Latest posts

TDAU • TSAU • ТГАУ
19 Oct, 15:27
TDAUda masofaviy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi🟢 Toshkent davlat agrar universitetida ta’lim jarayonini raqamlashtirish, masofaviy ta’lim samaradorligini oshirish hamda professor-o‘qituvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy seminar-trening tashkil etildi.➡️Seminar-trening LMS (Learning Management System) — ta’limni boshqarish platformasida ishlash bo‘yicha tashkil etilib, unda masofaviy ta’lim dasturlarini yagona elektron muhitda boshqarish va platforma imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.✅Mashg‘ulotlar davomida professor-o‘qituvchilarning raqamli pedagogik kompetensiyalarini takomillashtirish, elektron ta’lim resurslarini shakllantirish hamda o‘quv jarayonini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy yondashuvlar ko‘rib chiqildi.✍️TDAU axborot xizmati🎖 web-site| 📝telegram | 💻instagram 📝facebook| 🎞youtube




TDAU • TSAU • ТГАУ
19 Oct, 14:07
TDAU vakillari Butunjahon standartlar kuniga bag‘ishlangan ilmiy ko‘rgazma va yarmarkada ishtirok etdi🟢 14-oktabr — Butunjahon standartlar kuni munosabati bilan mahsulotlar sifatini oshirish, xalqaro standartlarni joriy etish hamda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy ko‘rgazma va yarmarka tashkil etildi.➡️Mazkur tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlash” kafedrasi dotsenti D. Xakimov hamda assistent N. Xatbullayev faol ishtirok etdi.✅Ko‘rgazma va yarmarka davomida standartlashtirish va sertifikatlash sohasidagi yangiliklar, ilmiy yutuqlar hamda amaliy ishlanmalar namoyish etildi. Shuningdek, mutaxassislar o‘zaro tajriba almashib, agrar sohada mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama qildilar.✍️TDAU axborot xizmati🎖 web-site| 📝telegram | 💻instagram 📝facebook| 🎞youtube




