gram news
SUBYEKTIV channel avatar

SUBYEKTIV

@subyektivuz

Fikrlar subyektiv, xulosa o‘zingizdan! 📞 Reklama: 90 044-66-81 Taklif va gʻoyalar uchun: @subyektivuzbot Bosh homiy: kun.uz sayti Materiallarimizdan foydalanganda manba qoldirishni unutmang❗️

ProjectsUZMilitaryVerified by Telegram

26,200subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • SUBYEKTIV

    30 Aug, 13:04edited

    ⚡️Shinjon — DUNYONING ENG KATTA SIRI | SUBYEKTIVBu o‘lka haqidagi hikoyamiz shu paytgacha borgan joylarimizdan, so‘zlaganlarimizdan, ko‘rsatganlarimizdan mutlaqo farq qiladi. Dunyo xaritasida bu joyning nomi Shinjon. Lekin millionlab odamlar uni Sharqiy Turkiston sifatida ham bilishadi. Uyg‘urlar vatani nafaqat geografik, balki, til, madaniyat va din masalasida ham O‘zbekistonga Xitoydagi eng yaqin hudud. Bu manzillarda so‘zlardan ham ko‘ra ko‘zlardan ko‘p narsani anglaysiz. Bugungi filmimiz har bir tavsirdagi ma’noni anglay olganlar uchun.SUBYEKTIV qardoshlar yurtida!📹👉HOZIROQ KOʻRISH UCHUN👈@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating: Instagram | Youtube | Facebook
    7,190video622911643Open in Telegram
  • SUBYEKTIV

    8 Aug, 12:22

    Turon — xaritadagi YANGI KUCH | MAYDONTurkiylar — xaritadagi eng keng tarqalgan oilalardan biri. Yaponlarning Nissan Qashqai mashinasi nomi ham ulardan olingan. Chingizxon davridan toki bugungi Mo‘g‘ulistonning ham, Xitoyni uch asr boshqargan manjurlarning rasmiy alifbolari ham ularniki. Odamlar orasida Buyuk Xitoy devori ulardan himoyalanish uchun qurilgani, Kolumb kashf qilgan Amerika hindulari, yaponlar va grinlandiyalik tub aholi ham aslida shu etnik guruhga mansub ekanligi haqida gaplar yuradi. MAYDON jamoasi navbatdagi qiziq va katta mavzuni qisqa daqiqalarda tushuntiradi.📹👉HOZIROQ KOʻRISH UCHUN👈@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating: Instagram | Youtube | Facebook
    13,800video664913422Open in Telegram
  • SUBYEKTIV

    26 Jul, 13:30

    ☪️ Islomdan shakllangan millatXitoyda uyg‘urlardan tashqari xitoy musulmonlari ham bor va ularning ayrimlari o‘zlarini buxorolik deb bilishadi. 1300 yil avval Ipak yo‘li bo‘ylab arab va fors savdogarlari, undan keyin Chingizxon Xitoyga olib ketgan Markaziy Osiyolik erkaklar xitoy qizlariga uylanishadi va o‘sha yerlarda qolib ketishadi. Ulardan yangi musulmon millat – xueylar, aniqrog‘i, dunganlar paydo bo‘lgan. Ular haqida SUBYEKTIV jamoasi katta ko‘rsatuv tayyorlagan. Chin mamlakati haqida noodatiy ma’lumotlar yig‘ilgan filmni tomosha qiling!📹👉HOZIROQ KOʻRISH UCHUN👈@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating: Instagram | Youtube | Facebook
    15,700video1054721811Open in Telegram
  • SUBYEKTIV

    19 Jul, 17:04

    🇪🇸🇦🇷 Futbol finaligacha koʻrish uchun ✊😊:“Mozaika” davlat – XitoyUyg‘uriston agar mustaqil bo‘lganida, dunyoning 17-yirik davlati bo‘lardi. Mo‘g‘uliston hududiga deyarli teng Ichki Mo‘g‘uliston, Tibet va Shinjon avtonom rayonlari yigʻindisi Xitoy maydonining deyarli yarmiga teng. SUBYEKTIV jamoasining poytaxt Pekindan g‘arbdagi Sharqiy Turkistongacha, Ichki Mo‘g‘ulistondan Guandjougacha o‘rganishlariga asoslangan yangi ko‘rsatuvida Chin mamlakatini boshqacha rakursdan kashf qilasiz.📹 👉FILMNI HOZIROQ KOʻRISH👈@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating: Instagram | Youtube | Facebook
    19,800video4940381222Open in Telegram
  • SUBYEKTIV

