Latest posts

TSTU.UZ | NEWS
20 Sept, 09:14
forwarded from @tdtu_talabalar_shaharchasi
#TONGIBADANTARBIYATalabalar shaharchasida talabalarning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.💪 Sog‘lom tana — sog‘lom aql!Bizni kuzatishda davom eting 🌟 Sahifalarimiz bu yerda
TSTU.UZ | NEWS
19 Sept, 17:42
Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktabrgacha uzaytirildi2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.Bu muddat: • bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar; • oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar; • oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.15-oktabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.
TSTU.UZ | NEWS
18 Sept, 11:00
❗️ Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladiHukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.🔰 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.📌 Chegirma davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi.❌ Chegirma: ▪️ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlarida; ▪️ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida ; ▪️qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan
TSTU.UZ | NEWS
16 Sept, 12:20
forwarded from @tstu_official
Universitet dress-kodi — talabalik madaniyatining bir qismiOzoda va tartibli kiyinish — o‘ziga, atrofdagilarga hamda ta’lim muhitiga hurmat ifodasi. Universitet dress-kodiga rioya qilish zamonaviy talaba qiyofasini shakllantirish, kiyinishda did va madaniyatni namoyon etishdan boshlanadi.Universitet rasmiy sahifalari: 🌐 TSTU.uz | ✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook | 📹YouTube | ✈️News
TSTU.UZ | NEWS
13 Sept, 14:19
⚡️Ertaga, 14-sentabrdan boshlab Transport universitetida oʻquv jarayonlari boshlanadiBarcha bosqich talabalari uchun oʻquv grafigi asosida dars mashgʻulotlari boshlanadi. Fakultetlar tomonidan dars mashgʻulotlari jadvali eʼlon qilinmoqda.➡️ @TSTU_NEWS
TSTU.UZ | NEWS
11 Sept, 09:14
forwarded from @tstu_yoshlarittifoqi
🔴 #Saylov2026😀 Toshkent davlat transport universitetida fakultet yetakchilari va universitet koordinatorlari saylovi bo‘lib o‘tadi!🎓 Saylovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — faol, tashabbuskor va yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlarni aniqlash, talabalar manfaatlarini ifoda etuvchi munosib yetakchilarni shakllantirish hamda universitet hayotida yoshlarning faolligini yanada oshirish.📅15-sentabr — Fakultet yetakchilari saylovi 📅 16-sentabr — Universitet koordinatorlari saylovi👥 Saylovda universitetning faol, tashabbuskor va jamoatchilik ishlarida ishtirok etishga tayyor talabalari qatnashishi mumkin.📝 Saylovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish
TSTU.UZ | NEWS
11 Sept, 06:20
“Rektor stipendiyasi” uchun hujjatlar qabuli boshlandi!📝 Hujjatlar stipendiya nizomida belgilangan talablar asosida shakllantirilib, yig‘ma jild ko‘rinishida, tegishli imzo va muhrlar bilan tasdiqlangan holda topshirilishi lozim.📆 Hujjatlarni topshirish muddati: 14-sentabrdan 25-sentabrgacha 📍 Manzil: Universitet yangi binosi, 205-xona ⏰ Qabul vaqti: 09:00–17:00👉 Stipendiya nizomi
TSTU.UZ | NEWS
10 Sept, 08:05
forwarded from @tstu_official
Hurmatli abituriyentlar, talabalar va ota-onalar! Firibgarlardan ogoh bo‘ling!Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini universitet rahbariyati vakili, kafedra mudiri yoki boshqa mas’ul xodim sifatida tanishtirib, o‘qishga qabul qilish va ta’lim jarayoniga oid masalalarni pul evaziga hal qilishni taklif etayotgan shaxslardan ehtiyot bo‘ling.Jumladan, soxta akkaunt orqali talabaga murojaat qilib, o‘zini kafedra mudiri deb tanishtirgan shaxs keyingi kursga o‘tkazishda yordam berishni va’da qilgan va buning uchun pul talab qilgan holat kuzatildi.“O‘qishga kiritib qo‘yaman”, “Keyingi kursga o‘tkazib beraman”, “Baholaringizni to‘g‘rilab beraman” yoki “Masalangizni rahbariyat orqali hal qilaman” kabi va’dalarga ishonmang. Bunday takliflarni universitetning rasmiy murojaati sifatida qabul qilmang.Firibgarlik qurboniga aylanmaslik uchun quyidagilarga amal qiling: ➖ Akk
TSTU.UZ | NEWS
10 Sept, 05:30
TRANSPORT UNIVERSITETI TALABALARI UCHUN 🚆✈️🚗Ingliz tilini o‘qish, ish va kelajakdagi karyerangiz uchun o‘rganing.LangArt Educational Group’da siz uchun: 🎯 IELTS Preparation Reading • Listening • Writing • Speaking🎓 Master’s & PhD English Academic English • Writing • Research • Presentation🌍 General English Beginnerdan yuqori darajagacha⚙️ Engineering & Transport English Aviatsiya • Temir yo‘l • Avtomobil • Logistika • Qurilish • IT • Iqtisodiyot✅ Maqsadingizga mos dastur ✅ Individual yondashuv ✅ Oddiy yoki intensiv format
