Latest posts

Kun.uz | Sog’lom hayot
21 Sept, 10:32
Tungi futbol tomoshasi vazn ortishiga olib kelishi mumkin - tadqiqotTaxminan 6 hafta davom etadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlari ko‘pincha Toshkent vaqti bilan tunda boshlanadi, shu sababli muxlislar o‘yinlarni tomosha qilish uchun uyqusini qurbon qiladi. Bu esa ba’zi toifadagi odamlar salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin.👉 https://kun.uz/uz/306c57🌱 Sog‘lom hayot kanalini kuzatib boring!


Kun.uz | Sog’lom hayot
21 Sept, 09:59
❓ Viruslar mavsumida kasal bo‘lish joningizga tegdimi?Nazofеron — alfa-2b interferonli vosita bo‘lib, organizmga viruslarga qarshi kurashishda va immunitetni qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi.✅ Kimlar uchun mos: • 1 oydan boshlab bolalar (1 oy–1 yosh bolalar uchun Nazofеron tomchisi) • kattalar (1 yosh bolalar va undan kattalarga Nazofеron spreyi)✅ Qachon qo‘llanadi? • profilaktika uchun • shamollashning ilk alomatlarida◽️ Shakli: tomchi yoki sprey — oddiy va qulay.Nazofеron — ishonchli himoya.Reklama
Kun.uz | Sog’lom hayot
21 Sept, 08:56
SSV bolalarni OʻRVI va grippdan himoya qilish boʻyicha muhim tavsiyalar berdiKuz - mavsumiy kasalliklar avj oladigan davr. Ayniqsa, bu faslda gripp va oʻtkir respirator virusli infeksiyalarga chalinish holatlari koʻpayadi.Xoʻsh, shamollash mavsumiga qanday tayyorgarlik koʻrish, bolalarni OʻRVI dan himoyalash va kasallikni yengil oʻtkazish uchun nimalarga eʼtibor berish zarur?👉 https://kun.uz/uz/29168767🌱 Sog‘lom hayot kanalini kuzatib boring!


Kun.uz | Sog’lom hayot
16 Sept, 17:31
Kesarcha kesish: zaruratmi yoki tanlov?So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ruq amaliyoti oshib bormoqda. 2023 yilda bu ko‘rsatkich 20–21 foiz atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yil yakuniga kelib 27–28 foizga yetgan.Kesarcha kesish faqat tibbiy zarurat masalasimi? Yoki ayrim ayollar tug‘ruq og‘rig‘idan qochish uchun buni tanlayaptimi? Kesarcha kesishning o‘zi qanday xavf va oqibatlarga ega? Qachon operatsiya haqiqatan zarur? Ko‘rsatmasiz kesarcha kesish talab qilgan ayollar va bunday operatsiyani amalga oshirgan shifokorlarni qanday javobgarlik kutadi?Kun.uz mazkur savollarga javob izladi. Soha mutaxassislari, shifokorlar va kesarcha kesishni boshidan o‘tkazgan ayollar fikri yangi materialimizda.📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Kun.uz | Sog’lom hayot
16 Sept, 10:00
❓ Viruslar mavsumida kasal bo‘lish joningizga tegdimi?Nazofеron — alfa-2b interferonli vosita bo‘lib, organizmga viruslarga qarshi kurashishda va immunitetni qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi.✅ Kimlar uchun mos: • 1 oydan boshlab bolalar (1 oy–1 yosh bolalar uchun Nazofеron tomchisi) • kattalar (1 yosh bolalar va undan kattalarga Nazofеron spreyi)✅ Qachon qo‘llanadi: • profilaktika uchun • shamollashning ilk alomatlarida◽️ Shakli: tomchi yoki sprey — oddiy va qulay.Nazofеron — ishonchli himoya.Reklama
Kun.uz | Sog’lom hayot
16 Sept, 07:38
Qurtlagan shokolad: u yaroqlilik muddati oʻtmagan mahsulotlarda ham uchraydiIjtimoiy tarmoqlarda qadoqlangan shirinlik ichidan tirik qurt chiqqani aks etgan video tarqaldi. Eʼtiborli jihati - videodagi mahsulotning yaroqlilik muddati hali tugamagan. Mahsulot yaroqlilik muddati oʻtmagan boʻlsa ham, qadoq ichida qurt yoki boshqa zararkunanda paydo boʻlishi mumkinmi? Bunday holatga nima sabab boʻladi va hasharot mahsulotga qachon tushib qoladi?Kun.uz oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha mutaxassisdan shu savollarga javob oldi.👉 https://kun.uz/uz/31916973🌱 Sog‘lom hayot kanalini kuzatib boring!