TDAU • TSAU • ТГАУ
19 Oct, 11:58
TDAU talabalariga Career tizimidan foydalanish bo‘yicha video qo‘llanma🎥 Toshkent davlat agrar universiteti talabalariga Career tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha video qo‘llanma taqdim etilmoqda. Mazkur qo‘llanma orqali talabalar tizimning asosiy imkoniyatlari va xizmatlaridan foydalanish tartibi bilan bosqichma-bosqich tanishishlari mumkin.Video qo‘llanmada quyidagi bo‘limlardan foydalanish tartibi yoritilgan: - 👤 Mening sahifam — shaxsiy profil ma’lumotlarini boshqarish; - 📄 Rezyume — rezyume yaratish va tahrirlash; - 💼 Ish e’lonlari va vakansiyalar — ish o‘rinlarini izlash va ariza topshirish; - 🧑💻 Frilans xizmatlar — mustaqil faoliyat imkoniyatlari bilan tanishish; - 📨 Arizalarim va murojaatlarim — yuborilgan arizalar holatini kuzatish; - 🏢 Korxonalar va amaliyot — ish beruvchilar hamda amaliyot jarayoni haqida ma’lumot olish; - 📚 Coursera kurslari — onlayn ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish; - 🚀 Karyera xizmati, tadbirlar va loyihalar — kasbiy rivojlanish va yangi imkoniyatlarda ishtirok etish. 📌 Video qo‘llanma talabalarga o‘z karyerasini rejalashtirish, munosib ish o‘rinlarini topish va kasbiy rivojlanish imkoniyatlaridan samarali foydalanishda yordam beradi.Tizim imkoniyatlaridan foydalaning va kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyatga erishing!✍️TDAU axborot xizmati🎖 web-site| 📝telegram | 💻instagram 📝facebook| 🎞youtube
TDAU • TSAU • ТГАУ
19 Oct, 10:37
TDAUda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo’lib o’tmoqda🇺🇿 Toshkent davlat agrar universitetida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo’lib o’tmoqda.➡️Tadbir ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yuksaltirish, uning milliy o‘zligimiz va ma’naviy qadriyatlarimizdagi o‘rnini keng targ‘ib etishga qaratilgan.Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va bebaho ma’naviy boyligimiz!✍️TDAU axborot xizmati🎖 web-site| 📝telegram | 💻instagram 📝facebook| 🎞youtube
TDAU • TSAU • ТГАУ
19 Oct, 07:53
TDAU ekspertlari atmosfera havosini muhofaza qilish va yashil hududlarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi🟢 Toshkent davlat agrar universiteti O‘rmonchilik va landshaft dizayn kafedrasi professor-o‘qituvchilari S.A. Turdiyev va D. To‘layev O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Munosabat” ko‘rsatuvida ekspert-mutaxassis sifatida ishtirok etdi.➡️Ko‘rsatuvda mamlakatimizda atmosfera havosini muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish, daraxtzorlar barpo etish hamda atrof-muhitni asrash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.✅Shuningdek, yashil makonlarni yaratishda o‘rmonchilik va landshaft dizaynining ahamiyati, daraxt va buta turlarini hududlarning tabiiy-iqlim sharoitiga mos tanlash, yashil hududlarni samarali tashkil etish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.✍️TDAU axborot xizmati🎖 web-site| 📝telegram | 💻instagram 📝facebook| 🎞youtube
TDAU • TSAU • ТГАУ
19 Oct, 06:50
forwarded from @eduuz
Diqqat❗️ E’lon❗️Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari: test sinovlari natijalari e’lon qilindi2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun 2026-yil 10-oktyabr kuni o‘tkazilgan maxsus test sinovlari natijalari e’lon qilindi.Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari va xorijiy tillar fanlari bo‘yicha tashkil etildi.Test natijalarini qayerdan ko‘rish mumkin?Talabgorlar test sinovlari natijalari bilan my.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali tanishishlari mumkin.Apellyatsiya berish tartibi Test natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar 20-oktyabr kuni soat 10:00 ga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali apellyatsiya arizasi yuborishlari mumkin.Apellyatsiya arizasida aynan qaysi fan va qaysi savol bo‘yicha natijadan norozi ekanlik aniq ko‘rsatilishi lozim.Barcha talabgorlardan test natijalari bilan tanishish va zarur hollarda belgilangan muddatda apellyatsiya arizasini yuborish so‘raladi.#StipendiyaTanlovlariNatijalariFacebook | Instagram | YouTube|Telegram
1,020Open in Telegram
TDAU • TSAU • ТГАУ
19 Oct, 05:24
Yangi hafta — yangi bilimlar va imkoniyatlar sari!🟢 Toshkent davlat agrar universitetida yangi kun va yangi hafta boshlandi. Talabalar uchun bu hafta yangi bilimlarni egallash, tajriba orttirish va o‘z ustida ishlash uchun yana bir imkoniyatdir.➡️Barchaga o‘qish va ish faoliyatida muvaffaqiyat, samarali kunlar va yuksak natijalar tilaymiz!✅Biz agrar soha yetakchilarini tarbiyalaymiz!✍️TDAU axborot xizmati🎖 web-site| 📝telegram | 💻instagram 📝facebook| 🎞youtube
TDAU • TSAU • ТГАУ
19 Oct, 04:30
O‘zbek tili bayramiga 2 kun qoldi!🇺🇿 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!Buyuk shoir Erkin Vohidov aytganidek: “So‘z — qalbning ko‘zgusi, millatning boqiy xazinasi”.Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho merosimiz. Uni asrab-avaylash, boyitish va kelajak avlodga yetkazish har birimizning burchimizdir.✍️TDAU axborot xizmati🎖 web-site| 📝telegram | 💻instagram 📝facebook| 🎞youtube
1,140Open in Telegram
TDAU • TSAU • ТГАУ
22 Sept, 16:10
Xalqaro konferensiya ishtirokchilari TDAUda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishdi🟢 II Xitoy–Markaziy Osiyo xalqaro konferensiyasi doirasida xalqaro delegatsiyalar Toshkent davlat agrar universitetida yaratilgan zamonaviy ta’lim, ilmiy va sport infratuzilmasi bilan tanishdilar.➡️Mehmonlar olimpiya standartlariga mos futbol maydoni, sport inshootlari, shuningdek, Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakultetining yangi binosi, undagi zamonaviy laboratoriya va o‘quv xonalarini ko‘zdan kechirdilar.✅Shuningdek, Talabalar turar joyi, uning atrofidagi yashil hududlar, obodonlashtirilgan maydonlar va sport maskanlari bilan tanishdilar. Mehmonlarga universitetda ta’lim, ilm-fan, sport va talabalar uchun zamonaviy hamda qulay muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar




TDAU • TSAU • ТГАУ
22 Sept, 15:34
Xalqaro konferensiya doirasida agroekologik aksiya o‘tkazildi🟢II Xitoy–Markaziy Osiyo xalqaro konferensiyasi doirasida TDAUning O‘rmonchilik va landshaft dizayni kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida agroekologik aksiya tashkil etildi.➡️“Yuqori istiqbolli o‘rmon va manzarali daraxt hamda butalarni ko‘paytirish texnologiyasi” mavzusidagi tadbirda manzarali o‘simliklarni qalamcha orqali ko‘paytirish, substrat tayyorlash, ekish va yosh nihollarni parvarishlash texnologiyalari amaliy tarzda namoyish etildi.✅“Yosh o‘rmonchilar” klubining yangi a’zolari ham ishtirok etib, o‘z qo‘llari bilan ilk o‘simlik qalamchalarini ekdilar.✍️️TDAU axborot xizmati🎖 web-site| 📝telegram |




TDAU • TSAU • ТГАУ
22 Sept, 15:00
TDAUda Xalqaro agronomlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi🟢 18-sentyabr — Xalqaro agronomlar kuni munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetida faoliyat yuritayotgan soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va yosh agronomlar ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori To'xtamurod Ataqulov ustoz professor Sh. Nurmatov mehmon sifatida ishtirok etib, yosh agronomlar bilan samimiy suhbatlashdi.➡️Tadbir davomida agronomlarning qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, mo‘l va sifatli hosil yetishtirish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etishdagi muhim o‘rni e’tirof etildi.✅Shuningdek, “Bo‘ston notiqlari” jamoasi tomonidan agronomlarga bag‘ishlangan
TDAU • TSAU • ТГАУ
22 Sept, 14:31
Xalqaro konferensiya ishtirokchilari TDAUda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishdi🟢 II Xitoy–Markaziy Osiyo xalqaro konferensiyasi doirasida xalqaro delegatsiyalar uchun Toshkent davlat agrar universitetining zamonaviy ta’lim, ilmiy va sport infratuzilmasi, shuningdek, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bo‘ylab tanishtiruv tashrifi tashkil etildi. Mehmonlar universitet hududidagi zamonaviy, olimpiya standartlariga mos futbol maydoni, sport inshootlari va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdilar.➡️Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakultetining yangi binosiga tashrif buyurib, undagi zamonaviy laboratoriyalar, o‘quv xonalari hamda amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Talabalar turar joyida esa talabalar
TDAU • TSAU • ТГАУ
22 Sept, 13:45
TDAUda xalqaro mahorat darsi tashkil etildi🟢Toshkent davlat agrar universitetining Agrobiznesni boshqarish va logistika kafedrasida “O‘zbekistonning Buyuk Ipak yo‘li turizmi doirasida xalqaro turistlarning enoturizm tajribalariga bo‘lgan afzalliklari” mavzusida xalqaro mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Mahorat darsini Eronning Tabriz universiteti tadqiqotchisi Samira Sedighi Goravan olib bordi. Unda Turizm va mehmondo‘stlik hamda Logistika yo‘nalishlari talabalari, tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.➡️Mahorat darsi davomida enoturizmning mazmuni va turizm industriyasidagi o‘rni, shuningdek, uning uzumchilik, gastronomik turizm, qishloq xo‘jaligi va mahalliy madaniyat bilan uzviy bog‘liqligi haqida xalqaro tajribalar asosida ma’lumotlar berildi.🇮🇷 Shuningdek, Eron tajribasi misolida enoturizmni




