gram news
Turkistannews channel avatar

Turkistannews

@turkistonxabar

Turkistan News - Turkiston va Jahon sahnasida ro'y berayotgan voqea-hodisalar haqida so'zlovchi media maydon.Turli xil maqolalar va jurnalistik surishtiruvlarga ham shu yerda guvoh bo'lasiz. Reklama: +998903696050

ProjectsENMilitary

18,574subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Turkistannews

    22 Sept, 18:52

    🇧🇷🇺🇳Braziliya prezidenti BMT faoliyatini keskin tanqid qildi“Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘zining eng muhim vazifalaridan biri bo‘lmish insoniyatni urush balosidan xalos etish borasida muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda.Tashkilotning obro‘-e’tibori hech qachon hozirgidek tubga tushmagan edi. Uning eng ojiz qatlamlarni himoya qilish qobiliyati ham ilgari hech qachon bunday kuchsiz bo‘lmagan”, degan Braziliya Prezidenti.@turkistonxabar
    593video17321Open in Telegram
  • Turkistannews

    22 Sept, 17:33

    🇺🇸🇮🇷Tramp Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligini ta’kidladi“Men Eron haqida gap ketganda ularning saylovlariga umuman ishonch bildirmaganman va bundan buyon ham bildirmayman. Bu hatto xayolimga ham kelmaydi.Meni o‘ylantiradigan yagona narsa – Eronning hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligidir”, degan AQSH rahbari.@turkistonxabar
    1,290video15532Open in Telegram
  • Turkistannews

    22 Sept, 17:28

    🇨🇳Xitoylik 6 yoshli qiz Rubik kubigini yigʻish boʻyicha jahon rekordini yangiladiLyan Yunchji ismli qizaloq Rubik kubigini besh marta yigʻib, oʻrtacha 4,27 soniyalik natija qayd etdi.@turkistonxabar
    1,340video15221Open in Telegram
  • Turkistannews

    22 Sept, 17:14

    Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarib tashlandiBu Latviya o‘z vetosini qaytarib olganidan so‘ng amalga oshirildi. Ro‘yxatdagi qolgan 3000 nafar jismoniy va yuridik shaxsga qo‘llangan cheklovlar muddati uch yilga uzaytirildi.@turkistonxabar
    1,4601653Open in Telegram
  • Turkistannews

    22 Sept, 16:14

    Ozarbayjonda O‘zbekiston va Turkiya harbiylari ishtirokidagi qo‘shma mashg‘ulotlar boshlandiMashg‘ulotlarda uch davlat Mudofaa vazirliklarining harbiy xizmatchilari, jangovar texnika, aviatsiya va harbiy-dengiz floti vositalari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari qatnashmoqda.@turkistonxabar
    1,830video25821Open in Telegram
  • Turkistannews

    22 Sept, 15:44

    1,96031Open in Telegram
  • Turkistannews

    22 Sept, 15:24

    🇺🇸 ”Iqtisodiyotimiz dunyoning havasini uyg‘otmoqda” — Tramp— ”Butun dunyo qayta tiklanayotgan Amerikaning boyligi, kuchi va dinamizmidan foyda ko‘rmoqda»;— «Boshqalar gapirganida, men harakat qildim. Boshqalar tinchlik haqida gapirganida, men tinchlikka intildim. Boshqalar tahdidlarni e’tiborsiz qoldirganida, men ularga qarshi turdim»;— «Men Eronni kelishuvga chaqiraman»;— «Ular (Eron) Yaqin Sharqda bezorilar edi, lekin endi ular bezorilar emas. Siyosatga kirgan birinchi kunimdan boshlab men qat’iy edim. Men hech qachon Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymayman».@turkistonxabar
    1,840video98711Open in Telegram
  • Turkistannews

    22 Sept, 15:14

    🇺🇳🇮🇱Guterrish Isroilning G‘arbiy Sohildagi harakatlarini qoraladiBMT Bosh kotibi Guterrish Isroil tomonidan bosib olingan G‘arbiy Sohildagi zo‘ravonliklar, aholining majburiy ko‘chirilishi va yahudiy yerlarining kengaytirilishi tinchlik sari yo‘lni barbod qilayotganini hamda etnik tozalash xavfini oshirayotganini ta’kidlagan.@turkistonxabar
    1,880video21143Open in Telegram
  • Turkistannews

    22 Sept, 14:32

    Toshkentda bugun kechqurun havo sifati yomonlashishi mumkinKechki vaqtlarda ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lmaslik tavsiya etildi. Atmosfera havosi sifati hozirda Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.@turkistonxabar
    2,009421Open in Telegram
  • Turkistannews

    22 Sept, 14:16edited

    🎙 Jurnalist: «Putinga qanday xabar yubormoqchisiz?»Tramp: «Urushni to‘xtating».@turkistonxabar
    2,060video752111Open in Telegram
  • Turkistannews

    22 Sept, 14:07

    🇹🇭🇺🇿Tailanddan O‘zbekistonga 7,5 kg narkotik olib kirgan shaxs ushlandi5-sentyabr kuni Tailanddan uchib kelgan 51 yoshli shaxsning yuklari orasidagi uchta vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar o‘ramida “gashish moyi” mavjudligi aniqlangan. Uning umumiy og‘irligi 7 kg 580 gr ni tashkil qilgan.@turkistonxabar
    2,0706311Open in Telegram
  • Turkistannews

    22 Sept, 13:30

    Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.@turkistonxabar
    2,190541Open in Telegram
  • Turkistannews

