piyoda yuraman. Ko'plab davlat xizmatchilari bu yerda piyoda yurishadi, chunki ishga mashinada kelgan, kuni bo'yi o'tirib ishlaydi va tushlik payti yurib vijdonini tinchlantiradi
    TelegramUrbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo'mitasi❗️Urbanizatsiya milliy qo‘mitasi: Toshkent shahrida yashil hududlar saqlab qolinishi shart! Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi ayrim yashil hududlar o‘rnida atoturargoh qurilishi, jamoat parki rejalashtirilgan hududlar auksion savdosiga chiqarilgani…
  • Shahnoza Soatova blogi

    22 Sept, 09:42

    Shu yerga tegmanglar. Yashil hududlarni "chopmanglar"Har kuni tushlik vaqti shu maydonda piyoda yuraman. Ko'plab davlat xizmatchilari bu yerda piyoda yurishadi, chunki ishga mashinada kelgan, kuni bo'yi o'tirib ishlaydi va tushlik payti yurib vijdonini tinchlantiradi – sog'lom turmush tarzi qilyapman deydi. Ota-onalar yosh bolalarini olib sayr qiladi, keksalar tengqurlari bilan suhbat qurib ko‘ngil yozadi, katta tadbirlar o‘tkaziladi. Asosiysi, hech kim bu odamlarni ko‘chaga chiq, piyoda yur, sog‘lom turmush tarzi bilan yasha demaydi, majbur qilmaydi, shunchaki so‘lim maydon va yaxshi ob-havo odamlarni chorlaydi.Davlatimiz ham sog'lom turmush tarziga targ‘ib qiladi, rag‘bat uyg‘otishni istab "10 ming qadam", "Avtomobilsiz kun" tadbirlarini joriy etadi.Aytgancha, bugun ham avtomobilsiz kun. Ayni kunda shahar markazidagi ko'pchilik piyoda sayr qiladigan yerning avtoturargoh uchun
    TelegramMirzodan maktubTarix uchun shu suratlar turib tursin 🌳 Toshkentni batamom tosh yoki chang shahar qilish uchun yana bir qadam qoʻyilmasligi kerak @mirzodanmaktub
    51473Open in Telegram
  • Shahnoza Soatova blogi

    21 Sept, 14:55

    ANORBANK mijozlarga xizmat ko‘rsatishni odatdagi rejimda davom ettirmoqdaANORBANK aksiyadorlaridan biri bilan bog‘liq vaziyat faqat uning shaxsiy masalasi bo‘lib, bank muassasasiga aloqador emas. Buni Markaziy bank rasman tasdiqlab, tarqalayotgan turli axborotlar bankning operatsion jarayonlari va boshqaruviga ta’sir qilmasligini izohladi.Barcha bank operatsiyalari va mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimlari uzluksiz ishlamoqda. ANORBANK o‘z faoliyatining uzluksizligini to‘liq ta’minlab, mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarayotganini ta’kidlaydi hamda tasdiqlanmagan anonim xabarlarga tayanmaslikni so‘raydi.
    X (formerly Twitter)O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki (@cbuzbekistan) on XAssalomu alaykum. Hammasi joyida. Anorbank odatdagi tartibda ishlamoqda: omonat, kredit, to‘lov va boshqa xizmatlar uzluksiz davom etmoqda. Alohida aksiyador bilan bog‘liq holat bankning kundalik …
  • Shahnoza Soatova blogi

    19 Sept, 13:57

    forwarded from @uzedu

    #Yil_oʻqituvchisi #Gʻoliblar_aniqlandi📣 DIQQAT!!!Pedagoglar oʻrtasida yilning eng katta bellashuvi — Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!💰Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.✅ Joriy yilda ilk bor oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak eʼtirofi, pedagoglarga koʻrsatilgan munosib ragʻbatdir.➖ Tanlov nafaqat oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida taʼlim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi.📊 Ma'lumot oʻrnida: joriy yilgi tanlovda Respublika bo‘ylab 46 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi. Ulardan 208 nafar pedagog g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.📍Gʻoliblar
  • Shahnoza Soatova blogi

