gram news
Namangan viloyati sport boshqarmasi channel avatar

Namangan viloyati sport boshqarmasi

@sportboshqarmasi

Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmatining rasmiy kanali Reklama va e'lonlar uchun: @dilshodhashimov

ProjectsUZSports

20,500subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Namangan viloyati sport boshqarmasi

    26 Sept, 08:40

    26-SENTABR — DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI XODIMLARI KUNI!Sizlarni 26-sentabr — Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni munosabati bilan Namangan viloyati Sport boshqarmasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, xalqimizning xotirjam hayoti va mamlakatimiz xavfsizligini mustahkamlash yo‘lida mas’uliyatli va sharafli xizmat qilayotgan barcha soha xodimlariga chuqur hurmatimizni bildiramiz.Sizlarning fidokorona mehnatingiz, Vatanga sadoqatingiz, yuksak mas’uliyatingiz va matonatingiz tahsinga loyiq.Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!Yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lidagi xizmatlaringiz bardavom bo‘lsin! 26-sentabr — Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni muborak bo‘lsin!_________________________________26 СЕНТЯБРЯ — ДЕНЬ СОТРУДНИКОВ СЛУЖБЫ ГОСУДАРСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ!От имени коллектива Управления спорта Наманганской области искренне поздравляем вас с 26 сентября — Днём сотрудников Службы государственной безопасности!Выражаем глубокое уважение всем, кто выполняет ответственную и почётную службу, направленную на обеспечение мира и спокойствия в нашей стране, безопасности государства и благополучия нашего народа.Ваша самоотверженность, преданность Родине, высокая ответственность и мужество заслуживают искреннего уважения.В этот знаменательный день желаем вам и вашим близким крепкого здоровья, семейного счастья и благополучия, спокойствия, неиссякаемой энергии и больших успехов в вашей ответственной службе!Пусть ваша служба во имя мира и спокойствия нашей страны будет успешной и плодотворной! С Днём сотрудников Службы государственной безопасности!Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati🌐Web-Sayt |📝Telegram | 📝Facebook | 💻Instagram | 🎞Youtube
    Image from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasi
  • Namangan viloyati sport boshqarmasi

    26 Sept, 04:40

    🏆🥇Osiyo o‘yinlari: Shaxriyor Mahkamov oltin medalni qo‘lga kiritdiBaydarkada eshkak eshish bo‘yicha K1 yo‘nalishida 500 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda O‘zbekiston vakili Shaxriyor Mahkamov marraga birinchi bo‘lib yetib kelib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.Musobaqada Janubiy Koreya vakili kumush, Qozog‘iston sportchisi esa bronza medalga sazovor bo‘ldi.Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
    Image from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasi
  • Namangan viloyati sport boshqarmasi

    26 Sept, 04:31

    Sogʻlom turmush tarzi — aholi salomatligining muhim omiliOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevraldagi PF-22-son Farmoni ijrosi doirasida aholi oʻrtasida jismoniy faollikni oshirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish va sportga boʻlgan qiziqishni yanada kuchaytirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hamkorligida 18 sentyabrdan 18 oktyabrga qadar 30–70 yosh va undan katta yoshdagi aholi hamda mahalla tizimi xodimlari oʻrtasida «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» sport sinovlari oʻtkazilmoqda.Navbatdagi sinovlar Chortoq sport maktabida tashkil etilib, ishtirokchilar jismoniy tayyorgarliklarini turli sport yoʻnalishlaridagi mashqlar orqali sinovdan oʻtkazdilar.Bunday ommaviy sport tadbirlari aholi salomatligini mustahkamlash, turli yosh toifalarida jismoniy faollikni oshirish, mahallalarda sogʻlom muhitni shakllantirish hamda sogʻlom turmush tarzini kundalik hayotning muhim qismiga aylantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda.Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati🌐Web-Sayt |📝Telegram | 📝Facebook | 💻Instagram | 🎞Youtube
    Image from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasi
  • Namangan viloyati sport boshqarmasi

