gram news
Talabachilik channel avatar

Talabachilik

@talabachilikuz

ProjectsUZOther

5,590subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Talabachilik

    12 Sept, 13:06

    🎙️ YANGI PODCASTIlm, ta’lim, xorijda o‘qish va xalqaro tajriba haqida suhbatlashdik.Bugungi mehmonimiz — Ummatoy Yuldasheva Inha universiteti va Yangi O‘zbekiston universitetida tahsil olgan, exchange dasturi orqali Chexiyadagi Charles University’da o‘qigan va Meta kompaniyasida amaliyot o‘tagan yosh mutaxassis.Suhbat davomida:🎓 Ilmiy faoliyat va research 🇨🇿 Charles University’dagi ta’lim tajribasi 🌍 Exchange dasturining imkoniyatlari 💻 Meta’da amaliyot o‘tash tajribasi 📚 Ilm o‘rganish va o‘z ustida ishlash 🧠 Xorijda o‘qishning inson rivojiga ta’siri 🚀 Karyera va xalqaro imkoniyatlar 🌱 Hayotiy tajribalar va yoshlar uchun maslahatlarSuhbatimiz faqat universitet va karyera haqida emas. Ilm olish, hayotda o‘z yo‘lini topish, xatolardan o‘rganish va doimiy rivojlanish haqida ham ochiq gaplashdik.
    57663Open in Telegram
  • Talabachilik

    5 Sept, 12:59

    🎙 BUGUN YANGI PODCAST!Bu safar mehmonimiz — Mukarram Otamurodova.Podcast davomida talabalar uchun juda muhim bo‘lgan mavzular haqida suhbatlashdik:📄 CV’ni qanday qilib to‘g‘ri va professional to‘ldirish kerak? 🌍 Chet elda ilmiy amaliyot o‘tash uchun grantni qanday yutish mumkin? 🎓 Grant va amaliyot imkoniyatlaridan foydalanishda talabalar nimalarga e’tibor berishi kerak? 💼 O‘z sohangiz bo‘yicha ish topish uchun qanday amaliy qadamlar qilish kerak? 🚀 Talabalik davridayoq karyera uchun qanday imkoniyatlardan foydalanish mumkin?Agar siz talaba bo‘lsangiz yoki chet elda o‘qish, grant yutish va o‘z sohangizda karyera qurishni xohlasangiz — bu podcast siz uchun.🔥 Bugun YouTube kanalimizda!Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!👇🏻 | instagram | telegram | Youtube |
  • Talabachilik

    30 Aug, 13:13

    🇨🇳 Xitoyning rivojlanish siri nimada?Bu safargi podcastimizda Xitoyda qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha magistraturada tahsil olgan O‘rolbek Umrzoqov bilan suhbatlashdik.Suhbat davomida Xitoy qanday qilib qisqa vaqt ichida katta taraqqiyotga erishgani, qishloq xo‘jaligini qanday rivojlantirgani va biz Xitoy tajribasidan nimalarni o‘rganishimiz kerakligi haqida gaplashdik.🎓 Bundan tashqari, Xitoyda o‘qish uchun qanday grantlar borligi, grantga qanday topshirish va u yerda ta’lim olish imkoniyatlari haqida ham muhim ma’lumotlar berildi.Agar Xitoyda o‘qish yoki grant yutish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, bu podcastni o‘tkazib yubormang. 🔥🎥 To‘liq podcastni YouTube kanalimizda tomosha qiling!Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!👇🏻 | instagram | telegram | Youtube |
  • Talabachilik

    28 Aug, 12:08

    Yaponiyada haq to’lanadigan amaliyot dasturi - OIST Research InternshipMoliyalashtirish: To’liq Til talabi: Ingliz tili (sertifikat shart emas)Kimlar uchun 3-4-kurs bakalavr yoki magistratura talabasi boʻlish; Sohasi amaliyot uchun tanlagan yo'nalishga mos kelishi lozim.Foydali tomonlari Bir ish kuniga 2,400 yapon iyenasida haq; Transport xarajatlari qoplanadi; Ikki tomonlama to'g'ridan-to'g'ri aviachiptalar olib beriladi.Dastur haqida Bu qisqa muddatli, ammo juda kuchli amaliyot dasturi bo‘lib, siz: — real laboratoriyada ishlaysiz, — ilmiy tadqiqot muhitini his qilasiz, — zamonaviy ilmiy texnika bilan tajriba orttirasiz.
  • Talabachilik

