gram news
MILLIY SERTIFIKAT channel avatar

MILLIY SERTIFIKAT

@teacher_gulshan

Ushbu kanalda - Milliy sertifikat uchun g'azallar tahlili - Ona tili va adabiyot fanidan foydali ma'lumotlar - Online testlar - Essey yozish sirlari tajribali o'qituvchi tomonidan o'rgatiladi Boğlanish: @GulshanMardanova Telefon nomer: +998939975044

ProjectsUZEducation

3,040subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • MILLIY SERTIFIKAT

    26 Aug, 10:08edited

    ⚡️Rasman: Umumta’lim fanlaridan oʻtkaziladigan 2026-yil II yarim yillik milliy sertifikat imtihonlari sanalari e’lon qilindiUnga koʻra, ona (oʻzbek, rus va qoraqalpoq) tili va adabiyoti fanidan imtihonlar:1️⃣24-26-oktabr kunlari; 2️⃣ 26-28-dekabr kunlari oʻtkaziladi.Talabgorlar my.gov.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtadilar. 2026-yil II yarim yillikning oʻzida milliy sertifikat imtihonlari barcha umumta’lim fanlaridan ikki marta oʻtkaziladi.
  • MILLIY SERTIFIKAT

    24 Aug, 12:28edited

    ⚡️⚡️⚡️#ПКА_2026_ПЕДАГОГЛАРГА_ЁРДАМ!Она тили ва адабиёт фани ўқитувчилари учун малака (тест) синовларига тайёрланиш бўйича тавсиялар (назорат материаллари спецификацияси ва адабиётлар рўйхати)❗️Ушбу ўқув адабиётлари ва синов материаллари малака тоифасини олиш учун аттестация имтиҳонларида иштирок этадиган номзодлар учун тавсиявий аҳамиятга эга.
    1,480file2Open in Telegram
  • MILLIY SERTIFIKAT

    22 Aug, 15:14

    Laff va Nashrmi yoki jam-u taqsim? 113 kishi javob berdi Yanada ko'proq testlar👉 https://t.me/teacher_Gulshan 🖊 10 ta savol · ⏱ 1 daqiqa · 🔀 barchasiExternal sharing link: t.me/QuizBot?start=QcQbq3P8
  • MILLIY SERTIFIKAT

    22 Aug, 15:14

    Tamsilmi, Husni ta'lil? She'riy san'atlar asosida test 246 kishi javob berdi Yanada ko'proq testlar👉https://t.me/teacher_Gulshan 🖊 10 ta savol · ⏱ 1 daqiqa · 🔀 barchasiExternal sharing link: t.me/QuizBot?start=PuwI7bij
  • MILLIY SERTIFIKAT

    22 Aug, 15:11

    Adabiyot nazariyasi, she'riy san'atlardan test 325 kishi javob berdi Test Gulshan Mardanova tomonidan yaratildi. 🖊 20 ta savol · ⏱ 15 soniya · 🔀 barchasiExternal sharing link: t.me/QuizBot?start=fnLqTKrh
  • MILLIY SERTIFIKAT

    22 Aug, 11:36

  • MILLIY SERTIFIKAT

    22 Aug, 11:26

  • MILLIY SERTIFIKAT

    22 Aug, 11:22

    #Attestatsiyaga tayyorlanamiz Quyidagi she'r muallifini aniqlang.Savobning katta-kichigi yo‘q Borar ekan yo‘lda bir odam, Tashnalikdan toldi juda ham. Ko‘rib nogoh quduqni yo‘lda, Chanqog‘ini qondirdi undan.So‘ng boqsa-ki, bir it harsillab Tuproq namin turardi yalab. Sayyoh shundoq o‘yga boribdi: “Buyam xuddi mendek horibdi”.Tag‘in pastga tushib ketdi u, Olib chiqdi mahsi to‘la suv. Suvni tashna itga ichirdi, Alloh uning aybin kechirdi.
  • MILLIY SERTIFIKAT

