Latest posts

Sirdaryo tumani yoshlari
21 Sept, 03:44
forwarded from @azizbek_turdimurodov
Sirdaryo tumani hokimi tomonidan aholi hamda tadbirkorlar ishtirokida infratuzilma loyihalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Gov.uz
Sirdaryo tumani yoshlari
18 Sept, 12:38
forwarded from @xavfsizlik_uz
“Ummu Muxammad” taxallusi ostida “Telegram” messenjerida diniy ta’lim niqobida ayollarni “hijrat” qilishga chorlab, xorijdagi ekstremistik va terroristik tashkilotlar safiga yollayotgan Me’rojixon Abobakirova kabilarning aldov qurboniga aylanib qolmang.Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating 👇✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Sirdaryo tumani yoshlari
15 Sept, 13:46
forwarded from @sirdaryolik_yoshlar_kanali
Tarix yaratilmoqda - O‘zbekistonda ilk bor shaxmat olimpiadasi! Ilk marotaba mamlakatimizda — Butunjahon shaxmat olimpiadasi Bu shunchaki musobaqa emas — bu yoshlarimizning aql-zakovati, matonati va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqining bayramidir.Sirdaryoliklar sizlar bilan birga!Kelinglar, shaxmatchilarimiz ortida turaylik. Ularning har bir yurishi — bizning ishonchimiz, har bir g‘alabasi — bizning quvonchimiz bo‘lsin!Shaxmatga bo‘lgan muhabbatingizni ko‘rsating — chellenjga qo‘shiling, do‘stlaringizni ham taklif eting!Birlashamiz, qo‘llab-quvvatlaymiz, g‘alaba qozonamiz!Telegram | Instagram | Facebook
Sirdaryo tumani yoshlari
15 Sept, 02:18
forwarded from @sirdaryolik_yoshlar_kanali
O‘zbekistonda ilk bor Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘tkazilmoqda!Bu — mamlakatimiz shaxmati, yoshlarimizning intellektual salohiyati va sportdagi yutuqlarini namoyon etish uchun muhim va tarixiy voqea.♟ Har bir yurishda — tafakkur, ♟ Har bir qarorda — strategiya, ♟ Har bir g‘alabada — matonat va ishonch mujassam!Aziz Sirdaryo yoshlari!Shaxmatchilarimizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik! Ularning har bir g‘alabasi ortida bizning olqishimiz, ishonchimiz va qo‘llab-quvvatlashimiz tursin!Shaxmatga bo‘lgan qiziqishingizni namoyon eting, chellenjga qo‘shiling va o‘z do‘stlaringizni ham chorlang! Birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz! Birgalikda g‘alabalar sari! 🇺🇿♟Telegram | Instagram | Facebook
Sirdaryo tumani yoshlari
14 Sept, 07:50
forwarded from @sirdaryolik_yoshlar_kanali
2030-yilgacha mo‘ljallangan yettita milliy dasturning mazmun-mohiyati, asosiy maqsad va vazifalari hamda ularning yoshlar uchun ahamiyatini keng ochib berish maqsadida infografika tayyorlandi📊 Quyidagi infografikalarda strategiyaning asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berilgan.Telegram | Instagram | Facebook
Sirdaryo tumani yoshlari
13 Sept, 06:50
forwarded from @sirdaryotumanpress
🌱 Sirdaryoda yoshlar tashabbusi bilan plogging aksiyasi o‘tkazildiAksiya davomida yoshlar hududlarni obodonlashtirish, chiqindilarni yig‘ish hamda atrof-muhitni asrashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.Yoshlarning bunday ezgu tashabbuslari ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mehr va mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.🌱 Tabiatni asrash — har birimizning burchimiz!
