Latest posts

TATU | Rasmiy kanali
25 Sept, 16:00
#TATU #Kiberxavfsizlik🔐TATU Kiberxavfsizlik klubida yangi bosqich!🏆Klubning 20 nafarga yaqin ishtirokchisi o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunladi. Ular ta’lim davomida amaliy mashg‘ulotlarda bilimlarini sinovdan o‘tkazib, turli musobaqalarda faol ishtirok etdi.📌Natijalar: 💼Ishtirokchilarning aksariyati kiberxavfsizlik sohasida ishga joylashdi; 🏅Klub a’zolari CWES, CPTS, CDSA va Security+ sertifikatlarini qo‘lga kiritdi; 🤝Birgalikda ishlash, tajriba almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga asoslangan kuchli hamjamiyat shakllandi.🎓Dastur bitiruvchilariga Senior Member maqomi berildi. Endilikda ular yangi a’zolarga mentorlik qilish, tajribasini ulashish hamda klub tashabbuslarida ishtirok etish imkoniyatiga ega.🚀Klubga shu vaqtga qadar rahbarlik qilgan Quvonchbek Umurzoqov o‘qishni tamomlagani munosabati bilan o‘z vazifasini Shohjahon Abdumannonovga topshirdi.👏Bitiruvchilarimizni tabriklaymiz! Yangi guruhga esa klubdagi yangi bosqichida muvaffaqiyat tilaymiz!Bizni kuzating: 🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook




TATU | Rasmiy kanali
25 Sept, 12:41
#TATU #DualTalim #Energetika⚡️ENERGETIKA YO‘NALISHIDA DUAL TA’LIM: NAZARIYADAN AMALIYOTGACHAMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega muhandis kadrlar tayyorlash maqsadida dual ta’lim tizimi joriy etildi.Mazkur ta’lim modeli “Televizion texnologiyalar” fakulteti “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi tomonidan yetakchi energetika korxonalari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan: 🔵 “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ; 🔵“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ.🎓Dual ta’limga jalb etilgan 3- va 4-bosqich talabalari amaldagi elektr podstansiyalari hamda issiqlik energetikasi obyektlarida, real uskunalar bilan ishlagan holda, tajribali soha mutaxassislari rahbarligida amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda.💡Dual ta’lim orqali talabalar: 🔵nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish jarayonida mustahkamlaydi; 🔵zamonaviy energetika uskunalari bilan ishlashni o‘rganadi; 🔵tajribali muhandislardan amaliy tajriba oladi; 🔵ishlab chiqarish va texnika xavfsizligi madaniyatini o‘zlashtiradi; 🔵talabalik davridayoq real kasbiy muhitga moslashadi.🎯Asosiy maqsad — ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi orqali zamonaviy energetika tizimlarida samarali faoliyat yurita oladigan, amaliy kompetensiyalarga ega yuqori malakali muhandislarni tayyorlash.🤝Hamkor tashkilotlarga ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishdagi hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz!🎓Bilimdan tajribaga, tajribadan professional muhandislik sari!Bizni kuzating: 🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook




TATU | Rasmiy kanali
24 Sept, 17:07
#TATU #AWS #AWSAcademy #MasterKlass🏛TATUda AWS Academy bo‘yicha uchrashuv va master-klass24-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Amazon Web Services (AWS) vakili, AWS Academy bo‘yicha APAC va MENA mintaqalari rahbari (Singapur) Shin Teo tashrif buyurdi.🤝Tashrif davomida mehmon universitetning zamonaviy infratuzilmasi, jumladan, Fab Lab va Media markazi, shuningdek, ta’lim va texnologik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.🎓Shuningdek, TATU professor-o‘qituvchilari uchun AWS Academy yo‘nalishida maxsus master-klass tashkil etildi. Unda bulutli texnologiyalar, AWS ekotizimi, zamonaviy IT ko‘nikmalari hamda AWS Academy dasturining ta’lim jarayonidagi imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. 🌐Uchrashuv professor-o‘qituvchilarning xalqaro texnologik kompaniya vakillari bilan tajriba almashishi va AWS Academy doirasidagi yangi ta’lim imkoniyatlari bilan tanishishi uchun muhim platforma bo‘ldi.➖➖➖➖➖➖🏛В ТУИТ состоялись встреча и мастер-класс по AWS Academy24 сентября в Ташкентский университет информационных технологий имени Мухаммада ал-Хорaзмий с визитом прибыл представитель Amazon Web Services (AWS), руководитель направления AWS Academy в регионах APAC и MENA (Сингапур) Шин Тео.🤝В рамках визита гость ознакомился с современной инфраструктурой университета, в том числе с Fab Lab и Медиацентром, а также с образовательными и технологическими возможностями ТУИТ.🎓Также для профессорско-преподавательского состава ТУИТ был организован специальный мастер-класс по направлению AWS Academy. В ходе мероприятия участники получили информацию об облачных технологиях, экосистеме AWS, современных IT-навыках и возможностях программы AWS Academy в образовательном процессе. 🌐Встреча стала важной площадкой для обмена опытом между профессорско-преподавательским составом университета и представителями международной технологической компании, а также для ознакомления с новыми образовательными возможностями в рамках AWS Academy.Bizni kuzating: 🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook




