gram news
Taʼlim kanali channel avatar

Taʼlim kanali

@talim_kanali

@Talim_kanali – Ta'lim yangiliklar! Taʼlimga oid eng so'nggi yangiliklarni shu yerda kuzatib borishingiz mumkin! 🤝 Tijoriy hamkorlik: t.me/EduRek/16

ProjectsUZEducation

119,000subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Taʼlim kanali

    1 Sept, 08:57

    🎓 1-kurslarni oliygohdagi ilk haftada nimalar kutyapti?Oliygohga qadam qo‘yish — hayajonli va biroz noqulay jarayon. Yangi muhit, yangi guruhdoshlar va mutlaqo boshqacha ta’lim tizimi. Xo‘sh, talabalikning dastlabki kunlarida nimalarga tayyor turish kerak? 🏢 Maktab qoidalarini unuting Universitetda atamalar ham, qoidalar ham boshqacha. Sinf o‘rniga kurs, sinfxona o‘rniga auditoriya, sinf rahbari o‘rniga esa tyutor so‘zlariga ko‘nikasiz. 45 daqiqalik darslar o‘rnini 80 daqiqalik (para) mashg‘ulotlar egallaydi. Eng muhimi — bu yerda hech kim sizga har kuni uy vazifasini eslatib, nazorat qilib turmaydi. Mas'uliyat to'liq o'zingizda.🧭 Tyutorlar va orientatsiyaDastlabki hafta tanishuv bilan o‘tadi. Sizga biriktirilgan tyutor universitetdagi asosiy yo‘lboshchingiz bo‘ladi. Hujjatlar, dars jadvallari va boshqa muammolarda aynan unga murojaat qilasiz. Ilk kunlardanoq auditoriyalar,
    Image from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanali
    1,800194221Open in Telegram
  • Taʼlim kanali

    1 Sept, 07:02

    Oksford talabalari bir oy davomida O‘zbekistonda o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganadi“Oksford o‘zbekshunoslik dasturi” doirasida Oksford universiteti talabalari va tadqiqotchilari uchun O‘zbekistonda yozgi maktab boshlandi. Dastur ishtirokchilari bir oy davomida o‘zbek tilini bevosita jonli muloqot muhitida o‘rganib, mamlakat tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishadi.Mazkur dastur 2025-yil oktabr oyida Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tashabbusi bilan Oksfordda yo‘lga qo‘yilgan edi. Loyiha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan Oksford universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.Saida Mirziyoyeva dastur izchil yo‘lga tushib, o‘zining amaliy natijalarini berayotganidan mamnunligini bildirdi.Yozgi maktab doirasida o‘zbek va chig‘atoy tillari bo‘yicha intensiv mashg‘ulotlar, O‘zbekiston tarixi, adabiyoti, jadidchilik, san’at va madaniyatiga
    Image from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanali
    1,32021Open in Telegram
  • Taʼlim kanali

    29 Aug, 06:08

    🚀 Kelajak kasblari va raqamli avlod: O'zbekistonda 10 million yoshlar IT va sun’iy intellekt olamiga kirib boradi!Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda kelgusi 10 yillikdagi "milliy yuksalish davri"ning asosiy harakatlantiruvchi kuchi e'lon qilindi. Bu — ta'lim, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalardir.Prezident nutqidan ta'lim va ilm-fan sohasiga oid eng muhim va kutilmagan yangiliklarni bir joyga jamladik:🌐 Raqamli inqilob: Sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyotga yangi ruh berilib, mamlakatimizdagi 10 million yoshlar bevosita raqamli industriya va kelajak kasblariga yo'naltiriladi. 🛰 Fazo zabt etilmoqda: Xitoylik hamkorlar bilan birgalikda “Samarqand – 2028” sun’iy yo‘ldoshi fazoga uchirildi. 👶 Bog'chadan maktabga 100% qadam: Qisqa muddatda 6 yoshli bolalarning tayyorlov guruhlariga qamrovi 100 foizga yetkaziladi. Xususiy bog‘chalar uchun
    Image from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanali
    1,25011Open in Telegram
  • Taʼlim kanali