Sirdaryo tumani yoshlari
12 Sept, 04:59
forwarded from @sirdaryotumanpress
⚡️ Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadamSog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, aholining jismoniy faolligini oshirish maqsadida erta tongdan Sirdaryo tumanining barcha 38 ta mahallasida “Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam” yurish marafoni tashkil etilmoqda.Unda mahalla aholisi, yoshlar va nuroniylar faol ishtirok etib, 5 ming qadam yurish orqali sog‘lom turmush tarzining inson salomatligidagi muhim o‘rnini namoyon etmoqda.Yurish marafonidan so‘ng ishtirokchilar bilan birgalikda ertalabki badantarbiya mashqlari ham bajarilmoqda.Bunday ommaviy tadbirlar aholining jismoniy faolligini oshirish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda mahallalarda sog‘lom va faol hayot tarzini qaror toptirishga xizmat qilmoqda.Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Gov.uz
Sirdaryo tumani yoshlari
12 Sept, 04:59
forwarded from @sirdaryo_tuman_ssb
Sirdaryo tumanida navbatdagi "Salomatlik sari 5000 qadam" piyoda yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.Sirdaryo tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi, tibbiyot xodimlari, tuman hokimligi hamda Tadbirkor, Tinchlik, va Ishonch mahallalari fuqarolari ishtirokida navbatdagi "Salomatlik sari 5000 qadam" piyoda yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbirning asosiy maqsadi aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish, salomatlikni mustahkamlash hamda umr ko‘rish davomiyligini uzaytirishga xizmat qiluvchi sog‘lom odatlarni shakllantirishdan iborat.Sirdaryo tuman sog'liqni saqlash bo'limi telegram kanali 👇@Sirdaryo_tuman_ssb
Sirdaryo tumani yoshlari
12 Sept, 04:35
🌱 SIRDARYODA YOSHLAR TASHABBUSI BILAN PLOGGING AKSIYASI O‘TKAZILDI!Sirdaryo viloyatining barcha hududlarida, jumladan, Sirdaryo tumanida ham yoshlarning tashabbusi va faol ishtirokida “Plogging” ekologik aksiyasi tashkil etildi.🌿 Aksiya davomida yoshlar hududlarni obodonlashtirish, chiqindilarni yig‘ish hamda atrof-muhitni asrashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.Toza hudud — sog‘lom muhit — farovon kelajak!Yoshlarning bunday ezgu tashabbuslari ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mehr va mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.🌱 Tabiatni asrash — har birimizning burchimiz!📲 Sirdaryo Yoshlari
Sirdaryo tumani yoshlari
8 Sept, 14:24
forwarded from @sirdaryouz
🎞 «СИРДАРЁ ХАЛҚ НАЗОРАТИ» ПЛАТФОРМАСИ ИШГА ТУШИРИЛДИ
Sirdaryo tumani yoshlari
8 Sept, 11:35
🚫 BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!Sirdaryo tumani hokimligi Madaniyat bo‘limi hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida giyohvandlikning salbiy oqibatlarini targ‘ib qiluvchi ijtimoiy rolik tayyorlandi.🎯 Giyohvandlik — inson salomatligi, oilasi va kelajagiga tahdid.❗️ Bir lahzalik xato butun kelajagingizni barbod qilmasin!🌱 O‘z kelajagingizni barbod qilmang! Giyohvandlikka YO‘Q deng!✅ Sirdaryo Yoshlari
Sirdaryo tumani yoshlari
4 Sept, 04:28
forwarded from @sirdaryolik_yoshlar_kanali
#liveAyni paytda Sirdaryo viloyati Yoshlar markazida para shaxmat bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi boshlanish arafasida.Barcha para shaxmatchilarga omad tilaymiz.Telegram | Instagram | Facebook
Sirdaryo tumani yoshlari
3 Sept, 09:04
forwarded from @press_secretary_uz
Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta’kidlandi.Ular sentabr-dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini ko‘paytirish majburiyatini oladi.Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi belgilandi.Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi.Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi.Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.Facebook|Instagram|X
Sirdaryo tumani yoshlari
3 Sept, 08:55
forwarded from @sirdaryosadosi
⚡️🏫 Биринчи қўнғироқ!Сирдарё тумани ММТБга қарашли 15-сонли умумтаълим мактабида жорий йилнинг 2-сентябрь куни "Ягона Ватан,ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз" шиори остида "Биринчи қўнғироқ" ҳамда Мустақиллигимизнинг 35 йиллигига бағишланган байрам тадбири бўлиб ўтди.Тадбирда туман Ёшлар агентлиги раиси Р.Деҳқонов, маҳалла еттилиги аъзолари, ота-оналар, фахрий устозлар, мактаб жамоаси ва ўқувчилар қатнашди. Тадбирда 1-синф ўқувчиларига Президент совғалари топширилди."Шунингдек, тадбир давомида Ватанни мадҳ қилувчи шеър ва қўшиқлар ижро қилинди. Мактабимизнинг 1-синф ва бошланғич синф ўқувчилари ўз чиқишлари билан барчага кўтаринки кайфият улашдилар", — дейилади мактаб маъмурияти хабарида👇Канал👉 @SirdaryoSadosi ↗️
