Latest posts

TIU Faculty of Law
22 Sept, 12:34
🇺🇿 Для студентов, рекомендованных к зачислению на 1-й курс очной формы обучения!⚖️ Список студентов, рекомендованных к зачислению на 2026/2027 учебный год по направлению Юриспруденции очной формы обучения, направляется с распределением по группам Orientation Week (занятия будут проводиться в соответствии с данными группами).⚠️ Внимание! ⏺️ Определите свою группу по фамилии и имени, после чего по размещённому ниже расписанию занятий ознакомьтесь со временем обучения.✏️ Примечание!ℹ️ Студентам, подавшим документы на направление Юриспруденции очной формы обучения, но не принявшим участие в занятиях Orientation Week, в связи с чем их Ф.И.О. отсутствуют в данном списке, необходимо
TIU Faculty of Law
22 Sept, 12:32
🇺🇿 Kunduzgi ta'lim shaklining 1-kursiga tavsiya etilgan talabalar uchun!⚖️ "Yurisprudensiya" ta'lim yo'nalishining kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha 2026/2027 o'quv yiliga talabalikka tavsiya etilganlar ro'yxati Orientation week guruhlar kesimida yuborilmoqda (ushbu guruhlar asosida dars jarayonlari olib boriladi).⚠️ Diqqat! ⏺ O'z familiya va ismingiz orqali guruhingizni aniqlab, quyida yuborilgan dars jadvali orqali o'qish vaqtlarini bilib olasiz.✏️ Eslatma! ℹ️ Kunduzgi ta'lim shaklining "Yurisprudensiya" ta'lim yo'nalishiga hujjat topshirgan lekin "Orientation week" mashg'ulotlarida qatnashmaganligi uchun ushbu ro'yxatda F.I.Sh. chiqmagan talabalar A-104 xonaga murojaat qilishingiz
TIU Faculty of Law
22 Sept, 11:57
forwarded from @tiu_edu
🟦🟦🟦🟦🟦📢 Sentabr oyidan 🖐"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sport musobaqalariga #start berilmoqda.💪Siz ham ushbu sport musobaqalarida ishtirok etmoqchimisiz? Unda 5tashabbus.uz saytidan yoshingizga mos sport musobaqasidan ro'yxatdan o'ting va olimpiadamizda ishtirok eting.🤔Ro'yxatdan qanday o'taman deysizmi? Biz sizni qiynalmasligingiz uchun, ro'yxatdan o'tish videoqo'llanmasini yaratdik.🎥Mazkur videoda ro'yxatdan o'tish ketma-ketligi bilan batafsil tanishishingiz mumkin.🇺🇿 — BILIM VA IMKONIYATLAR BIRLASHGAN MASKAN!💻Instagram 🎞YouTube
TIU Faculty of Law
21 Sept, 04:04
🇺🇿 Masofaviy ta'lim shaklining 1-kurs hamda 2-kurs (ikkinchi mutaxassislik) talabalari uchun!⚖️ "Yurisprudensiya" ta'lim yo'nalishining masofaviy ta'lim shakli bo'yicha 2026/2027 o'quv yiliga talabalikka tavsiya etilganlar ro'yxati Orientation week guruhlar kesimida yuborilmoqda (ushbu guruhlar asosida dars jarayonlari olib boriladi).⚠️ Diqqat! ⏺ O'z familiya va ismingiz orqali guruhingizni aniqlab, quyida yuborilgan dars jadvali orqali o'qish vaqtlarini bilib olasiz.✏️ Eslatma! ℹ️ Masofaviy ta'lim shaklining "Yurisprudensiya" ta'lim yo'nalishiga hujjat topshirgan lekin "Orientation week" mashg'ulotlarida qatnashmaganligi uchun ushbu ro'yxatda F.I.Sh. chiqmagan talabalar B-118 xonaga
TIU Faculty of Law
20 Sept, 04:51
forwarded from @tiu_edu
🎓1-KURS TALABALARI UCHUN ORIENTATION WEEK.Hurmatli talabalar!Tashkent International University’da 1-kurs talabalari uchun Orientation Week — tanishuv haftaligi tashkil etiladi.💻 Masofaviy ta’lim shakli 🗓 21–22-sentabr 🕜 13:30–18:00🎉 Orientation Week ochilish marosimi: 🗓 21-sentabr 🕐13:00🏫 Kunduzgi ta’lim shakli 🗓 23–25-sentabr 🕜 13:30–18:00🎉Orientation Week ochilish marosimi: 🗓23-sentabr 🕐13:00


