Latest posts

SDTU │ Rasmiy kanal
22 Sept, 17:09
Koordinatorlar saylovi yakunlandi🗳 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan fakultet va yo‘nalish koordinatorlari saylovi bo‘lib o‘tdi.✔️ Saylov adolat, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi. Talabalar o‘zlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berib, o‘z tanlovlarini amalga oshirdilar.📌 Saylov natijalariga ko‘ra: ✔️ har bir yo‘nalishning o‘ziga xos jihatlari va talabalar qiziqishlari inobatga olindi; ✔️ faol, tashabbuskor va mas’uliyatli nomzodlar koordinator etib saylandi; ✔️ saylangan koordinatorlar talabalar va Yoshlar ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda faol ishtirok etadi.
SDTU │ Rasmiy kanal
22 Sept, 15:09
#OchiqMuloqotSDTU rektori professor-o'qituvchilar bilan ochiq muloqot o'tkazdi🟣 Samarqand davlat texnika universiteti rektori professor Chidem Turkyilmaz Arxitektura hamda Madaniy meros obyektlarini asrash fakultetlari professor-o'qituvchilari bilan ochiq muloqot o'tkazdi. Uchrashuvda fakultetlar faoliyati, ta'lim sifati va ilmiy yo'nalishlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Muloqot davomida: 🟣 o'quv jarayonini takomillashtirish va zamonaviy o'qitish usullarini joriy etish; 🟣 ilmiy-tadqiqot faoliyatini kuchaytirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish; 🟣 professor-o'qituvchilarning malakasini oshirish imkoniyatlari; 🟣 fakultetlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalari ko'rib chiqildi.
SDTU │ Rasmiy kanal
22 Sept, 14:18
#Tayinlov👮♂️ Universitet rektorining tegishli buyrug‘iga muvofiq, xalqaro ekspert Ozoda Yuldosheva Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rektorining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.✔️ Ozoda Yuldosheva mashinasozlik muhandisligi, atrof-muhitni boshqarish va korporativ barqaror rivojlanish strategiyasi yo‘nalishlarida 15 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis. Uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari qatoriga barqaror energetika tizimlari, hayotiy sikl tahlili (LCA), material oqimlari tahlili, aylanma va “yashil” iqtisodiyotni rejalashtirish, chiqindilardan energiya olish texnologiyalari hamda issiqxona gazlari chiqindilarini hisobga olish kiradi.✔️ Hozirda Singapur va Malayziyada faoliyat yurituvchi Wealth Bridge Global kompaniyasida barqaror rivojlanish
SDTU │ Rasmiy kanal
22 Sept, 13:25
forwarded from @eduuz
#XalqaroAvtomobilsizKun22-sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun”22-sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi “yashil” transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz.Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/222389👉 На русском 👉 In EnglishFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
SDTU │ Rasmiy kanal
22 Sept, 13:25
forwarded from @eduuz
#7_MilliyDasturMustaqillik — o‘z yo‘lingni tanlash imkoniyatiKimdir o‘z mahorati bilan dasturxonimizga fayz kiritadi, kimdir zamonaviy texnologiyalar orqali yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etadi. Yana kimdir ijodi, mehnati va kasbiy mahorati bilan insonlar hayotiga go‘zallik baxsh etadi.🎥 Bugun turli kasb egalarining mustaqillikning inson hayotidagi o‘rni, yaratgan imkoniyatlari va kelajak haqidagi fikrlarini tinglaymiz.🇺🇿 Mustaqil yurtimizda o‘z kasbimiz bilan kelajakni birga yaratamiz!Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
SDTU │ Rasmiy kanal
22 Sept, 13:18
#MustaqillikKubogi #Sport“MUSTAQILLIK KUBOGI” G‘OLIBLARI ANIQLANDI⚽️ 18-sentyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti xodimlari o‘rtasida “Mustaqillik kubogi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Samarqand shahridagi 24-maktab stadionida tashkil etilgan musobaqada universitet jamoalari o‘zaro bellashdi.🏆 Musobaqa yakunlariga ko‘ra: 🥇 1-o‘rin — Rektorat jamoasi 🥈 2-o‘rin — Qurilish jamoasi 🥉 3-o‘rin — Arxitektura jamoasi🎖 Jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.SDTU Axborot xizmati ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I
SDTU │ Rasmiy kanal
22 Sept, 11:57