    17 Sept, 10:52edited

    Shu intervyuni ko‘ring. Gapirayotgan odam Dana Reizniece, xalqaro darajadagi grossmeyster, FIDE rasmiysi.Shu suhbatda ko‘pchilik e’tibor bermaydigan bitta gap bor: “Tashkilotchilik darajasi meni unchalik hayratlantirmadi.”Birinchi qarashda g‘alati eshitiladi. Lekin, davomini eshiting. Bu O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan uchinchi yirik FIDE tadbiri ekan. Ya’ni, ular biz bu tadbirni yuqori saviyada o‘tkazishimizni allaqachon bilishgan.Olimpiada 27-sentabrgacha davom etadi. Ochilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, videosini tarmoqda bir ko‘ring. Keyin Dananing gapini eslaysiz.@shahnozxon
    987video332Open in Telegram
  • Shahnoza Soatova blogi

    16 Sept, 03:26

    forwarded from @qurbonova_a

    “9 soat”ning siri nimada?“…Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar…Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”Seulda davlat rahbarining vatandoshlarimiz bilan muloqotida shu so‘zlarini eshitib, ta’sirlandim.Biz O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifini yoritish uchun kelgan jurnalistlarga ham, butun delegatsiyamizga ham, va mana bildikki, Prezidentimizga ham vaqt yetmayapti.Tasavvur qiling, Seul 4 soat oldinda. 15-sentabr O‘zbekistonda tonggi 6 bo‘lganida davlat rahbarining Koreya Milliy assambleyasida uchrashuvi bo‘layotgandi.Prezidentimiz parlament spikeri bilan xayrlashayotganida aytgan gaplari qulog‘imga chalindi: “Ishlarimiz juda ko‘p, soat 4 da uyg‘onishga to‘g‘ri kelyapti”.“Ishlarimiz juda ko‘p”ning ma’nosi,
    761video6221Open in Telegram
  • Shahnoza Soatova blogi

    15 Sept, 11:48

    Самарқандда тўмарислар юришиТарихий олимпиадада Ўзбекистон аёллар шахмат терма жамоасиям ўз сўзини айтяпти.Охирги йил ичида қизларимиз FIDE рейтингида нақд 6 поғона кўтарилиб, дунёда 21-ўрнини эгаллашди! Бу осонликча келмагани аниқ.Гулруҳбегим Тохиржонова рейтингда кучли саксонликдан жой олган бўлса, ёш ва умидли Афруза Хамдамова эса дунё миқёсида 26-ўринни банд этиб, ўзбек қизларининг салоҳияти қанчалик баланд эканини бутун дунёга намойиш этяпти.Терма жамоамиз сафида илк бор ёшлардан иборат таркиблар қатнашаётгани қувонарли. Жумладан, атиги 16 ёшли Имомкузиева Нилуфархон ҳам бу йилги Олимпиадада илк бор дебют қилиб, юртимиз шарафини ҳимоя қиляпти.Аёллар терма жамоамизга Ўзбекистоннинг тарихдаги биринчи аёл гроссмейстери Нафиса Мўминова капитан ва мураббий сифатида устозлик қиляпти. Тажриба ва ёшлик уйғунлиги мана шундай бўлади!@shahnozxon
    82113522Open in Telegram
  • Shahnoza Soatova blogi

    15 Sept, 10:26edited

    Hozirgina dugonam Dilrabo Mingboyevaning oldidan keldim. Farzand dog’idek achchiq dard bo’lmasa kerak.Shoir Nosirjon Jo’rayev va shoira Dilrabo Mingboyevalarga farzandining bevaqt vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor qilaman😢😢😢Iste’dodli, 16 yoshida IELTS 8 ga qoniqmay yanada yuksakroq marralarga intilayotgan, dunyoning TOP-5 universitetiga kiraman deb tinmay o’qiyotgan, yutuqlarini aytib ado qilib bo’lmaydigan iste’dodli bir o’g’lonimizdan ayrildik😢😢😢Joyi jannatda bo’lsin. Ota-onasi va yaqinlariga sabr bersin. Ularni yupatishga so’z topib bo’lmayapti…@shahnozxon
    1,080513Open in Telegram
  • Shahnoza Soatova blogi

