Latest posts

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
22 Sept, 13:57
📖 Mentor-o‘qituvchilar uchun trening boshlandi🟢 22-sentabr kuni Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida mentor-o‘qituvchilarning kasbiy va metodik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan trening mashg‘ulotlari boshlandi.✍️Tadbirni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Farrux Sohibov kirish so‘zi bilan ochib berdi.👥 Treningda viloyat umumta’lim maktablaridan mentor sifatida tanlab olingan 388 nafar o‘qituvchi ishtirok etmoqda. ⌛Mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, pedagogik refleksiya, inklyuziv ta’lim, baholash, xalqaro baholash dasturlari hamda sun’iy intellektdan ta’lim jarayonida samarali foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
22 Sept, 09:32
forwarded from @sshmirziyoyeva
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное1,490Open in Telegram
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
22 Sept, 05:31
#oav_biz_haqimizda 🖥🖥🖥Imtiyozlardan unumli foydalangan "Yil o'qituvchisi"Termiz ixtisoslashgan maktab oʻqituvchisi hamda “Kelajak” markazi toʻgarak rahbari ‘‘Yil o‘qituvchisi‘‘ tanlovi g‘olibi Qobil Boboqulov faoliyatiga nazar.🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram ▶️You tube 😉Twitter 🌐Veb-sayt
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
22 Sept, 03:48
#kun_hikmatiMuvaffaqiyatning siri — maqsadga sodiq qolishdir.✍️ Benjamin Disraeli🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram ▶️You tube 😉Twitter 🌐Veb-sayt2,020Open in Telegram
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
21 Sept, 14:14
📖 “Yil o‘qituvchisi” — Chorshanbiyev Mirziyot!📚 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Chorshanbiyev Mirziyot “Yil o‘qituvchisi” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.👨🏫 7 yildan buyon pedagog sifatida faoliyat yuritayotgan ustoz o‘quvchilarining viloyat va respublika miqyosidagi fan tanlovlarida munosib natijalarga erishishiga hissa qo‘shib kelmoqda.✨ Dars jarayonida innovatsion metodlardan samarali foydalanib, o‘quvchilarning ona tili va adabiyot faniga qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratadi.👏 Mirziyot Chorshanbiyevga kelgusidagi faoliyatida yangi zafarlar tilaymiz!🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
21 Sept, 10:08
❗️DIQQAT!📖 O'quvchini xorijga ketishi munosabati bilan maktab safidan online chiqarish mumkin.❓ Xosh, bu qanday amalga oshiriladi?Quyidagi post orqali bilib olishingiz mumkin📖 Bizni ijtimoiy tarmoqda kuzating 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram ▶You tube 🌐Twitter 🌐Veb-sayt2,560Open in Telegram
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
21 Sept, 05:45edited
#Диққат_эълон✅ O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 2027-2028-o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi.❗️Joriy yilning 5-sentabridan 5-oktabriga qadar nomzodlar www.dxxtmhal.uz sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali ariza topshirishlari mumkin.Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
21 Sept, 03:46
#kun_hikmatiIlm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g‘oyat oliy, muqaddas bir fazilatdur. 😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️ ✍️ Abdulla Avloniy📖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram ▶You tube 🌐Twitter 🌐Veb-sayt2,450Open in Telegram
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
20 Sept, 11:33
📖 “Al-Xorazmiy vorislari” saralash imtihonlari o‘tkazildi📍 Bugun Termiz shahrida iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilarning matematika, mantiqiy fikrlash, aniq fanlarga qiziqishi, bilim va salohiyati sinovdan o‘tkazilgan imtihon jarayonlarida Termiz shahridan 599 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.⏳ Imtihon natijalari 5 kun davomida e’lon qilinadi.✨ Mazkur loyiha yoshlarning ilm-fanga qiziqishini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Telegram
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
20 Sept, 09:14
forwarded from @uzedu
‼️‼️‼️ #Йил_ўқитувчиси✅ “Yil o‘qituvchisi” tanlovining SURXONDARYO VILOYATI g‘oliblari🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
20 Sept, 09:02
forwarded from @ezozagafurjanovna
Ustoz qadri va kamoloti davlatimiz rahbarining doimiy e’tiboridaUstozlarimizning qadr-qimmati, farovonligi va kasbiy kamoloti hurmatli Prezidentimiz hamda davlatimiz uchun ustuvor ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbarining o‘qituvchilar yutug‘idan samimiy quvonishlari, ularning mehnatini yuksak qadrlashlari pedagoglarimizga ko‘rsatilayotgan ehtiromning hayotiy ifodasidir.Ikki yil avval Nigora Allambergenova chekka hududda ishlab, 2 ming dollar maosh olayotganini aytganida, hurmatli Prezidentimiz uning daromadi 4 ming dollarga yetishini istagan edilar. Muloqotda ustoz “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi sifatida 616 mln so'm mukofot olayotganini faxr bilan ma’lum qildi. Bu yutuq ustoz mehnatiga e’tibor va munosib rag‘batning amaliy ifodasidir.Farzandlarimizga bilim va tarbiya berib, ularning kelajagi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan har bir ustozimiz ana shunday hurmat va e’tirofga
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
19 Sept, 13:47
forwarded from @uzedu
#Yil_oʻqituvchisi #Gʻoliblar_aniqlandi📣 DIQQAT!!!Pedagoglar oʻrtasida yilning eng katta bellashuvi — Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!💰Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.✅ Joriy yilda ilk bor oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak eʼtirofi, pedagoglarga koʻrsatilgan munosib ragʻbatdir.➖ Tanlov nafaqat oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida taʼlim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi.📊 Ma'lumot oʻrnida: joriy yilgi tanlovda Respublika bo‘ylab 46 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi. Ulardan 208 nafar pedagog g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.📍Gʻoliblar
