Latest posts

Shahrisabz tumani hokimligi
22 Sept, 19:20
forwarded from @matbuotyuzi
❗️DIQQAT! ⚡️TA'MIRLASH ISHLARI KETMOQDA.📌 Shahrisabz tumani: 📆 23.09.2026 yil:🔹 Chorshanbe 35/10 kv nimstansiyasidan 10 kV Anday havo liniyasida tamirlash ishlari olib borilishi sababli soat 10:00 dan 18:00 gacha Tepar, Oqoltin, Chorshanbe MFY elektr taʼminotida uzilishlar boʻladi.🔹Tosh zavod 1 110/ 6 kV nimstansiyasidan chiquvchi 6 kV F Soy elektr uzatish tarmog‘ida ta'mirlash ishlari olib borilishi bois Shahrisabz tumanining Saroy MFY hududida soat 09:00 dan 18:00 gacha elektr ta'minotida uzilishlar bo‘ladi.📱Axborot xizmati kanaliga obuna boʻlingTelegramAxborot xizmati | Nodir QulmatovHokimlik Axborot xizmati rahbari - matbuot kotibi. Matbuot yuzini koʻrmaydigan xabarlar Murojaat: @nodirqulmatov
Shahrisabz tumani hokimligi
22 Sept, 16:22
Shahrisabz tumanidagi “Xazara” mahallasida 330 o‘rinli yangi zamonaviy umumta’lim maktabi foydalanishga topshirilish arafasidaO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qarori asosida tumanning chekka va aholi soni ortib borayotgan hududlaridan biri — “Xazara” MFYda zamonaviy infratuzilmaga ega yangi maktab binosi barpo etilmoqda.Ayni paytda obyektda qurilish-montaj va yakuniy pardozlash ishlari 95 foizga bajarilgan.Yangi ta’lim maskanining foydalanishga topshirilishi natijasida “Xazara” mahallasidagi yuzlab o‘quvchilar zamonaviy va shinam sinfxonalarda ta’lim olish uchun barcha zarur sharoitlarga ega bo‘ladi.📱https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi📱Gov.uz📱Facebook📱Youtube📱 Inst




Shahrisabz tumani hokimligi
22 Sept, 12:47
Shahrisabz tumanida paxta terimi qizg‘in davom etmoqdaShahrisabz tumanida paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Tuman hokimi Samad Xasanov ham paxta dalalarida bo‘lib, fermerlar bilan yonma-yon turib, terim jarayonlarida ishtirok etmoqda.Ayni paytda dalalarda 6 ta paxta terish mashinasi tunu kun, mashinistlar esa navbatchilik asosida faoliyat yuritmoqda. Ularning 5 tasi joriy yilda yangi olib kelinib, terimga jalb etilgan.Tumanda 3 ming 10 gektar maydonga paxta ekilgan bo‘lib, mavsum yakunida 14 ming 400 tonna paxta xomashyosi yetishtirish rejalashtirilgan. Maydonlarda hosildorlik gektaridan 50–60 sentnerni tashkil etmoqda.Yuqori hosilli Xitoy navli paxtalar yetishtirilayotgani ham hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.📱https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi📱Gov.uz
Shahrisabz tumani hokimligi
22 Sept, 12:18
Tadbirkorlar muammolari joyida o‘rganilmoqdaPrezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Shu asosda, Shahrisabz tumanida tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida tadbirkorlik obyektlarida o‘rganishlar olib borilmoqda.O‘rganishda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari G‘. Karamanov, Respublikdana biriktirilgan “Sanoat Qurilish Bank” xodimi O‘tkir Bo‘tayev va mas’ullar ishtirok etdi.Tadbirkorning muammolari tinglanib, loyihani tez fursatda ishga tushirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.📱https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi📱Gov.uz




Shahrisabz tumani hokimligi
22 Sept, 11:29
Samad Xasanov fuqarolarni qabul qilib, muammolarini tingladiShahrisabz tuman hokimi Samad Xasanov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul jarayonida tumanning tegishli tashkilotlari rahbarlari ham ishtirok etdi. Unda fuqarolar tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi bilan bog‘liq masalalar, infratuzilma va kommunal xizmatlarga oid murojaatlar, shuningdek, moddiy yordam so‘rovlariga oid masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat joyida atroflicha o‘rganilib, tegishli mas’ul tashkilotlarga hal qilish boyicha aniq topshiriqlar berildi.📱https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi📱Gov.uz | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Youtube |📱 instagram




