Latest posts

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
22 Sept, 14:05
#Adliya_xabariNNT vakillari uchun sayyor qabul o‘tkazildi📌 2026-yil 22-sentabr kuni Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Termiz tumanidagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.🔹 Sayyor qabul davomida NNTlar faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammolar, sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar, e-ngo.uz elektron platformasining yangi imkoniyatlari hamda hisobotlarni taqdim etish tartibi yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.✅ Shuningdek, ishtirokchilar bilan amaldagi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti, NNTlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.💬 Tadbir davomida NNT vakillarining murojaat, taklif va savollari tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli huquqiy tavsiyalar berildi.🤝 Sayyor qabul yakunida nodavlat notijorat




Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
22 Sept, 13:50
#Adliya_xabari #Huquqiy_targibot #Firibgarlik #Giyohvandlik🏛 Firibgarlik va giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildiBoysun tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N.X. Mamadiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-son qarorlari hamda Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabining 2026-yil 16-yanvardagi 1-son yig‘ilish bayoni ijrosi yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.📍 Tadbirlar tumandagi “Ko‘chkak”, “Shifobuloq”, “Inkabod”, “Shirinobod”, “Boshrabot” va “Bibishirin” mahallalarida joylashgan 7-, 16-, 27-, 35-, 36-, 55- va 57-sonli umumta’lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilari, shuningdek, 3-son texnikum xodimlari hamda fuqarolar ishtirokida o‘tkazildi.⚖️ Tadbirlar davomida ishtirokchilarga “Firibgarlik – jazo muqarrar jinoyatdir” hamda “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzularida




Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
22 Sept, 13:50





Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
22 Sept, 13:50



Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
22 Sept, 12:26
😎😎😎😎😎😎#Биласизми🚘 Қонунчиликка кўра, кўп квартирали уйнинг лойиҳа ҳужжатларида кўзда тутилмаган ҳолларда ертўлада транспорт воситаларининг исталган турини сақлаш, уларни тузатиш ва ювиш тақиқланади.🏠 Шунингдек, ертўлада ўзбошимчалик билан қуйидагиларни амалга оширишга йўл қўйилмайди:🔸 иситиш қозонлари, радиаторларни ўрнатиш ёки уларнинг иситиш майдонини кенгайтириш;🔸 қувурларга кранлар ўрнатиш;🔸 элеватор узелларини созлаш;🔸 иссиқ сув, канализация қувурлари ва бошқа тармоқлар схемаларини ўзгартириш;🔸 умумий фойдаланишга мўлжалланган жойларни эгаллаб олиш;🔸 муҳандислик-коммуникация тизимларига бориш имкониятини чеклаб қўйиш.


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
22 Sept, 12:26
😎😎😎😎😎😎#2026_йил_1_октябрдан✔️ Қонунчиликка кўра, Ягона интерактив давлат хизматлари порталида (Ягона портал) қуйидаги хизматлар жорий этилади:🔹 жисмоний ва юридик шахсларга ўзига мулк ҳуқуқи асосида тегишли бўлган кўчмас мулк ва автомототранспортларни гаровга ёки ипотекага қўйишга, шунингдек, уларни бегоналаштиришга тақиқ қўйиш ёки уни бекор қилиш;🔹 фуқароларнинг ўз номига расмийлаштирилган ва фойдаланилаётган телефон рақамлари ва банк карталари тўғрисида маълумот олиш ва ушбу жараённи бошқаришнинг қуйидаги имкониятларини яратиш:▪️ телефон рақамини муайян муддатга нофаол ҳолатга ўтказиш (фаоллаштириш) ва ўзи фойдаланмаётган телефон рақамларига хизмат кўрсатишни тўхтатиш


