gram news
The Bookfather channel avatar

The Bookfather

@timur_books

© Temur Tangriberganov (Temur Qudrat) ✍️Noshir, tarjimon, kitobxon 📚*Tanlangan kitoblar ✂️*Tanqid va tahlil 📝*Taqriz va tavsiya ♻️*Til va tarjima ⚜️*Tarix va tafakkur 📽*Tasviriy san'at, kino

ProjectsENBooks

2,680subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • The Bookfather

    19 Feb, 14:23edited

    Garri Potter qahramonlari Hamdam Sobirovning Malohat klipida. Sun'iy intellektda kim ishlagan bo'lsayam zo'r chiqibdi. 😄@timur_books
    1,540video3012Open in Telegram
  • The Bookfather

    19 Feb, 11:30

    ​​Qoraqalpoqlarda aniqrog'i Nukus taraflarda yaxshi bir odat bor. Kimningdir yangi kitobi chiqsa o'sha taqdimotda muallifning kitobini tekinga olishmas ekan. Muallif kimga kitob bersa albatta cho'ntagiga pul solishar yoki to'yona kabi qandaydir sovg'a-salom berishar va shu orqali hurmat ko'rsatishar ekan.Bizdachi? Bizda teskarisi, bironta tanishimizning yangi kitobi nashr etilsa o'zidan dastxat bahona tekinga olishga harakat qilamiz. Yoki pdf, elektron variantini izlab qolamiz. Muallif esa pul so'rashga hijolat bo'lib, yo'q deya olmaydi.Aslida gap pulda emas. Ayrim mualliflar kitobini shunchaki tarqatish uchun ham nashr qilaveradi. Biroq noshirlarning ham mehnati bor. Ularni qadrlash kerak.Qoraqalpoqlardan ko'p narsa o'rgansa bo'ladi...@timur_books
    1,210171392Open in Telegram
  • The Bookfather

    17 Feb, 18:33edited

    #anonsRus adabiyotining "oltin davri"ni nega shunday nomlashadi? Ularning asarlari adabiyotga nima berdi? Nima uchun XIX asrda ijod qilgan ijodkorlar misli ko'rilmagan buyuklikka erishdilar? Tez kunlarda ana shu savollarga javobni - "Rus adabiyotining oltin asri" nomli tahliliy maqolada o'qiysiz...@timur_books
    1,260video1661Open in Telegram
  • The Bookfather

    17 Feb, 18:01

    1,140file72211Open in Telegram
  • The Bookfather

    17 Feb, 08:38

    ​​Qalam sinsa... tugadi degani emasE’tibor berganmisiz, qalam sinsa uni yana yo‘nib, ishlatish mumkin. Yoki singan bo‘laginiyam shunday qilsa bo‘ladi. Hayot ham shunday! Agar hayotingizda biron narsani yo‘qotsangiz yoki to‘siqqa urilsangiz, bilingki bu shu yerda tugadi degani emas. Aksincha siz uchun yangi davr, yangi bosqich – yangi hayot boshlanmoqda. Balki o‘sha yo‘qotish, o‘sha to‘siq sizga natija keltirishiyam mumkin. Bunday misollarni doim adabiyotdan qidiraman.Masalan, O' Genri qamoqqa tushmaganida mashhur hikoyalarini yoza olmasdi. Yoki Ekzyuperining samolyoti Sahroyi Kabirda buzilib qolmaganida xayolida Kichkina Shahzodani uchratmas va uning obrazini yarata olmasmidi. Agar Dostoyevskiy ham o‘limga hukm qilinib, so‘ng Sibirga surgun qilinmaganida hozir biz taniydigan Dostoyevskiy bo‘lmas, tushkun kayfiyatli shoh asarlarini ham yoza olmasdi. Bunday misollar adabiyotda ham,
    1,4608633Open in Telegram
  • The Bookfather

    15 Feb, 17:27edited

    "Space Cases" - Milleniallar (Y avlod) uchun yoqimli nostalgiya@timur_books
    1,140video86531Open in Telegram
  • The Bookfather