Buyuk istiqlolimizning uch ming yillik ildizlari📜 O‘zbekiston hududida davlatchilik an’analari, madaniyat va sivilizatsiya qariyb uch ming yillik tarixga ega. 1991-yilda qo‘lga kiritilgan mustaqillik tasodifiy voqelik emas, balki ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida poydevori qo‘yilgan siyosiy, huquqiy va ijtimoiy taraqqiyotning qonuniy natijasidir.🏢 Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Buyuk istiqlolimizning uch ming yillik ildizlari” mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.✍️ Talabalar o‘z ijodiy ishlarida quyidagi g‘oyalarni ilgari surdilar: 🟣 Yangi O‘zbekiston ulkan tarixiy meros, uch ming yillik davlatchilik tajribasi va boy madaniy sivilizatsiyaning qonuniy davomchisidir; 🟣 istiqlol xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkoniyatini
SDTU │ Rasmiy kanal
22 Sept, 11:08
forwarded from @eduuz
#SavolJavobPedagog xodimlar farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi qanday qo‘llanadi❓Chegirma kimlarga beriladi❓Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatidagi xodimlarning farzandlariga tatbiq etiladi.Ma’muriy-boshqaruv, texnik va xo‘jalik xodimlari mazkur pedagogik lavozimlar ro‘yxatiga kirmaydi.Chegirmadan qanday foydalaniladi❓1️⃣ Talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt shartnomasini olish bo‘yicha ariza yuboradi. 2️⃣ Tizim orqali talabaning pedagog farzandi ekanligi elektron tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi. 3️⃣ Tasdiqlanganidan so‘ng 30 foizlik chegirma qo‘llaniladi.Ariza 2 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi va chegirma bir o‘quv yili davomida bir marotaba qo‘llaniladi.Endi eng muhim savol: qancha
SDTU │ Rasmiy kanal
22 Sept, 09:25
#ArxitekturaFakulteti #UchrashuvDekan va talabalar uchrashuvi: Ochiq muloqot va muhokamalarMirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Arxitektura fakultetida 1-bosqich talabalari bilan “Dekan va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda fakultet dekani Dr. Dilnoza Kamalova talabalar bilan suhbatlashib, universitet va fakultet tomonidan yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi hamda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalarini taqdim etdi.Talabalar o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Uchrashuv ochiq muloqot muhitini rivojlantirish va talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, kelgusida bunday uchrashuvlar muntazam o‘tkazilishi rejalashtirilgan.SDTU Axborot xizmati ✅Telegram I
SDTU │ Rasmiy kanal
6 Sept, 12:23
#Qabul_2026 Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida super-kontrakt miqdorlari e'lon qilindi 🟣 O'tgan yildan boshlab tabaqalashtirilgan (super) to'lov-kontrakt miqdori rektorlar tomonidan mustaqil belgilanadigan bo'ldi. 💵 Bunda qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball
SDTU │ Rasmiy kanal
6 Sept, 10:41
#OrientationWeek #TanishtiruvHaftaligi #OWeek2026 Orientation Week — Tanishtiruv haftaligi 🟣 Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida 1-bosqich talabalari uchun tanishtiruv haftaligiga start beriladi. 🗓 7–11-sentabr, 2026-yil 🔘 71,000Open in Telegram
SDTU │ Rasmiy kanal
5 Sept, 14:39
#OrientationWeek #TanishtiruvHaftaligi #OWeek2026 Orientation Week — Tanishtiruv haftaligi 🟣 Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida 1-bosqich talabalari uchun tanishtiruv haftaligiga start beriladi. 🗓 7–11-sentabr, 2026-yil 🔘 7-sentabr — ochilish marosimi va fakultetlar1,870Open in Telegram
SDTU │ Rasmiy kanal
5 Sept, 10:40
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram1,430Open in Telegram
SDTU │ Rasmiy kanal
5 Sept, 04:08
Prezidentimiz Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi bilan tanishdi Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram1,590Open in Telegram
SDTU │ Rasmiy kanal
4 Sept, 15:08
#Mushoira #Talaba_klublari 🎙 Bugungi qahramonimiz — universitet Talabalar dekanati ish yurituvchisi Narzullayev Mirjahon Jumanazar o'g'li. 👮♂️ Mirjahon 2005-yil 12-iyunda tug'ilgan. O'tgan o'quv yili davomida universitetning Volontyorlar, Eco-volontyorlar va Inkluziv volontyorlar klublarida1,780Open in Telegram
SDTU │ Rasmiy kanal
4 Sept, 11:52
#Mustaqillik_darsi “Mustaqillik darslari” – tarixiy xotira va ma’rifat sabog‘i 🟣 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida 1-bosqich talabalari hamda ularning ota-onalari va Talabalar dekanati xodimlari ishtirokida Qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalariga1,740Open in Telegram
SDTU │ Rasmiy kanal
4 Sept, 11:37
Tyutorlarning yillik hisobotlari tinglandi 💻 Joriy yilning 3-sentabr kuni Samarqand davlat texnika universitetida yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov boshchiligida yig'ilish o'tkazildi. Unda universitet Talabalar dekanati tyutorlarining bir yil1,480Open in Telegram
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
