Latest posts

Shoyad Shuxratovich | Blog
25 Sept, 17:26edited
— Qizimni qanday baxtli qilmoqchisiz, nimez bor? — Marketing bilan shug’ullanaman, topish-tutishim yaxshi, bundan tashqari tarvuzniyam mukammal tanlayman. — Qizim sizniki 🙂 @shoyad_shuxratovich



Shoyad Shuxratovich | Blog
25 Sept, 14:44edited
Bir erkak hikoya qiladi— Ba’zan muhabbat yo‘qolmaydi. Uni shunchaki e’tiborsizlik, odat va vaqt bosib qoladi.Oilani saqlab qoladigan narsa bir-birini tinglash, birga vaqt o‘tkazish, qadrlash, kechirish, mayda narsalarga ham e’tibor berish, eng muhimi «biz» degan tushunchani «men»dan ustun qo‘yish.Chunki begona inson bilan chiroyli suhbat qurish oson. Ammo yillar davomida yoningizda turgan insonni qaytadan kashf qilish haqiqiy muhabbatning mevasi.• Manfaatli bo’lsa — ❤️🔥@shoyad_shuxratovich
Shoyad Shuxratovich | Blog
19 Sept, 17:29edited
Singlim eshit— Bu tavsiyalarni yaxshi bilasiz, yanada ko’pchilikka yetib borishi uchun video shaklda tayyorladim. Bilmaganlarga foydali, bilganlarga eslatma bo’lsin. Ulashing.• Foydali bo’lsa — ❤️🔥@shoyad_shuxratovich
Shoyad Shuxratovich | Blog
17 Sept, 18:06
— Agar o'tgan yil sentabrdagi men bilan bugungi men uchrashib qolsa bilasizmi nima bo’ladi? Menimcha, ikkalamiz ham bir-birimizga uzoooq tikilib qolardik.U bugun hayotimda bor ayrim narsalarga ishonmasdi. Men esa uning ayrim tashvishlariga kulib qo'yardim.O‘tgan yilgi men ko‘p narsani bilmasdi. Lekin taslim bo‘lmagani uchun bugungi men paydo bo‘ldi.Menimcha sizda ham shu holat bo’lardi. To’g’rimi ❤️🔥@shoyad_shuxratovich


Shoyad Shuxratovich | Blog
16 Sept, 15:16edited
Aslida kim yolg’iz— Har bir insonning hayotimizda o‘z o‘rni bor. Bir-biringizni qadrlang, vaqt ajrating, ko‘ngliga qarang. Oilani saqlab qolish uchun harakat qiling.Bir-biringizning qadriga yetish uchun ayriliqni kutmang. Yonida ekaningizda qadrlang.• Qo’shilaman — ❤️🔥@shoyad_shuxratovich
Shoyad Shuxratovich | Blog
14 Sept, 15:24edited
Onangiz bor ekan, qadriga yeting— Onasi bor insonning yonida ko‘pincha o‘zi sezmaydigan katta bir ne’mat bo‘ladi. U ne’mat, onaning duosi.Ammo onasi yo‘qlar-chi? Ular siz kabi istagan payti telefon qilib, «Ona, duo qiling», deya olmaydi. Uyga kirib borib, onasining ovozini eshita olmaydi. Biror ishga qo‘l urishdan oldin onasining roziligini olib, duosini so‘ray olmaydi.Onangizni asrang. Ko‘proq gaplashing. Holidan xabar oling. Qo‘lidan o‘ping. Roziligini oling. Rahmat aytishga ulguring.• Onalar uchun — 🕊️@shoyad_shuxratovich
Shoyad Shuxratovich | Blog
14 Sept, 11:58edited
Zamon shunday bo’lib ketdi — 14 yoshli qizni ko’rib 26 yoshda deb o’ylaysan, 40 yoshli ayolni ko’rib go’yo 14 yoshdek ko’rasan. Yigitni ko’rasan qizga o’xshaydi, qizni ko’rasan yigitga o’xshaydi. Xojatxonada o’tirib o’ylashadi, yuvinayotganda ashula aytishadi.
Shoyad Shuxratovich | Blog
13 Sept, 05:30edited
Sansebastian’ mish, o’rgildim. Biz Andijondanmiz, bizda birovni sansirash yo’q.Sizsebastian’ bu, hurmatsizlik qilmanglar unaqa, xo’pmi 🙂@shoyad_shuxratovich


Shoyad Shuxratovich | Blog
11 Sept, 16:46
Katta ne’matSabr kerak bo‘lsa — sabrni eslatadi. Ko‘nglingiz sinsa — taskinni eslatadi. Adashsangiz — yo‘lingizni eslatadi. Charchasangiz — farog’at va rohatni eslatadi.Har kuni bo‘lmasa ham, tez-tez ochib turing. O‘qing. Farzandlaringiz eshitsin. Baraka shundan.• Foydali bo’lsa — ❤️🔥@shoyad_shuxratovich
Shoyad Shuxratovich | Blog
11 Sept, 09:52
— Yaxshiyam 21-asrda tug’ulibmiz do’stlar 😊@shoyad_shuxratovich