    15 Feb, 12:48edited

    Muqova chetidagi yozuvlar: Chapmi yoki o‘ng?Xarid qilgan kitoblaringizning chekkasidagi yozuvlarning yozilishi nega bir xil emas? Masalan, kitob javonga terganingizda sarlavha nomlari ba’zida chap tarafga qaragan (pastdan tepaga yozilgan) bo‘ladi, ba’zida esa o‘ng (tepadan pastga qarab). Masalan, Zabarjad va Huzur nashriyotlarining kitoblarida chekkadagi yozuvlar tepadan pastga qarab yoziladi. Yangi asr avlodi, Asaxiy books yoki Akademnashr kitoblarida esa yozuvlar pastdan tepaga qarab yozish odatga aylangan.Xo‘sh, nega muqova chetidagi yozuvlar ikki xil? Nima uchun nashriyotlar bir xil emas, har xil yozishadi? Dunyoning turli davlatlarida qaysi biri ko‘proq qo‘llaniladi?Pastdan tepaga qarab yozish an’anasi – Britaniya, Germaniya, Fransiya kabi Yevropa davlatlarida paydo bo‘lgan. Bunda javonga taxlangan kitoblarni boshingizni chap tomonga egib o‘qiy olasiz. Lekin, kitob stolda
    1,1208432Open in Telegram
  • The Bookfather

    15 Feb, 07:43

    ​​Herman Hesse ijodining 3 davriShveytsariyalik nemiszabon yozuvchi, 1946-yilgi Nobel mukofoti sovrindori Herman Hesse (1877-1962)ning asarlari XIX asrning oxiri va XX asrning 1-yarmida ko‘plab davlatlarda sevib o‘qilgan va hozirgi davrgacha ham o‘z qiymatini yo‘qotmay, tinimsiz o‘qilib kelinmoqda.U yarim asrdan ortiq vaqt davomida 11 ta roman, 9 ta hikoyalar to‘plami, 9 ta she’rlar to‘plami, 5 ta avtobiografik asar va yana ko‘plab maqolalar, esselar yaratdi. E’tiborga arzirli tomoni, bu yillar davomida Hessening ruhiy holati va dunyoqarashi tinimsiz o‘zgarib, ijodiy g‘oyalari sezilarli evolyutsiyani bosib o‘tdi. Buni biz uning turli yillarda yozilgan asarlaridan sezishimiz mumkin. Qisqacha aytganda, Herman Hessening ijodini ana shu kategoriyalar bo‘yicha 3 davrga bo‘lish mumkin: - Dastlabki - 1899-1915 yillar - O‘rta - 1916-1930 yillar - So‘nggi - 1930-1962 yillarIjodining
    1,10084Open in Telegram
  • The Bookfather

    14 Feb, 16:38

    ​​Bayram(lar)ingiz bilan 📚✍️💕@timur_books
    1,85033226441Open in Telegram
  • The Bookfather

    12 Feb, 16:00edited

    Istanbullik bir ayol hikoyasi1919-yil. Istanbul butunlay Inglizlar tomonidan bosib olindi. O‘rta maktabni endigina tugatgan chiroyli qiz edim. Sovchilar kelishni boshladilar. Bir advokat bor edi. Uzoqdan ko‘rsatishdi, baland bo‘yli kelishgan yigit ekan, menga yoqdi. Biz unashtirildik, chunki uni bir ko'rishda sevib qolgan edim. Baxtli oila qurish ishtiyoqi bilan ertalabgacha chiroq nuri ostida ko'ylaklar to‘qib, sep tayyorlardim. Ammo ko‘p o‘tmay, mahallada mish-mish tarqaldi. Aytishlaricha Oyshaga unashtirilgan yigit advokat emas ekan, lo‘ttiboz chiqdi, bundan tashqari, masjid oldida tobut tashib hammollik qilib kun kechirarmish.Hayotim, orzularim bir zumda ostin-ustun bo'ldi. Dadam meni yoniga oldi va masjid tomon bordik. So'ng uzoqdan kuzatib turdik. Qarasak u haqiqatan ham tobut tashir edi... Ko‘rgan zahotim tamom bo'ldim, oyog‘imda mador qolmadi. Keyin darrov unashtiruvni
    1,860117431Open in Telegram
  • The Bookfather