    27 Aug, 09:29

    Shveysariyada xarajatlari qoplanadigan rivojlanish dasturi — Fondation Jan Michalski 2026Moliyalashtirish: To’liq Til talabi: Ingliz tiliKimlar uchun Barcha davlatdan tarjimon va yozuvchilar topshirishi mumkin; Endi ijodini boshlagan yoki tajribali ijodkor maqomiga ega boʻlishi; Yakkaxon yoki koʻp tarmoqli loyihalar doirasida juftlik sifatida qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishi.Foydali tomonlari Shveysariyaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi; Haftasiga 400 CHF miqdorida stipendiya beriladi; Bepul turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.Dastur haqida Dastur Shveysariyaning Monrishe shahrida ijodiy faoliyat yurituvchi mualliflar va tarjimonlar uchun ijodkorlik dasturi hisoblanadi.⏰Oxirgi muddat: 31-avgust, 2026 ✅Batafsil ma'lumot!
  • Talabachilik

    15 Aug, 13:51

    🎙 ISLOMIY MOLIYA: G‘ARB VA SHARQ TAJRIBASIIslomiy moliya haqida qanchalik bilamiz?Bugungi podcastimizda bu mavzuni ikki xil ta’lim va tajriba nuqtayi nazaridan muhokama qildik.Mehmonlarimiz:🇬🇧 Shukrullo Nurmatov — Buyuk Britaniyada Islomiy moliya bo‘yicha tahsil olgan.🇲🇾 Shoyusuf Shomansurov — Malayziyada Islomiy moliya bo‘yicha tahsil olgan.Suhbat davomida Islomiy moliyaning asosiy tamoyillari, G‘arb va Sharqdagi ta’lim yondashuvlari, islomiy banklar, ribo va foiz masalasi, O‘zbekistonda Islomiy moliyaning rivojlanish imkoniyatlari hamda bu sohada kelajakda qanday imkoniyatlar borligi haqida gaplashdik.🎧 To‘liq suhbatni YouTube kanalimizda tomosha qiling.[ HAVOLA ]Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!👇🏻 | instagram | telegram | Youtube |
    1,80061Open in Telegram
  • Talabachilik

    8 Aug, 13:15

    🎙️ BUGUNGI PODCAST — DILAFRUZ SODIQOVAGPA balini qanday yuqori olish mumkin? 🎓 Grant va exchange dasturlariga qanday tayyorlanish kerak? 🌍 Smart o‘qish deganda aslida nima tushuniladi? 🧠Bugungi podcastda Dilafruz Sodiqova bilan aynan shu mavzular haqida suhbatlashdik.Podcastda siz: — GPA’ni oshirish va yuqori natijalarni saqlash usullarini; — grant va exchange imkoniyatlaridan foydalanish yo‘llarini; — samarali va smart o‘qish yondashuvlarini; — talabalik davrida imkoniyatlardan unumli foydalanish haqida bilib olasiz.🎧 To‘liq suhbatni tomosha qiling![ HAVOLA ]Siz uchun eng qiziq mavzu qaysi: GPA, Grant, Exchange yoki Smart Study? 👇
    2,60061Open in Telegram
  • Talabachilik pinned a photo

    1 Aug, 14:18

  • Talabachilik

    1 Aug, 14:16

    🎙 Bugun yangi podcast!Bu safargi mehmonimiz — Dilnoza Hoshimova. U dunyoning nufuzli universitetlaridan biri bo’lgan Duke Universityning Xitoydagi Kunshan kampusida tahsil oladi.Podcast davomida quyidagi muhim mavzularni muhokama qildik:✅ O’z kuchi bilan xalqaro universitetga kirish yo’li. ✅ Talabalar va abituriyentlar eng ko’p qiladigan xatolar. ✅ Nega ayrim ota-onalar qizlarini chet elda o’qishga yuborishga ishonmaydi? ✅ Ota-onaning ishonchini qanday qozonish mumkin? ✅ Grant yutish, hujjat topshirish va tayyorgarlik bo’yicha foydali tavsiyalar. ✅ Chet eldagi talabalik hayoti va shaxsiy tajribalar.Agar siz ham xorijda o’qishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz yoki shu mavzular sizni qiziqtirsa, bu suhbatni albatta ko’ring.📺 Podcastni o’tkazib yubormang![ HAVOLA ]Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!👇🏻
    5,480531Open in Telegram
  • Talabachilik