    28 Aug, 04:29

    🎓 Imtiyozli diplom – attestatsiyasiz toifa degani! 2026-yildan super imtiyoz joriy etildi!Bakalavr bosqichini "qizil" (imtiyozli) diplom bilan tamomlab, ta'lim tizimiga ilk bor ishga kirayotgan yosh pedagoglar diqqatiga! Endi attestatsiya hayajonini unuting. Sizga to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi malaka toifasi (katta o'qituvchi) beriladi.📲 Ushbu imtiyozni qanday faollashtirish mumkin? Jarayon juda oddiy:🔢Pedagog.uzedu.uz saytidagi shaxsiy profilingizga kiring.🔢“Murojaatlarim” boʻlimini oching.🔢Murojaat turidan “Toʻgʻridan-toʻgʻri” bandini tanlang.🔢Oynadagi kerakli shakllarni toʻldiring.🔢Yakuniy bosqichda imtiyoz turidan “Imtiyozli bakalavr diplomi”ni belgilang.🔢“Yuborish”
    Image from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanali
  • Taʼlim kanali

    27 Aug, 05:05

    🚀 O‘zbekistonda 1-oktyabrdan Sun’iy intellekt instituti ish boshlaydi! Ta'limda yana qanday megayangiliklar bor?Yangi o‘quv yili arafasida va Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan ta’lim sohasida ulkan o‘zgarishlar yuz bermoqda. Yoshlar, talabalar va ilm-fan vakillari uchun ajoyib yangiliklarni bir joyga to'pladik:🤖 Sun’iy intellekt instituti ochilmoqda: 1-oktyabrdan boshlab IT va kelajak kasblariga qiziqqanlar uchun mutlaqo yangi bosqichdagi institut o'z faoliyatini boshlaydi.🏛 Yangi O‘zbekiston universitetining muhtasham kampusi: Yangi Toshkent hududida 10 gektar maydonda 7 000 nafar talabaga mo'ljallangan, jahon standartlaridagi zamonaviy majmua foydalanishga topshirildi.🌍 Garvard va Oksford bilan hamkorlik: Endilikda Garvard universiteti bilan birgalikda "Rektorlar maktabi", Oksford bilan esa davlat xizmatchilari uchun "Ta’lim xabi" yo'lga qo'yiladi.📚 Yangi
    Image from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanali
    1,090211Open in Telegram
  • Taʼlim kanali

    26 Aug, 04:28

    🚨 O‘zbekistonda IT va kiberxavfsizlik bo‘yicha yangi institut tashkil etildi!🖱️Prezidentning 20-avgustdagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Kriptologiya, axborot xavfsizligi va innovatsion texnologiyalar instituti tashkil etildi. Bu institut mamlakatimizda kiberxavfsizlik va zamonaviy raqamli texnologiyalar sohasida yetakchi oliygohga aylanadi.📍 Institut qanday tashkil etildi? Yangi oliygoh TATU huzuridagi Radioelektron tizimlar va axborot texnologiyalari markazi negizida faoliyat olib boradi.💻 Qaysi zamonaviy yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlanadi?🟢Kriptologiya va kiberxavfsizlik🟢Sun’iy intellekt (AI)🟢Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash (Big Data)🟢Raqamli kriminalistika
    Image from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanali
  • Taʼlim kanali

    25 Aug, 04:43

    📢 Yangi ochilgan maktablarga ishga kirish uchun test manzili va vaqti e'lon qilindi!2026/2027-o‘quv yilidan faoliyat boshlaydigan yangi umumta’lim maktablarida ishlash uchun ariza topshirgan pedagoglar diqqatiga!Nazorat (test) sinovlari o‘tkaziladigan joy va vaqt ma’lumotlari Pedagog platformasiga joylashtirildi.📍 Test manzili va vaqtini bilish bo'yicha yo'riqnoma:Pedagog platformasiga kiring;"Profil" bo‘limini oching;"E’lonlar" bo‘limiga o‘ting;"Maxsus" yorlig‘ini tanlang.💡 Eslatma: Ma’lumotlarni platformadagi "Sinov joylari" bo‘limi orqali ham to'g'ridan-to'g'ri ko‘rishingiz mumkin.@Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
    Image from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanali
  • Taʼlim kanali