    26 Sept, 04:20

    🏆🥈Osiyo o‘yinlari: Arina Tanatmisheva kumush medalni qo‘lga kiritdiBaydarkada eshkak eshish bo‘yicha K1 yo‘nalishida 500 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda O‘zbekiston vakili Arina Tanatmisheva marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.Musobaqada Xitoy vakili oltin, O‘zbekiston sportchisi kumush, Qozog‘iston vakili esa bronza medalni qo‘lga kiritdi.Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
    Image from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasi
  • Namangan viloyati sport boshqarmasi

    25 Sept, 17:20

    Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar maydoniBugun Namangan shahrida yoshlar uchun kasb tanlash, o‘z salohiyatini namoyon etish va yangi imkoniyatlar bilan tanishishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi.“Uch favvora xiyoboni”da “Yangi O‘zbekistonning istiqbolli kadrlari” TOP-100 tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi, “Yoshlar sayilgohi”da esa “Men tanlagan kasb” yoshlar sayli tashkil etildi.Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori Ulug‘bek Xusainov, huquq-tartibot idoralari rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etdi.Tadbir avvalida, viloyat hokimi va mehmonlar “Yoshlar sayilgohi”da tashkil etilgan ko‘rgazma hamda kasblar yarmarkasini ko‘zdan kechirdi. Yoshlarga turli kasb va mutaxassisliklar, ta’lim yo‘nalishlari hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi. Huquq-tartibot idoralari tomonidan maxsus texnika va jihozlar namoyish etildi.Ayniqsa, yoshlarning o‘z qiziqishi va qobiliyatiga mos kasbni tanlashiga ko‘maklashuvchi “Kasblar va mehnat yarmarkasi” festivalning asosiy mazmunini tashkil etdi.Shundan so‘ng tadbirning rasmiy qismi bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkatjon Abdurazzoqov va Ulug‘bek Xusainov so‘zga chiqib, yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida fikr bildirdi.Shuningdek, “Yangi O‘zbekistonning istiqbolli kadrlari” TOP-100 tanlovida eng yuqori natijalarni qayd etgan 100 nafar istiqbolli kadr e’lon qilinib, g‘oliblarga diplom, statuetka va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tanlovga jami 1158 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, ishtirokchilar to‘rt bosqichda saralab olindi.Tadbir konsert dasturi va yoshlar sayli bilan davom etdi.Kasblar olami, zamonaviy imkoniyatlar va yoshlar salohiyati uyg‘unlashgan ushbu tadbir ularning kelajak kasbini belgilashi, bilim va qobiliyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yana bir muhim maydon bo‘ldi.Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati🌐Web-Sayt |📝Telegram | 📝Facebook | 💻Instagram | 🎞Youtube
    Image from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasi
  • Namangan viloyati sport boshqarmasi

    25 Sept, 09:07

    🏆🥉Sport gimnastikasi: O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi medalOsiyo o‘yinlarida sport gimnastikasining qo‘shpoya dasturida O‘zbekiston vakili Rasuljon Abdurahimov bronza medalini qo‘lga kiritdi.Murosasiz kechgan bahslarda xitoylik gimnast oltin medalni, Yaponiya vakili kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Rasuljon Abdurahimov uchinchi o‘rinni egalladi.Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
    Image from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasi
  • Namangan viloyati sport boshqarmasi

    25 Sept, 08:50

    🏆Futbol bo‘yicha ‘O‘zbekiston U23 terma jamoasi yarim finalga yo‘l oldiAichi-Nagoya-2026 XX Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston U23 terma jamoasi chorak final bosqichida Saudiya Arabistonini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.Uchrashuvda Dilshod Murtazoyev 12-daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Azizbek To‘lqinbekov 77-daqiqada jamoamizning ikkinchi golini kiritgan bo‘lsa, Firdavs Abdurahmonov 87-daqiqada yakuniy hisobni o‘rnatdi.Shu tariqa, O‘zbekiston U23 terma jamoasi Saudiya Arabistoni ustidan yirik g‘alabaga erishib, musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi.Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
    Image from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasi
  • Namangan viloyati sport boshqarmasi

