gram news
Stenford Kundaligi channel avatar

Stenford Kundaligi

@stanford_kundaligi

Stenford Universiteti atrofida qurilgan Kremniy Vodiysi hamda O‘zbekiston yoshlarining global bozordagi o‘rni haqida yozib boruvchi kanal Muallif: @alisher_sadullaev

ProjectsUZEducation

21,100subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Stenford Kundaligi

    20 Sept, 11:39

    https://t.me/alisher_sadullaev/5802
    TelegramAlisher SadullaevBugun turnir jadvali “ochila” boshlaydi To‘rt tur ortda qoldi. Hozir bir emas, sakkiz jamoa maksimal 8 ochko bilan peshqadamlar safida turibdi: Xitoy, O‘zbekiston, Germaniya, Armaniston, Hindiston, AQSh, Niderlandiya va Vengriya. Yanada qizig‘i, bugun ularning…
    3,9502815Open in Telegram
  • Stenford Kundaligi

    19 Jul, 08:27

    Har bir xodim o’z hissasini muhim deb his qilsin. Tegishlilik hissi sadoqatni kuchaytiradi. Kuchlar teng kelganda, albatta siz g’alabaga yaqinroq bo’lasiz.
    13,80014253Open in Telegram
  • Stenford Kundaligi

    19 Jul, 08:24

    Boylikni iste’mol qilish emas, yaratishga e’tibor qarating. Yangi qiymat yaratadigan tashkilot uzoq yashaydi.
    13,30011343Open in Telegram
  • Stenford Kundaligi

    19 Jul, 08:22

    Kompaniya ichida byurokratiyani imkon qadar kamaytiring. Tez qaror qabul qiladigan tashkilot tez rivojlanadi, tez moslashadi hamda tez yangilanadi.
    12,1008835Open in Telegram
  • Stenford Kundaligi

    19 Jul, 08:20

    Doim iste’dodlarni izlang va rivojlantiring. Kuchli boshqaruvchilar kuchli izdoshlarni yetishtiradi.
    11,8009243Open in Telegram
  • Stenford Kundaligi

    19 Jul, 08:17

    Jamoani faqat maosh emas, umumiy maqsad birlashtiradi. Kuchli missiya eng katta motivatsiya manbai.
    11,3009354Open in Telegram
  • Stenford Kundaligi

    19 Jul, 08:14edited

    Eng katta xavf muvaffaqiyatdan keyin boshlanadi. Qulaylik va o’ziga ortiqcha ishonch tanazzulning boshlanishi bo’lishi mumkin.
    12,00011747Open in Telegram
  • Stenford Kundaligi

    17 Jul, 16:57edited

    @uzcombinator ga topshirdilarmi?Juda qiziq. Juda muhim.
    10,8005526Open in Telegram
  • Stenford Kundaligi

    17 Jul, 06:31

    Aytgancha, bu yerda startupchilar bormi?
    11,20011376Open in Telegram
  • Stenford Kundaligi

    12 Jul, 11:02edited

    O‘tgan yili Los Altosga borganimda, Stiv Jobsning uyi va Apple asos solingan garajni ko‘rishga bordim. Ochig‘i, u yerda meni eng kutilmagan manzara kutardi. Men Stivning ilk ishxonasi oldida uzun navbatlar, maxsus kirish yo‘laklari yoki hech bo‘lmaganda kichik muzey bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim. Afsuski, bularning hech biri yo‘q ekan.Avvaliga adashdik, deb o‘yladik. Xaritani qayta tekshirsak, manzil to‘g‘ri ekan. Ammo “Bu xususiy mulk. Hududga kirish taqiqlanadi. Suratni ko‘cha tomondan oling”, degan yozuvlarni ko‘rib, hafsalam butunlay pir bo‘ldi.Lekin Stivni o‘zim uchun kashf etishni juda xohlardim. Shunda Uolter Ayzeksonning Jobs haqidagi memuari qo‘limga tushdi va Apple hamda Jobs haqidagi tasavvurimni butunlay o‘zgartirdi.Muallif Jobsning murakkab fe’l-atvori, mukammallikka intilishi, nafis dizayn didi va dunyoni o‘zgartirgan qarashlarini nihoyatda ta’sirli tasvirlaydi.
    27,80012145Open in Telegram
  • Stenford Kundaligi

    8 Jul, 16:14edited

    Jamoa bilan ishlashda shu sifatlar yuzasidan ko’p o’ylayapman.1. Bilim/O’rganish 2. Diqqat 3. Quvvat/Ko’lam 4. Qa’tiyat 5. Intizom/Mas’uliyatBoshqa zarur sifatlar ham ko’p lekin bizning agentlikda ushbu fazilatlarga ega yoshlarning loyihalari menga samaraliroq tuyuladi.
    15,100161101Open in Telegram
  • Stenford Kundaligi

