Latest posts

ToshDO'TAU/Ma'naviyat
22 Sept, 17:03
forwarded from @akhmatovnagulnoza
🔠🆑🔠🔠🅰️🔠🔠🔠🔠 📌Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar ishtirokida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.👥Uchrashuv davomida yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.❗Shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va turli salbiy holatlarning oldini olish, yotoqxonada ichki tartib-qoidalarga rioya etish,
ToshDO'TAU/Ma'naviyat
22 Sept, 02:17
📅 Joriy yilning 21-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish hamda Ijtimoiy ish yo‘nalishlari talabalari va tyutorlari ishtirokida Adiblar xiyoboniga ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi.Tashrif davomida universitetga biriktirilgan buyuk mutafakkir va ulug‘ shoir Alisher Navoiy haykali poyida mazmunli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbirda Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy merosi, uning o‘zbek adabiyoti hamda ona tilimiz rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida fikr yuritildi.Talabalar tomonidan shoir ijodidan namunalar o‘qilib, asarlarida ilgari surilgan ezgulik, ilm-ma’rifat, insonparvarlik, adolat va vatanparvarlik g‘oyalari yuzasidan fikr almashildi.Mazkur tashrif talabalarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy adabiy merosimizga hurmatini yuksaltirish hamda
ToshDO'TAU/Ma'naviyat
21 Sept, 11:15
📢 “ENG YAXSHI TYUTOR” TANLOVI E’LON QILINADI!Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida tyutorlarning faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish hamda samarali mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi.🔹 Tanlovda universitetimizda faoliyat yuritayotgan tyutorlar ishtirok etishlari mumkin.🔹 Tanlov davomida tyutorlarning:— talabalar bilan olib borayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlari; — ta’lim-tarbiya jarayonidagi faolligi; — tashabbuskorligi va innovatsion yondashuvlari; — talabalar bilan ishlash samaradorligi; — amalga oshirgan loyihalari va erishgan natijalari baholanadi.🌟 Aziz tyutorlar!O‘z faoliyatingiz, tashabbuslaringiz va yutuqlaringizni namoyon eting hamda “Eng yaxshi tyutor” nomi uchun munosib ishtirok eting!Eng faol, tashabbuskor va fidoyi tyutorlar
ToshDO'TAU/Ma'naviyat
21 Sept, 10:19
Bugun, 21-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bosh murabbiyi Roziya Alimboyeva tomonidan talabalar ishtirokida navbatdagi ertalabki badantarbiya mashg‘uloti o‘tkazildi.🏋️♀️ Mashg‘ulot davomida talabalarga umumrivojlantiruvchi mashqlar bajarilib, tezkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan maxsus mashqlar amalga oshirildi.✅ Talabalar mashg‘ulotda faol ishtirok etib, jismoniy tayyorgarliklarini yanada mustahkamladilar.https://t.me/toshdotau_m
ToshDO'TAU/Ma'naviyat
20 Sept, 17:30
🔹 Joriy yilning 19-sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tyutorlari tomonidan 1- va 2-sonli talabalar turar joylarida navbatchilik tashkil etildi.✅ Navbatchilik davomida talabalar turar joyidagi ichki tartib-qoidalarga rioya etilishi, xonalar va umumiy hududlarning tartibi hamda tozaligi nazorat qilindi. Shuningdek, talabalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.📌 Bunday navbatchiliklar talabalar uchun xavfsiz, ozoda va tartibli muhitni ta’minlash, shuningdek, TTJda belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etilishini nazorat qilishga xizmat qiladi.https://t.me/toshdotau_m
ToshDO'TAU/Ma'naviyat
20 Sept, 12:35
Joriy yilning 19-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Filologiya yo‘nalishi 1-bosqich talabalari guruh tyutori Eshonqulov Ikrom boshchiligida buyuk adib va shoir Cho‘lpon hayoti va ijodiga bag‘ishlangan spektaklni tomosha qilish uchun teatrga tashrif buyurdilar.🎭 Spektakl davomida talabalarga Cho‘lponning hayoti, ijodiy faoliyati, milliy uyg‘onish davridagi o‘rni hamda adabiy merosi sahna asari orqali taqdim etildi.Mazkur tashrif talabalarning teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, adabiy-estetik tafakkurini rivojlantirish va buyuk adiblar ijodini yanada chuqurroq o‘rganishiga xizmat qildi.https://t.me/toshdotau_m
ToshDO'TAU/Ma'naviyat
18 Sept, 14:52
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Milliy liboslar kuni” doirasida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan an’analarni asrab-avaylash hamda milliy liboslarimizni keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.Xususan, Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi 101-guruh talabalari tashabbusda faol ishtirok etib, universitet hududida milliy liboslarda namoyish va chiqishlar bilan qatnashdilar.Milliy liboslarimiz xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniyati, nozik didi va betakror urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho ma’naviy merosdir.Talabalarning milliy liboslarda ishtirok etishi yosh avlod qalbida milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va faxr tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.https://t.me/toshdotau_m
ToshDO'TAU/Ma'naviyat
18 Sept, 08:29
🔸 Joriy yilning 18-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich 101-guruh talabalari tyutori Tulaganov Baxtiyor Abdurashidovich hamrohligida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdilar.📖 Tashrif davomida talabalar kutubxonaning boy imkoniyatlari, zamonaviy axborot-resurslari hamda bebaho kitob xazinasi bilan yaqindan tanishdilar.✨ Mazkur tashrif talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.https://t.me/toshdotau_m
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