    18 Jul, 15:00edited

    🐲 Xitoy — AJDARHO UYG‘ONDI | SUBYEKTIV“Made in China” — eng sifatsiz mahsulotlardan dunyo sanoati gigantligigacha bo‘lgan yo‘l. Sharqiy Turkiston uyg‘urlari va O‘zbekistonning xitoy musulmonlari hayoti. Shanxaydagi “nikoh bozori” yoki ota-onagacha ijara xizmatlari. SUBYEKTIV bizdan atigi 126 km uzoqlikda boshlanuvchi Chin mamlakati haqida hikoya qiladi. Bu Xitoyning Avatar tog‘lariga sayohat yoki Buyuk devor tarixi haqidagi ko‘rsatuv emas. Bu safar bizga eng yaqindagi eng rivojlangan davlatni subyektivcha kashf qilamiz.📹 👉FILMNI HOZIROQ KOʻRISH👈@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating: Instagram | Youtube | Facebook
    17,200video662622433Open in Telegram
  • SUBYEKTIV

    13 Jun, 14:44

    SUBYEKTIV UYGʻURISTONDA!Jamoamiz bilan bu safar Chin mamlakatidamiz. Poytaxt Beijingdan Sharqiy Turkistongacha, Ichki Moʻgʻulistondan Guanjougacha – bu davlat haqida oʻz hikoyamizni yozamiz.Tez orada Xitoy haqida katta koʻrsatuvlarimiz taqdim etiladi. Siz esa hozircha Qashqar mahallalarida olingan suratlarimizga istalgan reaksiyangizni qoldiring! ✊😊@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating: Instagram | Youtube | Facebook
    Image from a post by SUBYEKTIVImage from a post by SUBYEKTIVImage from a post by SUBYEKTIVImage from a post by SUBYEKTIV
    21,10027510688251312Open in Telegram
  • SUBYEKTIV

    30 May, 09:40

    Dunyodagi eng noodatiy shahar – VАRАNАSI | SUBYEKTIVOʼlimlar vodiysi – Varanasi. Bu shaharda jasadlar olovi oʼchmaganiga necha ming yillar boʼlgan. Ganga daryosida oʼliklar yuviladi, ularning hoki oqiziladi, choʼmilishadi va uning suvlaridan ichishadi. Oʼtinchilardan tortib bir chimdim sindur suruvchilargacha — hammaning tirikchiligi oʼlikchilik bilan bogʼliq. Odamlar Varanasiga oʼlish uchun kelishadi. Ular oʼlim mehmonxonalariga joylashib, umrlarining oxirini kutishadi. Xoʼsh, nega shunday? SUBYEKTIV dunyodagi eng noodatiy shahar haqida hikoya qiladi!👉FILMNI TOMOSHA QILISH👈
    21,400video96281413117Open in Telegram
  • SUBYEKTIV

    11 May, 15:06

    Insoniyat soni nazoratdami? | MAYDONInternetda yillardan beri turli farazlar aylanadi. Go‘yoki dunyodagi eng ta’sirli kuchlar aholini kamaytirishni istaydi. Ayrimlar COVID-19 pandemiyasini tabiiy ofat emas, rejalashtirilgan deydi. Vaksinatsiyalar orqali insonlarga ta’sir o‘tkazilayotgani haqida ham da’volar bor. Oziq-ovqatga kimyoviy moddalar qo‘shib, mikroplastiklar aralashtirib ham kasalliklar atay ko‘paytirilayotgani aytiladi. Urushlar va genotsidlar esa millionlab insoniyatning yostig‘ini quritdi. Bu ham odamlar ko‘pligidan zerikkanlarning o‘ylab topgani, bo‘lishi mumkin. Bir qaraganda hammasi ishonarli gaplar. Lekin bularning rostligini isbotlash kerak. MAYDON'da yana bir katta mavzu qisqa daqiqalarda tahil qilinadi.📹👉HOZIROQ KOʻRISH UCHUN👈
    21,800video954524521Open in Telegram
  • SUBYEKTIV