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
22 Sept, 12:14
#huquqiy_eslatma❗️To'lanayotgan aliment miqdorini qisqartirish yoki aliment to'lashdan ozod qilish mumkin bo'lgan holatlar haqida bilasizmi?Batafsil 👉 videoda📱Veb-sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱 Instagram | 📹 Youtube
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
22 Sept, 11:26
🏛 “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun davlat apparati faoliyati samaradorligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.📱Veb-sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱 Instagram | 📹 Youtube
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
22 Sept, 11:25
🏛 “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda Administratsiya faoliyatining ochiqligi va samadorligini ta’minlashga xizmat qiladi.📱Veb-sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱 Instagram | 📹 Youtube
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
22 Sept, 10:45
#OAV📻 ✅"FM HUQUQ" radio eshittirishida✅ Bandixon tuman adliya bolimi YXKM boshlig'i tomonidan "FM HUQUQ" radio eshittirishi orqali “Davlat auditi faoliyatida raqamlashtirishdan qanday muhim o’zgarishlar kutilmoqda?” mavzusida, Bandixon tuman adliya bolimi YXKM bosh yuriskonsulti B.Amanov tomonidan "Voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish tartibi qanday?” mavzusida, shuningdek Bandixon tuman adliya bolimi YXKM bosh yuriskonsulti E.Jumanazarov tomonidan "Giyohvandlik vositalari ustidan davlat nazorati choralari kuchaytirishda qanday ishlar amalga oshiriladi?" mavzusida huquqiy ma'lumotlar berildi.📱Veb-sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱 Instagram | 📹 Youtube
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
22 Sept, 10:30edited
#OAV_Gazeta“Inson va qonun” gazetasining 2026-yil 22-sentabrdagi 38-sonida, Sariosiyo tuman adliya bo‘limi boshlig‘i B.Boborajab Amonzodaning “Kompensatsiya tolab berildi” nomli maqolasi hamda Sariosiyo tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi X.Sharipovning "Ustamasiz qolgan ustozning murojati organildi" nomli maqolasi chop etildi.Bizni kuzating: 📱Veb-sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱 Instagram | 📹 Youtube



Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
22 Sept, 10:19
#Adliya_xabari #Sayyor_qabul #Huquqiy_yordam⚖️ Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqdaTermiz tuman adliya bo‘limi hamda Termiz tumani hokimligi hamkorligida “Uchqizil”, “Yangi hayot”, “Xalqobod” va “Yangiyer” mahallalari aholisi ishtirokida Xalq qabulxonasi binosida sayyor qabul tashkil etildi.📌 Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Yuristlar Assotsiatsiyasi tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida, shuningdek, Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.🔹 Sayyor qabul davomida fuqarolar hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining huquqiy masalalari, muammolari va murojaatlari tinglandi.🔹 Murojaatlar yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berilib, ayrim masalalarni




Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
22 Sept, 08:02
forwarded from @adliyangiliklari
🚶♂️ 22-sentabr — Xalqaro avtomobilsiz harakatlanish kuni🌱 Bugun butun dunyoda ekologik toza transport vositalaridan foydalanish, piyoda yurish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan Xalqaro avtomobilsiz harakatlanish kuni nishonlanmoqda.🚲 Mazkur sana munosabati bilan mamlakatimizda ham turli targ‘ibot va sport tadbirlari tashkil etildi.⚖️ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlari ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, tadbirlarda faol ishtirok etdi.🌿 Bunday tashabbuslar sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.#XalqaroAvtomobilsizHarakatlanishKuni #Adliya #Ekologiya #SoglomTurmushTarzi #22Sentabr🌐 website 📱 facebook 📱 instagram
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
22 Sept, 06:53
forwarded from @adliyangiliklari
#Adliya_xabari📌O‘ZBEKISTON SUD BOSHQARUVCHILARI PALATASI YANGI MAQOMDA FAOLIYAT YURITADI🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF-78-son Farmoni ijrosi doirasida sud boshqaruvchilari institutini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim tashkiliy choralar amalga oshirilmoqda.⚖️Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi negizida barcha sud boshqaruvchilarining a’zoligiga asoslangan O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi tashkil etilishi belgilangan.📋Shu munosabat bilan, Adliya vazirining 2026-yil 15-sentyabrdagi tegishli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi nomi bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi.🔹Yangi maqomda Palata sud boshqaruvchilarini birlashtiruvchi yagona


