gram news
Spot.uz – biznes va texnologiyalar channel avatar

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

@spotuz_uz

O’zbekistonda tadbirkorlik, innovatsiyalar, ta'lim va texnologiyalar yangiliklari. Rasmiy sayt: www.spot.uz/oz Tahririyat: @SpotuzMuloqotBot (+998) 78-555-60-40 Reklama: 99-885-14-15, @AfishaMedia_Elonna

ProjectsUZBusiness

10,500subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Spot.uz – biznes va texnologiyalar

    22 Sept, 15:20edited

    Avtoturargohlar uchun ko‘kalamzor maydonlar qisqarishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak — Urbanizatsiya qo‘mitasiQo‘mita shahar markazidagi aholi sayr qilishi va dam olishi uchun mo‘ljallangan jamoat joylarida konstruktiv qurilishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq emasligini qayd etdi.Shuningdek, piyodalar uchun yaratilgan sharoitlarning yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerakligi ta‘kidlandi.Bundan tashqari, qo‘mita “Navro‘z” bog‘iga tegishli 1,6 gektar yer maydoni sotuvga chiqarilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirib, hukumat qaroriga ko‘ra, hududda jamoat parki barpo etilishi kerakligini bildirdi.“Milliy qo‘mita Toshkentdagi mavjud yashil hududlarni qisqarishini oldini olish, jamoat parki uchun belgilangan hududni saqlab qolish, undan faqat belgilangan maqsadlarda foydalanish shart, deb hisoblaydi”, — deyiladi munosabatda:https://www.spot.uz/oz/2026/09/22/construction-pa
    Image from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalar
    7555331Open in Telegram
  • Spot.uz – biznes va texnologiyalar

    22 Sept, 14:20

    O‘zbekistonda elektromobillar va data-markazlarning ko‘payishi elektr tizimiga yuklamani oshiradiShavkat Mirziyoyev raisligidagi elektr energetikasini rivojlantirishga oid taqdimotda so‘nggi yillarda quyosh va shamol elektr stansiyalarining umumiy quvvati 6,3 GVtdan, GESlar quvvati esa 2,5 GVtga yaqinlashgani qayd etildi.2030-yilgacha mamlakatda elektr energiyasiga talab oshishi kutilmoqda. Shu sababli generatsiya quvvatlarini 46,1 GVtgacha, yillik elektr ishlab chiqarishni esa 129 mlrd kVt/soatgacha yetkazish rejalashtirilgan.2035-yilga borib bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 57,2 GVt va 154,7 mlrd kVt/soatga yetkaziladi:https://www.spot.uz/oz/2026/09/22/electric-power/Telegram | Instagram | YouTube
    Image from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalar
    811843Open in Telegram
  • Spot.uz – biznes va texnologiyalar

    22 Sept, 13:02

    💸 Dollar kursi yana pasaydi — 11 802,19 so‘mO‘zbekiston Markaziy banki 23-sentabr kuni uchun valyutalarning yangilangan qiymatini e’lon qildi.Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasini saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.Telegram | Instagram | YouTube
    Image from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalar
    857111Open in Telegram
  • Spot.uz – biznes va texnologiyalar

    22 Sept, 12:37

    Yil boshidan buyon Toshkentda uy-joy savdosi 27,5% ga oshdi — ITIMYanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda uy-joy savdosi 18,4% ga o‘sib, 222,5 mingta bitimni tashkil etdi.Avgust oyida mamlakat bo‘yicha 25,1 mingta uy-joy oldi-sotdi bitimi rasmiylashtirildi.O‘tgan oyda Toshkentda 7,4 mingta shartnoma rasmiylashtirilib, savdo hajmi 27,5% ga oshdi.Yil boshidan buyon eng yuqori o‘sish Sirdaryoda — 25,4%, Andijonda esa 23,8% qayd etildi:https://www.spot.uz/oz/2026/09/22/real-estate-market/Telegram | Instagram | YouTube
    Image from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalar
    897321Open in Telegram
  • Spot.uz – biznes va texnologiyalar