Kun.uz | Sog’lom hayot
22 May, 12:00
Kuniga 8–10 soat kompyuter qarshisida vaqt o’tkazish ofis xodimlari uchun odatiy holga aylandi.Ishxona, avtomobil, telefon bilan vaqt: deyarli barcha jarayonlar harakatsiz o’tyapti. Shifokorlar buni “yangi avlodning sekin rivojlanayotgan sog‘liq muammosi” deb atamoqda.Masala faqat bel og‘rig‘ida emas. Tibbiyotda uzoq vaqt harakatsiz o‘tirish kamharakat turmush tarzi sifatida baholanadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, inson organizmi uzoq muddat qimirlamasdan qolsa, tanadagi bir nechta tizim bir vaqtning o‘zida sekinlashishni boshlaydi.Birinchi navbatda, zarar qon aylanishiga yetadi. Oyoq mushaklari harakat qilmagani sabab qon pastki qismda ko‘proq to‘planadi, venalardagi bosim ortadi. Bu esa oyoq shishishi, varikoz va tromb hosil bo‘lish xavfini oshiradi.Kun bo‘yi ofisda o‘tiradigan yoki uzoq masofaga mashina haydaydiganlarda bu holat ko‘proq uchraydi.Ikkinchi muammo, umurtqa va
Kun.uz | Sog’lom hayot
21 May, 08:15edited
Omega 3 nomi bilan keng tarqalgan baliq yog‘i qo‘shimchalarini muntazam qabul qilish ayrim insonlarda yurak kasalligi va insult xavfini oshirishi mumkinligi aniqlandi.Bu haqida BMJ Medicine jurnalida tadqiqot xulosasi chop etildi.Tadqiqotda Buyuk Britaniyaning UK Biobank bazasidagi 40–69 yosh oralig‘idagi 415 737 kishi ishtirok etgan. Ularning 55 foizi ayollar bo‘lgan. Jarayonda qatnashchilarning ovqatlanish odatlari, turmush tarzi va sog‘lig‘i haqida o‘rganilgan.Natijalarga ko‘ra, yurak-qon tomir kasalligi bo‘lmagan insonlarda baliq yog‘i qo‘shimchalarini muntazam iste’mol qilish: • yurak ritmi buzilishi ya’ni atrial fibrillyatsiya xavfini 13 foizga; • insult xavfini esa 5 foizga oshirgan.Eng qizig‘i, tadqiqot boshqa bir paradoksal holatni ham ko‘rsatdi. Allaqachon yurak kasalligi bilan yashayotgan bemorlarda baliq yog‘i aksincha foyda berishi mumkinligi qayd etildi.Olimlar
Kun.uz | Sog’lom hayot
8 May, 13:35
☕️ Qahvaning kayfiyatga ijobiy ta’siri haqida ko‘p gapiriladi. Biroq olimlar yaqin vaqtgacha mazkur ichimlikning ruhiy holatni qanday o'zgartirishini aniq tushuntirib bera olmagandi.Irlandiyadagi mikrobiom va ichak bakteriyalari bo‘yicha tadqiqot markazi hamda Kork universitet kolleji olimlari olib borgan yangi tadqiqot qahvaning ichak mikrobiomi orqali miya faoliyati va hissiy holatga ta’sir mexanizmini ko‘rsatdi.👨🏻⚕️ Tadqiqotda ikki guruh ishtirok etdi: birinchi guruh muntazam qahva ichgan, ikkinchisi esa umuman iste’mol qilmagan. Olimlar ishtirokchilarning ovqatlanishi, kofein qabuli, ichak bakteriyalari va hissiy holatini kuzatgan.Tajriba mobaynida doimiy qahva ichadiganlar ikki hafta davomida bu ishni umuman qilmagan. Keyin esa ishtirokchilarga oddiy va kofeinsiz qahva berilgan, biroq ular qaysi turdagi ichimlikni ichayotganini bilmagan.☺️ Natijada har ikki guruhda ham