Sirdaryo tumani yoshlari
3 Sept, 08:25
forwarded from @press_secretary_uz
Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yil 300 milliard so‘m ajratilgan.Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi.Bir haftada ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.– Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi, – dedi davlatimiz rahbari.Vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi.Facebook|Instagram|X
Sirdaryo tumani yoshlari
3 Sept, 08:25
forwarded from @press_secretary_uz
Yig‘ilishda ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan yangi yondashuvlar belgilab berildi.Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yil yakuniga qadar ehtiyojmand aholini “ijtimoiy reyestr”ga kiritish tizimini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.Bunda aholi daromadi bilan birga surunkali kasallik, nogironlik, ko‘p bolalilik va oila a’zosining xorijda ishlayotgani kabi omillarni qamrab oladigan ko‘p o‘lchovli baholash tizimiga o‘tiladi.Respublikada kambag‘allik darajasi 3,9 foizga tushgan bo‘lsa-da, 3 yoshgacha farzandi bor oilalarda mazkur ko‘rsatkich o‘rtacha 6,5 foizni tashkil etmoqda.– Bola parvarishlayotgan ota-onalarni uyida yoki mahallada ishli va daromadli qiladigan tizimni yo‘lga qo‘yamiz, – dedi Prezidentimiz.Facebook|Instagram|X
Sirdaryo tumani yoshlari
3 Sept, 08:04
forwarded from @press_secretary_uz
Joylardagi tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalarini yuritish tizimi ham qayta ko‘rib chiqiladi.Hozir bu masalalar asosan viloyat darajasida hal qilinayotgani ishlarning cho‘zilishiga sabab bo‘layotgani qayd etildi.Tumanni loyihalarning buyurtmachisiga aylantirish va mablag‘larni bevosita joylarga yo‘naltirish ishlarni tezlashtirishi ta’kidlandi. Og‘ir mahallalarda ish o‘rni yaratishga qaratilgan mahalliy mablag‘larga respublikadan 2-3 karra ko‘p resurs qo‘shib berish taklif qilindi.Endi tadbirkorlik infratuzilmasi uchun tumanga beriladigan mablag‘lar hisobidan loyiha ishlab chiqishga tuman shtabi rahbari mas’ul bo‘ladi.Tuman shtabiga loyihalash, qurilish va sifat nazoratini xususiy sektorga berishga ruxsat etiladi. Shu bilan birga, shtab rahbari obyektlarni belgilangan muddat va sifat talablari asosida foydalanishga topshirilishi uchun javobgar bo‘ladi.Facebook|Instagram|X
Sirdaryo tumani yoshlari
3 Sept, 07:54
forwarded from @press_secretary_uz
Mutasaddilarga ikki oyda o‘quv markazi tashkil etib, xorijdan mutaxassislar jalb qilish vazifasi qo‘yildi.Ushbu markazda hokim yordamchilari “loyihabay” ishlashga o‘qitiladi.Viloyat shtablari yil yakunida har bir tumandan eng yaxshi ikki nafar hokim yordamchisini Xitoy, Yaponiya va Turkiyaga malaka oshirishga yuboradi.Eng namunali hokim yordamchilariga alohida malaka darajasi berilib, 50 foizgacha ustama to‘lanadi.Mahalla bankirlarini ham shu tartibda o‘qitish va ularning xorijiy stajirovkasini tashkil etish topshirildi.Bosh prokuraturaga bankirlar va hokim yordamchilarining mustaqil qaror qabul qilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish vazifasi belgilandi.Facebook|Instagram|X
Sirdaryo tumani yoshlari
3 Sept, 07:46
forwarded from @press_secretary_uz
Kredit, subsidiya va kompensatsiya shartlarini farmon va qarorlar bilan belgilash amaliyotidan voz kechilishi ma’lum qilindi.Endi Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bank hududlar salohiyatidan kelib chiqib, moliyalashtirish mexanizmlarini har chorakda yangilab boradi.Tuman shtablari mahallalardagi hokim yordamchilarini “loyihabay” ishlash tizimiga o‘tkazadi.Buning uchun 8 ming 992 ta mahalladagi hokim yordamchilari vazifa bajaruvchi etib tayinlanadi, fidoyi va tashabbuskor kadrlar lavozimiga qayta tayinlanib, ishiga noloyiqlar yangilanadi.Facebook|Instagram|X
Sirdaryo tumani yoshlari
3 Sept, 07:37
forwarded from @press_secretary_uz
Kredit tarixida kechikish bo‘lgan ehtiyojmand aholining loyihalarini ham individual baholash asosida imtiyozli moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.Kambag‘allik jamg‘armasidagi 240 milliard so‘m, Bandlik jamg‘armasidagi 100 milliard so‘m va uchta “daftar”dagi 760 milliard so‘m mablag‘ tuman shtablari ixtiyoriga beriladi.Endi tuman shtabi subsidiya yoki foizsiz ssuda berish masalasini ham mustaqil hal qiladi.Tadbirkorlik kompaniyasining kompensatsiyalar uchun yil yakuniga qadar nazarda tutilgan 300 milliard so‘mlik qoldig‘i ham shtablar orqali ajratiladi.Shu tariqa tumanlar ixtiyoriga jami 3 trillion 200 milliard so‘m resurs yo‘naltirilib, mablag‘larning aniq natija berishiga alohida e’tibor qaratiladi.Facebook|Instagram|X
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