    24 Aug, 13:42

    🏢 Talabalar turar-joyiga (yotoqxonaga) qanday ariza beriladi?🖱️Davlat oliy taʼlim muassasalari yotoqxonalariga joylashish uchun arizalar qabuli har yili 1-avgustdan boshlanib, oʻquv yili yakuniga qadar davom etadi. Arizalarni my.gov.uz yoki kontrakt.edu.uz tizimlari orqali masofadan turib onlayn yuborish mumkin.Quyida my.gov.uz portali orqali ariza topshirish bo'yicha qisqacha yo'riqnoma bilan tanishing:📱 Onlayn ariza topshirish bosqichlari🔢Tizimga kirish: my.gov.uz portaliga OneID yoki MyID tizimlari orqali kiring (profilingiz bo'lmasa, ro'yxatdan o'ting). So'ngra "Ommabop xizmatlar" boʻlimidan "Talabalar turar joyiga joylashtirish" xizmatini tanlang.🔢 Ma'lumotlarni tasdiqlash: Tizimda sizning JSHSHIR, pasport va oʻqish joyingiz haqidagi ma'lumotlar avtomatik paydo bo'ladi.
    Image from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanali
    2,20021Open in Telegram
  • Taʼlim kanali

    24 Aug, 12:29

    Talabalar uchun aksiya: yarim yillik musiqa, filmlar, kitoblar va Yandex Plus obunasida bir somsa narxiga keshbek (hatto somsadan ham arzonroq😅).Tavsifdagi havola orqali Plus’ga ulaning va 30 kun bepul, dastlabki olti oyni esa 50% chegirma bilan oyiga atigi 7 999 so‘mga oling.Muhim shart: aksiya faqat yangi Yandex Plus obunachilari uchun amal qiladi.Yandex Plus bilan siz Yandex Music’da musiqa tinglashingiz, Kinopoisk’da filmlar va seriallarni tomosha qilishingiz, Yandex Books’da kitoblar o‘qishingiz, shuningdek, Yandex Go xizmatlarida keshbek ballarini to‘plashingiz va sarflashingiz mumkin.Bir somsa narxda yarim yillik ko‘ngilochar va foydali imkoniyatlar — tavsifdagi havola orqali!
    Image from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanali
  • Taʼlim kanali

    24 Aug, 04:46

    📊 2026-2027 O‘quv Yili: Qaysi OTM va yo‘nalishlar eng mashhur bo‘ldi?🖱️ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy yilgi qabulning yakuniy natijalari e'lon qilindi. Quyida abituriyentlarning tanlovi va muhim statistik ko'rsatkichlar bilan tanishishingiz mumkin.🏢 Eng ko‘p tanlangan Top-3 universitet:🟢Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU)🟢Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (OʻzDJTU)🟢Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (OʻzMU)🎯 Eng yuqori qiziqish bildirilgan yo‘nalishlar:🟢Davolash ishi🟢Iqtisodiyot🟢Filologiya va tillarni oʻqitish (ingliz tili)
    Image from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanali
    884311Open in Telegram
  • Taʼlim kanali

    23 Aug, 08:46

    📣 Abituriyentlar diqqatiga!🎥 Oliy ta’lim muassasalari, ta'lim yo‘nalishlari, ta'lim shakllari va ta'lim tillari kesimidagi vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishda ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo'llanma tayyorlandi.📹 Ushbu bosqich tanlovda ishtirok etuvchilarni mazkur videoqo‘llanma bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.Videoqo'llanmani Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)@Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim yangiliklar!
    1,060video2Open in Telegram
  • Taʼlim kanali