    25 Sept, 07:09

    “Prezident Olimpiadasi”ning final bosqichiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindiBugun Namangan viloyati Sport boshqarmasi majlislar zalida “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining final bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.Yig‘ilishda boshqarma boshlig’i o’rinbosari Faxriddin Yunusov, Milliy olimpiya qo’mitasi Namangan viloyati ijrochi direktori Azamjon Axmadaliyev, bo’lim boshlig’i Jamshid Jabbarov, olimpiya va paralimpiya dasturiga kiritilgan sport turlari federatsiyalarining ijrochi direktorlari, shuningdek, hududiy studiyalar orqali sport ta’lim muassasalari direktorlari hamda direktorlarning birinchi o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.Kun tartibidagi asosiy masala — “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining final bosqichiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ishtirokchilar tarkibini shakllantirish hamda musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish. Yig‘ilish davomida “Prezident Olimpiadasi”ning 2-bosqich natijalarini belgilangan muddatlarda ERP platformasiga to‘liq kiritish, final bosqichida ishtirok etuvchi sportchi, murabbiy va boshqa mutaxassislardan iborat delegatsiya tarkibini shakllantirish, barcha ishtirokchi sportchilarni ID-kartalar bilan ta’minlash, sport turlari bo‘yicha yakuniy talabnomalarni shakllantirish va “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimiga kiritish, taekvondo, boks, og‘ir atletika, erkin kurash, yunon-rum kurashi va ayollar kurashi bo‘yicha belgilangan vazn toifalariga 1 kg qo‘shimcha vaznga ruxsat berish masalalari muhokama qilindi.“Prezident Olimpiadasi” — yosh sportchilarning mahorati, irodasi va kelajakdagi katta marralar sari intilishini namoyon etuvchi muhim sport loyihasi!Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati🌐Web-Sayt |📝Telegram | 📝Facebook | 💻Instagram | 🎞Youtube
    Image from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasi
  • Namangan viloyati sport boshqarmasi

    22 Sept, 17:00

    Yaponiyada oʻtkazilayotgan XX Yozgi Osiyo oʻyinlari doirasida 23-sentabr kuni start oladigan musobaqalarda atletlarimiz 16 ta sport turi boʻyicha mamlakatimiz sharafini himoya qilishadi.Vakillarimiz ushbu nufuzli musobaqaga puxta hozirlik koʻrishmoqda va yuqori natijalarni qoʻlga kiritishni maqsad qilishgan.Ushbu shiddatli musobaqalarda sportchilarimizga omad va zafarlar tilaymiz!Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
    Image from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasi
  • Namangan viloyati sport boshqarmasi

    22 Sept, 13:04

    “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA MUSOBAQALARGA START BERILDI!Namangan shahridagi 1-sonli Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalariga start berildi.Musobaqalarda kasbiy ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilar voleybol, yengil atletika, stritbol, shashka hamda stol tennisi sport turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashmoqda.Bellashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlashdan iborat.Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati🌐Web-Sayt |📝Telegram | 📝Facebook | 💻Instagr
    Image from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasi
  • Namangan viloyati sport boshqarmasi

    22 Sept, 11:00

    Aichi-Nagoya–2026: Sportchilarimiz Osiyo oʻyinlari medallari bilan tantanali taqdirlandiYaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida oʻtkazilayotgan XX yozgi Osiyo oʻyinlarida navbatdagi gʻolib hamda sovrindorlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari ham oʻz medallarini qabul qilib olishdi.Tantanali taqdirlash marosimida mahoratli ushuchimiz Darya Latisheva19.413 ball jamgʻargan holda, oʻzining Osiyo oʻyinlaridagi uchinchi - kumush medalini tantanali ravishda qabul qilib oldi.Shuningdek, aralash jang sanʼati bahslarining anʼanaviy yoʻnalishda Hilola Sobirova (-60 kg), modern yoʻnalishida Firdavs Atamuradov (-60 kg) hamda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Osiyo oʻyinlarining kumush medallari bilan mukofotlandilar. Modern yoʻnalishida -71 kg vazn toifasida mahorat koʻrsatgan Nodirbek Shavkatov esa musobaqaning bronza medali bilan tantanali ravishda
    Image from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasi
    41621Open in Telegram
  • Namangan viloyati sport boshqarmasi