    1 May, 13:08

    MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIVHindiston dunyoning 5-yirik iqtisodiyoti, Mumbay esa Hindiston millionerlari yashaydigan eng boy shahar. Ammo bu hashamat ortida butunlay teskari hayot ham yashaydi. Bu – Dharavi xarobalari. Bu yerga kelgan odam avvaliga faqat qashshoqlik va antisanitariyani ko‘radi. Biroq ichkariroq kirganingiz sari bu kulbalar sizga umuman kutilmagan eshiklarini ochadi. Dharavi faqat kambag‘allik haqidagi hikoya emas. Bu — tirik qolish, mehnat, orzu va tizimsiz bo‘lsa-da, kuchli iqtisod haqidagi real kino. SUBYEKTIV bilan bu mavze haqidagi tasavvurlaringiz umuman boshqacha taassurotga aylanadi.📹👉HUJJATLI FILM HAVOLASI👈@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating: Instagram | Youtube | Facebook
    22,600video9028141184Open in Telegram
  • SUBYEKTIV

    24 Apr, 13:02

    Hindistonni boqayotgan BoburiylarSulola hamon Hindiston byudjetiga millionlab dollar foyda keltirmoqda.Videoni koʻrib yoqsa, pastda ❤️ bosib ketarsiz ✊😉@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating: Instagram | Youtube | Facebook
    23,600video24875571743Open in Telegram
  • SUBYEKTIV

    17 Apr, 12:07

    KUBA – Katta oʻyin ichidagi kichik davlat | MAYDONToshkent dahalariga o‘xshash manzaralar yashiringan olis Gavana. AQSH biqinida joylashsa-da, Rossiyani tanlagan Kuba bugun yana global diqqat markazida. Ko‘chalarida haligacha sovet mashinalari yurgan bu davlat endi katta o‘yin sahnasiga qayta chiqyapti. Chunki Donald Tramp Kubani qo‘lga kiritish haqida ochiq gapirdi. Navbat Kubagami? Suriya, Venesuela, Erondan keyingi bosim ortida Rossiyani zaiflashtirish rejasi bormi yoki bundan ham kattaroq o‘yin ko‘zlanganmi? Va bu holat Markaziy Osiyo uchun qanday saboq bo‘lishi mumkin? SUBYEKTIV ijodkorlaridan yana bir loyiha — MAYDON'da katta mavzu qisqa daqiqalarda tahlil qilinadi.📹 👉 KOʻRSATUV HAVOLASI 👈
    24,600video96271872Open in Telegram
  • SUBYEKTIV

    17 Apr, 10:18

    21,400128572816132Open in Telegram
  • SUBYEKTIV

    5 Apr, 04:50

    26,90039217856281917Open in Telegram
  • SUBYEKTIV

    14 Mar, 13:02

    O‘limni tezlashtirayotgan oziq-ovqatlar | SUBYEKTIVInternetda deyarli hamma yeyayotgan narsalarimizni zararli deb gap tarqatishyapti. Garmon uriladigan tovuqlar, go‘shtdan arzon kolbasalar, cho‘chqa jelatinidan qilinadigan marmeladlar, saratonga sabab bo‘luvchi energetiklar, zaharli o‘simlik moylari va hokazo. Uchta “oq zahar” – shakar, oq un va tuz. Bu gaplarning qay biri rost, qay biri shov-shuvligini ajratolmay qolyapmiz. SUBYEKTIV bir nechta tajriba va izlanishlar orqali mavzuga oydinlik kiritdi. Biz nima yeyapmiz? Bu ko‘rsatuv eng birinchi ehtiyojimiz bo‘lgan oziq-ovqat masalasiga befarq bo‘lmaganlar uchun.📹👉FILMNI HOZIROQ KOʻRISH👈@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating: Instagram | Youtube | Facebook
    45,600video1267634432Open in Telegram
  • SUBYEKTIV

    30 Jan, 09:12

    Turli sahifalarda “Germaniyada ish” yoki “Yevropada ish” degan e’lonlarning aksariyati – tovlamachilar.Videoda ularni qanday farqlash, firibgarlarga chuv tushmaslik uchun nimalar qilish kerakligi aytilgan.Agar oʻzingiz Germaniyadan mustaqil ish topmoqchi boʻlsangiz, yuqorida ish beruvchi va ish topib beruvchi saytlar roʻyxatini qoldirganmiz.Bu xabarni Yevropaga ishlash uchun ketmoqchi boʻlib yurganlarga yuborib qoʻying. Ogoh boʻlishsin!📹 Germaniya orzusi – REAL HAYOT (2-qism) | SUBYEKTIV koʻrsatuvning toʻliq qismini tomosha qiling!@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating: Instagram | Youtube | Facebook
    37,000video1003225641Open in Telegram
  • SUBYEKTIV