TATU | Rasmiy kanali
24 Sept, 13:04
#videolavha💻 TUIT is nothing without….YOU🫵✈️ Telegram 🌐 Veb-sayt
TATU | Rasmiy kanali
24 Sept, 11:11edited
#tabassum_vaqtiUstoz: Nega darsga kechikib kelding? Talaba: ....✈️@tuituz_official
TATU | Rasmiy kanali
24 Sept, 08:22edited
#TATU #TUIT #XalqaroYoshlarFestivali🌐TATU talabasi — Xalqaro yoshlar festivalida!🇺🇿2026-yil 11–23-sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan “Xalqaro yoshlar festivali (MFM-2026)” da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi Miroqilov Davlatbek ishtirok etdi.🌐Festivalda 191 mamlakatdan jami 10 000 nafar ishtirokchi, jumladan O‘zbekiston Respublikasidan 261 nafar yosh qatnashdi.🤝Festival turli mamlakatlar yoshlarini birlashtirish, xalqaro hamkorlik va ochiq muloqot uchun maydon yaratish, shuningdek, yosh yetakchilarning tajriba almashishi hamda barqaror kelajak uchun ilg‘or amaliyotlarni muhokama qilishiga imkon yaratdi.✨Festival davomida talabamiz dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan tengdoshlari bilan tanishib, tajriba almashdi hamda O‘zbekiston va universitetimiz nomini munosib namoyon etdi.➖➖➖➖➖➖#TATU #Молодежь🌐Студент ТУИТ— участник Международного фестиваля молодежи!🇺🇿С 11 по 23 сентября 2026 года в городе Екатеринбурге Российской Федерации прошёл Международный фестиваль молодежи (МФМ-2026), в котором принял участие студент Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада ал-Хорaзмий Мирокилов Давлатбек.🌐В фестивале приняли участие 10 000 участников из 191 страны, в том числе 261 молодой человек из Республики Узбекистан.🤝Фестиваль стал площадкой для объединения молодежи разных стран, развития международного сотрудничества и открытого диалога, а также обмена опытом и обсуждения лучших практик для устойчивого будущего.✨В ходе фестиваля наш студент познакомился со сверстниками из разных уголков мира, обменялся опытом и достойно представил Узбекистан и наш университет.Bizni kuzating: 🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook



TATU | Rasmiy kanali
24 Sept, 07:45
#TUIT #Microsoft #AI #Certification #KOICA🚀Great Opportunity for TUIT Students!🎓Earn a Microsoft Azure AI Fundamentals (AI-900) Certification — completely free!Tashkent University of Information Technologies (TUIT), in collaboration with Kookmin University (Korea) and KOICA, is launching a new intake for the Microsoft Azure AI Fundamentals (AI-900) Certification Program.👨💻Who is this program for? The program is designed for students interested in Artificial Intelligence, Cloud Technologies, and Microsoft Azure who want to build a strong foundation in AI.🔵Program Benefits: 🔺Free study materials and learning resources 🔺Mentorship and guidance 🔺Practice tests and exam preparation support 🔺Full coverage of the official Microsoft certification exam fee 🔺Opportunity to earn a globally recognized Microsoft certification📌Important: The program is mainly based on self-study. Learning resources, mentorship, and support will be provided, while your progress will depend on your commitment and regular preparation.📅Application deadline: October 1🔗Apply now: https://forms.gle/ycPFpEpH8WriSw9h7📩For additional information: @Yusufjonov_Diyorbek1Bizni kuzating: 🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook


TATU | Rasmiy kanali
24 Sept, 06:14edited
#TATU #CyberSecurity #Kiberxavfsizlik #Ilm_bilan_erishilgan_yutuq🔥Kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro musobaqada — 1-o‘rin!🇺🇿Hack The Box platformasi tomonidan tashkil etilgan Holmes CTF 2026 xalqaro kiberxavfsizlik musobaqasida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan Chill Chain terma jamoasi yuqori natijani qayd etdi.💻Jamoa tarkibida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Kiberxavfsizlik klubi mentorlari Quvonchbek Umurzoqov va Shohjahon Abdumannonov ishtirok etib, dunyoning turli davlatlaridan qatnashgan minglab jamoalar orasida 1-o‘rinni egalladi.🥇25 ta topshiriq birinchi bo‘lib yechildi 🥇3 ta wave’ning har birida 1-o‘rin qayd etildi📅Musobaqa 2026-yil 17–21-sentabr kunlari onlayn tarzda, Jeopardy formatida o‘tkazildi.🌐Musobaqada dunyoning turli davlatlaridan 5 600 dan ortiq jamoa ishtirok etdi. 🎉G‘oliblarimizni ushbu katta yutuq bilan muborakbod etamiz! Kelgusidagi xalqaro musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!➖➖➖➖➖➖🔥1-е место на международном соревновании по кибербезопасности!🇺🇿На международном соревновании по кибербезопасности Holmes CTF 2026, организованном платформой Hack The Box, команда Chill Chain, достойно представившая Узбекистан, показала высокий результат.💻В составе команды выступили менторы клуба кибербезопасности ТУИТ Кувончбек Умурзоков и Шохжахон Абдуманнонов, которые среди тысяч команд со всего мира заняли 1-е место.🥇25 заданий были решены первыми 🥇1-е место в каждом из 3 wave📅Соревнование проходило онлайн с 17 по 21 сентября 2026 года в формате Jeopardy.🌐В соревновании приняли участие более 5 600 команд из разных стран мира. 🎉Поздравляем наших победителей с этим значимым достижением и желаем новых больших побед на международных соревнованиях!Bizni kuzating: 🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook



TATU | Rasmiy kanali
22 Sept, 17:00
#ICTWeek #digital #TATU📹 “ICTWEEK UZBEKISTAN - 2026” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligining ilk kunidan videolavha✈️@tuituz_official
TATU | Rasmiy kanali
22 Sept, 15:04
forwarded from @tuit_international
Student Exchange Program at Sejong University (South Korea) is now open for the 2027 Spring Semester!This is a great opportunity to gain international academic experience, explore a new culture, and expand your global network.🗓 Program period: March 2- June 21, 2027📌 Who Can Apply?Interested TUIT students who meet the academic (GPA 4.0) and language requirements (IELTS 6.0 ) are encouraged to apply.This exchange program offers: ✅ International academic exposure ✅Cultural exchange experience ✅ Personal and professional growth ✅Networking opportunities with international students🖥 If you are interested, please fill in the form:


TATU | Rasmiy kanali
22 Sept, 13:12
forwarded from @manaviyat_tuit_uz
#Sport #Futbol⚽️ TATU futbol terma jamoasiga saralash jarayoni bo‘lib o‘tdi💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘g‘il bolalar futbol terma jamoasi tarkibini shakllantirish maqsadida talabalar o‘rtasida saralash jarayoni tashkil etildi.🔥 Saralashda universitetning sportga qiziqishi yuqori, futbol bo‘yicha mahoratini namoyon etishni istagan talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Jarayon davomida ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligi, futbol bo‘yicha texnik va taktik ko‘nikmalari, tezkorligi hamda jamoaviy harakatlari kuzatib borildi.🤝 Qizg‘in va do‘stona ruhda kechgan saralash jarayoni davomida talabalar o‘z imkoniyatlarini namoyish etib, universitet sharafini munosib himoya qilishga bo‘lgan




TATU | Rasmiy kanali
22 Sept, 12:15
#TATU #GCYLP #XalqaroHamkorlik🇺🇿TATU vakili xalqaro raqamli yetakchilik dasturidaMuhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU PhD tadqiqotchisi Rikhsivoev Mohirjon Alisher o‘g‘li Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tkazilayotgan Generation Connect Young Leadership Programme (GCYLP) xalqaro dasturida O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etmoqda.🌐ITU va Huawei hamkorligidagi mazkur dastur yosh raqamli yetakchilarning salohiyatini rivojlantirish, innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va raqamli yechimlarni ilgari surishga qaratilgan.Dasturga 150 ta davlatdan 6 700 nafar nomzod ariza topshirgan bo‘lib, saralash natijasida 24 mamlakatdan 30 nafar yosh yetakchi tanlab olingan.📍Xalqaro tajriba almashinuvi14–18-sentabr kunlari Jenevada o‘tkazilgan treninglarda ishtirokchilar




