Latest posts

Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
22 Sept, 14:16
forwarded from @tiu_edu
🎓1-KURS TALABALARI UCHUN ORIENTATION WEEK.Hurmatli talabalar!Tashkent International University’da 1-kurs talabalari uchun Orientation Week — tanishuv haftaligi tashkil etiladi.💻 Masofaviy ta’lim shakli 🗓 21–22-sentabr 🕜 13:30–18:00🎉 Orientation Week ochilish marosimi: 🗓 21-sentabr 🕐13:00🏫 Kunduzgi ta’lim shakli 🗓 23–25-sentabr 🕜 13:30–18:00🎉Orientation Week ochilish marosimi: 🗓23-sentabr 🕐13:00
Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
22 Sept, 13:01
JANUBIY KOREYADA TALABA ALMASHINUVI DASTURI — DGIST | SPRING 2027Tashkent International University talabalari uchun Janubiy Koreyaning Daegu Gyeongbuk Institute of Science and Technology (DGIST) universitetida 2027-yil bahorgi semestrini talaba almashinuvi dasturi asosida o‘qish imkoniyati.📍 Universitet: Daegu Gyeongbuk Institute of Science and Technology (DGIST) 🌏 Davlat: Janubiy Koreya 💠 Shahar: Daegu 🕖 O‘qish davri: Spring Semester 2027 🔘 Ta’lim tili: Ingliz tiliIngliz tili bo‘yicha tavsiya etiladigan daraja: • CEFR — B2 yoki undan yuqori • IELTS — 6.0 yoki undan yuqori • TOEFL iBT — 80 yoki undan yuqoriKimlar uchun: IT Yo‘nalishida taxsil olayotgan barcha talabalar uchun📌 U
Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
22 Sept, 11:34
🟦🟦🟦🟦🟦📢 Sentabr oyidan 🖐"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sport musobaqalariga #start berilmoqda.💪Siz ham ushbu sport musobaqalarida ishtirok etmoqchimisiz? Unda 5tashabbus.uz saytidan yoshingizga mos sport musobaqasidan ro'yxatdan o'ting va olimpiadamizda ishtirok eting.🤔Ro'yxatdan qanday o'taman deysizmi? Biz sizni qiynalmasligingiz uchun, ro'yxatdan o'tish videoqo'llanmasini yaratdik.🎥Mazkur videoda ro'yxatdan o'tish ketma-ketligi bilan batafsil tanishishingiz mumkin.🇺🇿 — BILIM VA IMKONIYATLAR BIRLASHGAN MASKAN!💻Instagram 🎞YouTube
Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
22 Sept, 10:32
❗️❗️❗️❗️❗️ KITOB YARMARKASI🔥 Talabalarimizning so‘rov va takliflari asosida 24-sentyabr kuni Toshkent Xalqaro Universitetida yuridik adabiyotlar yarmarkasi o‘tkaziladi.📆 2026-yil 24-sentyabr, soat 10:00📚Yarmarka “Yuridik adabiyotlar publish” nashriyoti tomonidan tashkil etiladi. Unda nashriyotning eng so‘nggi kodekslari, huquqiy sharhlari va yuridik yo‘nalish talabalari uchun mo‘ljallangan darsliklari taqdim etiladi.👨⚖️ Yarmarkaga TIU talabalari hamda yuridik sohaga qiziqadigan barcha ishtirokchilar taklif etiladi.🔜Yarmarka soat 14:00 gacha davom etadi.Manzil: Toshkent Xalqaro
Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
22 Sept, 09:38
🎬🎬🎬🎬🎬🎬🎬🎥G‘afur G‘ulom xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan videolavha.🇺🇿 — BILIM VA IMKONIYATLAR BIRLASHGAN MASKAN!💻Instagram 🎞YouTube 📝Facebook 📝Telegram 🌐Web-site 🕊 X
Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
22 Sept, 07:28
🎗️🎗️🎗️🎗️🎗️📙 Joriy yilning 21-sentabr kuni Tashkent International University Biznes va innovatsion ta’lim fakulteti talabalari ishtirokida Adiblar xiyobonidagi G‘afur G‘ulom haykali yonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.📖 Tadbirda G‘afur G‘ulomning hayoti va ijodiy merosi, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritilib, talabalar tomonidan adib ijodidan namunalar va she’rlar taqdim etildi.🎻Tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “An’anaviy qo‘shiqchilik” kafedrasi ansambli tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.💬 S
Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
22 Sept, 06:19edited