    27 Jan, 09:39edited

    Uning Ismi Iroda. Germaniyada “Puma” kompaniyasining bosh ofisida yuqori lavozimda ishlaydi. 66 marta shu joyga ariza topshirib rad javobini olgan. 67-marta unga imkon berishgan va Iroda bu ishonchni oqlagan.U mashaqqatlari ortida oʻzining intilishlaridan ham koʻra otasining qoʻllovini koʻproq sababchi deb biladi.Toʻliq intervyu Germaniya ORZUSI | SUBYEKTIV (2-qism) koʻrsatuvida.📹👉KOʻRSATUVNI HOZIROQ KOʻRISH👈@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating: Instagram | Youtube | Facebook
    31,400video164108181787Open in Telegram
  • SUBYEKTIV

    25 Jan, 14:02edited

    Germaniya orzusi — REAL HAYOT | SUBYEKTIV (2-qism)Germaniya – ish boshlash uchun hech qachon kech bo‘lmaydigan, istalgan yoshda karyera qurish mumkin bo‘lgan kamdan kam davlatlardan biri. Faqat yuqori maoshlar emas, kuchli ijtimoiy himoya va iqlim migratsiyasi uchun ham butun dunyo muxojirlari bu davlatni tanlashadi. Qaysi sohalarda talab bor, o‘rtakashlarsiz mustaqil ish topish, firibgarlarni farqlash, oyliklar va soliqlar, hattoki Germaniyada turmush qurish masalalari — bu katta mavzu! 1-qismda “Germaniya mo‘jizasi” haqida ko‘rsatuv tayyorlagan SUBYEKTIV bu safar Olmoniyaga ketish yo‘llari haqida hikoya qiladi.📹 👉KOʻRSATUVNI HOZIROQ KOʻRISH👈@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating: Instagram | Youtube | Facebook
    157,000video1105626422Open in Telegram
  • SUBYEKTIV

    25 Jan, 09:38edited

    🇩🇪 Germaniyadan bepul va mustaqil ish topishAslida o‘zingiz ham xorijiy ish beruvchi saytlarda ariza qoldirib, ijobiy javob olgach, keyin elchixonaga borishingiz mumkin. Sizni ishga chaqiruvchilar aniq bo‘lsa, viza olishingiz ancha osonlashadi.Germaniyadan ish topish uchun quyidagi ishonchli saytlarda ariza qoldirib, o‘zingizni sinab ko‘rsangiz bo‘ladi:RASMIY VA UMUMIY ISH PORTALLARI - jobboerse.arbeitsagentur.de - stepstone.de - indeed.de - monster.de - linkedin.com/jobsISH AGRЕGATORLARI - kimeta.de - jooble.org - jobware.de - meinestadt.dePROFЕSSIONAL TARMOQLAR
    45,10013164531283Open in Telegram
  • SUBYEKTIV

    25 Dec 2025, 14:20

    Borish uchun qay biri ma’qul: 🇩🇪 yo 🇰🇷?Videoda shu savolga javob boʻladigan tahlil qilganmiz.Tez orada tayyor boʻladigan “Germaniya” hujjatli filmimizning 2-qismida Germaniyaga bepul ketish yoʻllari va ish beruvchilar bilan bevosita muloqot saytlar roʻyxatini ham beramiz.‼️ Oʻrtakash firibgarlardan ehtiyot boʻling!@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating: Instagram | Youtube | Facebook
    34,600video2256035753Open in Telegram
  • SUBYEKTIV

    21 Dec 2025, 17:00

    Dunyoning uchinchi iqtisodiyoti – Germaniya haqida katta hujjatli filmGermaniya ikkiga bo‘lingan davrda hatto Berlinda devorning ikki tarafidagi hayot bir-biridan keskin farq qilgan. Bir Germaniyada banan oddiy mahsulot, ikkinchisida tansiq meva bo‘lgan. Bir tarafning bolalari “Barbi”, ikkinchi tarafniki esa sotsializmcha “Sonni” qo‘g‘irchoqlarini o‘ynashgan. SUBYEKTIVning navbatdagi “Germaniya” hujjatli filmida qiziq tarix va ochilmagan hujjatlar ochiladi.📹 TOʻLIQ KOʻRSATUVNI KOʻRISH@subyektivuz'ning boshqa sahifalarini ham kuzating: Instagram | Youtube | Facebook
    33,200video815143753Open in Telegram