TIU Faculty of Law
18 Sept, 15:44
forwarded from @tiu_edu
⚖️TANISHING —YURISPRUDENSIYA FAKULTETI DEKANI.Rixsiboyev Nozimbek Abdurаsul o‘g‘li — Tashkent International University Yurisprudensiya fakulteti dekani.Yurisprudensiya fakulteti – huquqiy bilimlarni chuqur egallaydigan, adolatli va qonun ustuvorligini ta’minlaydigan yetuk mutaxassislarni tayyorlaydigan ilmiy maskandir.Bu yo‘nalishda fakultet dekani talabalarda chuqur huquqiy bilim, amaliy ko‘nikma va kasbiy fikrlashni shakllantirish, ta’lim jarayonini takomillashtirish hamda malakali yuridik mutaxassislarni tayyorlashga e’tibor qaratadi.💬 «Huquqni bilish — o‘z huquq va mas’uliyatingni anglashdan boshlanadi.»🇺🇿 TIU — bilim, tajriba va xalqaro imkoniyatlar uyg‘unlashgan maskan!💻Instagram 🎞YouTube 📝Facebook


TIU Faculty of Law
17 Sept, 11:48
forwarded from @tiu_edu
🎓TANISHING — AKADEMIK ISHLAR BO'YICHA PROREKTOR.Absalamov Akram Tolliboyevich — Tashkent International University akademik ishlari bo‘yicha prorektor.TIUda o‘quv jarayonining samarali tashkil etilishi, ta’lim sifatining monitoringi va o‘quv-uslubiy faoliyatni rivojlantirish yo‘nalishlariga mas’ul.⚡️Sifatli ta’lim — puxta tashkil etilgan jarayon, zamonaviy yondashuv va doimiy rivojlanishdan boshlanadi.🇺🇿 TIU — bilim, tajriba va xalqaro imkoniyatlar uyg‘unlashgan maskan!💻Instagram 🎞YouTube 📝Facebook 📝Telegram 🌐Web-site 🕊 X


TIU Faculty of Law
17 Sept, 10:40
forwarded from @tiu_edu
📊TANISHING — YOSHLAR MASALALARI VA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BO‘YICHA BIRINCHI PROREKTOR.Kurbanov Bahodir Ne'matullaevich — Tashkent International University yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori.Talabalar uchun to‘garaklar, loyihalar va turli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va universitetda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish bo‘yicha faoliyat olib boradi.💡 Yoshlar — universitetning buguni va kelajagi. Ularning g‘oyasi, tashabbusi va intilishi qo‘llab-quvvatlangan muhitda katta imkoniyatlar yuzaga keladi.🇺🇿 TIU — bilim, tajriba va xalqaro imkoniyatlar uyg‘unlashgan maskan!💻Instagram 🎞YouTube 📝Facebook


TIU Faculty of Law
17 Sept, 06:25
forwarded from @tiu_edu
⚡️TANISHING — TASHKENT INTERNATIONAL UNIVERSITY REKTORI.Yuldashev Iskandar Baxramovich — Tashkent International University rektori.Rektor — universitetning umumiy faoliyati, strategik rivojlanishi va boshqaruvi uchun mas’ul bo‘lgan rahbar.Rektor rahbarligida universitetning ta’lim, ilmiy faoliyat, xalqaro hamkorlik va talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarini rivojlantirish yo‘nalishlari amalga oshiriladi.🏆«Har bir universitetning rivoji ortida kelajakni ko‘ra oladigan, bugungi qarorlari bilan ertangi imkoniyatlarga yo‘l ochadigan rahbar turadi.»🇺🇿 TIU — bilim, tajriba va xalqaro imkoniyatlar uyg‘unlashgan maskan!💻Instagram 🎞YouTube 📝Facebook


TIU Faculty of Law
15 Sept, 09:46
forwarded from @tiu_edu
🇺🇿 “MUSTAQIL O‘ZBEKISTON — MENING FAXRIM!”✍️O‘z fikringizni ijodiy tarzda ifoda etishga tayyormisiz?Tashkent International University talabalari o‘rtasida “Mustaqil O‘zbekiston — Mening faxrim!” mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi.✅Tanlov orqali talabalar: — O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi taraqqiyot yo‘lini; — Bugungi O‘zbekistonning yutuq va imkoniyatlarini; — Yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlarni; — Vatan ravnaqi yo‘lidagi o‘z qarash va mulohazalarini ijodiy tarzda ifoda etishlari mumkin.🎯Tanlovda o‘zining ijodiy fikrlashi, mustaqil yondashuvi va mazmunli inshosi bilan ishtirok etishni istagan barcha talabalarni faol qatnashishga chorlaymiz!🥇Eng yaxshi ishlar mualliflari diplom va esdalik