1 semestr davomida Malayziyada talaba almashinuvi dasturi orqali o‘qish imkoniyati sizni kutmoqda! ✨Hurmatli TIU talabalari!Sizni Malayziyaning eng nufuzli oliygohlaridan biri — INTI International Universityda 2027-yilning bahorgi semestri uchun talaba almashinuvi dasturi (Student Mobility Programme) boshlanganini e’lon qilishdan mamnunmiz!✅Asosiy talablar va qulayliklar: Til talabi: nomzod ingliz tilida mukammmal so’zlashish va tushunish qobilyatiga ega bo’lishi kerak. Turar joy: barcha almashinuv talabalari bepul turar joy bilan ta’minlanadi! 🏠⏳Hujjatlar qabulining so‘nggi muddati: ✈️Ariza topshirish uchun oxirgi kun — 24-sentabr 2026-yil!Dasturda qatnashish tanlov asosida bo‘lib, tanlovda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro'yhatdan
Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
21 Sept, 14:32
🎓Toshkent Xalqaro Universitetida masofaviy ta’lim shakliga qabul qilingan talabalar uchun «Orientation Week» — «Birinchi kurs maktabi»ning tantanali ochilish marosimi va yangi o’quv yilidagi ilk dars mashg’ulotlaridan video lavha 🔥🇺🇿 — BILIM VA IMKONIYATLAR BIRLASHGAN MASKAN!💻Instagram 🎞YouTube 📝Facebook 📝Telegram 🌐Web-site 🕊 X
Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
21 Sept, 14:02
📸 Tashkent International Universityda 2026–2027 o‘quv yilida masofaviy ta’lim shakliga qabul qilingan talabalar uchun “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari doirasida “Mustaqillik darslari” tashkil etilmoqda.🎓 Darslar davomida talabalarga O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining tarixiy ahamiyati, mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik va islohotlar, erishilgan yutuqlar haqida ma’lumotlar berilmoqda.📌 Shuningdek, darslar davomida talabalar universitetning ta’lim jarayoni, kredit-modul tizimi, fanlarni o‘zlashtirish va baholash mezonlari, odob-axloq kodeksi bilan yaqindan tanishmoqdalar.🌟 Masofaviy ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, elektron ta’lim resurslaridan foydalanish, HEMIS va HERO platformalarida
Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
21 Sept, 13:19
🎓 REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVITashkent International Universityda “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari doirasida universitet rektori Yuldashev Iskandar Baxramovichning 1-bosqich talabalari bilan ochiq va samimiy uchrashuvi o'tkazildi.🤝 Uchrashuv davomida mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh va malakali kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr yuritildi.Shuningdek, universitetdagi ta’lim jarayoni, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot, ijodiy va sport faoliyatida ishtirok etish, shuningdek, talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.💬 Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan
Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
21 Sept, 12:50
🎉 TIUda Orientation Week haftaligi boshlandi!Bugun Toshkent Xalqaro Universitetida Orientation Week — "Birinchi kurs" maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida universitetning masofaviy ta’lim shakli talabalari uchun maxsus tanishtiruv darslari va moslashuv dasturlari start oldi.Tadbirda universitet rektori Yuldashev Iskandar Baxramovich talabalarni samimiy muborakbod etib, ularga o‘qishlarida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tiladi. Bayramona tadbir badiiy chiqishlar bilan yanada ko‘tarinki ruhda o‘tdi.🎓Aziz talabalar, talabalik maqomingiz muborak bo'lsin! Yangi o‘quv yili barchangizga omad va muvaffaqiyat olib kelsin!📌 Eslatib o‘tamiz, 23-sentabrdan boshlab kunduzgi ta’lim shaklidagi birinchi bosqich talabalarini ham qiziqarli, mazmunli va unutilmas
Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
21 Sept, 10:09