    21 Aug, 16:42

    Muhim yangilik: sertifikat imtihonlari bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkaziladiBilim va malakalarni baholash agentligi (BMBA) milliy va chet tili sertifikat imtihonlarini bosqichma-bosqich to'liq elektron formatga o'tkazish ustida ish olib bormoqda 💻🔹 Hozirda 2 ta umumta'lim fanidan sertifikat imtihonlari allaqachon elektron shaklda o'tkazilmoqda 🔹 50 dan ortiq test sinovlaridan 30 foizdan ortig'i endi elektron formatda 🔹 Navbatdagi bosqichda CEFR bo'yicha nemis va fransuz tillari imtihonlari ham elektron shaklga o'tkazilishi rejalashtirilgan 🔹 Talabgorlari kam bo'lgan imtihonlar birinchi navbatda to'liq elektron shaklga o'tkaziladi💬 BMBA departament boshlig'i J. Nurmatov: "Asosiy maqsadimiz — katta testlardan voz kechish. 2-yarim yillik jadval e'lon qilinganda qo'shimcha ma'lumot beriladi."✅ Sertifikatga ega abituriyentlarda imtihon davomidagi stress darajasi ancha
  • MILLIY SERTIFIKAT

    19 Aug, 15:27edited

    Endi Milliy sertifikatdan maksimal ball olish murakkablashadigan ko'rinadi
    991video11Open in Telegram
  • MILLIY SERTIFIKAT

    18 Aug, 11:36

    🎁 Sirojiddin ustoz 2,700,000 so'mlik kurslarini BEPULGA sovg'a qilyaptilar! 📚 254 ta video dars: Reading • Listening • Speaking • Writing ⚡️ Imkoniyatdan foydalaning — darslarni shu bot orqali bepul olishingiz mumkin 👇 https://t.me/booster56_bot?start=ref5439647503
  • MILLIY SERTIFIKAT

    18 Aug, 11:36

    🎁 Sirojiddin ustoz 2,700,000 so'mlik kurslarini BEPULGA sovg'a qilyaptilar!📚 254 ta video dars: Reading • Listening • Speaking • Writing⚡️ Imkoniyatdan foydalaning — darslarni shu bot orqali bepul olishingiz mumkin 👇https://t.me/booster56_bot?start=ref5439647503
  • MILLIY SERTIFIKAT

    14 Aug, 16:19

    Мандат эртага, 15 август куни соат 08:00 да эълон қилинади
  • MILLIY SERTIFIKAT

    14 Aug, 16:19

  • MILLIY SERTIFIKAT

    11 Aug, 08:52

    🚨 ESSE XULOSASINI QANDAY YOZISH KERAK?📌 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan berilgan esse tekshirish yo‘riqnomasida xulosa qismida talabgor o‘zi qo‘llab-quvvatlayotgan qarashni aniq bayon qilishi, asos ko‘rsatishi va bu qarashning jamiyat hayotiga ta’sirini yoritishi talab qilinadi.Demak, xulosa shunchaki esseni tugatib qo‘yadigan jumla emas!🎯 XULOSA FORMULASI: POZITSIYA → ASOS → JAMIYATGA TA’SIRMasalan:❌ “Xulosa qilib aytganda, kitob o‘qish juda foydali.”✅ “Xulosa qilib aytganda, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda kitob mutolaasiga ustuvor ahamiyat berish ma’qul. Muntazam mutolaa mustaqil fikrlash va keng dunyoqarashni shakllantiradi. Bu esa jamiyatning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.”🔥 Kuchli xulosa — aniq pozitsiya, puxta asos va jamiyatga ta’sirning bir nuqtada jamlanishidir.https://t.me/teacher_Gulshan
    2,13021Open in Telegram
  • MILLIY SERTIFIKAT

    11 Aug, 05:59edited

    #Foydali🚨 ESSE XULOSASINI KUCHSIZ QILADIGAN QOLIP Ko‘pchilik xulosani bir xil usulda tugatadi:❌ “Har ikki yondashuvning ham o‘ziga xos afzalliklari bor. Inson o‘ziga ma’qulini tanlashi mumkin.”Bu — xato yondashuv. Chunki esse oxirida muallifning aniq pozitsiyasi sezilishi kerak. “Ikkalasining ham foydasi bor” deyish esa fikrdan qochishga o‘xshaydi va ballga salbiy ta’sir qilishi mumkin.Mana, farqiga qarang 👇🔹 Mavzu: Kitob o‘qishmi yoki internetdan foydalanishmi?❌ “Har ikkisining ham foydali jihatlari bor. Inson o‘ziga keraklisidan foydalanishi mumkin.”✅ “Internet tezkor ma’lumot olish imkonini bersa-da, kitob insonni chuqurroq mushohada qilishga undaydi. Shu sababli, bilimni mustahkamlashda kitob mutolaasini ustun qo‘yaman.”🔹 Mavzu: An’anaviy ta’limmi yoki onlayn ta’limmi?❌ “Har ikkala ta’lim shaklining ham afzalliklari bor. O‘quvchi o‘ziga qulayini tanlashi
    1,47032Open in Telegram
  • MILLIY SERTIFIKAT