    14 Sept, 12:59

    Qanday qilib odam odamga shunday vahshiylik qilishi mumkin?Qanday qilib ayol ayolga shunday vahshiylik qilishi mumkin?Shunchaki dahshat.“Sukut saqlama” loyihasi yozishicha, Jizzahda 5 oylik chaqalog'i bor kelinni erining qarindoshlari ikki oy davomida qiynab, ustidan qaynoq suv (ichiga tuz va soda qo'shilgan qaynoq suv!) quyib kuydirib, suvaraklarga qarshi dori yedirishibdi. Kelin sho’rlikning kuygan joylari yiringlab ketibdi 😢😢😢 Bolasidan voz kechdirishga urinib qiynashibdi. Kunda bir burda non berib, bir mahal hojatga chiqarishibdi. Bu vahshiyliklarni qilish uchun qarindoshlar o'zaro uyushib, kvartira ijaraga ham olishgan. Navbat bilan tutqunni qo'riqlashgan ham.Endi buning uchun bor-yo'g'i 5 yilgacha qamalishi mumkin ekan bu "inson"lar!Bunday bo'lmasligi kerak.Tarmoqlarda jamoatchilik bu vahshiyliklarni qilganlar qattiq jazolanishini so'ramoqda. Qo'shilaman!Ular jiddi
    9701794Open in Telegram
  • Shahnoza Soatova blogi

    13 Sept, 06:42edited

    Bugun bizning “Marra” marafonimiz boshlandi. Hozircha 51 kishi chorlovimizga qo’shiibdi.Bu jaxshi, ammo yanada yaxshiroq bo’lishimiz mumkin. Shunga ko’ra, men marramizga qo’shilib, chorlov so’ngida 21-o’rinni egallagan ishtirokchiga o’z sоvg’amni qo’yaman. Nima sovg’a ekanini keyinroq aytaman.Hozir esa “Marra”ga qo’shiling va har kuni kamida 18 daqiqa Toni Blerning “Yetakchilik san’ati” kitobini o’qing yoki tinglang. Hammaga yutuq bo’ladi — bilim va ma’rifat shaklida.“Marra”ga qanday qo’shilish haqida batafsil avvalroq yozgan edim.@shahnozxon
  • Shahnoza Soatova blogi

    11 Sept, 12:15

    Loy ko‘chada maktabga qatnaydigan bolalar va chiroqsiz qishloqlarga umid berilyapti“Tashabbusli byudjet” deputatlar tashabbusi bilan yetarli ovoz ololmagan, ammo yechimi kechiktirib bo‘lmaydigan qator loyihalarga milliardlab mablag‘lar yo‘naltirilyapti:Deputat Sapargul Utemuratovaning aralashuvi bilan Nukusdagi “Juazshi” mahallasidagi maktab yo‘llarini asfaltlashga 1,3 mlrd so‘m ajratildi. 1250 dan ortiq bola endi maktabga toza kiyimda boradi.Amudaryoning “To‘lqin” ovulida eskirgan simyog‘ochlar sababli chiroq o‘chishi doimiy muammo edi. Deputat Sayyara Imamova tizimni yangilash uchun 1,6 mlrd so‘m yo‘naltirilishini ta’minladi. Xuddi shunday, Norinda ham deputat Dilnoza Azizova bir yo‘la 16 ta mahallaning elektr tarmoqlarini yangilash loyihalarini (jami 1,3 mlrd so‘m) qutqarib qoldi.Jondordagi “Po‘loti” mahallasining ichki yo‘llarini asfaltlashga deputat Jahongir Shirinov 1,6
  • Shahnoza Soatova blogi