    22 Sept, 11:31

    Buxoroning eski shahar qismida elektroskuter va elektrosamokatlarda yurish cheklanadiCheklov 1-oktabrdan kuchga kiradi va Ark qo‘rg‘onidan Poyi Kalon ansambligacha, Haqiqat ko‘chasi bo‘ylab Labi-hovuz ansambligacha bo‘lgan tarixiy hududga taalluqli hisoblanadi.Cheklov mazkur hududda riksha, moped, to‘rt g‘ildirakli velosiped, karting, shuningdek, ot va tuyada harakatlanishga ham joriy etiladi.Mazkur cheklov amal qiladigan hududning kirish va chiqish qismlarida tegishli axborot ko‘rsatkichlari va yo‘l belgilari o‘rnatiladi:https://www.spot.uz/oz/2026/09/22/bukhara-old-city/Telegram | Instagram | YouTube
    Image from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalar
    9046321Open in Telegram
  • Spot.uz – biznes va texnologiyalar

    22 Sept, 10:20edited

    Abdulla Abduqodirov O‘TTJni investitsiya fondidan suveren fondga aylantirishni taklif qildiStrategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari arzon moliyalashtirishning paydo bo‘lishi qimmatli qog‘ozlar bozorida arzonroq vositalar yaratish va ichki kapital manbasini shakllantirish imkonini berishini taʼkidladi.“O‘ylaymanki, suveren fondimiz — O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hozirgi kabi investitsiya fondidan haqiqiy suveren fondga aylanish vaqti keldi”, — dedi Abduqodirov.Shuningdek, u ichki bozorda pul narxini pasaytirmasdan turib, yirik ichki kapital manbaining paydo bo‘lishiga umid qilmaslik kerakligini ta‘kidladi.Abduqodirovning aytishicha, chiqarilgan obligatsiyalarning 97%i xorijda, atigi 3%i esa O‘zbekiston ichida muomalada:https://www.spot.uz/oz/2026/09/22/sovereign-wealth-fund/Telegram | Instagram | YouTube
    Image from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalar
    928522Open in Telegram
  • Spot.uz – biznes va texnologiyalar

    22 Sept, 09:03

    Milliy kutubxona ortidagi 1,3 gektar maydon avtoturargoh tashkil etish uchun auksionga chiqariladiLoyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilib, mavjud daraxtlar va piyodalar uchun ajratilgan maydonlar saqlab qolinadi.Shuningdek, 1 ming tupdan ortiq daraxt va butalar ekiladi, hududda kapital qurilish ishlari amalga oshirilmaydi.Loyihada piyoda va velosiped yo‘laklari, dam olish, bolalar va sport maydonchalari, sanitariya xonalari, videokuzatuv va zamonaviy to‘lov tizimini tashkil etish hamda 720 metrlik yangi piyodalar yo‘lagini barpo etish rejalashtirilgan.Yer uchastkasidan 10 yil foydalanish huquqini olgan xususiy sherik hududni saqlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish majburiyatini oladi:https://www.spot.uz/oz/2026/09/22/new-parking/Telegram | Instagram | YouTube
    Image from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalar
    917175Open in Telegram
  • Spot.uz – biznes va texnologiyalar

    22 Sept, 08:02

    O‘zbekistonda propan narxi maksimal narx bekor qilingach, 65% ga oshib, 12,2 mln so‘mga yetdiBirjada propan narxi ikki kun ichida bir tonnasi uchun 7,4 mln so‘mdan 12,2 mln so‘mgacha oshdi.17-sentabrda narx 60,6% ga, 18-sentabrda yana 2,6% ga oshib, rekordni yangiladi. Savdo hajmi esa 67,2% ga ko‘payib, 1114 tonnaga yetdi.17-sentabrdan birja savdolarida suyultirilgan gaz narxining avval belgilangan maksimal o‘sish cheklovi bekor qilindi.Biroq boshlang‘ich narx bo‘yicha cheklov saqlanib qoldi va bir tonna uchun 7,5 mln so‘mdan yuqori bo‘lsa, ular qabul qilinmaydi.Bungacha narxning maksimal o‘sishi 10% bilan cheklangan bo‘lib, birjadagi eng yuqori narx 8,25 mln so‘mni tashkil etgan:https://www.spot.uz/oz/2026/09/22/propane/Telegram | Instagram | YouTube
    Image from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalar
    1,2405432Open in Telegram
  • Spot.uz – biznes va texnologiyalar