TATU | Rasmiy kanali
22 Sept, 11:43
#ICTWeek #digital #TATU💻“ICTWEEK UZBEKISTAN - 2026” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga start berildi.💻 Ushbu haftalik doirasidagi ko‘p funksiyali ko‘rgazmada TATU jamoasi ham o'z ishlanmalari bilan ishtirok etmoqda.↪️ Ochilish marosimida dastlab videorolik namoyish etildi. Unda O‘zbekistonning “Startaplar mamlakati” sifatidagi yangi qiyofasi, mamlakatda startap ekotizimini rivojlantirish, yoshlarning innovatsion g‘oyalari va raqamli texnologiyalar sohasidagi imkoniyatlar aks ettirildi.⚡️ Tadbir doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov so‘zga chiqdi.22-sentabr kuni CAEx ko‘rgazmalar majmuasida ICT WEEK Uzbekistan 2026 o‘z ishini boshladi. To‘rt kun davom etadigan tadbir texnologik kompaniyalar, startaplar,




TATU | Rasmiy kanali
22 Sept, 08:06
forwarded from @yoshlartatu
#TATUYoshlari#OʻzbekistonShaxmat♟ O‘zbekiston shaxmatchilariga omad tilaymiz! 🇺🇿💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti YOSHLARI — O‘ZBEKISTON SHAXMATCHILARI BILAN!🇺🇿 O‘zbekiston sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilayotgan milliy terma jamoamizni TATU yoshlari chin qalbdan qo‘llab-quvvatlaydi! Aziz shaxmatchilar! Sizlarga kuch-g‘ayrat, mustahkam iroda, yuksak matonat va munosib natijalar tilaymiz. Har bir yurishingiz Vatanimiz sharafini yanada yuksaltirsin!🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! ♟ Olg‘a, Shaxmatchilari! 💙 TATU yoshlari siz bilan!🇺🇿 TATU Yoshlar ittifoqi
TATU | Rasmiy kanali
22 Sept, 07:03
#TATU #Tabrik✔️Bugun Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti dekani Madaminov Haydar Xudayarovichning tug‘ilgan kunlari!🎁Shu munosabat bilan Universitet nomidan sizga mustahkam sog‘lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, uzoq umr va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!✈️@tuituz_official


TATU | Rasmiy kanali
22 Sept, 06:50
#live🗣 Ayni vaqtlarda “Startaplar mamlakati” shiori ostida o‘tayotgan ICT Week Uzbekistan 2026 haftaligining ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda⚡️ Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi“Mamlakatimizning eng muhim boyligi — bu inson kapitalidir. Shu sababli so‘nggi yillarda yoshlarimiz uchun sifatli ta’lim olish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda kelajakda muvaffaqiyatga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.Bugungi kunda AT va sun’iy intellekt yo‘nalishlaridagi ta’limni rivojlantirish ham ustuvor vazifalarimizdan biridir. “Bir million dasturchi” va “Besh million AI Leaders” kabi yirik tashabbuslar orqali yoshlarning zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, ularni kelajak kasblariga tayyorlashga va
TATU | Rasmiy kanali
21 Sept, 09:39
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣#TATU #QuvnoqlarVaZukkolar📢“Quvnoqlar va zukkolar” saralash bosqichi boshlandi!Toshkent shahrida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi festivali bo‘lib o‘tmoqda.📍Manzil: Toshkent shahar Yoshlar markazi 🕐Vaqti: 16:00 🎟Kirish: mutlaqo bepul!🔥Bugun, 22-sentabr kuni, sahnada TATU sharafini “Status” jamoasi himoya qiladi!Shuningdek, festivalda: 🔵Tangalik bolalar — Vatan universiteti 🔵Metrochilar — “Toshkent metropoliteni” AJ 🔵Fayrmen — FVV


TATU | Rasmiy kanali
21 Sept, 07:27
#Tanlov #ITQueens1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣📣TATU talaba-qizlari diqqatiga!O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan “IT Queens – kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining TATU universitet bosqichi 2026-yil 26-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.💡Tanlov talaba-qizlarning texnik va raqamli ko‘nikmalarini namoyon etish, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy texnologiyalar sohasidagi salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan.📌Tanlovda quyidagi yo‘nalishlardagi loyihalar bilan ishtirok etish mumkin: 🤔 IT 🤔Sun’iy intelle


TATU | Rasmiy kanali
21 Sept, 07:00
#yaxshi_kayfiyat #xayrli_tong🏛Maqollar TATU talabalari talqinida — 2-qism!Bu safar ham xalq maqollariga TATUcha “tahrir” kiritdik 😄 Qaysi javob sizga eng qiziq tuyuldi?Bizni kuzating: 🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook
TATU | Rasmiy kanali
20 Sept, 07:51edited
#TATU #Tabrik✔️ Bugun HR Inson resurslari bo‘limi boshlig‘i Begmatova Ziyoda Zaxidjon qizining tug’ilgan kunlari!🎁 Shu munosabat bilan Universitet nomidan sizga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!✈️@tuituz_official

Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