    11 Sept, 05:21edited

    Шифокор Рустам Норбоев ёзмоқда:Дунёда энг зарур нарса — ахборот.Ахборот қурол ҳам, инсон ҳаётини сақлаб қоладиган восита ҳам бўлиши мумкин.Кеча ПСПЭ билан касалланган болаларнинг ота-оналари Соғлиқни сақлаш вазирлиги раҳбарияти билан учрашди. Афсуски, бу муаммо анчадан бери йиғилиб келаётган эди ва бир нуқтага келиб портлади.Бизда вакцинация билан боғлиқ муаммолар, статистиканинг ишончлилиги борасида саволлар борлиги, менимча, ҳеч кимга сир эмас. Аммо бу муаммоларнинг оқибатини энди ҳис қила бошлаяпмиз. Ва қўрқаманки, вазият бундан ҳам оғирлашиши мумкин.Бунинг учун ҳатто статистика ҳам шарт эмас. Ижтимоий тармоқлардаги изоҳларни ўқишнинг ўзи кифоя: одамлар болаларини эмлатмаслигини фахр билан ёзмоқда.Лекин мен бунда фақат ота-оналарни айбламоқчи эмасман. Менимча, энг катта муаммо — одамларда ишончли ва тушунарли ахборот етишмаслигида.Агар инсон ўз саволларига шифокордан ва
    FacebookРустам НарбаевСамое необходимое в этом мире — информация. Она может быть как оружием, так и инструментом, который спасает жизни. Вчера прошла встреча родителей детей с ПСПЭ с руководством Минздрава. К сожалению...
    959982Open in Telegram
  • Shahnoza Soatova blogi

    10 Sept, 09:20

    forwarded from @davletovuztw

    Шифокор тавсияси
    919video3Open in Telegram
  • Shahnoza Soatova blogi

    10 Sept, 08:00

    forwarded from @shokirjonov

    Senat lotin alifbosini tuzatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladiHozircha yangi alifbo tasdiqlangani ham, uni joriy etish haqida qonun yakuniy qabul qilingani yo‘q. Qonun Prezident imzolagach, 6 oydan so‘ng kuchga kiradi. 2027-yil 2-sentabrdan 1-sinflar shu alifboda öqiy boshlashadi. 2031-yilga borib maktablar töliq takomillashgan imloga ötadi.Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodir Jonuzoqning aytishicha, alifboni takomillashtirishga doir qonun loyihasi ustidagi ishlar boshlanganiga 10 yil bo‘lgan. Rejaga ko‘ra, yangi variant qabul qilinsa, kirill va lotin yozuvining parallel qo‘llanishiga bosqichma-bosqich chek qo‘yilishi mumkin.Shuningdek, qonun qabul qilingan taqdirda OAV va rasmiy ish yuritishni tasdiqlangan yagona alifboga o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda. Boshqa yozuvlardagi matnlarni yangi alifboga avtomatik o‘girish uchun
    876432Open in Telegram
  • Shahnoza Soatova blogi

    10 Sept, 06:27

    Lotin alifbosiga o‘zgartirish kiritiladigan bo‘lyaptiSenat “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonunni ma’qulladi.@shahnozxon
    9791132Open in Telegram
  • Shahnoza Soatova blogi

    10 Sept, 04:48

    Вакцина олмасликнинг ёмон оқибатини шахсан кўрганман: ўз фарзандимда. Қизимга 2 ойликда қилинадиган АКДС врач кўрсатмасига кўра кечиктирилган. Бўлмаса, ўзим ҳамма вакциналарни олиш тарафдориман, катта фарзандимда битта қўймай олганмиз. Лекин қизимга доктор
    1,0901282Open in Telegram
  • Shahnoza Soatova blogi

    9 Sept, 14:07

    Вакцина олмасликнинг ёмон оқибатини шахсан кўрганман: ўз фарзандимда.Қизимга 2 ойликда қилинадиган АКДС врач кўрсатмасига кўра кечиктирилган. Бўлмаса, ўзим ҳамма вакциналарни олиш тарафдориман, катта фарзандимда битта қўймай олганмиз. Лекин қизимга доктор айтди-ку деб АКДС олмадик. 4 ойлигида касалхонага тушдик. Оддий шамоллаш билан бориб кўкйўтал юқтириб олдик. Даҳшатли касаллик экан, бола йўталиб туриб бирдан нафас олмай кўкара бошлайди. Қий-чув, ҳар томонга югурасан, ҳеч ким ёрдам беролмайди... Доктор "Боланинг иммунитети енгса енгди, енгмаса, пешонангдан кўрасан". Иззиллаб йиғлаганларим эсимда.Вакцина олмай фарзандини қандай катта хавфга қўйишини ота-оналар билмайди ҳам. Мен ҳам билмаганман. Аслида юқумли касалликлар жуда кўп, уларнинг асоратлари жуда-жуда ёмон. Буни кўрсатишмайди, статистикани айтишмайди. Мен ҳам кўкйўтал узоқ ўтмишда қолиб кетган дард деб ўйлардим.Худога
  • Shahnoza Soatova blogi

