gram news
Toshkent viloyati sport boshqarmasi channel avatar

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

@toshvil_sport

Toshkent viloyati sport boshqarmasi Facebook: https://bit.ly/3okUvkj Instagram: Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0 Telefon: +998 (90) 3203315 E-mail: toshvilsport@mail.uz e-xat: toshvilsport@exat.uz Murojaat @tvsportmurojaatbot

ProjectsUZSports

3,430subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Toshkent viloyati sport boshqarmasi

    22 Sept, 15:53

    #fursat | 22.09.2026 | 18:00 📌CHIRCHIQ SHAHRIYOSHLAR O‘RTASIDA BIATLON BO‘YICHA O‘ZBEKISTON CHEMPIONATIIjtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling! Telegram | Instagram YouTube | Facebook
  • Toshkent viloyati sport boshqarmasi

    22 Sept, 15:53

    #fursat | 22.09.2026 | 18:00 📌CHIRCHIQ SHAHRIO‘ZBEKISTON KUBOGI DOIRASIDAGI RESPUBLIKA SARALASH MUSOBAQASIIjtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling! Telegram | Instagram YouTube | Facebook
  • Toshkent viloyati sport boshqarmasi

    22 Sept, 14:39edited

    DIQQAT, BO‘SH ISH O‘RINLARI!Yangiyo‘l shahar sport maktabida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari uchun munosib va malakali nomzodlarni ishga taklif etamiz.Sport sohasida faoliyat yuritishni istagan, o‘z bilim va tajribasini yosh avlod tarbiyasi hamda ularning sportdagi yutuqlariga yo‘naltirishni maqsad qilgan fuqarolarni hamkorlikka chorlaymiz.Siz ham sport sohasida o‘z faoliyatingizni boshlang va yoshlar kelajagiga munosib hissa qo‘shing!☎️ Murojaat uchun telefon: +998936031111
  • Toshkent viloyati sport boshqarmasi

    22 Sept, 12:17

    forwarded from @minsportuz

    Biatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘olib va sovrindorlari aniqlandiToshkent viloyati Chirchiq shahrida yoshlar o‘rtasida sportning yozgi biatlon turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqasi o‘tkazildi.O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu musobaqada respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 80 ga yaqin sportchi uchta mashqda bellashdi.Musobaqada sportchilardan turli masofalarda belgilangan joyga yugurib hamda rollerda harakatlangan holda kelishlari va pnevmatik miltiqdan nishonni mo‘ljalga olishlari talab etildi. Bellashuvda qizlar “5 km – masstart”, “7,5 km – roller-sprint” va “estafeta” mashqlarida 1 marotaba yotgan va tik turgan holda nishonga qarata o‘q uzdilar. Erkak sportchilar esa “6 km – masstart”, “10 km – roller-sprint” va “estafeta” mashqlarida 1 marotaba
  • Toshkent viloyati sport boshqarmasi

    22 Sept, 12:03

    AICHI–NAGOYA 2026: TOSHKENT VILOYATI SPORTCHILARI — OSIYO O‘YINLARINING KUCHLI SAKKIZTALIGIDA!Aichi–Nagoya 2026 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Qozog‘iston terma jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning kuchli sakkizta jamoasi qatoridan joy oldi.Mazkur muhim g‘alabaga Toshkent viloyati vakillari — Yuqorichirchiq tumani sport maktabi sportchilari ham munosib hissa qo‘shdilar.Dastlabki ikki bahsda imkoniyat boy berilganiga qaramay, O‘zbekiston terma jamoasi bahsning keyingi uchta uchrashuvida ketma-ket g‘alaba qozonib, 3:2 hisobida muhim zafarni qo‘lga kiritdi.Ayniqsa, Toshkent viloyati sport maktabi tarbiyalanuvchilarining xalqaro maydondagi munosib ishtiroki viloyat sporti uchun alohida ahamiyatga ega.Shu tariqa, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Aichi–Nagoya 2026 Osiyo o‘yinlarining kuchli sakkizta jamoasi safidan
  • Toshkent viloyati sport boshqarmasi

