Latest posts

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
23 Sept, 12:31
#Teacher_time😊Ustozlarni xursand qilish uchun kichik bir syurpriz uyushtirdik. Samimiy tabassum va iliq lahzalarga guvoh bo'ling!🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱Websayt 📱You Tube 📱Facebook 📱 Twitter
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
23 Sept, 11:21
BLOOMBERG TRADING CHALLENGE 2026 IS COMING!TISU nomidan global treyding sahnasiga chiqishga tayyormisiz?TISU universitetining faol va g‘ayratli talabalarini Bloomberg Trading Challenge-2026 musobaqasida qatnashish uchun universitet jamoasiga taklif qilamiz.💱 Bu siz uchun haqiqiy moliya bozorlari bilan tanishish, treyding ko‘nikmalarini rivojlantirish va xalqaro raqobat muhitida o‘zingizni sinab ko‘rish imkoniyati.🎯 Treyding bo‘yicha mutaxassis bo‘lish shart emas — musobaqaga tayyorgarlik uchun trening va yo‘l-yo‘riq beramiz.🗓 Ariza topshirish muddati: 26-sentyabrgacha.👥 Kimlar uchun: TISU talabalari uchun. 📎 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Havola🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱Websayt 📱You Tube 📱Facebook 📱 Twitter


Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
23 Sept, 10:07edited
Talabalar o'rtasida shaxmat musobaqasiga marhamat!🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash hamda talabalar o‘rtasida shaxmat sportini ommalashtirish, ularning mantiqiy fikrlashi va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etiladi.♟ Musobaqa talaba yigitlar va qizlar o‘rtasida o‘tkaziladi.🏆 Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari munosib taqdirlanadi!📞 Murojaat uchun: Havola💬 Telegram: @sport_menejer🗓 Musobaqa 29-sentyabr kuni, 16:00 da universitet asosiy binosida bo'lib o'tadi. Barcha shaxmatga qiziquvchi talabalarni musobaqada faol ishtirok etishga chorlaymiz!🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱Websayt 📱You Tube 📱Facebook 📱 Twitter


Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
23 Sept, 09:03
Rasmiy munosabatKuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Termiz iqtisodiyot va servis universitetida tahsil olayotgan ayrim talabalarning o‘qishini boshqa oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish masalasi yuzasidan bildirilgan murojaatlar o‘rganib chiqildi.Bu masala bo'yicha kamchiliklarga yo'l qo'ygan xodimlarga tegishli choralar ko'rildi va aniqlangan muammolarning barchasi bartaraf etildi.Talabalar tomonidan bildirilayotgan murojaatlar bundan buyon ham belgilangan tartibda o‘rganib chiqiladi. Universitet rahbariyati talabalar murojaatlarini ochiq va xolis ko‘rib chiqish hamda ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etishga doimo tayyor.🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱Websayt 📱You Tube 📱Facebook 📱 Twitter


Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
23 Sept, 08:25
forwarded from @eduuz
BMT bosh qarorgohi Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarga mezbonlik qilmoqda. Ular qatorida, jumladan, O‘zbekiston ham bor.Mamlakatimiz delegatsiyasi umumiy munozaralar davomida qator davlat rahbarlarining nutqlarini tingladi.Facebook | Instagram | YouTube | Telegram




Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
23 Sept, 06:57
Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi tanlovi e’lon qilindiMilliy statistika qo‘mitasi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish hamda istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi tanlovini e’lon qildi.🫂 Kimlar ishtirok etishi mumkin? O‘zbekiston hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida kunduzgi ta’lim shaklida, bakalavriatning 4-bosqichi va magistraturada tahsil olayotgan, shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarda o‘qiyotgan talabalar: ➡️statistika ➡️iqtisodiyot ➡️moliya ➡️axborot texnologiyalari ➡️ma’lumotlar ilmi va tahlili (Data Science & Analytics)📊 Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi: ↪️1-bosqich – hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish (saralash bosqichi); ↪️2-bosqich – nazariy bilimlarni baholash testlari (statistika, iqtisodiyot, matematika, analitik fikrlash, IQ); ↪️3-bosqich – tanlov komissiyasi a’zolari bilan suhbat.📄 Hujjatlarni topshirish tartibi Nomzodlar hujjatlarni faqat PDF formatda 2026-yil 25-sentyabr kuni soat 18:00 ga qadar kadr@stat.uz elektron pochta manziliga yuborishlari lozim.📃 Taqdim etiladigan hujjatlar: ➡️Ma’lumotnoma (CV, bog‘lanish uchun aloqa ma’lumotlari bilan); ➡️Akademik reyting ko‘rsatkichlari (akademik ma’lumotnoma); ➡️Xorijiy tillarni bilish bo‘yicha hujjatlar; ➡️Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hujjatlar (mavjud bo‘lsa); ➡️Erishilgan yutuqlar va ijtimoiy faollik bo‘yicha ma’lumotlar hamda tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo‘lsa).🏆 Tanlov natijalariga ko‘ra 10 nafargacha g‘olib aniqlanadi. Gʻoliblarga 2026/2027-o‘quv yilining oktyabr–may oylari davomida BHMning 3 barobari miqdorida stipendiya to‘lab beriladi.Qo‘shimcha ma’lumot uchun: ☎️ +99871-203-8000🗣Eslatma: Tanlovning to‘liq shartlari, bosqichlari va baholash mezonlari Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi nizomida batafsil keltirilgan.🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱Websayt 📱You Tube 📱Facebook 📱 Twitter


Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
23 Sept, 05:20
📣 Insholar tanloviga marhamat!🎓 Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talaba-yoshlarning Vatanga muhabbatini, milliy g‘urur va faxr tuyg‘ularini yanada yuksaltirish, mustaqillikning mazmun-mohiyatini chuqur anglash hamda ijodiy tafakkurini namoyon etish maqsadida “Mustaqil O‘zbekiston — mening faxrim” mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi.🔖 Tanlovda ishtirok eting va o‘z ijodiy salohiyatingizni namoyon qiling!🗣️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun: 🏢 509-xona 📞 99 527-98-69 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.🗓 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 25-sentyabrgacha.🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱Websayt 📱You Tube 📱Facebook 📱 Twitter


Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
23 Sept, 03:46
🟦🟦🟦🔍 Bugungi mehnat — ertangi natija!Universitetimizda dars jarayonlari qizg‘in va samarali davom etmoqda. Har bir mashg‘ulot — yangi bilim, yangi izlanish va yangi imkoniyatdir. ✨🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱Websayt 📱You Tube 📱Facebook 📱 Twitter
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
22 Sept, 12:04
#Ustozlar_minbari💬 Inson qachon haqiqiy ustozga aylanadi?✔️ Inson bilimini o‘rgatishdan tashqari, shogirdining hayotida iz qoldira olganida haqiqiy ustozga aylanadi. Chunki ustoz — faqat dars beruvchi emas. U yo‘l ko‘rsatadi, ishonch beradi, qo‘llab-quvvatlaydi va shogirdida o‘z kuchiga ishonch uyg‘otadi.✏️ Botir Rahmonov, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱Websayt 📱You Tube 📱Facebook 📱 Twitter
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
22 Sept, 10:32
🤚 Besh tashabbus olimpiadasi: universitet bosqichi⚽️ Futbol musobaqasiga start beriladi!🏆 Talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat, jamoaviylik va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida futbol musobaqasi o‘tkaziladi.🎯 Maydonda kuchli jamoalar, haqiqiy raqobat va g‘alaba uchun kurash!🎁 G‘oliblar pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!📣 Ishtirok etish uchun: Fakultetingiz talabalari orasidan jamoangizni tuzing va g‘alaba sari maydonga chiqing!⚠️ Muhim eslatma: 🔹 Jamoa a’zolari faqat bitta fakultet talabalaridan tashkil topishi lozim. 🔹 Yangi nizomga muvofiq, 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi


Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
22 Sept, 09:05
#foto_fakt📌 Universitet atmosferasi — bilim, izlanish va unutilmas talabalik onlari.🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱Websayt 📱You Tube 📱Facebook 📱 Twitter




Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
22 Sept, 06:43
My.gov.uz — qulay hayot uchun!🌐 Termiz shahar hokimligining raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga mas’ul maslahatchisi Zoir To‘raboyev ishtirokida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari uchun “My.gov.uz — qulay hayot uchun!” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.ℹ️ Seminar davomida talabalarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz imkoniyatlaridan samarali foydalanish, elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish hamda raqamli platformalar bilan ishlash bo‘yicha zarur tushuncha va amaliy ko‘nikmalar berildi.▶️ Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish va davlat xizmatlaridan qulay hamda tezkor




Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
22 Sept, 05:06
forwarded from @eduuz
#XalqaroAvtomobilsizKun22-sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun”22-sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi “yashil” transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz.Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/222389👉 На русском 👉 In EnglishFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
22 Sept, 03:45
🟦🟦🟦Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — sifatli ta’lim garovi📝 Viloyat shifoxonasida joylashgan TISU klinik bazasida Tibbiyot fakulteti talabalari uchun asosiy fanlardan o‘quv mashg‘ulotlari qizg‘in davom etmoqda.💢Mashg‘ulotlarda talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini real klinik amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘lmoqda. Bu esa bo‘lajak shifokorlarning amaliy tayyorgarligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.✍️ O‘quv jarayonlarining sifatli va samarali tashkil etilayotgani universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S. Bozorov tomonidan bevosita kuzatib borilmoqda. Dars jarayonlari bilan tanishish davomida




Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
21 Sept, 13:16
Ustozlar maydonda!▶️ Ustozlar o‘rtasida futbol va voleybol musobaqalari o‘tkazildi. Sport, jamoaviylik va ko‘tarinki kayfiyat uyg‘unlashgan bellashuvlardan yorqin lavhalar.🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱Websayt 📱You Tube 📱Facebook 📱 Twitter
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
21 Sept, 11:20
“Har bir bola e'tiborda" — yangi ijtimoiy loyihaga start berildi📌 Termiz iqtisodiyot va servis universitetida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy moslashuvini kuchaytirish va ta’lim orqali imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yangi ijtimoiy loyiha ishga tushirildi.📝O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi vakillari hamda TISU Student Union jamoasi o‘rtasida hamkorlikda “Har bir bola e’tiborda: ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiylashtirish va ta’lim orqali rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.☄️ Loyihaning asosiy maqsadi — ijtimoiy himoyaga muhtoj har bir bolaga individual yondashuv asosida uning




Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
21 Sept, 10:46
Talabalar o'rtasida shaxmat nusobaqasiga marhamat!🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash hamda talabalar o‘rtasida shaxmat sportini ommalashtirish, ularning mantiqiy fikrlashi va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etiladi.♟ Musobaqa talaba yigitlar va qizlar o‘rtasida o‘tkaziladi.🏆 Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari munosib taqdirlanadi!📞 Murojaat uchun: 50-100-74-49💬 Telegram: @sport_menejerr🗓 Ro'yxatdan o'tish 22 sentabrgachaBarcha shaxmatga qiziquvchi talabalarni musobaqada faol ishtirok etishga chorlaymiz!🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram


Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
21 Sept, 09:28edited
Rasmiy munosabat!“Nodavlat oliy ta’lim muassasalari”, "Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari" nomli Telegram kanalida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti faoliyatiga oid tarqatilgan ayrim xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.Mazkur xabarlarda namoyish etilayotgan videomateriallar bundan qariyb bir oy avval tasvirga olingan eski videolar bo‘lib, unda aks etgan holatlar bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolarning har biriga belgilangan tartibda transfer hujjatlari rasmiylashtirib berilgan.Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetida mazkur videolarda aks etgan holatlar mavjud emas va o‘quv jarayoni belgilangan tartibda davom etmoqda. Shu munosabat bilan, jamoatchilikdan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ma’lumotlarni tarqatishdan avval ularning haqqoniyligi va dolzarbligini aniqlashni so‘raymiz.Asossiz, eskirgan yoki biryoqlama


Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
21 Sept, 08:15
Har bir dars — muhim qadam🌐 Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti talabalariga yangi o‘quv yilining asosiy fanlari bo‘yicha dars mashg‘ulotlari boshlandi.⭐️ Ayni kunlarda fakultetda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, mashg‘ulotlarning belgilangan talablar asosida olib borilishi hamda ta’lim sifatini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.📌Dars mashg‘ulotlarining borishi muntazam nazorat qilinib, professor-o‘qituvchilarning darsga tayyorgarligi, mashg‘ulotlarning mazmun-mohiyati va talabalarning jarayondagi faolligi o‘rganilmoqda.🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Instagram 📱Telegram 📱Websayt 📱You Tube




Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
21 Sept, 07:37
Rasmiy munosabatIjtimoiy tarmoqlarda Termiz iqtisodiyot va servis universitetida tahsil olayotgan ayrim talabalar tomonidan o‘qishini boshqa oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish masalasi yuzasidan universitet rahbariyatiga nisbatan turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda.Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rahbariyati bildirilayotgan fikr-mulohazalarni hurmat qilgan holda, mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.Avvalo, universitetda talabalarning o‘qishini boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish jarayonlari amaldagi tartib va qonunchilik talablari asosida amalga oshirilmoqda. Joriy yilning avgust oyida yakuniy imtihonlardan yetarli ball to‘play olmagan talabalar uchun qayta topshirish imtihonlari tashkil etildi. Natijalarga ko‘ra, GPA ko‘rsatkichi belgilangan talablarga javob beradigan hamda o‘qishni ko‘chirish uchun zarur shartlarni bajargan 300 nafardan

Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
