Latest posts

Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
10 Sept, 14:00edited
#lahzalarUlugʻ faqih Ibn Qayyum Javziy shunday deganlar: “Banda bir gunoh qilsa, shu gunoh miqdoricha undan Allohning bir ne’mati ketadi. Agar tavba qilsa va qaytsa, o‘sha ne’mat yoki uning misli qaytib keladi. Agar u gunoh qilishda davom etadigan bo‘lsa, o‘sha ne’mat qaytmaydi va gunohlar undan ne’matlarni birin-ketin tortib ola boshlaydi. Bu hol to barcha ne’matlar tortib olinguncha davom etadi”.“Toriqul hijratayn” asaridan.Tasavvuf — nafs tarbiyasi


Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
10 Sept, 05:01
#lahzalarBu dunyodagi har qanday bogʻlanish, aloqa-munosabat: doʻstlik, ota-ona-farzandlik, ogʻa-inilik, ustoz-shogirdlik — hamma-hammasi ma’lum sabablarga koʻra nihoyasiga yetishi mumkin. Lekin bitta bogʻlanish — doʻstlik borki, u bu dunyoda ham, oxiratda ham davom etadi, bu doʻstlik sababidan inson abadiy rohat-farogʻatda boʻladi. Xoʻsh, bu qanday doʻstlik? Bunga Qur’oni karimda javob bor:“Ogoh boʻlingkim, Allohning doʻstlariga xavf yoʻqdir va ular xafa ham boʻlmaslar. Ular iymon keltirganlar va taqvo qilganlardir. Ularga hayoti dunyoda ham, oxiratda ham xushxabar bor…”(Yunus surasi, 62–64-oyatlar).Ey mehribon Rabbim! Oʻzingga boʻlgan taqvomizni ziyoda qil va shuning sababidan Oʻzingga muqarrab bandalardan boʻlishni nasib etgin!Tasavvuf — nafs tarbiyasi


Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
9 Sept, 05:00edited
#lahzalarInson o‘z nasl-nasabi bilan faxrlanishi oqibatida o‘zini boshqalardan ustun deb biladi, o‘zgalardan hurmat-izzat talab qiladi; o‘z shaxsiyati — “men”iga mahliyoligi sabab boshqa kishilarni xatokor va haqir sanaydi. Bu ham nafsoniy illat bo‘lmish ujbning bir ko‘rinishidir.Bu xislatlar bizda ham bo‘lishi mumkin. Ammo shuni unutmaylik, nasl-nasab bilan mag‘rurlanish mandub amal emas. Zero Ibrohim alayhissalom Allohning eng sevimli nabiysi va do‘sti bo‘lgan esalar-da, otalari mushrik edi... Nuh alayhissalom ulug‘ payg‘ambarlardan hisoblansalar-da, o‘g‘li kofir bo‘lgan...Тasavvuf — nafs tarbiyasi


Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
8 Sept, 14:00edited
DUONING BARAKOTISo‘fiylar haqidagi tazkiralarda keladiki, Ali ibn Abdulhamid Gʻazoiriy ismli bir kishi ulug‘ so‘fiy Sirri Saqatiyni ziyorat qilish uchun uyiga keldi va eshigini taqillatadi. Alloh zikri bilan band bo‘lib turgan Saqatiy shunday deydi: — Ey Allohim, kimki meni Sendan chalg‘itsa, uni mendan chalg‘itib, O‘zingga mashg‘ul qilib qo‘y! Uning bu duosi barakotidan Gʻazoiriy taqvoda o‘z zamonasi peshvolaridan biriga aylandi va Alloh taolo unga yayov holda qirq marta Haj safarini ado etishni nasib qildi…Alloh do‘stlarining duosi nishonga xatosiz tegadigan o‘q kabidir. Allohim, bizni ham o‘z do‘stlaring bilan do‘stlashtir!Tasavvuf — nafs tarbiyasi


Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
8 Sept, 05:00edited
#lahzalarAlloh subhanahu va taolo qalblarning turlarini zikr etgan:Salim (salomat) qalb — u Allohga ixlosli va chetga og‘ishlardan xoli qalbdir.Muniyb (qaytuvchi) qalb — u Allohga qaytish va tavbada mudom qalbdir.Vajil (hayoli) qalb — u Allohdan qo‘rqadigan qalbdir.Kasal qalb — u shak yoki nifoq kabi kasallik yetgan qalbdir.Isyonkor, o‘ta gunohkor qalb — u haq haqida guvohlikni yashiradigan, tan olmaydigan qalbdir.Mutakabbir (kibrli) qalb — u insonlarga kibr qiladigan va haq bilan tortishib, unga qarshi kurashadigan qalbdirGʻaliz (qo‘pol) qalb — undan achinish va rahm-shafqat hissi sug‘urib qo‘yilgan qalbdir.Qosiy (qattiq) qalb — u Allohni tanimaydigan va Uni yod etmaydigan qalbdir.


Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
7 Sept, 14:00
HAQIQIY HALOVATBuyuk Imom Ahmad ibn Hanbal shunday degan ekanlar: “Ellik yil davomida Allohga ibodat qildim, biroq to uch narsadan kechmagunimcha ibodatning halovatini tuymadim: 1. Odamlarning roziligini izlashni tark etdim — nihoyat Haqni baralla aytmoqlikka kuch-quvvat topdim. 2. Fosiq va gunohkorlar bilan hamsuhbat bo‘lishdan kechdim — oqibatda solihlarning suhbatiga muyassar bo‘ldim. 3. Bu dunyoning lazzatlaridan yuz o‘girdim — nihoyat oxirat halovatiga erishdim”.“Siyaru a’lamin nubalo”dan.Tasavvuf — nafs tarbiyasi


Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
7 Sept, 05:00
#lahzalarNafsda Iblisning kibri, Qobilning hasadi, Odning mag‘rurligi, Samudning tug‘yoni, Namrudning jur’ati, Fir’avnning manmanligi, Qorunning zulmi va Homonning uyatsizligi bor...Ibn Qayyum JavziyTasavvuf — nafs tarbiyasi


Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
6 Sept, 14:00
#lahzalarUmar roziyallohu anhu Allohdan qo‘rqib yig‘laganlarida ko‘zyoshlarini qo‘llari bilan artib, uni yuzlari hamda butun jasadlariga surtardilar. Va bu holatni izohlab: “Menga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan yetib kelgan: “Allohdan qo‘rqib yig‘laganda chiqqan yosh tekkan o‘rinlarga do‘zax o‘ti tegmaydi”, derdilar.Tasavvuf — nafs tarbiyasi


Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
6 Sept, 05:30edited
#lahzalarInson nafsiga begonalashgani sari, Parvardigoriga ma’rifati kuchaya boradi.“Risalat ul-Qushayriyya”dan_______ Izoh: Kishining begonaga rahmi kelmaydi. Demak, nafsini ayamay, unga qarshi kurashgan va unga begonaga qilgan muomalani qilgan kishi Rabbisiga qalban yaqinlashadi. Rabbisiga yaqinlashgan esa Uning ma’rifatiga erishadi.Tasavvuf — nafs tarbiyasi


Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
5 Sept, 14:00edited
#lahzalarUlug‘ so‘fiylardan bo‘lmish Hasan Basriydan rivoyat qilinadi: “Bir kishi bor edi, unga tikan kirib ketsa: “Men aniq bilaman, sen bir gunohim (sababidan)san. Chunki Robbim azza va jalla aslo menga zulm qilmaydi”, der edi”.Imom Ahmadning “Zuhd” kitobidan.Ha, Allohga nisbatan ma’rifat hosil qilgan zotlar ana shunday bo‘lgan!Tasavvuf — nafs tarbiyasi


Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
5 Sept, 05:00edited
#lahzalarRivoyatlarda kelishicha, Alloh taolo nafsni yaratib, undan: — Men kimman? — deb so‘radi. Nafs: — Men kimman? — deb Allohning soʻzini takrorlab javob berdi. Buni eshitgan Haq taolo farishtalarga nafsga bir yil azob berishga amr etdi. Muddat tugagach Yaratgan zot nafsdan yana ayni shu savolni soʻradi: — Men kimman? Nafs esa yana Allohning soʻzini takrorladi. Parvardigor nafsga yanada ogʻirroq jazo berishga buyurdi.Uchinchi marta ham ayni shunday holat yuz berdi. Shundan soʻng nafsni zanjirband holatda bir yil och qo‘yishga amr boʻldi. Yetmish ming yil zindonda, ochlikda yotgan nafs toʻrtinchi bor oʻzini yaratgan Zot bilan uchrashdi. Alloh taolo nafsdan yana: — Men kimman? — deb so‘raganda u: — Sen Oʻzingdan boshqa iloh bo‘lmagan Zot — Allohsan, — deb javob berdi. Shunday qilib, nafs ochlik qiynoqlaridan soʻng Rabbini tanidi…Bu rivoyatda Haqqa yetmoqni istagan solik (murid)


Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
4 Sept, 14:00edited
#lahzalarAvval oʻtgan solih zotlar Alloh taologa “Bizga (hisob kunida) adolating bilan emas, lutfing bilan muomala qil” deb duo qilishar ekan. Buni birinchi marta oʻqiganimda, nega Allohning adolati rad etilib, lutfiga alohida nisbat berilgan ekan, deb o‘ylagandim. Bugun biroz anglaganday boʻldim: Alloh taolo agar adolati bilan hukm chiqaradigan bo‘lsa, u zot huzurida hasrat-nadomatda qolishimiz tayin: gunohlarimiz koʻpligidan Alloh rahmatidan bebahra boʻlib, jannatdan benasib qolishimiz mumkin. Ammo U zot shunday ulug‘ lutf-u karam sohibiki, agar shu lutf nazari bilan bizga boqsa va muomala qilsa, gunohimiz dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham, shubhasiz, ular amal daftarimizdan lahzada o‘chib ketadi.Ey qahridan rahmi koʻp Rabbim, ey gʻazabidan lutfi bisyor Parvardigori olam! Bizni rahmat-u lutfingdan benasib etma!Tasavvuf — nafs tarbiyasi


Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
4 Sept, 05:00edited
#lahzalarAli ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Kim juma kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yuz marta salavot aytsa, qiyomat kuni u yuzida bir nur bilan keladi. Odamlar: “Bu nima qilar edi?” deyishadi”.Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan.Allohumma solli a’la sayyidina, shafi’ina va nabiyyina Muhammad!Tasavvuf — nafs tarbiyasi


Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
3 Sept, 13:27
ENG MAHBUB AMALHofiz Bayhaqiyning “Shu’abul iymon” kitobida keladi:“Abu Abdulloh Hofiz (Hokim) isnodi Ja’far ibn Muhammad (Sodiq) roziyallohu anhumodan bizga xabar berdi, u dedi: “Payshanba kuni asr vaqti kelsa, Alloh taolo samodan maloikalarni yuboradi. Ular bilan ichi bo‘sh la’l solingan qamish barglari, qo‘llarida esa tilla qalamlar bo‘ladi. Ular u bilan o‘sha kunduzi va ertasi kechgacha, ya’ni to quyosh botguniga qadar (payshanba asr vaqtidan juma kuni shom paytigacha) Payg‘ambar alayhissalom aytilgan salavotlarni yozadilar”.Allohumma solli a’la sayyidina va nabiyyina Muhammad!Tasavvuf — nafs tarbiyasi


Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
3 Sept, 05:00
#lahzalarSen haqiqiy sifatlaringni ko‘rsat, U senga O‘z sifatlari bilan madad beradi. Sen xorligingni ko‘rsat, U azizligi bilan madad beradi. Sen faqirligingni ko‘rsat, U boyligi bilan madad beradi. Sen zaifligingni ko‘rsat, U quvvati bilan madad beradi.Atoulloh SakandariyTasavvuf — nafs tarbiyasi


Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
2 Sept, 14:00
#lahzalarJannat hovlilari zikr barobarida quriladi. Agar zokir zikrdan to‘xtasa, farishtalar qurishdan to‘xtashadi.“Al-vobil us-sayyib” asaridan.______ Zokir — zikr qiluvchiTasavvuf — nafs tarbiyasi


Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
2 Sept, 05:00edited
#lahzalarBuyuk muhaqqiq olim Ibn Qayyum shunday degan ekanlar: “Kimki tasbehda davomiy bo‘lsa, yuzi go‘zallashadi. Kimki hamd aytishda davomiy bo‘lsa, unga xayr, yaxshiliklar yog‘iladi. Kimki istig‘forda davomiy bo‘lsa, uning uchun yopiq eshiklar ochiladi”.________ Tasbeh — “Subhanalloh” zikri; Hamd — “Alhamdulillah” zikri; Istigʻfor — “Astagʻfirulloh” zikri.Tasavvuf — nafs tarbiyasi


Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
31 Aug, 05:00
#lahzalarBir kuni kimdir Bahlul ibn Roshidga: — Ey riyokor! — deb murojaat qildi. Shunda Bahlul ibn Roshid: — To‘g‘ri aytasiz! Nafsimga bu gapni men ham aytganman, lekin bosh tortib, qabul qilmagan edi. Mana endi mendagi ma’lumotga sizning shohidligingiz ham qo‘shildi, — dedi.“Tartiyb ul-madorik” kitobidanTasavvuf — nafs tarbiyasi


Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
30 Aug, 14:00
#lahzalarTasavvufda talab qilinadigan eng muhim sifatlardan biri — muridning oʻzini e’tirof etishdan yiroq boʻlishi, boshqalar nazarida, hurmat-e’tiborida boʻlishiga mayl bildirmasligidir. Shu ma’noda, ulugʻ faqih Bishr ibn Horis shunday deganlar: “Kishilar uni bilishi, tanishini yoqtiradigan kishi oxirat halovatini topa olmaydi”.Tasavvuf — nafs tarbiyasi


Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
30 Aug, 05:00edited
#lahzalarSuhayb roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Jannat ahli jannatga kirgach, Alloh taboraka va taolo: “Sizlarga yana bir narsani ziyoda qilishimni xohlaysizlarmi?” deb so‘raydi. Ular: “Yuzimizni yorug‘ qilmadingmi? Jannatga kirgizmadingmi? Bizga do‘zaxdan najot bermadingmi?” deyishadi. Shunda parda ochiladi, bas, ularga Parvardigorlari azza va jallani ko‘rishdan ham suyukliroq biror narsa berilmaydi“.Imom Muslim rivoyati.Ey Rahim va Rahmon boʻlgan Allohim! Bizni Qiyomatda yuzi yorugʻ boʻlgan bandalaringdan qil! Jannatingga loyiq boʻlmasak-da, bizni u yerda jamlab, Yuzingni beparda koʻrishni nasib etgin!Tasavvuf — nafs tarbiyasi

Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