Shahrisabz tumani hokimligi
22 Sept, 09:36
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное




Shahrisabz tumani hokimligi
21 Sept, 11:44
“Loliston” kichik sanoat zonasidagi loyihalar o‘rganildiShahrisabz tumani prokurori B.Bekbo‘tayev tomonidan “Loliston” kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar va tadbirkorlarning mavjud muammolari joyida o‘rganildi.Ma’lumot o‘rnida, hududda 12 mlrd 500 mln so‘mlik 8 ta loyiha amalga oshirilishi va 70 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.📱https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi📱Gov.uz📱Facebook📱Youtube📱 Instagram📱 X




Shahrisabz tumani hokimligi
21 Sept, 11:40
Prezident Shavkat Mirziyoyev transport-logistika sohasidagi yirik loyihalarning borishi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о ходе реализации крупных проектов в транспортно-логистической сфере.#Mirziyoyev #taqdimot #transport #logistikaPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


1,700Open in Telegram
Shahrisabz tumani hokimligi
21 Sept, 09:07
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasiga saylovlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi.Davlatimiz rahbari bo‘lib o‘tgan saylovlar Rossiya jamiyatining yuksak siyosiy madaniyati va fuqarolik hamjihatligini yana bir bor yaqqol namoyon etganini ta’kidladi.Saylovchilarning rekord darajadagi ishtiroki va ovoz berish natijalari Rossiya fuqarolari Prezident Vladimir Putin rahbarligida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni davom ettirish va milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan strategik yo‘nalishga yuksak ishonch bildirayotgani hamda uni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolat berishi qayd etildi.O‘zbekiston Prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari misli ko‘rilmagan sur’atlarda


Shahrisabz tumani hokimligi
21 Sept, 04:12edited
Shahrisabz tumani hokimi va hokim o’rinbosarlarining jismoniy hamda yuridik shaxslarni qabul qilish jadvali📱https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi📱Gov.uz📱Facebook📱Youtube📱 Instagram📱 X
Shahrisabz tumani hokimligi
20 Sept, 18:44
forwarded from @matbuotyuzi
🏁 QASHQADARYO TURIZM SOHASIDA TUB BURILISH!Qashqadaryoda xalqaro miqyosdagi yirik buggy-tur tashkil etilmoqda!AvtoMoto Turizm Assotsiatsiyasi, Turizm qo‘mitasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida “Sahrodan qorli tog‘largacha” nomli ilk yirik xalqaro buggy-tur loyihasi Shahrisabz tumanida ham o‘tkaziladi.📆23–26-sentyabr kunlari davomida ishtirokchilar Qashqadaryoning turli hududlaridan o‘tuvchi, cho‘l va tog‘ manzaralarini qamrab olgan qiziqarli yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi.🌐 Loyihada 30 nafardan ortiq xalqaro darajadagi poygachi va avtosport vakillari ishtirok etib, viloyatimizning o‘ziga xos tabiati, tog‘li va cho‘l hududlari bilan yaqindan tanishadi.🔥 Mazkur loyiha Qashqadaryoning ekstremal va sarguzasht turizmi salohiyatini
Shahrisabz tumani hokimligi
20 Sept, 07:50
Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz. — Поездка Президента в Каракалпакстан: сплоченной страной, единым народом, в полной мере реализуя огромные возможности и потенциал Каракалпакстана, мы достигнем новых высот в развитии региона и повышении благосостояния людей.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Shahrisabz tumani hokimligi
20 Sept, 05:43
Paxta terimi masalalari muhokama qilindiShahrisabz tumani hokimi Samad Xasanov tumanning Amir Temur hududida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuvda paxta terim mashinalaridan unumli foydalanib hosilini o‘z vaqtida va sifatli terib olish, terim jarayonlarini samarali tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish hamda hosilni nobud qilmasdan yig‘ib-terib olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Fermer xo‘jaliklari rahbarlariga terim jarayonlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, zarur shart-sharoitlarni yaratish va belgilangan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.📱https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi📱Gov.uz📱Facebook📱Youtube