    24 Jul, 07:08

    Grant dasturlariga ariza topshirishda emailning ahamiyatiGrant dasturlariga ariza topshirishda email oddiy aloqa vositasi emas, balki nomzodning dastur tashkilotchilari, universitetlar va turli tashkilotlar bilan rasmiy muloqot qilishining asosiy vositalaridan biridir.E-mail grant dasturlarida nima uchun kerak? Ko‘plab grant dasturlarida ariza topshirish, qo‘shimcha ma’lumot so‘rash, hujjatlarni yuborish yoki dastur tashkilotchilari bilan bog‘lanish uchun elektron pochta manzilidan foydalaniladi. Ba’zi hollarda ariza topshirish jarayoni to‘liq e-mail orqali amalga oshirilishi mumkin. Nomzoddan CV, motivatsion xat, sertifikatlar yoki boshqa hujjatlarni elektron pochta orqali yuborish talab qilinadi.Muhim xabarlar ham email orqali keladi Grant dasturiga ariza topshirgandan so‘ng, ariza natijalari, suhbatga taklifnoma yoki qo‘shimcha ma’lumot so‘rovlari ham e-mail orqali yuborilishi
    4,270511Open in Telegram
  • Talabachilik

    24 Jul, 05:13

    forwarded from @ziyoforum

    🇺🇿 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Hurmatli Prezidentim!Yoshlarning orzu va intilishlarini doimo qo‘llab-quvvatlab, ularning bilim olishi, izlanishi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratayotgan keng imkoniyatlaringiz uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, uzoq umr va Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.Doimo xalqimiz ardog‘ida, yaqinlaringiz baxtiga sog‘-omon bo‘ling! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!Obuna bo’lishni unutmang👇 Instagram | Telegram | YouTube
    2,700video2Open in Telegram
  • Talabachilik

    20 Jul, 10:50edited

  • Talabachilik

    18 Jul, 13:07

    🇺🇸 YANGI PODKAST!Bu safargi mehmonimiz AQShning Penn State University talabasi.🎓 U universitetga hech kimning yordamisiz, mustaqil tayyorlanib o’qishga kirgan.Shuningdek: • 50% universitet grantini qo’lga kiritgan. • Qolgan 50% ta’lim xarajatini El-Yurt Umidi stipendiyasi orqali qoplagan. • O’zbekiston Prezidenti bilan uchrashgan.Podkast davomida quyidagi mavzular haqida suhbatlashdik:— AQSh universitetiga qanday tayyorlangan? — Grantni qo’lga kiritish jarayoni. — SAT, IELTS va hujjatlar. — Talabalik hayoti va Penn State tajribasi. — Xorijda o’qishni rejalashtirayotganlar uchun tavsiyalar.🎥 Podkastni hoziroq tomosha qiling va do’stlaringiz bilan ulashing!
    3,57041Open in Telegram
  • Talabachilik

    13 Jul, 07:51

    Eric Bleumink Fund: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!Gollandiyadagi Groningen universiteti taklif qiladigan ushbu grant shu universitetdagi istalgan magistratura kursida tahsil olish uchun beriladi.Grant imkoniyatlari: – O’qish to’lovi 100% qoplanadi. – Safar xarajatlari qoplanadi. – Oylik 1250 yevro beriladi. – Oʻquv anjomlari uchun yiliga 310 yevro mablag’ beriladi. – Gollandiyaga borib, joylashish uchun 275 yevro ajratiladi. – Viza xarajatlari qoplanadi.Hujjatlar 2026-yilning 1-dekabrigacha qabul qilinadi.Batafsil ma'lumot!Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!👇🏻 | instagram | telegram | Youtube |
    2,91032Open in Telegram
  • Talabachilik

    11 Jul, 13:14

    🇭🇺 Yangi podcast!Bu safargi mehmonimiz — Vengriyadagi Debrecen universitetida tahsil olayotgan Husnida Hamid.U bilan: 🎓 Vengriyadagi ta’lim tizimi, 🌍 Yevropadagi talabalik hayoti, 💰 Grant va imkoniyatlar, hamda xorijda o’qish bo’yicha eng muhim savollarni muhokama qildik.Agar siz ham xorijda o’qishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz yoki Vengriya haqida ko’proq bilishni istasangiz, bu suhbatni o’tkazib yubormang.📺 To’liq podcastni hozir tomosha qiling! [ HAVOLA ]Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!👇🏻 | instagram | telegram | Youtube |
    4,69071Open in Telegram
  • Talabachilik

