Latest posts

Toshkent viloyati hokimligi
22 Sept, 14:45
#muloqotToshkent harbiy okrugi tasarrufidagi Angren garnizonida 4-mavsum “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘ini ishtirokchilari bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Toshkent viloyati hokimligi
22 Sept, 13:45
#mavsum_yumushlariSamarali mehnat — yuqori hosil garoviBo‘ka tumanidagi paxta dalalarida mavsum qizg‘in pallaga kirdi. “Oybek Bo‘ston Agro” fermer xo‘jaligi dalalarida “Shinjon” usulida Xitoy chigiti ekilib, yuqori hosildorlikka erishilmoqda.Ayni paytda dalalarda gektaridan 80 sentnerdan yuqori hosil olinmoqda. Terim jarayonlari esa zamonaviy maxsus texnikalar yordamida amalga oshirilmoqda.Albatta, bunday mo‘l xirmon yil davomida olib borilgan samarali agrotexnik tadbirlar va ilmiy yondashuvning amaliy natijasi deyish mumkin.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Toshkent viloyati hokimligi
22 Sept, 12:03
#qabul_vaqtiXalq qabulxonasida aholi murojaatlari ko‘rib chiqildiToshkent viloyati Xalq qabulxonasida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Otabek Tursunov ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.Ochiq muloqot davomida fuqarolarning bandlik, uy-joy, yer munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid murojaatlari tinglandi.Qabulning muhim jihati – murojaatlarni shunchaki tinglash bilan cheklanmay, ularning amaliy yechimini topishga e’tibor qaratilgani bo‘ldi. Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi.Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar yuzasidan esa mutasaddilarga joyiga chiqib, holatni o‘rganish, muammoni bartaraf etish va natijasi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish topshirildi.✅Telegram 🌐Website2,540Open in Telegram
Toshkent viloyati hokimligi
22 Sept, 10:58
#musobaqaAichi-Nagoya-2026: Toshkent viloyatidan 48 nafar sportchi ishtirok etmoqdaAyni kunlarda Yaponiyada XX yozgi Osiyo o‘yinlari — Aichi-Nagoya-2026 musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.Mazkur nufuzli sport musobaqasida Toshkent viloyatidan 18 ta sport turi bo‘yicha 48 nafar sportchi O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda.Ular orasida Akbar Jo‘rayev, Aytjan Xalmaxanov, Svetlana Saidova (Osipova), Feruza Kazakova hamda To‘rabek Habibullayev kabi taniqli sportchilarimiz ham bor.E’tiborli jihati, To‘rabek Habibullayev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori sifatida maydonga chiqdi. Toshkent viloyati sportchilari Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib, yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.Sportchilarimizga omad va zafarlar tilaymiz!✅Telegram 🌐Website2,350Open in Telegram
Toshkent viloyati hokimligi
22 Sept, 10:04
forwarded from @rasmiy_axborot_official
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish1,720Open in Telegram
Toshkent viloyati hokimligi
22 Sept, 09:37
#sport🏆 “Vatan tayanchi” – sport maydonidaChirchiq shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolari o‘rtasida sportning yozgi biatlon turi bo‘yicha Respublika chempionati o‘tkazildi.Musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 50 nafardan ortiq yosh sportchi g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.Bahslarda Toshkent viloyatidan saralab olingan “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari ham munosib ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va nishonga aniq urish mahoratini namoyish etdi.Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.Mazkur chempionat yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.✅Tele3,800Open in Telegram
Toshkent viloyati hokimligi
22 Sept, 08:47
#muloqotToshkent viloyati va Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni o‘rtasida huquqiy hamkorlik masalalari muhokama qilindiToshkent viloyati adliya boshqarmasida Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Adliya departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Muloqot davomida tomonlar o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.Uchrashuvning muhim yo‘nalishlaridan biri advokatura institutining investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rniga bag‘ishlandi.Ayni paytda Toshkent viloyatida Xitoy Xalq Respublikasi ishtirokidagi 1 500 ga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda. Ular savdo, sanoat, xizmat ko‘rsatish, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda ish olib bormoqda.Bu ko‘rsatkich O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar2,560Open in Telegram