Kun.uz | Sog’lom hayot
26 Apr, 04:59
“Dietologning dori sotishga haqqi yo‘q” - endokrinologBugungi real holat shuki, tibbiy diplomi bo‘lmasdan o‘zini “dietolog”, “nutrisiolog” deb e’lon qilganlar, ayrim kosmetologlar, ozish bo‘yicha “kurs”, “dars” sotayotganlar klinik protokollarsiz ozdiruvchi ukol-dorilarni taklif etyapti.Aslida lipolitik in’yeksiyalar, infuzion muolajalar, organizm ichki tizimiga bevosita ta’sir qiluvchi preparatlar faqat shifokor nazoratida, aniq tashxis va tekshiruvlardan so‘ng qo‘llanishi kerak.“Muammo faqat muolajaning o‘zida emas. Bozorda davlat ro‘yxatidan o‘tmagan yoki to‘liq nazorat qilinmaydigan vositalar ham erkin reklama qilinayotganida. Ijtimoiy tarmoqlarda “tez ozdiradi”, “garantiyali natija beradi” deb sotilayotgan ayrim dorilar yoki ukollar aslida qayerda ishlab chiqarilgani, qanday sinovdan o‘tgani haqida aniq ma’lumot berilmaydi.Eng og‘riqli nuqta – javobgarlik masalasi.
Kun.uz | Sog’lom hayot
25 Apr, 08:18edited
“Bu preparatlar aslida yog‘ni eritmaydi”: arzon ozishning qimmat badali va ochiq qolayotgan javobgarlik masalasiParhez va mashqlarsiz tez ozish. Bugun ijtimoiy tarmoqlar mana shunday chaqiriqlar bilan to‘lib-toshdi. Dastlab qandli diabetni davolash uchun ishlab chiqilgan dori vositalari endi “sehrli ukol” sifatida ommaviy sotilyapti, go‘zallik salonlari-yu Telegram-kanallarda ham “ozdiruvchi moʻjiza”lar taklif etilyapti.Xo‘sh, bu preparatlar organizmda o‘zi qanday ishlaydi? Tibbiyotda tan olinmaydigan, taqiqlangan yoki rasmiy ro‘yxatdan o‘tmagan proseduralardan xavfli asoratlar yuzaga kelganda javobgarlikni kim o‘z bo‘yniga oladi?Kun.uz’ning navbatdagi ko‘rsatuvi ayni shu mavzuga bag‘ishlanadi.Intervyuni to‘liq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.🌱 Sog‘lom hayot kanalini kuzatib boring!
Kun.uz | Sog’lom hayot
22 Apr, 12:34
🏞 Yaqin vaqtgacha plastik ifloslanish haqida gapirilganda insoniyat okeanlar yuzasidagi chiqindilar yoki nobud bo‘layotgan kitlarni tasavvur qilar edi.Biroq, 2026-yilga kelib vaziyat yanada jiddiyroq tus oldi: plastik endi faqat atrof-muhitda emas, u bizning qonimizda, a’zolarimizda va hatto tug‘ilajak farzandlarimizning hujayralarida aniqlanmoqda.📝 PLOS One jurnalida chop etilgan tadqiqotda, odamlar kuniga 68 mingtagacha mikroplastmassa zarrachasini nafas orqali yutishi qayd etilgan.Ya’ni inson organizmi haftasiga o‘rtacha 5 gramm plastik, tushunarliroq qilib aytadigan bo’lsak, bitta bank plastik kartasi miqdoridagi mikrozarralarni qabul qilmoqda.🫁 Ushbu zarrachalar o‘pkaga kirib, keyinchalik qon orqali boshqa a’zolarga ham tarqaladi.Arteriya devorlarida to'plangan plastik zarralari insult va infarkt xavfini 4 baravargacha oshirishi mumkin.🌱 Sog‘lom hayot kanalini