TIU Faculty of Law
15 Sept, 06:02
🎓 Universitetimiz dotsenti “Minbar” tok-shousida ishtirok etdi⚖️Universitetimizning “Huquqiy fanlar” kafedrasi dotsenti G‘ulomjon Hakimov “Mahalla” telekanalining “Minbar” tok-shousida ishtirok etdi. 📢 “Biznesga keng yo‘l — byurokratiyadan xoli tadbirkorlik sari” mavzusiga bag‘ishlangan dasturda tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni kamaytirish hamda sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. 💡 Dastur davomida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi. 🎓 Bunday mavzulYouTube"Biznesga keng yo'l" - byurokratiyadan holi tadbirkorlik sari | MINBAR (11.09.2026)Rasmiy sayt: https://mtrk.uz/ Telegram: https://t.me/MahallaTelekanali Instagram:https://www.instagram.com/mahallatelekanali/ Facebook: https://www.facebook.com/people/Mahalla-telekanali/61559517471180/
TIU Faculty of Law
10 Sept, 12:09
forwarded from @tiu_edu
📚KITOB — TAFAKKUR, HUQUQIY ONG VA KELAJAKKA YO‘LDIR!Tashkent International Universityda “Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida “Yuridik adabiyotlar publish” nashriyoti tomonidan huquqiy adabiyotlar yarmarkasi tashkil etildi.⚖️ Yarmarka davomida talabalar qonunchilikka oid nashrlar, huquqiy madaniyat va tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiluvchi adabiyotlar, jinoyat va fuqarolik huquqi yo‘nalishidagi manbalar hamda zamonaviy huquqshunoslikka oid kitoblar bilan yaqindan tanishdilar.📖 Tadbir talabalarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, dunyoqarashini kengaytirish va mutolaa madaniyatini rivojlantirish uchun foydali imkoniyat bo‘ldi.✨Chuqur bilim — kuchli huquqiy tafakkurdan boshlanadi.💻Instagram




TIU Faculty of Law
9 Sept, 08:41
forwarded from @tiu_edu
❗️❗️❗️❗️❗️ KITOB YARMARKASI🔥 Talabalarimizning so‘rov va takliflari asosida 10-sentyabr kuni Toshkent Xalqaro Universitetida yuridik adabiyotlar yarmarkasi o‘tkaziladi.📆 2026-yil 10-sentyabr, soat 10:00📚Yarmarka “Yuridik adabiyotlar publish” nashriyoti tomonidan tashkil etiladi. Unda nashriyotning eng so‘nggi kodekslari, huquqiy sharhlari va yuridik yo‘nalish talabalari uchun mo‘ljallangan darsliklari taqdim etiladi.👨⚖️ Yarmarkaga TIU talabalari hamda yuridik sohaga qiziqadigan barcha ishtirokchilar taklif etiladi.🔜Yarmarka soat 14:00 gacha davom etadi.Manzil: Toshkent Xalqaro