🎓 Tashkent International University rahbariyati universitet rektori I. Yuldoshev rahbarligida Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, 2026–2027-o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashdi.Uchrashuv davomida talabalar va ularning ota-onalariga TTJda yaratilgan shart-sharoitlar, ichki tartib-qoidalar hamda xavfsizlik talablari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlarida faol ishtirok etishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi.🏆 Mazkur uchrashuvlar talabalarning universitet hayotiga moslashuvi, TTJdagi yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishishi hamda yangi o‘quv yilini qulay va xavfsiz muhitda boshlashi uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
11 Sept, 12:47
“G‘oyalar qop-qop, lekin kreativini top!” 💡TIUda marketing va kreativ sohasiga qiziquvchilar uchun maxsus uchrashuv!12-sentyabr kuni Otabek Sharapov bilan ochiq leksiya bo‘lib o‘tadi. U 12 yillik marketing tajribasiga ega mutaxassis bo‘lib, faoliyati davomida yirik loyihalar va brendlar bilan ishlagan.Otabek Sharapov: — Texnomart sobiq marketing direktori — 605 Kreativ Agentligi hammuassisi — Duv Duv Gap kreativlik maktabi asoschisi — “Marketing bo‘limi” kanali asoschisi — Marketing Assotsiatsiyasi qoshidagi Milliy Marketing Qo‘mitasi raisiLeksiya davomida kreativ fikrlash, marketingdagi real tajribalar, g‘oyani kuchli kommunikatsiyaga aylantirish va amaliy keyslar haqida suhbatlashamiz.📅 12-sentyabr 🕓 16:00 📍 Tashkent International University A bino 102 xonaMarketing, reklama va kreativ sohasiga qiziqsangiz, bu uchrashuvni o‘tkazib yubormang.Joyingizni band qilish uchun: @duvduvgap_manager ga murojat qiling.Joylar soni cheklangan📍Manzil: Kichik halqa yo'li, 7, Toshkent, O'zbekiston💻Instagram 🎞YouTube 📝Facebook 📝Telegram 🌐Web-site 🕊Twitter
Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
11 Sept, 11:34
⚠️⚠️ IKKINCHI OLIY TA’LIMGA KIRISHNI REJALASHTIRGANLAR UCHUN MUHIM E’LON!Imtihonga ro‘yxatdan o‘tib, lekin imtihonda ishtirok eta olmagan bo‘lsangiz, qabul jarayonini yakunlash uchun universitetga kelishingiz kerak.🗓 Dushanbadan-Jumagacha ⏰ 10:00–15:00📃 O‘zingiz bilan diplom va uning ilovasining asli va pasportingizni olib kelishni unutmang!🎓 Ikkinchi oliy ta’lim uchun qabul yakunlanmoqda.Qabul jarayonini o‘z vaqtida yakunlang!📝 Ro'yxatdan o'tish: qabul.tiu.uz ☎️ Axborot-maslahat markazi +998951315555 | @tiuqabul📍Manzil: Kichik halqa yo'li, 7, Toshkent, O'zbekiston💻Instagram 🎞YouTube 📝Facebook 📝Telegram 🌐Web-site 🕊 X
Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
11 Sept, 06:56
🎙️ Tashkent International University talabasi xalqaro tadbir boshlovchisi sifatida ishtirok etdi!🇺🇿🤝🇰🇿Qozog‘istonda o‘tkazilgan “O‘zbekiston va Qozog‘iston: strategik sheriklik va yangi turistik xablarni shakllantirish” xalqaro tadbirida TIU talabasi Saidova Dilnur boshlovchilik qildi.🌍 Tadbirda turli mamlakatlardan elchilar, xalqaro mehmonlar va soha vakillari ishtirok etdi. Asosiy maqsad — turizmni rivojlantirish va O‘zbekiston hamda Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish.📚 Saidova Dilnur — HQ-5-25R rus guruh talabasi. Xalqaro mehmonlar ishtirokidagi tadbirni olib borish esa uning nutq mahorati va o‘ziga bo‘lgan ishonchini namoyon etgan muhim tajriba bo‘ldi.⚡️O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik hamkorlik turizm sohasida yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Birgalikdagi tashabbuslar esa yangi turistik yo‘nalishlar va xalqaro sayyohlik xablarini rivojlantirishga xizmat qiladi.💻Instagram 🎞YouTube 📝Facebook 📝Telegram 🌐Web-site 🕊 X
Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
11 Sept, 04:59