    22 Sept, 13:15

    🇺🇸🇬🇱AQSH Grenlandiyada ikkita yangi harbiy baza ochishni rejalashtirmoqdaUshbu bazalardan biri Grenlandiya janubidagi Sovuq urush davriga oid Narsarsuaq bazasini qayta tiklashni nazarda tutsa, ikkinchisi Daniyaning Sirius itlar qo‘riqlash patrul xizmati tomonidan foydalanib kelinayotgan sharqiy qirg‘oqdagi Mestervig hududida tashkil etiladi.Kelishuv bugun, 22-sentyabr kuni Nyu-York shahrida imzolanishi kutilmoqda. Mazkur shartnoma Donald Trampning Grenlandiya ustidan AQSH nazoratini kuchaytirishga qaratilgan harakatlari ortidan kelib chiqqan oylik ziddiyatlardan so‘ng tuzilmoqda.@turkistonxabar
    2,130431Open in Telegram
  • Turkistannews

    22 Sept, 12:44

    Rossiyadagi savdo markazida yong’in chiqdi, 3 kishi halok bo’ldiBa’zilar olovdan qochib o’zini derazadan tashlagan, to’rt kishi jarohatlangan. 20 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan.@turkistonxabar
    2,110video6211Open in Telegram
  • Turkistannews

    22 Sept, 12:42

    🇩🇪🇺🇸Elif Eralp Mamdanining muvaffaqiyati ularga muhim namuna bo‘lganini aytdiGermaniyaning “Die Linke” (So‘llar) partiyasi Berlindagi hududiy saylovlarda 25,7 foiz ovoz bilan birinchi o‘rinni egallaganidan so‘ng, partiya yetakchisi Elif Eralp Nyu-York meri Zohran Mamdanining muvaffaqiyati ularning saylov kampaniyasi uchun muhim namuna bo‘lib xizmat qilganini ta’kidlagan.@turkistonxabar
    2,040video74411Open in Telegram
  • Turkistannews

    22 Sept, 12:14

    🇹🇷🇮🇷Turkiya aviakompaniyalari Eronga parvozlarni to‘xtatdiTurkiyaning “Turkish Airlines”, “Pegasus” va “AJet” aviakompaniyalari 21-sentyabrdan e’tiboran Eronga parvozlarni to‘xtatgan. Xabar qilinishicha, 2027-yil mart oyigacha bo‘lgan reyslarga chiptalarni band qilish yopiqligicha qolmoqda. Ushbu qaror AQSH tomonidan Eronga qarshi kiritilgan yangi sanksiyalar bilan bog‘liqligi ko‘rsatib o‘tilmoqda.Eronning “Mahan Air” aviakompaniyasi ham Istanbul va Anqaraga reyslarni vaqtincha to‘xtatgan.@turkistonxabar
    2,130108331Open in Telegram
  • Turkistannews

    22 Sept, 11:51edited

    Namanganda bog‘cha ombor mudiri 5 yoshli tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladiBolaga qarshi sodir etilgan mazkur jinsiy zo‘ravonlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Joriy yilning 12-sentyabr kuni gumonlanuvchi K.M. protsessual tartibda darhol ushlangan va unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.@turkistonxabar
    2,140929511Open in Telegram
  • Turkistannews

    22 Sept, 11:11

    🇮🇹 Venetsiya turistlar uchun soliqni keskin oshirmoqchiHozirda yig‘im miqdori €5–10 ni tashkil etadi, biroq mahalliy hokimiyat fikricha, bu turistlar oqimini cheklash uchun yetarli emas.Kelasi yildan boshlab shaharga bir kunga keladigan turistlar uchun yig‘imni €30–50 gacha oshirish rejalashtirilmoqda.Yig‘imni shaharda tunab qolmaydigan, 14 yoshdan katta turistlar to‘laydi. Mahalliy mehmonxonalarda tunaydigan sayyohlar esa mehmonxona solig‘ini to‘lagani sababli ushbu yig‘imdan ozod qilinadi.Hokimiyat bir kunlik turistlar shahar infratuzilmasiga haddan tashqari katta yuklama tushirayotganini ta’kidlamoqda.@turkistonxabar
    2,180321Open in Telegram
  • Turkistannews

    22 Sept, 10:40

    🇺🇸Oq uy YouTubeda “Tramp TV” kanalini ishga tushirdiAQShning yirik telekanallari boykotidan so‘ng, Oq uy YouTube tarmog‘ida kecha-kunduz ishlaydigan Tramp TV kanalini ishga tushirgan. Prezident matbuot hovuziga kiruvchi telekanallar – CNN, MS NOW va Politico nashrlarining Oq uydagi faoliyati taqiqlanganidan keyin Trampga nisbatan boykot e’lon qilgan.Bugun BMT Bosh Assambleyasining ilk kunida Trampga CNN hamrohlik qilishi kerak edi.@turkistonxabar
    2,2109421Open in Telegram
  • Turkistannews

    22 Sept, 10:20

    Dunyoda millionlab odamlar ko‘chishga majbur bo‘lishi mumkinAgar asr oxiriga borib dengiz sathi yarim metrga ko‘tarilsa, 150 mlndan 300 mlngacha odam o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lishi mumkin. BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarining iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash masalalari bo‘yicha maxsus maslahatchisi Endryu Xarperning so‘zlariga ko‘ra, yana 500 mlnga yaqin odam chuchuk suv va qishloq xo‘jaligi yerlaridan mahrum bo‘lish xavfiga duch kelishi mumkin.@turkistonxabar
    2,1304311Open in Telegram
Download the series as CSV
A feedback bot for your channel — free

Followers write to the bot, you answer by reply, your account stays hidden. Created in one tap.

How it works →
Create the bot