    22 Sept, 07:04

    Lutfiy ko‘chasida velosiped va samokatlar uchun birinchi yo‘lak paydo bo‘ldiToshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mikromobillik uchun alohida yo‘lakni sinovdan o‘tkazdi.Velosipedlar, skuterlar va elektrosamokatlar uchun alohida yo‘lak uzunligi 2,4 km bo‘lib, Oqtepa maydonidan boshlanadi.Yangi tashabbus mikromobillik vositalarini avtomobillar va piyodalar oqimidan ajratish orqali ular uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.YHTEM bunday yechimlarni Toshkentning boshqa joylarida ham joriy etishni va ularni avtotransportdan ajratishni rejalashtirmoqda:https://www.spot.uz/oz/2026/09/22/bike-lane-go/Telegram | Instagram | YouTube
    Image from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalar
    1,010944Open in Telegram
  • Spot.uz – biznes va texnologiyalar

    22 Sept, 05:59

    Kapitalbank BNY’da AQSh dollarida korrespondentlik hisob raqamini ochdiThe Bank of New York Mellon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik bankning AQSH dollarida xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi mijozlar bilan ishlash imkoniyatlarini kengaytiradi (reklama).https://www.spot.uz/oz/2026/09/22/kapitalbank/
    Image from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalar
    1,010743Open in Telegram
  • Spot.uz – biznes va texnologiyalar

    22 Sept, 05:02

    O‘zbekistonda Yashil AI modulini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaPrezidentga tanishtirilgan taqdimotda mahallalar uchun “yashil reyting” joriy etilishi taklif qilindi.Unda yashil hududlar ulushi, daraxtlar soni, yangi ko‘chatlarning tutib ketishi va aholining ishtiroki hisobga olinadi.Hududlarni ko‘kalamzorlashtirishda 3−30−300 tamoyiliga asoslangan dasturlarni amalga oshirish taklif etildi.Bunda har bir inson kamida 3 ta daraxtni ko‘rishi, hududning 30%i daraxt soyasida bo‘lishi va uydan 300 metr masofada yashil hudud bo‘lishi ko‘zda tutiladi.Shuningdek, Yashil AI moduli ishga tushiriladi. Sun’iy intellekt tuproq, iqlim va suv ta’minotini tahlil qilib, qayerga qanday daraxt ekish bo‘yicha tavsiyalar beradi.Yangihayot, Olot va Urgutda yashil hududlar, jamoat bog‘lari va “yashil belbog‘lar” tashkil etish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi:https://www.spot.uz/oz/2026/09/2
    Image from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalar
    1,0401143Open in Telegram
  • Spot.uz – biznes va texnologiyalar

    22 Sept, 04:03

    🌐🌐🌐“Hayotingizdagi yaxshi hamda yomon barcha narsalar uchun o‘zingiz javobgarsiz”Robert Grin, yozuvchi.Telegram | Instagram | YouTube
    Image from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalar
    1,050652Open in Telegram
  • Spot.uz – biznes va texnologiyalar

    21 Sept, 15:34

    Biznesga nom tanlash va uni ro‘yxatdan o‘tkazish qanday amalga oshiriladi?Spot biznesni noldan boshlash jarayonini bosqichma-bosqich tushuntirishda davom etadi.Navbatdagi materialda biznes nomini tanlash va uni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muhim jihatlarni ko‘rib chiqamiz:🌐qaysi so‘z va nomlardan foydalanish mumkin emasligi;🌐tanlangan nomning bo‘sh yoki bandligini qanday aniqlash mumkinligi;🌐nomni oldindan band qilish bosqichlari;🌐rebrending — biznes nomini o‘zgartirish va yangilash jarayoni;🌐nom tanlashdan oldin qaysi bepul platforma va reyestrlarda tekshiruv o‘tkazish mumkinligi haqida so‘z boradi.Batafsil: https://www.spot.uz/oz/2026/09/21/intellectual-property/Telegram | Instagram | YouTube
    Image from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalar
    1,510532Open in Telegram
  • Spot.uz – biznes va texnologiyalar