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
19 Sept, 10:01
forwarded from @press_secretary_uz
Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim qamrovi 84 foizga yetgan. Biroq Amudaryo, Bo‘zatov, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli va Ellikqal’ada bu ko‘rsatkich hali ham pastligi qayd etildi.Endi Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan 7 foizli kredit beriladi.Qolgan viloyatlarda kredit stavkasi markazdan uzoq-yaqinligiga qarab, 7 foizdan 15 foizgacha bo‘ladi.Facebook|Instagram|X2,070Open in Telegram
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
19 Sept, 04:39
forwarded from @uzedu
Variativ sinf – o‘quvchilarga qanday imkoniyat beradi?✅ Variativ o‘quv rejasi — bu o‘quvchilarning individual qiziqishlari va qobiliyatlarini inobatga olgan holda, maktabning o‘zida oliy ta’lim muassasalariga tayyorgarlik ko‘rish uchun imkoniyat yaratish tizimidir.Bundan ko‘zlangan maqsad — o‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish, zamonaviy kasblarni o‘rgatish, tanlangan oliy ta’lim muassasalari yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlariga tayyorlanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berishdan iborat.⏰ Jumladan, 2025-2026 o‘quv yilida maktab o‘quvchilarini qiziqishi va qobiliyatiga ko‘ra 7-11-sinflarda variativ o‘quv rejalar asosida 439 ta maktabda 18 ta yo‘nalishda tegishli fanlar chuqurlashtirib o‘qitildi.📊 Unda 1 070 ta sinfda 30 mingdan ortiq o‘quvchilar qamrab olindi.🔹2026-2027 o‘quv
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
18 Sept, 11:30
forwarded from @uzedu
#sohaga_doir_hujjatlar📣 Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt toʻloviga 30 foiz chegirma beriladi✅ Davlatimiz rahbarining 2025-yil 15-sentabrda oʻqituvchi va murabbiylar bilan qilgan muloqoti davomida pedagoglarning davlat oliygohlariga oʻqishga kirgan farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma berilishi haqidagi taklif ilgari surilgan edi.🔹 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi tegishli qarori bilan mazkur imtiyoz amaliyotga joriy etildi. Unga koʻra:👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab — har yili davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun toʻlov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.➖ Chegirma davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi.Pedagogning bir nechta farzandi2,180Open in Telegram
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
18 Sept, 11:09edited
📖 Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchi va maktab direktorlari majburiy mehnatga jalb etilayotgani mazmunidagi videomurojaat yuzasidan rasmiy munosabat.Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan aniqlanishicha, Jarqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i tomonidan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari 42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga chaqirtirilgan.Videoda aks etgan hududda, xususan, temiryo‘l yo‘li bo‘yida joylashgan fuqarolar xonadonlari atrofida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmaganligi qayd etilmagan.O'qituvchi va direktorlarni ish vaqtida sababsiz yig'ilishga jalb qilinganligi uchun Jarqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullariga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy chora ko‘rish bo‘yicha taklif kiritildi.Ayni paytda Jarqo‘rg‘on7,830Open in Telegram
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
18 Sept, 09:57
Milliy libos — millat ko‘zgusiBugun juma — milliy liboslar kuni munosabati bilan ta’lim muassasalarida, xususan maktablarda “Milliy libos — millat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.Tadbirlar davomida o‘quvchilar milliy liboslarimizning tarixi, mazmun-mohiyati va bugungi kundagi o‘rni haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.Fotosuratlarda Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Jarqo'rg'on tumanidagi 45-sonli hamda Qiziriq tumanidagi 40-sonli maktablardagi jarayonlar aks etgan.🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram ▶️You tube3,910Open in Telegram
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
18 Sept, 08:56
forwarded from @uzedu
#Диққат_эълон⏰ 2026-yilning 20-SENTABR kuni Respublika boʻylab “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi qabuli uchun saralash imtihonlari oʻtkaziladi!Imtihonlar:⏰1-smena — soat 09:30; ⏰2-smena — soat 13:30 da boshlanadi.🔰Saralash imtihonlari oʻtkaziladigan manzillar bilan tanishing:📍Andijon viloyati Manzil: Andijon shahar 41-maktab Oʻquvchilar ID raqami: havola.📍Buxoro viloyati Manzil: Buxoro shahar 35-maktab Oʻquvchilar ID raqami: havola.📍Jizzax viloyati (Zomin)1,980Open in Telegram
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
18 Sept, 04:01
#OAV 🏫Jasorat maktablari: bilim va tarbiya uyg‘unligiSurxondaryo viloyatining barcha 15 ta tuman va shahrida bittadan «Jasorat maktabi» sinfi tashkil etilgan. Denov tumanidagi 100-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi sinfda 26 nafar o‘g‘il-qiz tahsil oladi. Ular matematika, tarix, fizika, chet tili, jismoniy tarbiya hamda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlarini chuqurlashtirilgan dastur asosida o‘rganadi.Batafsil: https://uza.uz/uz/posts/jasorat-maktablari-bilim-va-tarbiya-uygunligi_910294📖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram ▶️You tube 😉Twitter 🌐Veb-sayt2,520Open in Telegram
Followers write to the bot, you answer by reply, your account stays hidden. Created in one tap.
How it works →Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