📚Kitob — bilim va tafakkur manbai!✨Tashkent International University talabalari guruh tyutorlari rahbarligida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilgan “Kitob va mutolaa haftaligi” doirasidagi kitobxonlik tadbirida faol ishtirok etdilar.📁Tadbir davomida talabalar kutubxonaning boy fondi, zamonaviy imkoniyatlari va kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, o‘zlari qiziqqan badiiy, ilmiyva ma’rifiy adabiyotlarni mutolaa qildilar.🕊Kutubxonaning o‘ziga xos muhiti talabalar uchun yangi adabiyotlarni kashf etish, bilimlarini boyitish va mutolaaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.✨MUTOLAA — TAFAKKUR VA MA’NAVIY RIVOJLANISH MANBAI!💻Instagram 🎞YouTube 📝Facebook 📝Telegram 🌐Web-site 🕊 X
Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
10 Sept, 16:28
#Abtiruyent2026🇺🇿 “Tashkent International University” xalqaro universiteti Qabul komissiyasi quyidagi ish jadvali asosida faoliyat yuritadi.📆 Dushanba – 09:00–18:00 📆 Seshanba – 09:00–18:00 📆 Chorshanba – 09:00–18:00 📆 Payshanba – 09:00–18:00 📆 Juma – 09:00–18:00— Tushlik vaqti 13:00-14:00🎓 O'z kelajagingiz sari ishonchli qadamni TIU’ bilan boshlang!📝 Ro'yxatdan o'tish: qabul.tiu.uz☎️ Axborot-maslahat markazi +998951315555 | @tiuqabul📍Manzil: Kichik halqa yo'li, 7, Toshkent, O'zbekiston💻Instagram 🎞YouTube 📝Facebook 📝Telegram 🌐Web-site 🕊Twitter
Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
10 Sept, 11:53
🇺🇿Tashkent International Universityda “Mustaqillik darsi” tashkil etildiTashkent International Universityda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi.📖Dars davomida O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish yo‘li, istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan yutuqlar hamda bugungi taraqqiyotning muhim omillari haqida atroflicha ma’lumot berildi.Dars jarayonida talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mamlakatimizning yangi taraqqiyot bosqichida yoshlarning o‘rni va mas’uliyati haqida fikr almashdilar.🔥 Mazkur darslar talabalarda Vatan taqdiriga daxldorlik, mustaqillik ne’matlariga shukronalik va kelajakka yuksak ishonch tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.MUSTAQILLIK — MILLAT TARAQQIYOTI VA KELAJAK POYDEVORIDIR!💻Instagram 🎞YouTube 📝Facebook 📝Telegram 🌐Web-site 🕊 X
Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
10 Sept, 11:20
📚KITOB — TAFAKKUR, HUQUQIY ONG VA KELAJAKKA YO‘LDIR!Tashkent International Universityda “Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida “Yuridik adabiyotlar publish” nashriyoti tomonidan huquqiy adabiyotlar yarmarkasi tashkil etildi.⚖️ Yarmarka davomida talabalar qonunchilikka oid nashrlar, huquqiy madaniyat va tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiluvchi adabiyotlar, jinoyat va fuqarolik huquqi yo‘nalishidagi manbalar hamda zamonaviy huquqshunoslikka oid kitoblar bilan yaqindan tanishdilar.📖 Tadbir talabalarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, dunyoqarashini kengaytirish va mutolaa madaniyatini rivojlantirish uchun foydali imkoniyat bo‘ldi.✨Chuqur bilim — kuchli huquqiy tafakkurdan boshlanadi.💻Instagram 🎞YouTube 📝Facebook 📝Telegram 🌐Web-site 🕊 X
Toshkent xalqaro universiteti (TIU)
10 Sept, 09:46edited
🤔 Kim aqlliroq — qizlarmi yoki yigitlar?Bu savolga javob topish uchun ko‘chada, qizlar va yigitlarni sinab ko‘rdik. Eng qiziq savollardan biri esa “2+2 nima?” bo‘ldi.Lekin bu yerda 2+2 oddiy matematika emas. Videoni tomosha qiling bu savol ortidagi TIU imkoniyatini tushuntirib beradi.🌎 Tashkent International University — 15 dan ortiq bakalavriat yo‘nalishlari, kunduzgi va masofaviy ta’lim, xalqaro dasturlar va xorijda ta’limni davom ettirish imkoniyati.⏳Qabul yakunlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Balki sizning keyingi qadamingiz ham aynan shu yerdan boshlanar?❗️O‘z kelajagingiz uchun qarorni bugun qiling — imkoniyatlar sizni kutmoqda!👉Ariza topshirish: qabul.tiu.uz💻Instagram 🎞YouTube 📝Facebook 📝Telegram 🌐Web-site 🕊 X
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