    1 Aug, 08:29edited

    ✍️ Muhokamali esseda kirish qismini yakunlashning samarali usullariMuhokamali esseda kirish qismi test topshirig'ida berilgan esse vaziyatining mazmunini yoritadi va o'quvchini asosiy muhokamaga olib kiradi.Milliy sertifikat esselarida kirishning yakuniy jumlasi har doim ham shaxsiy pozitsiyani ifodalashi shart emas. U muhokama yo'nalishini belgilovchi tezis vazifasini ham bajarishi mumkin.🔹 1. Muammoli savol orqali O'quvchini mushohada qilishga undaydi. Namunalar: ❓ Xo'sh, aslida qaysi fikr o'rinli? ❓ Bu masalaga qanday yondashish maqsadga muvofiq? ❓ Mazkur vaziyatga qaysi nuqtayi nazardan qarash to'g'ri bo'ladi?🔹 2. Dolzarblikni ta'kidlash orqaliMuammoning bugungi kundagi ahamiyatini ko'rsatadi.Namunalar: 📌 Ushbu masala bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir.
  • MILLIY SERTIFIKAT

    1 Aug, 03:47edited

    Muhokamali esseda fikr topa olmayapsizmi? Ko‘pchilik o‘quvchilar: "Ustoz, bitta fikr yozaman, keyin boshqa fikr kelmay qoladi..." deydi. Aslida, yuqori baholanadigan esse bitta fikrni cho‘zib yozish bilan emas, mavzuni turli nuqtayi nazardan yoritish bilan ajralib turadi. Lekin ayrim mavzular borki, haqiqatan bu vaqtda "fikr qochadi". Shunday hollarda men “Zanjirsimon fikr rivojlantirish” usulini tavsiya qilaman. Bu usul faqat fikr umuman kelmay qolgan vaziyatda “yo‘l ochib olish” uchun ishlatiladi. Aslida esa mavzuni turli tomondan yoritish eng to‘g‘ri yondashuvdir. 🟢 Misol Mavzu: Ijtimoiy tarmoqlar foydalimi? 1-fikr Fikr: Ijtimoiy tarmoqlar bilim olish imkoniyatini kengaytiradi. 1️⃣ Nima uchun? — Chunki ularda bepul darslar, bloglar va foydali kontentlar mavjud. 2️⃣ Misol. — Masalan, ko‘plab o‘quvchilar YouTube, Telegram yoki boshqa platformalar orqali chet tillari va fanlarni
    1,2804111Open in Telegram
  • MILLIY SERTIFIKAT

    31 Jul, 19:56

    #Tundagi o'ylarBiz judayam yaxshi ko'rgan insonlarimizni e'tiborini har qanday yo'l bilan bo'lsa-da, tortish uchun harakat qilamiz. Chiroyli kiyinishimiz, Uni chaqirishimiz, yig'lashimiz va hatto uni yig'latishimiz ham mumkin. Biz yoqtirmagan insonlardan iloji boricha qochishga harakat qilamiz: u bilan uchrashmaslik, gaplashmaslik yo'lini axtaramiz. Kerak bo'lsa, uning xotirasidan butunlay o'chib ketishga hozirmiz.... O'ylab qolaman, Biz qachonki Allohni eslab qolganimizda , balki, aslida Robbimiz bizni birinchi bo'lib eslar va bizni o'zini eslatish uchun turli insonlar, voqealar ko'rinishida e'tiborimizni tortar? Qalbi qattiq, Allohni tanimagan insonlarga , balki , Alloh ham o'zini tanitishni xohlamas, ularni eshitgisi kelmas?...
    1,3109411Open in Telegram
  • MILLIY SERTIFIKAT

    22 Jul, 08:53

    Esse yozishni o'rganayotganlar va o'rgatayotganlar uchun foydali maqola.