TIU Faculty of Law
7 Sept, 12:37
Hurmatli talabalar!Toshkent shahrida talabalarning kundalik transport harakatini o‘rganish maqsadida qisqa so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.📲 Botga kirib: • universitetingizni tanlang; • qayerdan yo‘lga chiqishingizni belgilang; • foydalanadigan transportingizni tanlang; • yo‘lga chiqish vaqtingizni ko‘rsating; • so‘rovnomani yuboring. ⏱️ To‘ldirish atigi bir necha daqiqa vaqt oladi. ✅ Har bir talaba so‘rovnomani bir marta to‘ldiradi. Zarur bo‘lsa, keyinchalik javoblarini yangilashi mumkin. Sizning javoblaringiz Toshkent shahrida talabalar uchun transport harakatini yaxshiroq tahlil qilishga yordam beradi.👇 So‘rovnomada qatnashish uchun botga kiring: @student_coddbot
TIU Faculty of Law
7 Sept, 09:44
forwarded from @tiu_registratoroffice
⚠️Hurmatli TIU da tahsil olayotgan talabalar 👨🎓📣 2026–2027-o‘quv yili uchun to‘lov-shartnomasini mystudent.uz platformasi orqali yuklab olishingiz mumkin.❗️Eslatma! To‘lov-shartnomasini kursdan-kursga muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar yuklab olishlari mumkin. Joriy o'quv yilidan boshlab Universitetning hisob raqami APEX BANKga o'tkazilgan▶️ Shartnomani yuklab olish tartibi bilan quyidagi video qo‘llanma orqali tanishishingiz mumkin.Murojaatlar uchun: @tiu_studentservis @tiu_minisemestr @hemis_admintiu😎 - BILIM VA IMKONIYATLAR BIRLASHGAN MASKAN!O‘quv jarayoni, shartnoma, imtihonlar va boshqa muhim e’lonlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!📣 @tiu_registratoroffice
TIU Faculty of Law
3 Sept, 06:45
forwarded from @tiu_edu
🔈 DIQQAT! Hurmatli talabalar!📚 O‘QISH BOSHLANISHI VA ORIENTATION WEEK SANALARI.Yangi 2026/2027 o‘quv yilining boshlanish sanalari ta’lim shakli va bosqichga qarab quyidagicha:📌 1–bosqich masofaviy ta’lim 21–22 sentabr kunlari Orientation Week o‘tkaziladi. Kampusda offline formatda.📌 1–bosqich kunduzgi ta’lim 23–26 sentabr kunlari Orientation Week o‘tkaziladi. Kampusda offline formatda.📌 2–3–4 bosqich kunduzgi ta’lim 7 sentabrdan o‘qish boshlanadi.📌 2–3–4 bosqich masofaviy ta’lim 14 sentabrdan o‘qish boshlanadi.


TIU Faculty of Law
31 Aug, 04:44
forwarded from @tiu_edu
Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar! 🇺🇿Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 🎉🦅 Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ boyligi, milliy g‘ururi va farovon kelajagimizning mustahkam poydevoridir.✨ Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va barcha ezgu maqsadlaringiz yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch va xalqimiz farovon bo‘lsin! 🇺🇿Hurmat bilan, 🇺🇿 Tashkent International University jamoasi.💻Instagram 🎞YouTube 📝Facebook


TIU Faculty of Law
28 Aug, 06:02
📣 Huquqiy bilim va inson qadri — ustuvor maqsad🌟 Universitetimiz «Huquqiy fanlar» kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi G‘ulomjon Turg‘unpo‘latovich Xakimov «Mahalla» telekanalining «Minbar» tok-shousida ishtirok etdi. Mazkur ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda «Biznesga byurokratiyasiz muhit: tadbirkorlik faoliyatidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar» mavzusi muhokama qilindi.⚖️ Ko‘rsatuv davomida G‘.T. Xakimov mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, biznes yuritish uchun qulay va erkin huquqiy muhit yaratish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni kamaytirish hamda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida amalga



TIU Faculty of Law
19 Aug, 15:22
📚 Huquqiy bilim — huquqiy jamiyat poydevori! ⚖️🧠 Huquqiy bilim va huquqiy madaniyatni oshirish — har bir fuqaroning jamiyatdagi faol ishtiroki uchun muhim omildir. 🇺🇿📜 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 202-son qaroriga asosan, Adliya vazirligi tomonidan aholining huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyati yaratilgan ✅📢 Shu munosabat bilan fakultetimiz talabalarini test.adliya.uz platformasi orqali o‘zlarining huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazishga taklif qilamiz! 💻📝🚀 Testni bajaring! Bilimlaringizni baholang! 📖 Huquqiy savodxonligingizni yanada oshiring!👉https://test.adliya.uz/ 🌐⚖️ Huquqiy madaniyatni birgalikda yuksaltiraylik!
TIU Faculty of Law
17 Aug, 06:25
forwarded from @tiu_registratoroffice
⚠️Hurmatli TIU da tahsil olayotgan talabalar 👨🎓📣 2026–2027-o‘quv yili uchun to‘lov-shartnomasini mystudent.uz platformasi orqali yuklab olishingiz mumkin.❗️Eslatma! To‘lov-shartnomasini kursdan-kursga muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar yuklab olishlari mumkin. Joriy o'quv yilidan boshlab Universitetning hisob raqami APEX BANKga o'tkazilgan▶️ Shartnomani yuklab olish tartibi bilan quyidagi video qo‘llanma orqali tanishishingiz mumkin.Murojaatlar uchun: @tiu_studentservis @tiu_minisemestr @hemis_admintiu😎 - BILIM VA IMKONIYATLAR BIRLASHGAN MASKAN!O‘quv jarayoni, shartnoma, imtihonlar va boshqa muhim e’lonlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!📣 @tiu_registratoroffice
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
