gram news
Tanzila Narbaeva channel avatar

Tanzila Narbaeva

@tanzilanarbaeva

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Facebook: https://www.fb.com/narbaevatanzila/ Instagram: https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva Twitter: twitter.com/TNarbaeva

ProjectsKKPoliticsVerified by Telegram

44,700subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Tanzila Narbaeva

    23 Sept, 10:18

    🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan “Rahbar ayollar” dasturi tinglovchilari bilan uchrashdim.Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati kadrlar siyosatiga bog‘liq.Quvonarlisi, bugun ayollarimiz ham davlat va jamiyat hayotiga daxldor bo‘lgan muhim qonunlar va qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etish, turli sohalarda o‘z salohiyatlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.Tinglovchilar bilan zamonaviy rahbarning mas’uliyati haqida ochiq gaplashdik.Bugun bilimning o‘zi yetarli emas. Qarorlar qabul qilishda adolat tamoyillariga tayanish, odamlarni eshitish, kuchli jamoani shakllantira bilish va birgalikda maqsad sari natijaga intilish, yangilikka ochiq bo‘lish va barcha jarayonlarda shaxsiy namuna ko‘rsatish muhimdir.Gap faqat rahbar ayollar sonini ko‘paytirishda emas, mehnat jamoalarida ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratilishi bilan birga, mas’uliyat ham bir xil bo‘lishida ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Rahbar faoliyatining eng muhim bahosi — odamlarning roziligi va ishonchidir.“Rahbar ayollar” dasturi esa yangi bilim va boshqaruv ko‘nikmalarini egallab, o‘z salohiyatini mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida amaliy natijaga aylantirish uchun muhim imkoniyat maydoni.@tanzilanarbaeva
    Image from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila Narbaeva
    9441596Open in Telegram
  • Tanzila Narbaeva

    16 Sept, 11:10

    🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Shu yilning 29–30-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildik.O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi munosabatlar ko‘p yillik do‘stlik, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan.Joriy yil iyul oyida ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi hamkorlikka yangi sur’at bag‘ishladi. Erishilgan kelishuvlar o‘zaro savdo salohiyatini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar ochdi.Endi asosiy vazifa bu imkoniyatlarni aniq natijalarga aylantirish. Bunda parlamentlar zimmasida ham katta mas’uliyat bor. Zarur qonunchilik asoslarini takomillashtirish, kelishuvlar ijrosi
    Image from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila Narbaeva
    9711053Open in Telegram
  • Tanzila Narbaeva

    15 Sept, 11:56

    🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Har bir bolaning sifatli ta’lim olishi, o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi va mas’uliyatli shaxs bo‘lib voyaga yetishi uchun munosib sharoit yaratish kelajakka kiritiladigan eng muhim sarmoyadir.Bugun ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga, bilim va tarbiyani uyg‘un olib boradigan yaxlit yondashuvga ehtiyoj tobora ortmoqda. Chunki kelajak avlod nafaqat zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga, balki mustahkam qadriyatlar, mustaqil fikrlash va jamiyat oldidagi mas’uliyat tuyg‘usiga ham ega bo‘lishi muhim.Shu maqsadda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda, Senat muvofiqlashtiruvida Milliy tarbiya modeli ishlab chiqilmoqda. Model bolaning ilk yoshidan boshlab keyingi ta’lim bosqichlarigacha bo‘lgan rivojini qamrab oladigan uzluksiz va yaxlit
    Image from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila Narbaeva
    2,22011104Open in Telegram
  • Tanzila Narbaeva

    11 Sept, 11:45

    🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Yalpi majlisda oila institutini mustahkamlash va nikohdan ajralishlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalarini ko‘rib chiqdik.Keyingi yillarda oilani mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ajrimlarning oldini olishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etilmoqda.Biroq, nikohdan ajralish hali ham jamiyatimizdagi eng og‘riqli masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu borada yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularda sog‘lom munosabatlar madaniyatini shakllantirish, huquqiy bilim va mas’uliyatli ota-onalik haqidagi hayotiy tushunchalarni kuchaytirishimiz zarur.Shuningdek, xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularga nisbatan tazyiq va
    Image from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila Narbaeva
    1,37014115Open in Telegram
  • Tanzila Narbaeva

    11 Sept, 09:41

    🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Keyingi yillarda yer va ko‘chmas mulk munosabatlarini tartibga solish, kadastr sohasini rivojlantirish bo‘yicha huquqiy va institutsional asoslar mustahkamlanib, ko‘plab jarayonlar raqamlashtirildi.Shu bilan birga, sohadagi rivojlanish jarayonlari bilan bir qatorda, tizimdagi dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish zarurati ham mavjud. Shu bois yalpi majlisda yer va ko‘chmas mulk munosabatlarini tartibga solish holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish masalasini muhokama qildik.Bugun ko‘chmas mulk obyektlarining bozor qiymatini belgilash mexanizmlarini joriy etish, strategik investorlarga yer ajratish tartibini soddalashtirish, aholi va tadbirkorlarga kadastr xizmatlari sifatini oshirish muhim.Shuningdek,
    Image from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila Narbaeva
    1,010126531Open in Telegram
  • Tanzila Narbaeva