    22 Aug, 05:33

    📢 Oʻqishga kira olmagan abituriyentlar diqqatiga: 6-yoʻnalishni tanlash yaratildi!Joriy yilgi mandatga koʻra talaba boʻla olmaganlar uchun yana bir ajoyib imkoniyatlar mavjud. Endilikda siz OTMlardagi boʻsh oʻrinlarni koʻrib, qoʻshimcha tanlovda ishtirok etishingiz mumkin.Asosiy ma'lumolalar:🟢📊 Boʻsh oʻrinlar: Tahlilarga koʻra, OTMlarda jami 37 946 ta boʻsh kvota oʻrinlari mavjud.🟢🌐 Platforma: Oʻqishga kira olmaganlar sinovtest.uz platformasi orqali mavjud boʻlish oʻrinlar bilan tanishish mumkin.🟢🗓 Boshlanish vaqti: Vazirlik mas'ullarining ma'lum qilishicha, 6-yoʻnalishni tanlash jarayoni 23-Avgustdan boshlanadi.🟢👥 Kimlar qatnasha oladi: Bu imkoniyatlardan oʻqishga kira olmagan hamda tanlovda tanlovni oshirmagan abituriyentlar
    Image from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanali
  • Taʼlim kanali

    22 Aug, 05:03

    🔥 Atigi 4 kun qoldi, ulgurib qoling!texnomart’da 25-avgustgacha texnika xarid qiling va lototron o‘yinida ishtirok etib, katta sovg‘alar hamda 99% gacha chegirmalarni yutib oling!24-avgustgacha esa o‘qish uchun kerakli texnikalarni 1+1 aksiyasi doirasida xarid qiling. Ya’ni, bitta texnika xarid qilsangiz, ikkinchisini sovg‘aga oling!🚀 Yaqinlaringizga ham yuboring!📞71-209-99-44📍 Manzillar | 😎 Onlayn chat | 🕸 Sayt
    Image from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanali
  • Taʼlim kanali

    21 Aug, 04:09

    🏫 Yangi o‘quv yilida inklyuziv ta’lim qamrovi yanada kengayadi!🖱️Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan davra suhbatida yurtimizda alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qamrab olish borasida qilinayotgan ishlar va yangi o'quv yili rejalari ma'lum qilindi.📊 Asosiy o'zgarishlar va ko'rsatkichlar:🟢Yangi sinflar: Yangi o‘quv yilidan yana 1 039 ta maktabda inklyuziv ta’lim sinflari tashkil etiladi.🟢Jami maktablar: Natijada inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablar soni 3 249 taga yetadi (hozirda bu ko'rsatkich 2 610 tani tashkil etmoqda).🟢O'quvchilar qamrovi: Ushbu maktablarda ta’lim olayotgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar soni qo'shimcha 2 200 nafarga ko'payib, jami 8 500 nafarga yetkaziladi.♿️ Maktablardagi
    Image from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanali
    9862111Open in Telegram
  • Taʼlim kanali

    20 Aug, 05:00

    🎓 Xorijiy diplomlar qanday holatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (imtihonsiz) tan olinadi?Chet elda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni O‘zbekistonda nostrifikatsiya qilish (tan olish) jarayoni ko‘plab yoshlarni qiziqtiradi. Vazirlar Mahkamasining 620-sonli qaroriga (24.07.2019) asosan, ayrim xorijiy diplom va hujjatlar yurtimizda maxsus sinovlarsiz tan olinadi.🖱️Quyidagi holatlarda ta'lim hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi:🏫 Maktab va kasbiy ta'lim: Xorijiy davlatlarda olingan umumiy o‘rta, kasbiy ta’lim hamda malaka oshirish to‘g‘risidagi hujjatlar.🇺🇿 O‘zbekistonda filiali bor OTMlar: Yurtimiz hududida filiali mavjud bo'lgan yoki qo‘shma ta’lim dasturlari (double degree) asosida faoliyat yurituvchi xorijiy ta'lim tashkilotlari diplomlari.🏆 Top-1000 talik reyting: Xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (QS World University Rankings,
    Image from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanali
  • Taʼlim kanali