Shahrisabz tumani hokimligi
19 Sept, 16:40
Xitoy kompaniyasi vakili bilan paxta yetishtirish masalalari muhokama qilindiShahrisabz tumani hokimi Samad Xasanov Xitoy Xalq Respublikasining “Zhe Long Nong Ye” kompaniyasi vakili Deng Yong bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuvda tumanda "Shinjon" usulida paxta yetishtirish, tomchilatib sugʻorishda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, qishloq xoʻjaligida ishlatilayotgan kimyoviy vositalarni ishlab chiqarish masalalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida ilg‘or tajribalarni qo‘llash va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.📱https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi📱Gov.uz📱Facebook📱Youtube📱Instagram




Shahrisabz tumani hokimligi
11 Sept, 09:05
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega. — Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан Мирзиёева Саида Шавкатовна назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.Facebook|Instagram|X


Shahrisabz tumani hokimligi
11 Sept, 05:29
forwarded from @shahrisabzt_deputatlari
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #kotibiyat_mudirining_ish_rejasi Fuqarolar qabuli o‘tkazildiShahrisabz tuman hokimligi bilan hamkorlikda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.Qabulda tuman hokimligi vakillari, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.Murojaatlar davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, ta’lim va sog‘liqni saqlash, infratuzilma va kommunal xizmatlar, shuningdek, moddiy yordam bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi.Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.telegram | facebook | instagram | youtube




Shahrisabz tumani hokimligi
11 Sept, 03:54
Tadbirkorlar muammolari joyida o‘rganilmoqdaPrezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Shu asosda, Shahrisabz tumanida tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida tadbirkorlik obyektlarida o‘rganishlar olib borilmoqda.O‘rganishda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari G‘. Karamanov, Respublikdana biriktirilgan“Sanoat Qurilish Bank” xodimi O‘tkir Bo‘tayev va mas’ullar ishtirok etdi.Tadbirkorning muammolari tinglanib, loyihani tez fursatda ishga tushirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.📱https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi📱Gov.uz📱Facebook📱Youtube📱 Instagram📱 X




Shahrisabz tumani hokimligi
10 Sept, 15:40
Yoshlar bandligi va tadbirkorlik loyihalari o‘rganildiDavlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabek Noraliyev hamda Shahrisabz tumani hokimi Samad Xasanov tomonidan xonadonbay o‘rganishlar davomida xonadonlarga borib, amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning natijadorligi o‘rganildi.O‘rganish jarayonida fuqarolarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda oilaviy daromadlarini oshirishga qaratilgan loyihalarning amaldagi holatiga e’tibor qaratildi. Jumladan, xonadonlarda mebel ishlab chiqarish, tikuvchilik, sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash, temir mahsulotlari hamda darvoza ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda tashkil etilgan loyihalar ko‘zdan kechirildi. 📱https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi📱Gov.uz📱Facebook📱Youtube📱 Instagram📱 X




Shahrisabz tumani hokimligi
10 Sept, 14:47
Yoshlar muammolari o‘rganildiMamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi ta’kidlangan edi.Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Shahrisabz tuman prokurori B.Bekbo‘tayev hamda tuman prokurori o‘rinbosari A.Shodmonovlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan "Og‘ir toifa"dagi yoshlarning yashash xonadonlariga borilgan holda ularning muammolari o‘rganildi.Uchrashuvlar davomida yoshlarning bandligi, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi hamda hozirgi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan sharoitlar haqida suhbatlashildi.Shuningdek yoshlar bo'sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun ularga kitoblar sovg‘a qilindi.




Shahrisabz tumani hokimligi
10 Sept, 14:14
“Har payshanba – Yoshlar kuni” Davlatimiz rahbari tomonidan har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” etib belgilanishi ta’kidlangan edi.Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Shahrisabz tumani hokimi Samad Xasanov boshchiligidagi rahbarlar yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni ish bilan ta’minlash va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Tuman hokimi tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 📱https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi📱Gov.uz📱Facebook📱Youtube📱 Instagram📱 X



Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