TSTU.UZ | NEWS
9 Sept, 09:24
👩🎓 Aziz talaba-qizlar!“Qizlarjon” klubi tomonidan yangi o‘quv yilidagi faoliyat, istiqboldagi tashabbuslar va talaba-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkaziladi.Yig‘ilishda klubning kelgusi rejalari, yangi g‘oya va loyihalar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Barcha talaba-qizlarni yig‘ilishda faol ishtirok etishga chorlaymiz!📆 14-sentabr ⏰ Soat 12:30 📍 Qizlar tashabbuslari va maslahat markazi
TSTU.UZ | NEWS
9 Sept, 06:33
Toʻlov-shartnomalarni kontrakt.edu.uz orqali onlayn olish boʻyicha videoqoʻllanma@TSTU_NEWS
TSTU.UZ | NEWS
8 Sept, 14:19
❗️Toʻlov-shartnomalarni kontrakt.edu.uz orqali onlayn olish boʻyicha izoh➖ Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi, uch tomonlama olib o’tirmang.➖ Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch
TSTU.UZ | NEWS
8 Sept, 12:47
forwarded from @tstu_online
#oqish_smenasi2026/2027 o'quv yili o'qish smenalariBakalavr kunduzgi ta'lim shakli2-, 4-kurslar - I-smena (8:00 dan) 1-, 3-kurslar - II-smena (13:00 dan)Magistratura1-, 2-kurslar - II-smena (13:00 dan)Bakalavr kechki ta'lim shakli1-, 2-kurslar - kechki smena (17:30 dan)Bakalavr sirtqi ta'lim shakliAlohida dars jadvali asosida
TSTU.UZ | NEWS
7 Sept, 13:08
forwarded from @abdulaziz_gulamov
Yangi o‘quv yili barchamiz uchun yangi g‘alabalar, yangi kashfiyotlar, yangi imkoniyatlar va yuksak marralar yili bo‘lsin! — Пусть новый учебный год станет для всех нас годом новых побед, новых открытий, новых возможностей и высоких достижений!Facebook | Instagram | Telegram
TSTU.UZ | NEWS
7 Sept, 10:00
📝 To‘lov-kontrakt va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun arizalar qabuli boshlandiToshkent davlat transport universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.Talabalar kontrakt.edu.uz platformasi orqali to‘lov-kontrakt shartnomalarini shakllantirishlari va yuklab olishlari mumkin.Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt, ya’ni super-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar ham mazkur platforma orqali ariza topshirishlari va shartnomalarini shakllantirishlari mumkin.Shartnomani rasmiylashtirish yoki yuklab olishda qiyinchilikka duch kelgan talabalar va abituriyentlar tegishli fakultet dekanatiga yoki universitetning Registrator ofisiga murojaat qilishlari mumkin.➡️ @TSTU_NEWS
TSTU.UZ | NEWS
7 Sept, 03:05
Yangi oʻquv yili ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda➡️ @TSTU_NEWS
TSTU.UZ | NEWS
6 Sept, 14:00
Toshkent davlat transport universitetiga kelish yoʻnalishlari➡️ @TSTU_NEWS
TSTU.UZ | NEWS
6 Sept, 05:01
forwarded from @tstu_official
🏛 Toshkent davlat transport universiteti yangi oʻquv yilining ochilish marosimiga taklif etadi!📆 7-sentabr ⏰ Soat 7:30 da 📍ManzilUniversitet rasmiy sahifalari: 🌐 TSTU.uz | ✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook | 📹YouTube | ✈️News
TSTU.UZ | NEWS
5 Sept, 07:00
Toshkent davlat transport universiteti 2026/2027 oʻquv yili dars va tanaffus vaqtlari⏰ 1-smena 1-para 8:00 dan 9:20 gacha (10 daqiqa tanaffus) 2-para 9:30 dan 10:50 gacha (10 daqiqa tanaffus) 3-para 11:00 dan 12:20 gacha (40 daqiqa tanaffus)⏰ 2-smena 1-para 13:00 dan 14:20 gacha (10 daqiqa tanaffus) 2-para 14:30 dan 15:50 gacha (10 daqiqa tanaffus) 3-para 16:00 dan 17:20 gacha (10 daqiqa tanaffus)⏰ Kechki smena 1-para 17:30 dan 18:50 gacha (10 daqiqa tanaffus) 2-para 19:00 dan 20:20 gacha➡️ @TSTU_NEWS
TSTU.UZ | NEWS
4 Sept, 14:30
Magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish to‘g‘risida2026/2027-o‘quv yili uchun magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlardan quyidagi ro‘yxatda keltirilgan hujjatlarni 7-sentabrdan 14-sentabrga qadar universitetning asosiy binosi 412-xonasida joylashgan Magistratura dekanatiga, ish vaqtida — 09:00 dan 18:00 gacha, belgilangan muddatdan kechiktirmasdan va to‘liq holda topshirishlari so‘raladi.1. Fuqarolik pasporti yoki ID-kartaning asli ko‘rsatiladi, nusxasi — 4 ta. 2. Doimiy turar joyi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nusxasi, ya’ni propiska ma’lumotnomasi my.gov.uz orqali olinadi — 2 ta. 3. Bakalavr diplomi va uning ilovasi asli. Agar abituriyent bakalavriat bosqichini davlat granti asosida tamomlagan bo‘lsa, diplomdan ko‘chirma taqdim etiladi. 4. Bakalavr diplomi va uning ilovasi nusxasi — 2 ta. 5. 3,5 × 4,5 sm hajmdagi rangli
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