    21 Sept, 14:30

    O‘zbekistondagi har bir mahalla uchun “yashil xarita” ishlab chiqiladiPrezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘chatlarni hudud iqlimiga mos holda ekish va kamida uch yil parvarishlash taklif qilindi.Ekologiya qo‘mitasiga har bir mahalla uchun ko‘chat turi, ekish joyi va sug‘orish tizimi aks etgan “yashil xarita”larni ishlab chiqish topshirildi.Aholi gavjum joylar, piyodalar yo‘laklari va tun-u kun ishlaydigan ko‘chalarda soya beruvchi daraxtlarni ko‘paytirish belgilandi.“Yashil mahallam” dasturi doirasida mahallalarga ko‘chatlar, organik o‘g‘it va suv tejovchi sug‘orish vositalarini yetkazib berish taklif qilindi:https://www.spot.uz/oz/2026/09/21/green-map/Telegram | Instagram | YouTube
    Image from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalar
    1,300383519Open in Telegram
  • Spot.uz – biznes va texnologiyalar

    21 Sept, 13:48

    O‘zbekistonda yagona raqamli transport tizimini yaratish taklif qilindiPrezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonning Kaspiy va Qora dengiz portlarida logistika infratuzilmasini yaratish hamda Naxichevan temir yo‘li qurilishida ishtirok etish masalalari ko‘rib chiqildi.Shuningdek, Xonobod va Angren shaharlari, Yangiyo‘l, Ohangaron, Olot va Termiz tumanlarini transport-logistikaga ixtisoslashtirish rejalashtirilmoqda.Toshkent shahri hamda Toshkent, Andijon, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida 17 ta logistika markazi va terminal tashkil etish ko‘zda tutilgan.Yagona raqamli transport tizimi, tashuvchilar reyestri, elektron yo‘l varaqasi va buyurtmalar agregatorini joriy etish taklif qilindi:https://www.spot.uz/oz/2026/09/21/transport-system/Telegram | Instagram | YouTube
    Image from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalar
    1,220403314Open in Telegram
  • Spot.uz – biznes va texnologiyalar

    21 Sept, 13:05

    💸 Dollar kursi pasaydi — 11 809,82 so‘mO‘zbekiston Markaziy banki 22-sentabr kuni uchun valyutalarning yangilangan qiymatini e’lon qildi.Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasini saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.Telegram | Instagram | YouTube
    Image from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalar
    1,080221Open in Telegram
  • Spot.uz – biznes va texnologiyalar

    21 Sept, 12:30

    O‘zbekistonda beshta temir yo‘l yo‘nalishini modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqdaPrezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2030-yilgacha transport sohasiga $9,1 mlrd investitsiya jalb qilish va xizmatlar eksportini $5,7 mlrdga yetkazish rejalashtirilgani taʼkidlandi.Urganch va Namangan aeroportlarini DXSH asosida, Andijon aeroportini esa xususiy operatorni jalb qilgan holda modernizatsiya qilish loyihalari ko‘rib chiqildi.Toshkent−Samarqand pulli yo‘lining keyingi bosqichlarini moliyalashtirish hamda Toshkent−Andijon va Toshkent−Bo‘stonliq yo‘llari uchun investorlarni aniqlash masalalari muhokama qilindi.Maktaaral−Sirdaryo, Angren−Pop, Toshg‘uzor−Boysun−Qumqo‘rg‘on, Toshkent−Samarqand va To‘qimachi−Angren yo‘nalishlarini modernizatsiya qilib, ularning o‘tkazuvchanligini 25−30% ga oshirish rejalashtirilmoqda:https://www.spot.uz/oz/2026/09/21/railway-modernization/Telegr
    Image from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalar
    1,21016129Open in Telegram
  • Spot.uz – biznes va texnologiyalar