Kun.uz | Sog’lom hayot
30 Mar, 14:59
🥱Uyqusizlik nega ko‘paymoqda?Mutaxassislarning aytishicha, uyqusizlikning eng asosiy sabablaridan biri telefon va boshqa gadjetlardan kechki payt ham faol foydalanishdir.📱Smartfon ekranidan chiqadigan ko‘k nur organizmda uyquni boshqaruvchi melatonin gormoni ishlab chiqilishini sekinlashtiradi. Oqibatda inson charchagan bo‘lsa ham uyquga ketishi qiyinlashadi.Yana bir yetakchi omil — doimiy stress va axborot bosimida yashash. Kun davomida ko‘p miqdordagi yangiliklar, ijtimoiy tarmoqlar va ish bilan bog‘liq masalalar miya faoliyatini tinimsiz ishlashga majbur qiladi. Bu esa organizmning kechqurun dam olish rejimiga o‘tishini qiyinlashtiradi.❗️Shuningdek, kamharakat turmush tarzi ham uyqu sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kun bo‘yi o‘tirib ishlash, jismoniy faollikning yetishmasligi organizmning tabiiy charchash mexanizmini buzadi. Natijada inson kechqurun uxlashga harakat qilsa


Kun.uz | Sog’lom hayot
30 Mar, 14:03
❓ Viruslar mavsumida kasal bo‘lish joningizga tegdimi?Nazoferon — alfa-2b interferonli vosita bo‘lib, organizmga viruslarga qarshi kurashishda va immunitetni qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi.✅ Kimlar uchun mos: • 1 oydan boshlab bolalar (1 oy-1 yosh bolalar uchun Nazoferon tomchisi) • kattalar (1 yosh bolalar va undan kattalarga Nazoferon spreyi)✅Qachon qo‘llanadi: • profilaktika uchun • shamollashning ilk alomatlarida◽️Shakli: tomchi yoki sprey oddiy va qulay.Nazoferon — ishonchli himoya.Reklama
Kun.uz | Sog’lom hayot
30 Mar, 06:47
☕️Kuniga qancha qahva ichish foydali?Qahvaning ta’siri asosan undagi kofein bilan bog‘liq. Kofein markaziy asab tizimini faollashtirib, uyquchanlikni kamaytiradi, diqqatni oshiradi va vaqtincha energiya beradi. Shu sababli ko‘pchilik ertalab uyg‘onish yoki ish unumdorligini oshirish uchun qahva ichadi.📌 Bundan tashqari, qahvada antioksidantlar ham mavjud. Ular organizmda yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirishga va hujayralarni zararlanishdan himoya qilishga yordam beradi.🔖 Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotlari o‘rtacha sog‘lom inson uchun kuniga 300–400 milligramm kofein xavfsiz me’yor ekanini ta’kidlaydi. Bu taxminan 3–4 piyola qahvaga teng.Ayrim tadqiqotlarda aynan shu miqdor yurak-qon tomir kasalliklari, 2-tur diabeti va ayrim nevrologik kasalliklar xavfini kamaytirishi mumkinligi qayd etilgan. Ya’ni me’yorida ichilgan qahva ayrim holatlarda foydali ham bo‘lishi mumkin.