    11 Sept, 08:55

    🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Senatorlar bilan Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani hududidan 4 740 gektar yer maydonini Qiziriq tumani tarkibiga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqdik.Mazkur hudud ma’muriy jihatdan Jarqo‘rg‘on tumaniga qarashli bo‘lgani sababli, 4 mingdan ziyod aholi zarur masalalar bo‘yicha tuman markaziga murojaat qilib kelgan.Chegaralarni aholining real yashash joyiga moslashtirish orqali soliq, kommunal to‘lovlar, nafaqa, pensiya va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanishdagi ko‘p yillik muammolarni bartaraf etib, xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish imkoni yaratiladi.Eng muhimi, chegaralar o‘zgarishi bilan bog‘liq barcha masalalar o‘z vaqtida hal qilinishi, odamlar ortiqcha ovora bo‘lmasligi kerak. Shu bilan birga, hududni aholi manfaatlari, bandlik va iqtisodiy salohiyatdan
    Image from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila Narbaeva
    866988Open in Telegram
  • Tanzila Narbaeva

    11 Sept, 06:18

    🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Senatning navbatdagi majlisida Navoiy viloyatining Zarafshon shahri va Tomdi tumani chegaralarini o‘zgartirish masalasini muhokama qildik.Mazkur tashabbus Zarafshon shahrining istiqbolli rivojlanishi, iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish, investitsiyalarni jalb etish, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan.Hududlar chegaralarini maqbullashtirish — oddiy ma’muriy o‘zgarish emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlar yaratishning muhim mexanizmi.Zarafshon shahri hududining kengaytirilishi natijasida 250 tadan ortiq sanoat va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu — yangi texnologiyalar, ishlab chiqarish quvvatlari va minglab yangi ish o‘rinlari degani.Eng muhimi, har bir loyiha inson
    Image from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila Narbaeva
    793872Open in Telegram
  • Tanzila Narbaeva

    10 Sept, 09:59

    🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Iste’molchilar huquqlarining ishonchli ta’minlanganligi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik hamda aholi kayfiyatining muhim omillaridan biri hisoblanadi.Shu bois navbatdagi yalpi majlisda iste’molchilarning huquqlarini samarali himoya qilish hamda bozor ishtirokchilari uchun yanada ishonchli huquqiy muhit yaratishni nazarda tutuvchi Qonunni muhokama qildik.Yangi normalarga ko‘ra, tovar sifatini qo‘shimcha ravishda tekshirish tartibi va muddati, iste’molchining ushbu jarayonda ishtirok etishi hamda nuqsonli mahsulotni darhol almashtirish talabi belgilanmoqda.Har bir ishlab chiqaruvchi va sotuvchi mamlakatimizda iste’molchilar huquqlari ustuvor ekanligini, ularning huquq va manfaatlari mustahkam qonunlar bilan kafolatlanganini yaxshi bilgan va anglagan holda faoliyat yuritishi kerak.Zero, iste’molchi huquqi — bu nafaqat qonun talabi, balki fuqarolarning munosib hayot kechirishi, bozorda adolat va ishonchni ta’minlashning muhim kafolatidir.#Yalpimajlis19@tanzilanarbaeva
    Image from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila Narbaeva
    559122111Open in Telegram
  • Tanzila Narbaeva

    10 Sept, 07:58

    🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Senatorlar bilan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada yuksaltirish, uni zamonaviy talablar asosida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi Qoununni ma’qulladik.Mazkur Qonunning qabul qilinishi avvalo, o‘zbek tilida savodli yozish va o‘qishni yanada osonlashtirishga, ayniqsa, yosh avlod uchun yagona va soddalashtirilgan imlo qoidalarining joriy etilishi ta’lim jarayonini yengillashtirib, tilni osonroq o‘zlashtirishiga zamin yaratadi. Bu esa kelgusida savodxon va bilimli avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.Qonunning ahamiyati ta’lim bilan cheklanmaydi. Alifbo va imlodagi yangiliklarning izchil joriy etilishi davlat idoralari, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari va jamiyat hayotida o‘zbek tilidan samarali va to‘g‘ri foydalanishni yanada mustahkamlaydi.Eng muhimi, o‘zgarishlarni amaliyotga to‘g‘ri va tizimli tatbiq etish uchun zarur chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, alifbodagi o‘zgarishlar sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha murakkabliklarga samarali yechim topishga qaratiladi.#Yalpimajlis19@tanzilanarbaeva
    Image from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila Narbaeva
    450112221Open in Telegram
  • Tanzila Narbaeva

    10 Sept, 05:09

    🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.Yalpi majlis kun tartibidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga oid qonunchilikni takomillashtirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni kuchaytirish, Milliy gvardiya faoliyatini takomillashtirish masalalari o‘rin olgan.Shuningdek, ayrim hududlarning ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘zgartirish, oila institutini mustahkamlash va nikohdan ajralishlarning oldini olish, shuningdek, yer va ko‘chmas mulk munosabatlarini tartibga solish holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish masalalari ham muhokama qilinadi.Yalpi majlis muhokamalarini Senatning YouTube’dagi rasmiy sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.#Yalpimajlis19@tanzilanarbaeva
    Image from a post by Tanzila NarbaevaImage from a post by Tanzila Narbaeva
    25,60082111Open in Telegram