    22 Sept, 10:03

    Aichi-Nagoya-2026: Toshkent viloyatidan 48 nafar sportchi ishtirok etmoqdaAyni kunlarda Yaponiyada XX yozgi Osiyo o‘yinlari — Aichi-Nagoya-2026 musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.Mazkur nufuzli sport musobaqasida Toshkent viloyatidan 18 ta sport turi bo‘yicha 48 nafar sportchi O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda.Ular orasida Akbar Jo‘rayev, Aytjan Xalmaxanov, Svetlana Saidova (Osipova), Feruza Kazakova hamda To‘rabek Habibullayev kabi taniqli sportchilarimiz ham bor.E’tiborli jihati, To‘rabek Habibullayev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori sifatida maydonga chiqdi.Toshkent viloyati sportchilari Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib, yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.Sportchilarimizga omad va zafarlar tilaymiz!
  • Toshkent viloyati sport boshqarmasi

    22 Sept, 09:40

    HAMZA MFYDA YANGI SPORT MAYDONCHASI OCHILDIChinoz tumani Hamza MFYda “Tashabbusli budjet” loyihasi asosida bunyod etilgan yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.Sport maydonchasining ochilish marosimi sport maktabi raxbariyati, mahalla nuroniylari, faollari, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazildi.Mazkur sport inshooti mahalla yoshlarini ommaviy sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.Tadbir davomida nuroniylar tomonidan yoshlarni sportga qiziqtirish, faol va sog‘lom avlodni tarbiyalash muhimligi ta’kidlandi.
  • Toshkent viloyati sport boshqarmasi

    21 Sept, 12:04

    QILICHBOZLIK BO‘YICHA TOSHKENT VILOYATI KUBOGI O‘TKAZILMOQDAToshkent viloyati Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida qilichbozlik sport turining shpaga, sablya va rapira yo‘nalishlari bo‘yicha U-23 yoshlar o‘rtasida Toshkent viloyati kubogi musobaqasi o‘tkazilmoqda.Musobaqada 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar ishtirok etib, bahslar davomida ularning texnik-taktik mahorati, jismoniy tayyorgarligi va sport salohiyati sinovdan o‘tkazilmoqda.Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi — sportchilarning mahoratini oshirish, iqtidorli yoshlarni saralab olish hamda U-23 yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston kubogida Toshkent viloyati sharafini himoya qiladigan terma jamoa tarkibini shakllantirishdan iborat.
  • Toshkent viloyati sport boshqarmasi

    21 Sept, 11:01

    forwarded from @minsportuz

    Abdul Vahhob Rashidov Aichi-Nagoyada Osiyo oʻyinlarining oltin medalini qabul qilib oldi!Avval xabar berganimizdek, Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida oʻtayotgan XX Osiyo oʻyinlarida karate boʻyicha vakilimiz Abdul Vahhob Rashidov -67 kg vazn toifasida chempionlikni qoʻlga kiritdi.Ayni daqiqalarda musobaqaning rasmiy taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi. Unda yaponiyalik Yugo Kozakini magʻlub etgan sportchimizga musobaqaning oltin medali tantanali ravishda topshirildi.Medal topshirish marosimida gʻolibimiz sharafiga Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi yuqoriga koʻtarilib, davlatimiz madhiyasi Aichi-Nagoyada baralla yangradi.Eslatib oʻtamiz, ushbu muvaffaqiyat delegatsiyamiz hisobidagi dastlabki oltin medal hisoblanadi.Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
  • Toshkent viloyati sport boshqarmasi

    21 Sept, 04:10

    #bolalar_futboliFutbol bo‘yicha 2010 yilda tug‘ilganlar o‘rtasida viloyat terma jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining Toshkent viloyati bosqichi U16🥇Yangiyo'l shahar SM 🥈Yuqori chirchiq tuman SM 🥉Bo'ka tuman SM
    540video111Open in Telegram