TDAU • TSAU • ТГАУ
22 Sept, 12:00
Xalqaro konferensiya doirasida agroekologik aksiya o‘tkazildi🟢 II Xitoy–Markaziy Osiyo xalqaro konferensiyasi doirasida Toshkent davlat agrar universitetining O‘rmonchilik va landshaft dizayni kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida agroekologik aksiya tashkil etildi.➡️“Yuqori istiqbolli o‘rmon va manzarali daraxt hamda butalarni ko‘paytirish texnologiyasi” mavzusidagi amaliy tadbirda manzarali daraxt va butalarni qalamcha orqali ko‘paytirish, qalamchalarni tayyorlash, ekish uchun substratlar tayyorlash hamda turli sharoitlarda yosh nihollarni o‘stirish va parvarishlash texnologiyalari namoyish etildi. “Yosh o‘rmonchilar” klubining yangi a’zolari ham faol ishtirok etib, o‘z qo‘llari bilan ilk o‘simlik qalamchalarini ekdilar.✅Amaliy mashg‘ulot davomida
TDAU • TSAU • ТГАУ
22 Sept, 11:15
forwarded from @uzbekistan24_tvnews
#Axborot24 | 22.09.2026Qishloq xo‘jaligi fani va texnologiyalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyamtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
TDAU • TSAU • ТГАУ
22 Sept, 10:34
🚨 DIQQAT! FIRIBGARLIKDAN OGOH BO‘LING!🟢 Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati nomidan Telegram messenjeri orqali fuqarolarga, professor-o‘qituvchilarga va universitet xodimlariga soxta xabarlar yuborish, ishonchga kirish hamda firibgarlik yo‘li bilan ma’lumot olishga urinish holatlari kuzatilmoqda.❗️ Jumladan, universitet rahbariyati nomidan yozib, turli tekshiruvlar, xizmat vazifalari yoki boshqa sabablarni ro‘kach qilgan holda shaxsiy ma’lumotlarni so‘rash holatlariga e’tiborli bo‘lishingizni so‘raymiz.⚠️ Ogoh bo‘ling va ehtiyot choralariga amal qiling: Rahbariyat nomidan yozilgan shubhali xabarlarga ishonib, tekshirmasdan turib hech qanday harakat qilmang. Notanish shaxslarga shaxsiy ma’lumotlaringizni, bank karta ma’lumotlarini, SMS-kod va parollaringizni bermang. Pul o‘tkazish yoki boshqa moliyaviy amallarni bajarish haqidagi
1,580Open in Telegram
TDAU • TSAU • ТГАУ
22 Sept, 10:01
TDAU va Xitoy universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi🟢 Toshkent davlat agrar universiteti professori Rasul Jumayevning Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari doirasida TDAUning O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti hamda Shimoli-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti (Northwest A&F University) O‘simliklarni himoya qilish kolleji o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.✅Memorandum doirasida professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinuvi, talabalar va doktorantlar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda xalqaro loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, o‘simliklarni himoya qilish va biologik kurash yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.✍️TDAU axborot xizmati🎖 web-site|


1,120Open in Telegram
TDAU • TSAU • ТГАУ
22 Sept, 08:40
🌍🌍Agrar sohada innovatsiya va hamkorlik uchun yangi imkoniyat🟢 Toshkent davlat agrar universitetida Xitoy–Markaziy Osiyo: qishloq xo‘jaligi fanlari va texnologiyalari sohasida innovatsiya hamda hamkorlikni rivojlantirish II xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.📰 Mazkur xalqaro tadbir O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — UZA'da batafsil yoritildi.📌 Batafsil: UZA materiali✍️TDAU axborot xizmati🎖 web-site| 📝telegram | 💻instagram 📝facebook| 🎞youtubeUZA.uzАграр соҳада инновация ва ҳамкорлик учун янги имкониятТошкент давлат аграр университетида “Хитой – Марказий Осиё: қишлоқ хўжалиги фанлари ва технология соҳасида инновация ҳамда ҳамкорликни ривожлантириш” II халқаро1,780Open in Telegram
TDAU • TSAU • ТГАУ
22 Sept, 07:47
II Xitoy–Markaziy Osiyo xalqaro konferensiyasining ikkinchi kuni davom etmoqda🟢 Toshkent davlat agrar universitetida “II Xitoy–Markaziy Osiyo: Qishloq xo‘jaligi fanlari va texnologiyalari sohasida innovatsiyalar hamda hamkorlikni rivojlantirish” xalqaro konferensiyasi o‘z ishini ikkinchi kuni ham davom ettirmoqda.✅Konferensiya doirasida Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari vakillari, olimlar hamda soha mutaxassislari qishloq xo‘jaligida innovatsion agrotexnologiyalarni joriy etish, suv resurslaridan samarali foydalanish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, paxtachilik, o‘simlikshunoslik va chorvachilik sohalarida ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda.✍️TDAU axborot xizmati🎖 web-site| 📝telegram | 💻
TDAU • TSAU • ТГАУ
22 Sept, 07:20
TDAU talabalariga Xitoy tajribasi asosida master-klass o‘tkazildi🟢 Toshkent davlat agrar universitetining Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakultetida Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti va fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirokida talabalar bilan uchrashuv va master-klass tashkil etildi.➡️Uchrashuv davomida xorijlik mutaxassislar talabalarga zamonaviy uzumchilik texnologiyalari, uzum navlarini yetishtirish, hosildorlik va meva sifatini oshirish, uzumni qayta ishlash hamda enologiya yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy va ilmiy ma’lumotlar berdilar.✅Shuningdek, talabalar mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilib, uzumchilik va vinochilik sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar hamda xalqaro tajriba yuzasidan


1,240Open in Telegram
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