    9 Jul, 06:37

    forwarded from @avlodmediauz

    Top universitetlardan to‘liq stipendiya yutib olish siri nimada?Agar siz ham xorijda ta’lim olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz yoki qanday qilib raqobatbardosh nomzod bo‘lishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, “Study Sphere” hamda “Avlod Media” sizni maxsus uchrashuvga taklif qiladi.Ushbu bepul seminarda Duke Kunshan Universitetiga o‘qishga kirib, 4 yillik ta’lim uchun jami 260 000 dollar miqdoridagi 100% lik stipendiyani (Full-Tuition Scholarship) qo‘lga kiritgan talaba Muhammadali Sa’dullayev o‘zining shaxsiy tajribasi va muvaffaqiyat yo‘li bilan bo‘lishadi.Tadbirda nimalarni bilib olasiz? Xorijning eng nufuzli universitetlariga (jumladan, AQSh va boshqa davlatlarga) topshirish jarayonidagi qiyinchiliklar va ularning yechimlari; Hujjatlarni qachon va qanday to‘g‘ri topshirish sirlari; Raqobatbardosh rezyume (CV), insho va profil yaratish strategiyalari.📍 Manzil: Qushbegi 8 A (“Ziyo
    2,410511Open in Telegram
  • Talabachilik

    7 Jul, 06:06

    MARIHE Erasmus Mundus 2027 — magistraturani Yevropada toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyatiMoliyalashtirish: To’liq Til talabi: Ingliz tili (IELTS 6,5)Kimlar uchun Kamida 3 yillik bakalavr yoki unga tenglashtirilgan darajaga ega bo’lish; Bakalavr darajasi istalgan soha yoki yoʻnalishda boʻlishi mumkin.Foydali tomonlari Oʻqish kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qilinadi; Oylik stipendiya, safar va sugʻurta pullari ajratiladi; Kam ta’minlangan va oilasida birinchi marta oliy ma’lumot olayotgan talabalar uchun qoʻshimcha maxsus yordam stipendiyalari mavjud.Dastur haqida Dastur 2027-yil sentyabrda boshlanadi va 2 yil davom etadi.Oxirgi muddat: 21-sentyabr, 2026 Batafsil ma'lumot!
  • Talabachilik

    7 Jul, 05:51

    Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.Kimlar qatnasha oladi? Tabiiy fanlar, kompyuter fanlari, matematika yoki shu sohalarga aloqador yoʻnalishda tahsil olayotgan bakalavriat, magistratura talabalari hamda shu yoʻnalishlardan birida bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.Amaliyotchilarga oyiga kamida 1583 yevro haq toʻlanadi.Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.Batafsil ma'lumot!👇🏻[HAVOLA]Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!👇🏻 | instagram | telegram | Youtube |
  • Talabachilik

    4 Jul, 14:00

    🎙 YANGI PODCAST!Bu galgi mehmonimiz — Hayotillo Ismailov.Erasmus dasturi orqali Buyuk Britaniya 🇬🇧, Ispaniya 🇪🇸 va Italiya 🇮🇹da tahsil olgan mehmonimiz bilan xorijdagi ta’lim, imkoniyatlar va talabalik hayoti haqida samimiy suhbatlashdik.Podcastda quyidagilarni bilib olasiz:✅ Erasmus dasturiga kirish yo’llari. ✅ Xorijda bepul o’qish imkoniyatlari. ✅ Chet elda o’qiyotganda chalg’imaslik sirlari. ✅ Vaqtni to’g’ri boshqarish va motivatsiya. ✅ Kelajak uchun foydali tavsiyalar.📺 Podcastni tomosha qiling va do’stlaringiz bilan ulashing! [ HAVOLA ]Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!👇🏻 | instagram | telegram | Youtube |
  • Talabachilik

    3 Jul, 06:55

    🇬🇧UK Winter Fellowship 2027 — Londonda 3 oylik toʻliq moliyalashtiriladigan tadqiqot dasturiMoliyashtirish: To’liq Til talabi: Ingliz tiliKimlar uchun Barcha davlatlar, jumladan Oʻzbekiston fuqarolari ham ariza topshirishlari mumkin; Yoshi yoki muayyan ilmiy darajaga oid qatʻiy cheklovlar mavjud emas; Siyosat, iqtisodiyot, IT, kiberxavfsizlik va turdosh yo‘nalishlarda bilim yoki tajribaga ega bo’lish.Foydali tomonlari £12,000 stipendiya beriladi; Londonga borish-kelishva viza xarajatlari qoplanadi; Londonda ish joyi va bepul tushlik taʻminlanadi.Dastur haqida Buyuk Britaniyaning London shahrida oʻtkaziladigan ushbu dastur sunʻiy intellekt tadqiqotlariga bag’ishlanadi.⏰️Oxirgi muddat: 12-iyul, 2026 ➡️Batafsil ma'lumot!