Toshkent viloyati hokimligi
22 Sept, 06:49
#totuvlikO‘rta Chirchiq tumanida uzoq yillardan buyon istiqomat qilib kelayotgan koreys diasporasining tarixi, bugungi hayoti, milliy qadriyatlari va jamiyatimiz rivojiga qo‘shayotgan hissasi — “O‘zbekiston 24” telekanalining “O‘zbekiston vaqti bilan” ko‘rsatuvida.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Toshkent viloyati hokimligi
22 Sept, 03:37
forwarded from @sshmirziyoyeva
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное2,420Open in Telegram
Toshkent viloyati hokimligi
21 Sept, 14:36
#eslatma❗️Toshkent viloyatida 2026-yil 3-oktabrdan boshlab, Xalq deputatlarining viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi to‘lov taʼriflari amal qiladi.✍️ Eslatma o‘rnida: Isteʼmolchilar 3-oktabr sanasigacha bo‘lgan davrda oldindan to‘lovlarni oldingi arzon narx bo‘yicha amalga oshirish imkoniga egalar.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Toshkent viloyati hokimligi
21 Sept, 13:40
forwarded from @rasmiy_axborot_official
👩🏻🏫 Turizm va mehmondo'stlik sohasi uchun yangi onlayn ta'lim platformasi ishga tushdiXalqaro turizm akademiyasining Samarqand kampusi turizm va mehmondo‘stlik sohasi mutaxassislari uchun rasmiy onlayn ta’lim platformasi hamda mobil ilovasini ishga tushirdi.Endi tinglovchilar istalgan joyda, o‘zlariga qulay vaqtda zamonaviy kasblarni o‘rganish imkoniyatiga ega.📌 Onlayn ta’lim yo‘nalishlari:🔷Front Office — mehmonlarni kutib olish va joylashtirish, bron qilish hamda mijozlar bilan xalqaro standartlar asosida ishlash. 🔷Housekeeping — mehmonxona xo‘jaligini yuritish, xonalar tozaligi va sanitariya-gigiyena talablarini professional darajada boshqarish.🗣️Platforma imkoniyatlari: 🔵amaliy va tushunarli video
Toshkent viloyati hokimligi
21 Sept, 12:24
#qabul_vaqtiFuqarolar murojaatlari tinglandiNurafshon shahridagi viloyat Xalq qabulxonasi binosida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Arzikulovning navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.Qabul davomida aholi tomonidan bandlik va mehnat munosabatlari, ijtimoiy himoya, shuningdek, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.Fuqarolarning har bir murojaati alohida ko‘rib chiqilib, imkon qadar masalalarni joyida hal etishga e’tibor qaratildi. Murojaatlarning aksariyati qabul jarayonining o‘zida ijobiy yechim topdi.Qo‘shimcha o‘rganish va joyiga chiqishni talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Ularning ijrosini ta’minlash, belgilangan muddatlarda natijasi haqida ma’lumot taqdim etish bo‘yicha mas’ul ijrochilar biriktirilib, murojaatlar nazoratga olindi.✅Telegram3,530Open in Telegram
Toshkent viloyati hokimligi
21 Sept, 08:57
#tafsilotXitoydagi samarali uchrashuvlar va amaliy muloqotlar Toshkent viloyatining investitsiyaviy salohiyatini yanada keng namoyon etdi.Tafsilotlar Nurafshon TV telelavhasida.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Toshkent viloyati hokimligi
21 Sept, 07:11
#taqdimotAngrenda 2026–2027 o‘quv yili uchun ta’lim strategiyasi taqdim etildiAngren shahridagi 40 ta umumta’lim maktabida 2026–2027 o‘quv yilida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan bir yillik ta’lim strategiyasi pedagoglar ishtirokida taqdim etildi.Taqdimotlar davomida strategiyaning 5 ta ustuvor yo‘nalishi, ularning aniq maqsad va vazifalari, amalga oshirish mexanizmlari hamda kutilayotgan natijalari batafsil tushuntirildi.Jarayonning asosiy e’tibori strategiyani qog‘ozdagi reja sifatida emas, balki maktablardagi ta’lim jarayoniga bevosita tatbiq etiladigan amaliy dastur sifatida shakllantirishga qaratildi.Shu bois pedagoglar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, har bir yo‘nalish yuzasidan fikr-mulohazalar, taklif va mulohazalar tinglandi.Ta’lim strategiyasining izchil amalga oshirilishi orqali maktablarda ta’lim sifati va pedagoglarning kasbiy3,510Open in Telegram
Followers write to the bot, you answer by reply, your account stays hidden. Created in one tap.
How it works →Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