    9 Sept, 09:04edited

    Buncha arzon bo‘lding, arzanda jonim...😭Internetni portlatgan, internet ne, hali ijtimoiy tarmoqlar ommalashmagan davrlarda ham har bir yurakka kirib borgan qo'shiq ijrochisi Surayyo Qosimova og‘ir xasta ekan. Xayriya e'lon qilinibdi. Men ham videoni ulashyapman. Faqat e'lon qilingan karta raqamida familiya Qosimova bo'lmagani uchun uni olib tashladim (o'zim ehsonimni qildim).Qaniydi bizda mualliflik huquqiga to'liq rioya qilinganida, hozir bu ayol ehson so'rab yurmas edi. Biz bu qo'shiqni shuncha yillar bepul eshitib lazzatlandik, hislarimizni u orqali izhor qildik. Shuning haqqi, Surayyoxonni qo'llashimiz kerak (Balki karta masalasi ham oydinlashar).Tegishli davlat tuzilmalari va puldor saxovatpesha insonlarni ham befarq bo'lmaslikka chaqiraman. Chunki hozir Surayyo Qosimovaga bir martalik emas, uzoq muddatli tizimli ijtimoiy yordam kerak. Sababi videoda aytilganidek,
    1,620video216Open in Telegram
  • Shahnoza Soatova blogi

    9 Sept, 06:28

    Ҳурматли мутасаддилар, бундай мурожаатлар энди кўпаяверади. Қаттиқ туравериш керак.Бу баллик жарималарни кўрмай "бемалол" улғайган ҳайдовчилар авлоди. Бир авлод алмашса, жойига келиб қолади. 66 га балл бермасангиз нимага 66 га бермай 67 га бериляпти, деб чиқилади. Бунинг охири йўқ. Шартли чегара бўлиши керак ва бу чегарани қаттиқ ҳимоя қилиш лозим!Қонунлар ўйинчоқ эмас. 60 чекловда 65 юрманглар, тамом!@shahnozxon
    938video174222Open in Telegram
  • Shahnoza Soatova blogi

    8 Sept, 10:59

    PISA reytingida 48-o‘ringa chiqdik. Bu xabarni qanday talqin qilish kerak?Bu yaxshi xabar. Lekin 48-o‘rindan ham muhimroq ko‘rsatkich bor.PISA-2025 natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha ko‘rsatkichi 355 balldan 438 ballga ko‘tarilib, mamlakatimiz reytingda 80-o‘rindan 48-o‘ringa chiqdi.Birdaniga 32 pog‘ona o‘sish juda yaxshi natija, kuchli dinamika degani. Ammo eng muhimi bu raqam emas.PISA o‘zi nima?PISA — OECD (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) har uch yilda o‘tkazadigan, dunyodagi 15 yoshli o‘quvchilarni baholaydigan xalqaro tadqiqot. 2025-yilgi tadqiqotda 91 mamlakat va ta’lim tizimidan 760 mingdan ortiq o‘quvchi qatnashdi.PISA boladan “formulani bilasanmi?” yoki “darslikda nima yozilgan?” deb so‘ramaydi. U bilimni hayotiy vaziyatda ishlata olishni tekshiradi. PISAda biz erishgan 2-daraja bazaviy savodxonlik chegarasi
    TelegramMaktabgacha va maktab ta'limi vazirligiPISA 2025: O‘zbekiston o‘quvchilari natijalarida ijobiy o‘zgarish! O‘zbekistonlik o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha natijalarida sezilarli o‘sish qayd etildi. PISA 2025 tadqiqotida 2-daraja bazaviy daraja hisoblanadi. Bu daraja o‘quvchining…
    918411Open in Telegram