    22 Sept, 08:04

    Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallaUychi tumanidagi Hojiobod mahallasi kun sayin chiroy ochib, zamonaviy qiyofa kasb etmoqda.Tekis va ravon yo‘llar, zamonaviy piyodalar yo‘laklari, tungi yoritish tarmoqlari — bularning barchasi aholi uchun qulaylik yaratmoqda. Ayniqsa, bolajonlarning quvonchi cheksiz.Ko‘p qavatli turarjoy binolari hududida vorkaut maydoni barpo etilgani bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, sport bilan shug‘ullanishi hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.Hojiobod mahallasida amalga oshirilayotgan bunday obodonlashtirish ishlari hududning zamonaviy va farovon maskanga aylanib borayotganidan dalolat beradi.Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati🌐Web-Sayt |📝Telegram | 📝Facebook |
    Image from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasi
  • Namangan viloyati sport boshqarmasi

    22 Sept, 07:50

    Aichi-Nagoya-2026: Hilola Sobirova ham Osiyo oʻyinlarining kumush medaliga sazovor boʻldiAralash jang san’ati bahslarida ayollar oʻrtasida an’anaviy yoʻnalishda ishtirok etgan sportchimiz Hilola Sobirova -60 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Hamyurtimiz finalda singapurlik Xun Teoga maglub boʻldi va Osiyo oʻyinlarini ikkinchi oʻrinda yakunladi.Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
    Image from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasi
  • Namangan viloyati sport boshqarmasi

    22 Sept, 07:20

    Aichi-Nagoya-2026: Darya Latisheva — Osiyo oʻyinlarining uch karra sovrindori!Mahoratli ushuchimiz Darya Latisheva oʻzining Osiyo oʻyinlaridagi uchinchi medalini qoʻlga kiritdi. Koʻrgazmali chiqish dasturida ishtirok etgan yurtdoshimiz 19.413 ball bilan kumush medaliga sazovor boʻldi.Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
    Image from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasi
  • Namangan viloyati sport boshqarmasi

    22 Sept, 07:00

    Osiyo oʻyinlarida aralash jang san’atining modern yoʻnalishida kumush medalni qoʻlga kiritgan sportchimiz Firdavs Atamuradovning tojikistonlik raqibi Mirzobek Umarov bilan kechgan shiddatli jangidan fotosuratlarWeb-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
    Image from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasi
  • Namangan viloyati sport boshqarmasi

    22 Sept, 05:40

    Aichi-Nagoya-2026: Firdavs Atamuradov Osiyo oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdiXX yozgi Osiyo oʻyinlarida Aralash jang san’atining modern yoʻnalishida ishtirok etgan hamyurtimiz Firdavs Atamuradov -60 kg vazn toifasining finalida tojikistonlik Mirzobek Umarovga imkoniyatni boy berdi va ikkinchi oʻrinni egalladi.Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
    Image from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasi
  • Namangan viloyati sport boshqarmasi

    22 Sept, 05:00

    Do‘stlik tennis korti zamonaviy sport majmuasiga aylanmoqdaDavlatobod tumanidagi Do‘stlik tennis korti hududida sport infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud sharoitlarni yaxshilash hamda majmuani zamonaviy talablarga moslashtirish maqsadida qurilish, rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.Loyiha asosida hududning umumiy qiyofasi yangilanib, 30 o‘rinli mehmonxona, 150 o‘rinli restoran va sauna barpo etilishi rejalashtirilgan.Shu bilan birga, mavjud 8 ta ochiq va 2 ta yopiq tennis korti to‘liq rekonstruksiya qilinib, sportchilar va tashrif buyuruvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratiladi. Jarayon davomida qurilish ishlarining sifati, hududni obodonlashtirish hamda loyihada belgilangan.Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati🌐Web-Sayt |📝Telegram |
    Image from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasiImage from a post by Namangan viloyati sport boshqarmasi