    19 Aug, 10:34

    📢 Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari va ota-onalar diqqatiga: O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli boshlandi!Bugundan, ya’ni 19-avgustdan boshlab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilarni bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish uchun onlayn qabul jarayoniga start berildi.🗓 Qabul muddati: 27-avgustga qadar 💻 Ariza topshirish tizimi: transfer.piima.uz ⏳ Natijani kutish vaqti: 10 ish kuni davomida (javob platforma orqali keladi)📑 Ariza yuborish uchun kerakli ma'lumot va hujjatlar:🟢Ota-ona (yoki qonuniy vakil)ning F.I.O. va aloqa raqami;🟢O‘qishni ko‘chirish sababi hamda bunga asos bo‘luvchi hujjatning PDF nusxasi;🟢O‘quvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi ma'lumotlari (seriya va raqam);
    Image from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanali
    1,300111Open in Telegram
  • Taʼlim kanali

    19 Aug, 05:00

    📣 Diqqat, talabalar va abituriyentlar!🏢 Yotoqxonaga kimlar birinchi navbatda joylashtiriladi? Xabaringiz bor, 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab barcha talabalar uchun yotoqxonaga (TTJ) joylashish toʻliq onlayn shaklda amalga oshirilmoqda. 1-kursga qabul qilinganlar 18-avgustdan boshlab Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali ariza berishlari mumkin (yuqori kurslar uchun 1-avgustdan boshlangan).Qoidalarga koʻra, yotoqxonalarga dastlab imtiyozga ega talabalar joylashtiriladi, ortib qolgan joylar esa umumiy navbat asosida taqsimlanadi.❗️ Xoʻsh, kimlarda imtiyoz bor?Nizomga koʻra, quyidagi 2 ta toifadagi yoshlar birinchi navbatda yotoqxona bilan ta'minlanadi:📄 1-TOIFA: Ijtimoiy holati va tasdiqlovchi hujjatlar asosida🟢Yetim va chin yetimlar: “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlganlar;
    Image from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanali
    1,06021Open in Telegram
  • Taʼlim kanali

    19 Aug, 04:33

    ⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi.🖱️18-avgustdan 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin.Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib va mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi.@Talim_kanali — Ta'limdagi eng muhim
    Image from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanali
  • Taʼlim kanali

    18 Aug, 05:18

    ⚡️ Talabalikka tavsiya etilmaganlar uchun imkoniyat: Kollej va texnikumlarga qabul davom etmoqda!🖱️15-avgust kungi yakuniy mandat natijalariga ko‘ra OTMga kirolmagan abituriyentlar tushkunlikka tushishga shoshilmang. Sizda o‘z ta'limingizni kasbiy ta'lim muassasalarida davom ettirish va yetuk mutaxassis bo'lish imkoniyati bor!Asosiy ma'lumotlar:🟢🗓 Oxirgi muddat: 2026-yil 25-avgustgacha.🟢🌐 Platforma: my.uzbmb.uz sayti orqali.🟢✅ Nima qilish kerak? Saytga kirib, o'zingizga mos kasbiy ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb/mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlaysiz (bunda OTMga kirish test sinovlarida ishtirok etganlar qatnasha oladi).🟢🔄 O'zgartirish imkoni: Tanlash muddati tugagunga qadar o‘z
    Image from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanali
    1,390222Open in Telegram
  • Taʼlim kanali

    17 Aug, 10:00

    ⚡️ OTMlarda 2026/2027-o‘quv yili uchun super-kontrakt narxlari e’lon qilinmoqda!Ayrim oliygohlar yangi o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) miqdorlarini ochiqlashni boshladi.🏢 Masalan, Termiz davlat universitetida narxlar quyidagicha:🟢Boshlang‘ich narx: 29,6 mln so‘mdan;🟢Eng yuqori narx: 90 mln so‘m (yurisprudensiya, xalqaro munosabatlar hamda davlat va jamiyat boshqaruvi yo‘nalishlari uchun).❗️ Super-kontrakt bo‘yicha muhim qoidalar:🟢Vakolat rektorlarda: 2025-yildan boshlab super-kontrakt narxini belgilash OTM rektorlariga berilgan. Shuning uchun narxlar har bir oliygohda turlicha bo‘ladi.🟢Narx qanday belgilanadi? Qabul chizig‘iga 4,05 balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar uchun narxni OTM o‘zi belgilaydi,
    Image from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanaliImage from a post by Taʼlim kanali
    11,7008111Open in Telegram