    20 Jun, 10:23

    #SEPnotesClayton Christensenning kitobidan olgan xulosalarim:"VALUE NETWORKS AND THE IMPETUS TO INNOVATE"1985-yil, Seagate. Muhandislar yangi, ancha kichikroq disk drive prototipini yaratishadi. Marketing bo'limi buni IBM PC bo'limiga ko'rsatadi. IBM qiziqmaydi: ularga katta sig'imli drive kerak, yangi drive esa ancha kichikroq sig'im beradi. Moliyachilar ham qarshi chiqadi, chunki bashorat qilingan foyda margin past. Rahbariyat loyihani "javonga" qo'yadi va o'rniga mavjud, kattaroq drive liniyasini jadal kengaytirishni davom ettiradi.Bu yerda muhim tushuncha bor: "value network". Har bir bozorning o'z xarajat tuzilmasi bor. Mainframe (katta kompyuter) ishlab chiqaruvchilari katta R&D va xizmat ko'rsatish tarmog'idan foydalanadi, shuning uchun tirik qolish uchun ularga yuqori foyda margin kerak. Kichik, portativ kompyuter bozorida esa xarajat ancha kam, shuning uchun past margin
    17,6004917Open in Telegram
  • Stenford Kundaligi

    14 Jun, 15:20

    Mamlakat qila oladigan eng qimmatli sarmoya infratuzilma yoki texnologiyalarga emas, balki bir kun kelib ularni yaratadigan yoshlarga kiritilgan sarmoyadir.@startupfestuz aynan shu haqida.Bugun Oʻzbekiston boʻylab 1 590 dan ortiq robototexnika jamoasi va 300 dan ziyod startap loyihalari ishtirok etmoqda. Bu minglab iqtidorli yosh ixtirochilar va bunyodkorlarni birlashtirmoqda.Koʻpchilik buni musobaqa sifatida koʻradi. Biz esa buni ertangi kunning asoschilari, muhandislari, sun’iy intellekt mutaxassislari va tadbirkorlariga kiritilayotgan sarmoya deb bilamiz.Shuning uchun biz robototexnika, sun’iy intellekt, startaplar va innovatsion ekotizimlarni qoʻllab-quvvatlamoqdamiz. Chunki aynan shu yoʻnalishlar millionlab yoshlarning salohiyatini ochib berishga xizmat qiladi.StartupFest ishtirokchilari nafaqat sovrinlar uchun, balki katta imkoniyatlar uchun ham kurashmoqda. Startap
    Image from a post by Stenford KundaligiImage from a post by Stenford KundaligiImage from a post by Stenford KundaligiImage from a post by Stenford Kundaligi
    21,3008737Open in Telegram
  • Stenford Kundaligi

    8 Jun, 07:02

    #SEPnotes"The Innovator's Dilemma" kitobidagi qiziq paradokslardan biri:"WHY BIG COMPANIES IGNORE BIG OPPORTUNITIES"1997-yilda Jeff Bezos Amazon'ni ommaga chiqarmoqchi bo'lganida, kompaniyaning yillik daromadi atigi 148 million dollar edi.O'sha paytda Walmart'ning yillik daromadi 100 milliard dollardan oshgan edi. Tasavvur qiling: Walmart rahbarlari uchun 148 million dollarlik kompaniya qanchalik jiddiy tahdid bo'lib ko'ringan bo'lishi mumkin? Katta ehtimol bilan jiddiy tahdid sifatida ko'rinmagan.Ammo Clayton Christensenning fikricha, aynan shu yerdan ko'plab yirik kompaniyalarning muammosi boshlanadi. Katta kompaniyalar ko'pincha yangi imkoniyatlarni ko'rmay qolmaydi. Ular shunchaki juda kichik ko'rinadi.40 million dollarlik kompaniya 20% o'sish uchun 8 million dollarlik yangi biznes topsa kifoya. Ammo 4 milliard dollarlik kompaniya xuddi shu sur'atda o'sishi uchun 800
    13,7007557Open in Telegram
  • Stenford Kundaligi

