Latest posts

Ta'lim Huquqi
18 Sept, 14:13
#imtiyoz⚡️Pedagoglar farzandlari kontrakt to'loviga 30 foiz chegirma beriladi ➖ (VM-501-son, 17.09.2026 y.)❓Chegirmadan qanday foydalanish mumkin? ✅ Batafsil: https://t.me/domlajonuz/27🎓 @Talim_huquqi
Ta'lim Huquqi
2 Sept, 14:12
⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi.Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.🎓 @Talim_huquqi
Ta'lim Huquqi
23 Aug, 06:55edited
⚡️6-yo’nalish uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati.Roʻyxatda KUNDUZGI, KECHKI va MASOFAVIY ta'lim shakllari bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan.OTMlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin.🎓 @Talim_huquqi
Ta'lim Huquqi
22 Aug, 10:42
⚡️OTMga qabul qilinmagan abituriyentlar uchun 6-yo‘nalishni tanlash boshlandiOliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishi mumkin.Buning uchun 22–28-avgust kunlari, shu jumladan, 28-avgustda ham, my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rin mavjud bakalavriat yo‘nalishlarini tanlash mumkin.Ro‘yxatdan o‘tganlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga ko‘ra, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.🎓 @Talim_huquqi
Ta'lim Huquqi
21 Aug, 04:27
#RASMAN⚡️Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadiRespublika bo‘ylab barcha umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yili dars jarayonlari 2-sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi.Joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 795 mingdan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshiriladi.🎓 @Talim_huquqi
Ta'lim Huquqi
20 Aug, 07:53edited
#RASMAN⚡️Akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.🎓 Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:➖ 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan; ➖ 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.🎓 @Talim_huquqi
Ta'lim Huquqi
17 Aug, 18:14
⚡️2026/2027-o‘quv yili “Yurisprudensiya” yo‘nalishining OTMlar kesimida ta’lim tili va ta’lim shakliga ko‘ra o‘tish ballari.🎓 @Talim_huquqi


Ta'lim Huquqi
15 Aug, 02:47
⚡️Mandat e’lon qilindi✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda.2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.🎓 @Talim_huquqiBilim va malakalarni baholash agentligiNatijani ko‘rish
Ta'lim Huquqi
29 Jul, 13:08
⚡️Yangi o'quv yilidan talabalarni baholash va imtihon olish butunlay o'zgaradiHukumat qarori loyihasiga ko'ra, 2026/2027 o'quv yilidan boshlab oliy ta'lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilishning yangi tartibi joriy etilishi kutilmoqda.➖ YAkuniy nazorat imtihonlarini ovozli va video kuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o'tkazish tizimi joriy etiladi.➖ O'tkaziladigan yakuniy nazorat turlarini keng jamoatchilik uchun oliy ta'lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytidagi havola orqali bevosita onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi.➖ YAkuniy nazorat imtihonlari savollarini shakllantirishda talaba bilim va ko'nikmalarini chuqur tahlil qilish imkonini beruvchi yozma topshiriqlarning aniq mezonlari ishlab chiqiladm hamda professor-o'qituvchilar tomonidan baholashda izoh yozish tizimi joriy etiladi.➖ YAkuniy nazorat imtihonlari vaqtida uyali aloqa
Ta'lim Huquqi
26 Jun, 13:37
⚡️Odil sudlov akademiyasi magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandiHukumat qaroriga ko‘ra, akademiya magistraturasiga qabul kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida, to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.⏳ Har ikki ta’lim shaklida o‘qish muddati 1 yil etib belgilangan. Kechki ta’limda mashg‘ulotlar odatda haftasiga 5 kun o‘tkazilib, haftalik o‘quv yuklamasi 20 akademik soatni tashkil etadi.Magistraturaga yurisprudensiya hamda turdosh ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr darajasiga ega nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi. Tanlov, qoida tariqasida, avgust oyida o‘tkaziladi.🗓 Hujjatlar har yili 1–30-iyul kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshiriladi.🎓 @Talim_huquqi
Ta'lim Huquqi
23 Jun, 13:22
forwarded from @imtiyozuz
❗️O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 7 foizga oshiriladiPrezident farmoniga asosan, 1-iyuldan:➖ pensiyalar, nafaqalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari 7 foizga oshiriladi;➖ yoshga doir eng kam pensiya miqdori 983 ming so‘mga, nogironlik pensiyasining eng kam miqdori 1 mln 83 ming so‘mga yetkaziladi;➖ pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 504 ming so‘m etib belgilanadi.🗓 1-sentyabrdan:➖ byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi;➖ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 360 ming so‘m etib belgilanadi;➖ bazaviy hisoblash miqdori 440 ming so‘mni tashkil etadi.🇺🇿 @imtiyozuz
Ta'lim Huquqi
21 May, 01:32
⚡️Ketma-ket 5 kun damolish.2026 yil Qurbon hayitining birinchi kuni 27 may kuniga to'g'ri kelishi e'lon qilindi.Shu tariqa, O'zbekistonliklar uchun dam olish kunlari quyidagicha bo'ladi:➖ 27 may, chorshanba — Qurbon hayiti bayrami; ➖ 28 may, payshanba — qo'shimcha dam olish kuni; ➖ 29 may, juma — qo'shimcha dam olish kuni; ➖ 30 may, shanba — 6 kunliklar uchun qo'shimcha dam olish kuni; ➖ 31 may, yakshanba — hamma uchun odatiy dam olish kuni.🎓 @Talim_huquqi