    12 Feb, 09:43edited

    "Garri Potter"ning eski va yangi aktyorlariYangi serialning kastingidagi eng g'alatisi - Severus Sneyp bo'libdi.😄 Baribir o'zimizning eski aktyorlarimizga ko'zimiz o'rgangan@timur_books
    1,190video943Open in Telegram
  • The Bookfather

    12 Feb, 08:51edited

    Zakovat malikasiXorazmda Bekposhsha opa degan shunday onaxon bor. Yoshi 70 dan oshgan. "Zakovat" intellektual o'yiniga eng ko'p savol yo'llagan zakiy muxlislardan. Uni ko'rsatuv boshlovchisi A.Abdullayev ham yaxshi taniydi.O'tgan kuni shu ayolning xonadoniga mehmonga bordik. U bilan 2016-yilda gazetada ishlab yurgan mahalimda tanishgan edim. Oradan 10 yil o'tib qayta uchrashibmiz. Shu yillar ichida tanishlar orqali salom yo'llab yurgandi. Ancha keksayib, ko'p kasalliklar ichida qolibdi. Lekin darrov tanidi.Mehmondo'st opa tashrifimizdan shunaqa quvondiki, o'zini qo'yarga joy topolmadi. Dasturxon ustida bizga noyob kitoblaridan hadya qildi, o'qigan narsalari haqida gapirib berdi.Bekposhsha opa juda ko'p kitob o'qigan, bilimli va xushmuomala ayol. Shunaqangi ko'p kitob va gazeta mutolaa qilganki, havasingiz keladi. Menimcha uning o'qiganlarini sanab adog'iga yetib bo'lmaydi.
    1,210157421Open in Telegram
  • The Bookfather

    10 Feb, 18:57

    ​​Ingliz adabiyoti: Pul menga obro' uchun kerakFransuz adabiyoti: Pul menga hashamat uchun kerakAmerika adabiyoti: Pul menga yashash uchun kerakRus adabiyoti: Pul kerak)))@timur_books
    1,36021144Open in Telegram
  • The Bookfather

    9 Feb, 17:29

    ​​Alisher Navoiy yashagan Hirotdagi uy va bog'ni Chatgpt shunday tasvirlab berdi.@timur_books
    1,200123Open in Telegram
  • The Bookfather

    9 Feb, 17:09

    ​​Alisher Navoiy - 585 yoshdaHar yili 9-fevralda (aslida u paytlarda fevral tushunchasi ham bo'lmagan) - ulug' bobomizning tavallud kunini nishonlaymizu, asarlarini Shekspir, Gyote yoki Pushkinlarning kitoblarini o'qiganday tushunolmaymiz. "Navoiy, Navoiy" deymizu, tarjimayi holi va yozgan asarlarining nomlariyu bir nechta g'azalini yoddan ayta olamiz xolos.Ha, Alisher Navoiy biz uchun - tilsimli sandiq, Joysning "Uliss"idan ham murakkab topishmoqlar jamlanmasidir. Navoiyni anglash uchun so'fiylikdan xabardor bo'lish kerak degan edi bir ustozim.Navoiyni o'rganish u tirik paytidayoq boshlangan edi. Lekin XX asrga kelib bu tadqiqotlar chuqurlashib, alohida fan darajasiga ko'tarildi. Jumladan, shoir hayoti va ijodini o'rganish uchun Oybek, Shayxzoda, Izzat Sulton, Suyima G'aniyeva va yana ko'plab ijodkorlar o'z umrini bag'ishladilar. Hazratning merosini hatm qilib, Ilmiy va badiiy
    1,2905422Open in Telegram
  • The Bookfather

    8 Feb, 14:36edited

    Shahrisabzdagi Oqsaroy majmuasining tarixiy ko'rinishiMazkur videoda Amir Temur saroyining to'liq ko'rinishi zamonaviy texnologiyalar yordamida (3D) qayta tiklanganini ko'rishingiz mumkin. Afsuski, hozirga kelib bu saroyning faqatgina oldi qismi saqlanib qolgan@timur_books
    1,790video87Open in Telegram
  • The Bookfather