Shoyad Shuxratovich | Blog
11 Sept, 09:19edited
Didingizga ishonaman— Hozirgina instagramga ko’rib qoldim bu videoni, qizchani tanimayman, chiroyli qizcha ekan.Sherigim bilan tortishib ketdik, qaysi ko’rinish ko’proq yarashgani haqida. Aslida ikkala obrozi ham zo’r, lekin qaysi biri ko’proq yarashgan:1-obroz — ❤️🔥 2-obroz — 🕊️
Shoyad Shuxratovich | Blog
9 Sept, 16:17edited
Shunday tanishiz bormi— Ba’zi insonlar hayotimizga ne’mat qilib berilgan. Ularning borligi oddiydek tuyulishi mumkin. Ammo bir kun yo‘qligini tasavvur qilsangiz, aslida qanday katta ne’mat ekanini his qilasiz.Shunday insonlaringiz bo‘lsa, ularni qadrlang.• Manfaatli bo’lsa — ❤️🔥@shoyad_shuxratovich
Shoyad Shuxratovich | Blog
9 Sept, 11:17
— Ey erkaklar jamoasi, o’ziga buni qila olgan jonzot, sizga nimalarni qilmaydi deysiz 😊@shoyad_shuxrratovich


Shoyad Shuxratovich | Blog
8 Sept, 14:52
— Ertaga ishxonadagi bir akamiz to’y qilayotgan edi. Undan tashqari Andijonda ham bir o’rtog’im uylanyapti, kamiga u bizga qarindosh. Men nima qildim bilasizmi?Ishxonadagilarga qarindoshimni to’yiga bormasam bo’lmaydi dedim, o’rtog’imga esa ishxonamdagiga bormasam bo’lmaydi’ deb aytdim. To’g’ri tushunishdi.Endi uyda bemalol, mazza qilib dam olaman 😊
Shoyad Shuxratovich | Blog
7 Sept, 14:58edited
— Ba’zi insonlar hayotingizga shunchaki kirib kelmaydi. Ular duolaringizning javobi, qalbingiz kutgan xotirjamlik bo‘lib keladi.Ular hayotimizdagi oddiy tasodif emas, balki Xudoyim bergan eng chiroyli ne’matlardan biridir.• Video yoqsa — 🩵@shoyad_shuxratovich
Shoyad Shuxratovich | Blog
5 Sept, 14:40edited
Maktub olganmisiz hech— Bu maktubni kitob taqdimotida kelgan mehmonlarga o’qib bergandim. Shu yerda qolsin. O’ylashimcha, bu so’zlarni har bir erkak suyganiga aytishi kerak. Tinglar ekansiz, yaqin insonizni nomidan qabul qilgandek tinglang.• Video yoqsa — 🩵@shoyad_shuxratovich
Shoyad Shuxratovich | Blog
5 Sept, 07:41
Tik tursang — varikoz O’tirsang — gemoroy Yotsang — yotoq yara Ovqat yemasang — oshqozon yazva Ovqatlansang — semizlik Cheksang — o’pka chirishi Yig’lasang — ko’z shishadi Kulsang — ajin bosadi O’ylasang — bosh og’riydi Sevsang — infarkt Uylansang — stress Uylanmasang — depressiyaTavba, noziklashib ketyapmiz 😊@shoyad_shuxratovich
Shoyad Shuxratovich | Blog
4 Sept, 17:39
Inson sevsa — gul oladi. Sog‘insa — gul oladi. Kechirim so‘rasa — gul oladi. Kutilmaganda xursand qilgisi kelsa — yana gul oladi.Aslida sabab shart emas, uning borligini o’zi sabab 🩵.@shoyad_shuxratovich


Shoyad Shuxratovich | Blog
4 Sept, 15:45edited
Sharafli mehmon— Nega har bir insonga Makkaga borish nasib qilmaydi, hech o’ylab ko’rganmisiz. Chunki bu yaratganning tanlovidir. O’zi taklif qilsagina borasiz, e’tibor bering qancha odam harakat qiladi, sababini qiladi lekin yetolmaydi. Bu ham nasib.Allohning mehmoni bo’lish barchangizga nasib etsin.• Amin — 🕊️@shoyad_shuxratovich
Shoyad Shuxratovich | Blog
4 Sept, 09:14
Zamon shunday bo’lib ketdi— 14 yoshli qizni ko’rib 26 yoshda deb o’ylaysan, 40 yoshli ayolni ko’rib go’yo 14 yoshdek ko’rasan.Yigitni ko’rasan qizga o’xshaydi, qizni ko’rasan yigitga o’xshaydi.Xojatxonada o’tirib o’ylashadi, yuvinayotganda ashula aytishadi.Dars paytida uhlashadi, o’rinda yotganda telefonda gaplashadi, ovqatlanayotganda instagram ko’rishadi.Dars qilish o’rniga o’yin o’ynashadi, mashina haydash vaqtida SMS yozishadi.Yomon ko’rgan insoniga “xo’p bo’ladi” deb itoat qilishadi, yaxshi ko’rgan insoni bilan urushadi.Uxlaydigan vaqtda uyg’onishadi. Uyg’oq bo’ladigan vaqtda uxlashadi.Ishda gazeta o’qishadi, bo’sh vaqtlarda esa ishlashadi! G’alati.
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