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
22 Sept, 06:42
forwarded from @adliyangiliklari

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
22 Sept, 05:45
#Adliya_aralashgach #Bir_murojaat_izidan19 million so‘mlik soliq qarzdorligi nega 9 million so‘mga tushirildi?📌 Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasiga fuqaro Do‘sto‘g‘li og‘a Muhammad tomonidan soliq qarzdorligi yuzasidan murojaat yo‘llandi.🔎 Murojaatni o‘rganish jarayonida fuqaroning o‘zi hamda o‘g‘li nomiga hisoblangan soliq qarzdorligi masalasi qayta ko‘rib chiqildi.📊 Holat qanday edi? Fuqaroning o‘zi va o‘g‘li nomiga alohida 7 mln 20 ming 469,8 so‘mdan soliq qarzdorligi hisoblangan. Penyalar bilan birga umumiy qarzdorlik qariyb 19 mln so‘mni tashkil etgan.⚖️ Adliya boshqarmasining taqdimnomasi asosida masala mas’ul xodimlar ishtirokida atroflicha o‘rganildi.🔍 O‘rganish davomida soliq qarzdorligini hisoblashda tizimda texnik xatolikka yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.✅ Aniqlangan xatolik bartaraf etilib, soliq qarzdorligi qayta hisob-kitob qilindi.📉 Natijada: ➡️ Avval


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
22 Sept, 04:45
#Qonunchilikdagi_yangiliklar❗️ Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi joriy etiladi“Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–345-son, 21.09.2026-y.) qabul qilindi.🏛 Qarorga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarida, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda hamda ustav kapitalida ushbu yuridik shaxslarning ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa korxona, tashkilot va muassasalarda:🔹 Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi (Dastur) bosqichma-bosqich joriy etiladi.✅ 2026-yil 1-dekabrgacha Boshqaruv samaradorligi agentligining (Agentlik) axborot tizimlarida davlat organlari va tashkilotlari uchun quyidagi
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
22 Sept, 04:40
😅😂😇😉БМТ Бош Ассамблеяси томонидан 1986 йил 4 декабрда Ривожланиш ҳуқуқи тўғрисидаги Декларация қабул қилинган.Декларацияга мувофиқ, ривожланишга бўлган ҳуқуқ инсоннинг ажралмас ҳуқуқидир. Инсон ривожланиш жараёнининг асосий субъекти ҳисобланади. Ривожланиш жараёнида хотин-қизларнинг фаол иштирокини таъминлаш бўйича таъсирчан чора-тадбирлар кўрилиши зарур.Каналга уланиш 👉 @hudud24official
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
22 Sept, 04:29
#Adliya_xabari⚔️ Bitta notarial harakat uchun yuzlab kilometr yo‘l bosish shartmi?Xizmat safaridasiz. Ammo boshqa hududdagi notarial harakatda sizning ham ishtirokingiz kerak. Safarni to‘xtatib, ortga qaytish shartmi?❌ Endi shart emas.💻 Ayrim notarial harakatlarni boshqa hududda, hatto xorijda turgan holda ham videokonferensaloqa orqali masofadan rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.⏱️ Bu — ortiqcha yo‘l va ovoragarchiliksiz, vaqtni tejagan holda huquqiy masalani hal qilish imkoniyati.🚘 Safar — davom etadi. ✅ Ish — hal bo‘ladi.❓ Qanday qilib? Qaysi notarial harakatlarni videokonferensaloqa orqali amalga oshirish mumkin?🎥 Batafsil — rolikda.🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
22 Sept, 04:24
#Bilasizmi❗️ Gidlarga malaka toifasini berish tartibi belgilandiBatafsil infografikalarda👆Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