    8 Feb, 11:42

    ​​Boboxon Muhammad Sharif (1949-2026)5-fevral kuni taniqli yozuvchi va tarjimon Boboxon aka 76 yoshida bu dunyoni tark etdi. Bu inson o‘zbek xalqining Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi ko‘prik misoli edi. Uning qilgan xizmatlarini sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Ammo, afsuski doimgidek katta shaxslarni vafotidan keyin ko‘proq qadrlay boshlaymiz.Boboxon aka bilan 2017-yilda Urganchdagi bayramda – 27-iyun – Matbuot va OAV xodimlari kuni tantanasida ilk bor uchrashgan edim. Doimo kulib turadigan, samimiy, kibrdan asar ham yo‘q bo‘lgan vazmin bu insonni avvaldan tanirdim. Chunki, o‘sha paytlarda uning tarjimasidagi Guntekinning “Xotin dushmani”, “Qon da’vosi” va Markesning “Ulug‘ onaning janozasi” asarlarini zavq bilan o‘qib chiqqan edim. Bayramdan so‘ng tanishib, suhbatlashganimda fikrlarimni aytganimda xursand bo‘lgan edilar. Keyin bir oy o‘tib, 20-iyulda – Komiljon Otaniyozovning 100
    1,19065Open in Telegram
  • The Bookfather

    7 Feb, 18:35

    Aleksandriya kutubxonasiga sayohatSun'iy intellekt shiddat bilan rivojlanyapti. U shu davrgacha bo'lgan barcha cheklov va chegaralarni buzib, o'tmish sarhadlarini ham oshib o'ta boshladi. Mana bu videoda siz miloddan avvalgi davrdagi Iskandariya kutubxonasining taxminiy tasvirini ko'rishingiz mumkin. SI reallikka yaqinlashmoqda. Yaqin kelajakda haqiqiy video va sun'iy intellekt yaratgan videolarni farqiga borolmay qolsak kerak@timur_books
    1,070video1075Open in Telegram
  • The Bookfather

    7 Feb, 12:54edited

    Hozir asarlarning davomini yozish urf bo'ldi. Buni avval mualliflar qilgan bo'lsa, endi butunlay boshqa davr odamlari amalga oshiryapti.Avvalroq Sh.Jabbor "Shum bola"ning davomini yozgan edi. Yaqinda X.Sulton "O'tkan kunlar"ning davomini "Yaldo kechasi" nomi bilan nashr qildirdi. Endi esa Cho'lponning "Kecha va kunduz" romanining "Kunduz" qismini kimdir telegramda davomli berayotganini ko'rib qoldim. Hayronman! Bu nimasi o'zi? Maqsad pul ishlashmi yoki kitobxonlarning qondirilmay qolgan qiziqishini to'ldirishmi? Nega aynan davomi yozilmagan asarlarga murojaat qilinyapti? Boshqa mavzular yo'qmi?Chet elda ham bunday holatlar ko'p edi. "Shamollarda qolgan hislarim"ni davomini 1990-yillarda A.Ripli degan adiba Mitchellning avlodlaridan ruxsat olib yozgan edi. S.Sheldonning "Orziqib kutaman ertani" romanini ham T.Begshou davom ettirgan edi. A.K.Doyl, J.Vernlarning tugallanmay qolgan
    1,170108551Open in Telegram
  • The Bookfather

    6 Feb, 09:04

    Viktor Gyugoning 1800 sahifali "Xo'rlanganlar" romanining haqiqiy qo'lyozmasiYozuvchi vasiyatnomasida o'z qo'li bilan yozilgan va chizilgan hamma narsani Parij Milliy kutubxonasiga topshirishni ta'kidlagan. Ushbu videodagi 2 jildli "Xo'rlanganlar" qo'lyozmasi 19-asrning oxiridan beri muzeyda saqlanadi.@timur_books
    1,540video773Open in Telegram