Ta'lim Huquqi
18 May, 02:20
#Bilasizmi⚡️“Yurisprudensiya” yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda ayrim imtiyozlar bekor qilingan🇺🇿 Prezident farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-martdan boshlab ushbu yo‘nalishga o‘qishga qabul qilishda quyidagilarga tatbiq etiladiganlardan tashqari barcha imtiyozlar bekor qilinadi:➖ Qurolli kuchlar harbiylari; ➖ Ichki ishlar organlarining xodimlari; ➖ Fan olimpiadalari g‘oliblari; ➖ Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar.Demak, endilikda “Yurisprudensiya” yo‘nalishiga aloqador bo‘lmagan OTMlarga kirishda tatbiq etiladigan imtiyozlarga ega abituriyentlar (masalan, “Zulfiya”, “Mard o‘g‘lon” mukofotlari sovrindorlari) yuridik yo‘nalishda o‘qish uchun imtiyoz ololmaydi.🎓@Talim_huquqi
Ta'lim Huquqi
14 May, 07:53edited
#Loyiha⚡️Pedagogika yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlari tashqi diagnostika orqali baholanadi.🇺🇿 O’zbekistonda pedagog kadrlar tayyorlash sifati davlat darajasida nazoratga olinadi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi nizom loyihasiga ko'ra, pedagogika yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlari tashqi diagnostika orqali baholanadi.📑 Hujjatda qayd etilishicha, mazkur tartib davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi. Tashqi diagnostika orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning bilim darajasi yagona metodologiya asosida tekshiriladi.Tashqi diagnostika har yili bahorgi semestrda o‘tkaziladi. Bunda pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari ishtirok etadi. Qaysi akademik guruh testga jalb qilinishi maxsus ishchi guruh tomonidan tanlanadi.Test sinovlari
Ta'lim Huquqi
12 May, 06:44edited
⚡️5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma berish va o’qishga qabul tartibi bo’yicha ayrim savollarga javoblar. ❓Arizalar qanday yuboriladi va qancha muddatda? ✅ Mutaxassisligi bo'yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, biroq oliy ma'lumoti bo'lmagan
Ta'lim Huquqi
11 May, 07:45edited
❓Kontraktni to’liq to’lamagan talabani yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?❌ Yo’q bunga haqqi yo’q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emas.Kontrakt to'lash muddatlari:➖ Abituriyentlar uchun kontraktning 25 foizini – 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) ➖ ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun – 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
Ta'lim Huquqi
7 May, 16:53edited
⚡️Diniy materiallar va taqiqlangan profillarni tekshiruvchi Telegram bot ishga tushirildiDin ishlari bo'yicha qo'mita Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda diniy mazmundagi materiallarni tekshirish imkonini beruvchi “Xavfsiz bot” (@dinuzbbot) Telegram botini ishga tushirdi.Bot orqali fuqarolar diniy materiallarga dinshunoslik ekspertizasi xulosasi berilgan yoki berilmaganini, ayrim shaxs va tashkilotlar faoliyati qonunchilikka muvofiq yoki taqiqlanganini tekshirishi mumkin.Qo'mitaga ko'ra, bot ekstremistik va radikal g'oyalarning internet hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi fonida aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularni noqonuniy diniy kontent ta'siridan himoya qilish maqsadida ishga tushirilgan.🎓@Talim_huquqi
Ta'lim Huquqi
5 May, 16:43edited
⚡️Nufuzli xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan mutaxassislarga ipoteka krediti beriladi🇺🇿 Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko'ra, O'zbekiston hududida birlamchi uy-joy bozoridan uy-joy sotib olish uchun BHMning 2 150 baravarigacha 10 yil muddatga har oyda qaytarish sharti bilan kredit ajratiladi.Kredit tijorat banki hisobidan yillik 14 foiz stavkada ajratiladi. Kredit oluvchi YAIDXP (my.gov.uz) orqali davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro'yxatdan o'tadi.Kredit oluvchiga kredit, u quyidagi shartlarning barchasiga javob berganda ajratiladi:➖ O'zbekiston fuqarosi bo'lganda; ➖ kredit olish uchun ariza bilan murojaat qilgan kunda 35 yoshdan oshmaganda; ➖ kredit oluvchi ushbu
Ta'lim Huquqi
4 May, 12:15
⚡️5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma berish va o’qishga qabul tartibi bo’yicha ayrim savollarga javoblar.❓Arizalar qanday yuboriladi va qancha muddatda? ✅ Mutaxassisligi bo'yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, biroq oliy ma'lumoti bo'lmagan xotin-qizlarga “Oila va xotin-qizlar qo'mitasi”ning tavsiyanomasini olish uchun arizalar 1-maydan 1-iyunga qadar qabul qilinadi.❓Tavfsiyanoma qanday imtiyoz beradi? ✅ Ushbu tavsiyanoma davlat OTMlariga to'lov-kontrakt asosida o'qishga kirishda imtiyoz beradi.❓Tavsiyanoma olish uchun qanday murojaat qilinadi? ✅ Tavsiyanoma olish uchun xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron ariza yuboriladi.
Ta'lim Huquqi
1 May, 05:42
forwarded from @domlajonuz
⚡️Bugun, 01.05.2026 yildan boshlab mutaxassisligi bo'yicha kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar bakalavriat ta’lim yo’nalishiga alohida kvota asosida hujjat topshirishi mumkin.📨 Arizalar 1-iyungacha xotin-qizlar.uz sayti orqali qabul qilinadi.👨🏫 @Domlajonuz
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