    4 Jun, 08:44

    #SEPnotesKelgusi bir necha hafta davomida Clayton Christensenning The Innovator's Dilemma kitobidan o'zim uchun eng qiziq bo'lgan g'oyalar va xulosalarni ulashib boraman:"DISRUPT YOURSELF BEFORE SOMEONE ELSE DOES"Clay Christensen Harvard Business School professori va innovatsiya haqidagi eng mashhur nazariyalardan biri, "disruptive innovation" muallifi edi. Uning g'oyalari Intel, Apple, Netflix va Salesforce kabi kompaniyalar rahbarlariga katta ta'sir ko'rsatgan va bugungi kunda ham startaplar hamda yirik kompaniyalar tomonidan keng qo'llaniladi.Nega katta kompaniyalar ko'pincha kichik startaplarga yutqazadi? Muammo ularning ahmoqligida emas. Aksincha, ular mavjud mijozlariga juda yaxshi xizmat qiladi. Aynan shu narsa ularni yangi imkoniyatlarni o'tkazib yuborishga sabab bo'ladi.Clay Christensenning asosiy g'oyasi shuki: kompaniyalar odatda hozirgi eng yaxshi mijozlari talab
    Image from a post by Stenford KundaligiImage from a post by Stenford Kundaligi
    15,8008062Open in Telegram
  • Stenford Kundaligi

    24 Apr, 01:48

    Image from a post by Stenford KundaligiImage from a post by Stenford Kundaligi
    24,900621240Open in Telegram
  • Stenford Kundaligi

    19 Apr, 17:24

    https://t.me/alisher_sadullaev/5514
    TelegramAlisher Sadullaev⚡️Janob Prezident, vazifa bajarildi. 24-fevral kuni Prezidentimiz yoshlarga mahalliy va global bozorlar uchun biznes hamda startap loyihalarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini e’lon qilgan edilar. Asosiy ustuvor vazifalardan…
    26,2009254Open in Telegram
  • Stenford Kundaligi

    19 Apr, 04:36

    #SVnotesPaul Grahamning inshosidan olgan xulosalarim 1/6:HOW TO MAKE WEALTHBoyib ketmoqchi bo'lsangiz, eng ishonchli yo'l startapga kirish yoki o'zingiz startap qurishingiz kerak. Bu yuz yillar davomida o'z samaradorligini isbotlagan usul. "Startap" so'zi 1960-yillarda paydo bo'lgan, ammo uning mohiyati O'rta asrlardagi savdo ekspeditsiyalariga juda o'xshaydi.Startaplar odatda texnologiya bilan bog'liq, chunki startap, aslida, murakkab texnik muammoni hal qilishga urinayotgan kichik kompaniya.Iqtisodiy mohiyat. Startapni hayotingiz davomidagi mehnatni bir necha yilga qisqartirish deb tasavvur qiling. 40 yil o'rtacha sur'atda ishlash o'rniga, 4 yil juda qattiq ishlaysiz. Bu ayniqsa texnologiya sohasida samarali, chunki bu yerda tezkorlik uchun mukofot olasiz.Qisqacha hisob-kitob: yaxshi dasturchi yiliga taxminan 80 000 dollar maosh oladi. Ammo startapda, 2 baravar ko'proq
    24,70013052Open in Telegram
  • Stenford Kundaligi

    14 Apr, 15:02

    Zo’r yangiliklar bor)https://t.me/yoshlaragentligi/16372
    TelegramYoshlar ishlari agentligi🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston yoshlar siyosati xalqaro maydonda ✅Davlatimiz rahbari tomonidan xorijiy oliygohlar hamkorligida 40 ming nafar yoshni biznesga o‘rgatuvchi “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini amalga oshirish vazifasi belgilangan edi. Ayni shu maqsadda…
    20,3009857Open in Telegram
  • Stenford Kundaligi

    1 Apr, 04:04

    #SVnotesPaul Grahamning inshosidan olgan xulosalarim (3):"FRIGHTENINGLY AMBITIOUS STARTUP IDEAS"Bizning bugungi holatimiz: biror joyimiz og'rimaguncha shifokorga bormaymiz. Lekin bu to'g'rimi? Masalan, Bill Klinton, AQSh sobiq prezidenti va dunyodagi eng yaxshi tibbiy xizmatdan foydalanadigan inson. 2004-yilda u nafasi qisila boshlaganda tekshirishdi va tomir yo'llari 90%dan ko'prog'i bitib qolganini aniqladilar. Uch kundan keyin unga murakkab operatsiya qilindi. Savol: nega u buni oldinroq bilmadi? Chunki belgilar yo'q edi va belgilar yo'q bo'lsa, hech kim tekshirmaydi.Kelajakda esa holat o’zgaradi: odamlar o'z tanasidagi har bir ko'rsatkichni, yurak holati, qon tarkibi, saraton belgilarini, xuddi bugun odamlar o’z vaznini bilgandek biladilar. Har kuni. Avtomatik ravishda.Saraton ham xuddi shunday. Bugun biz o'sma ko'rinib qolguncha kutamiz. Kelajakda esa u "radar ekrani"da
    26,50015393Open in Telegram