Kun.uz | Sog’lom hayot
28 Mar, 16:09
🥛Uxlashdan avval suv ichmangKun davomida organizm uchun zarur bo‘lgan suv kechki payt noto‘g‘ri iste’mol qilinsa, uyqu sifati va ayrim fiziologik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.🥱 Uyqu sifati bilan bog‘liq muammo Buyraklar organizmdagi suyuqlik muvozanatini doimiy ravishda nazorat qiladi. Kechqurun ko‘p suv ichilganda, buyraklar faoliyati davom etadi va tunda hojatga turish ehtiyoji paydo bo‘ladi.Uyqu bo‘linishi chuqur uyqu bosqichlarini qisqartiradi, oqibatda ertalab odam dam olgandek emas, charchoq bilan uyg‘onishi mumkin.😚 Shishlar va suyuqlik ushlanishiBa’zi odamlarda uxlashdan oldin ko‘p suyuqlik ichish ertalab yuz yoki ko‘z atrofi shishlariga olib keladi. Bu holat suyuqlikning vaqtincha to‘planishi bilan bog‘liq.Kun davomida tanada suyuqlik harakatlanib turadi. Ammo yotgan holatda qon aylanishi va suyuqlik taqsimoti biroz o‘zgaradi. Shu sababli ayrim


Kun.uz | Sog’lom hayot
27 Mar, 02:59
🌰🥜🫘Quruq mevalar: kichik hajm, katta foydaMevalar tarkibidagi suv tabiiy yoki sun’iy usulda chiqarilgach, ular quritiladi va uzoq muddat saqlashga yaroqli holga keladi. Bu jarayon davomida mevaning asosiy ozuqaviy moddalari saqlanib qoladi, ba’zi hollarda konsentratsiyasi oshadi.Shu sabab, quruq mevalar organizm uchun foydali moddalarning muhim manbai hisoblanadi.🔋Energiya va quvvat manbai Quruq mevalar tarkibida tabiiy shakar — fruktoza va glyukoza ko‘p. Bu moddalar organizm tomonidan tez o‘zlashtiriladi va qisqa vaqt ichida energiya beradi. Mazkur yeguliklar sportchilar, faol turmush tarzini olib boradigan insonlar yoki tez charchaydiganlar uchun foydali tamaddi sifatida tavsiya etiladi.😋 Hazm tizimiga ijobiy ta’sir Mayiz, quritilgan o‘rik va anjir kabi quruq mevalar tolaga boy. Tolalar ichak faoliyatini yaxshilab, ovqat hazm qilish jarayonini tartibga soladi. Ayniqsa,


Kun.uz | Sog’lom hayot
26 Mar, 11:14
“Бу псевдомутахассисларнинг маркетинг найранги”: инстаграмдаги “психологлар” ҳақида“Инсонда муаммо бор, уни ечиб берадиган чала мутахассислар пайдо бўлди. Улар жуда жадаллик билан кўпайиб кетиб, медиада бемалол чиқишлар қилишни бошлашди, сабаби бугун медиада ким илғор бўлса унга мурожаатлар сони кўп бўлади. Халқнинг оғриб турган яраси бор, улар гўёки шартта шунга ечим кўрсатгандай бўлишди”, - дейди тиббиёт фанлари доктори, психотерапевт Гавҳар Дарвиш.📹 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
Kun.uz | Sog’lom hayot
26 Mar, 10:15
NAZOFERON spreyi va tomchilari — OʻRVI va shamollashga qarshi sizning ishonchli yordamchingiz✅ Qoʻllash uchun koʻrsatmalar:• OʻRVIning oldini olish va davolash • Shamollashning oldini olish va davolash • Yuqori nafas yoʻllari kasalliklari bilan tez-tez va uzoq kasallanadigan bemorlarni davolash va kasallikning oldini olish • OʻRVI bilan kasallanganlar bilan aloqada boʻlganda • Haddan tashqari sovuq oʻtishida • Kasallanishning mavsumiy kuchayishida📍“Farmak” kompaniyasi preparatlarini shaharning barcha dorixonalaridan izlang!Reklama
Kun.uz | Sog’lom hayot
26 Mar, 06:40
🌱☕️ Choy shamalarini tashlab yuborishga shoshilmang!Bir qarashda keraksizdek tuyulgan bu qoldiq uyda ham, sog‘liq va go‘zallik parvarishida ham juda foydali.📗 Quyida choy shamalarining bir nechta foydali qo‘llanish usullarini ko‘rib chiqamiz:👁 Ko‘z ostidagi shishlarni kamaytiradi Ko'k choy tarkibidagi antioksidantlar qon aylanishini yaxshilab, terini tinchlantiradi.🪴 Xona o‘simliklari uchun tabiiy o‘g‘it. Choy barglari tuproqni yumshatadi va namlikni yaxshi ushlab turishga yordam beradi.😮💨 Yomon hidlarni yo‘qotadi Choy barglari hidni o‘ziga singdirish xususiyatiga ega. Shu sababli, ular tabiiy dezodorant vazifasini bajarishi mumkin. Masalan, muzlatkichdagi hidlarni kamaytirish uchun quritilgan choy barglarini kichik idishga solib qo‘yish tavsiya etiladi. Shuningdek, u oyoq kiyim ichidagi hidni ham kamaytirishga yordam beradi.🧴 Teri parvarishida foydali Choy tarkibidag

Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