    21 Sept, 11:29

    O‘zbekistonda inflyatsion kutilmalar yangi minimumga tushdi — Markaziy bankAvgust oyidagi so‘rov natijalariga ko‘ra, kelgusi 12 oydagi narxlar o‘sishining o‘rtacha prognozi 9,8% ni tashkil etdi — bu iyun va iyul oylariga nisbatan 0,3% ga kam.Hududlar orasida kutilayotgan inflyatsiyaning eng yuqori ko‘rsatkichi Farg‘ona viloyatida (11,7%) qayd etildi, undan keyingi o‘rinlarda Toshkent shahri (11,4%) va Surxondaryo viloyati (10,9%) bormoqda.IT sohasi vakillari eng yuqori prognozni berdi — 11,4%, xizmat ko‘rsatishda 11,1%, transportda esa 10,9%.Oyiga 30 mln so‘mdan yuqori daromad oluvchilar narxlar o‘sishini 15,8%, 15−20 mln so‘m daromadlilar esa 12,4% darajasida prognoz qildi.Biznes vakillari inflyatsiyani Qoraqalpog‘istonda 11,5%, Farg‘onada 11,4%, Toshkent viloyatida esa 10,3% darajasida prognoz qilgan:https://www.spot.uz/oz/2026/09/21/inflation-expectations/Telegram |
    Image from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalar
    1,1004221Open in Telegram
  • Spot.uz – biznes va texnologiyalar

    21 Sept, 10:23

    GM UzAuto Motors’ni xususiylashtirishda ustuvor huquqqa ega bo‘lmaydi — DavaktivAgentlikka ko‘ra, UzAuto Motors’ni xususiylashtirish ochiq va raqobat asosida amalga oshiriladi.Ayrim kompaniyalarga, jumladan, Amerikaning General Motors kompaniyasiga aktivni sotib olish uchun imtiyoz yoki ustuvor huquq berilmaydi.“Qonunchilik talablariga javob beradigan har qanday investor ishtirok etishi mumkin — ayrim kompaniyalarga hech qanday imtiyoz yoki ustuvor huquq berilmaydi”, — deya ma’lum qildi Davaktiv Spot’ga.UzAuto Motors’ni sotishga tayyorgarlik allaqachon boshlangan. Xalqaro konsultantlar kompaniyada due diligence tekshiruvini o‘tkazib, zarur hujjatlarni tayyorlamoqda.O‘tgan hafta Davaktiv direktor o‘rinbosari Alisher Miraliyev Spot’ga UzAuto Motors’ning 99,7% i va UzAuto Motors Powertrain’ning 100%i sotilishi rejalashtirilayotganini bildirgan:https://www.spot.uz/oz/2026/09/21/u
    Image from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalar
    1,150861Open in Telegram
  • Spot.uz – biznes va texnologiyalar

    21 Sept, 09:14

    Innovatsion startaplar davlatdan 2 mlrd so‘mgacha mablag‘ jalb qilishi mumkin. ShartlarOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari loyihasini ishlab chiqdi.Unga ko‘ra, startaplarni rivojlantirish uchun har yili 40 mlrd so‘m ajratish va xususiy sektordan 500 ming dollargacha mablag‘ jalb qilish rejalashtirilmoqda.2027-yildan innovatsion loyihalar bilan ishlash uchun maxsus onlayn platforma ishga tushirilishi kutilmoqda.Shuningdek, startaplar davlat mablag‘larini olishdan oldin o‘tashi kerak bo‘lgan inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari reyestri yaratiladi.O‘rta darajadagi texnologik tayyorgarlikka ega loyihalar dastur yakunida 213,4 mln so‘mgacha mablag‘ olishi mumkin.Tayyor prototipga ega loyihalarga esa xususiy investitsiyalar jalb qilish sharti bilan 1,98 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi:https://www.spot.uz/
    Image from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalarImage from a post by Spot.uz – biznes va texnologiyalar
    1,140331Open in Telegram