Latest posts

Turon Telecom
7 Sept, 14:43
🎁 Do‘stingizni taklif qiling — 50% keshbekni ikkalangiz ham oling!Turon 365’da yangi referal dasturi ishga tushdi.Ilovadagi shaxsiy havolangizni do‘stingiz yoki tanishingizga yuboring. U havola orqali Turon Telecom’ga ulanib, tarif uchun birinchi to‘lovini qilsa, tanlagan tarifi narxining 50 foizi sizga, yana 50 foizi uning o‘ziga bir martalik keshbek sifatida tushadi.Keshbekni Turon 365 orqali:🌐 internet tarifini to‘lashga; 📶 T-Market’dagi routerlarga; 🛍 gadjet va boshqa mahsulotlarga sarflashingiz mumkin.Qanday taklif qilasiz?1️⃣ Turon 365 ilovasini oching. 2️⃣ “Do‘stingizni taklif qiling” bo‘limiga kiring. 3️⃣ Shaxsiy havolangizni nusxalab, do‘stingizga yuboring. 4️⃣ Do‘stingiz havola orqali ulanib, birinchi to‘lovini qiladi. 5️⃣ 50% keshbek ikkalangizning Turon 365 balansingizga alohida tushadi.


Turon Telecom
7 Sept, 13:39edited
🎉 Biz Instagramda 100 000 ta bo‘ldik!Instagramdagi safimiz kengayib, bugun katta bir jamoaga aylandik! 💙Bizni kuzatib borayotgan, postlarimizni do‘stlariga ulashayotgan, izohlarda fikr va takliflarini yozayotgan har biringizga chin dildan rahmat. E’tiboringiz va ishonchingiz biz uchun qadrli!Siz bilan foydali maslahatlar, yangiliklar va quvonchli voqealarni baham ko‘rishda davom etamiz. Hali birga nishonlaydigan yutuqlarimiz ko‘p! ✨💬 Siz bizni qachondan beri kuzatasiz? Izohlarda yozib qoldiring!Siz ham bizning sahifamizga obuna bo'ling✨📱INSTAGRAMTuron Telecom — sizning ishonchli internet provayderingiz 💙


Turon Telecom
7 Sept, 13:23
🎮 Internet tez, lekin o‘yinda «lag» bormi? Fayllar tez yuklanib, videolar bemalol ochilsa ham, onlayn o‘yinda harakatlar kechikishi mumkin. Buning sabablaridan biri — yuqori ping. Ping — qurilmangizdan serverga ma’lumot borib, javob qaytishiga ketadigan vaqt. U millisekundlarda o‘lchanadi. Ko‘rsatkich qancha past bo‘lsa, tarmoqdagi kechikish shuncha kam bo‘ladi. Pingga serverning uzoqligi, tarmoqdagi yuklama va Wi-Fi ulanishi ta’sir qilishi mumkin. Kechikishni kamaytirish uchun nimalarni sinab ko‘rish kerak? 🔌 Kompyuter yoki konsolni routerga kabel orqali ulang. ⏸️ O‘yin paytida katta fayllarni yuklash va avtomatik yangilanishlarni vaqtincha to‘xtating. 🌍 Server tanlash imkoniyati bo‘lsa, ping ko‘rsatkichi eng past bo‘lganini tanlang. Muammo takrorlansa, o‘yin nomi va ping ko‘rsatilgan skrinshot bilan Turon Telecom qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling — sababini aniqlashga


Turon Telecom
1 Sept, 03:04
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni muborak bo‘lsin!1-sentabr — ozodlik, birlik va kelajakka ishonch bayrami. Har bir oilaga tinchlik, farovonlik va quvonch, yurtimizga esa yangi zafarlar hamda ravnaq tilaymiz.Turon Telecom xonadonlar, insonlar va imkoniyatlarni bog‘lab, siz bilan birga ekanidan faxrlanadi. Yaqinlaringiz bilan aloqa doimo iliq va ishonchli bo‘lsin.Bayram muborak! 💙Turon Telecom — sizning ishonchli internet provayderingiz💙------------🇺🇿 С Днём независимости Республики Узбекистан!1 сентября — праздник свободы, единства и уверенного движения вперёд. Желаем каждой семье мира, благополучия и радости, а нашей стране — новых достижений и процветания.Turon Telecom гордится быть рядом с вами, объединяя дома, людей и возможности. Пусть связь с близкими всегда будет тёплой и надёжной.С праздником! 💙


Turon Telecom
30 Aug, 11:16
🇺🇿 Qadrli abonentlar!O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan Turon Telecom abonent ofislarining ish tartibida o‘zgarishlar bo‘ladi:📅 31-avgust va 1-sentabr — dam olish kunlari.2-sentabrdan barcha ofislarimiz odatiy ish tartibida faoliyatini davom ettiradi.Turon Telecom — sizning ishonchli internet provayderingiz💙──────────🇺🇿 Дорогие абоненты!В связи с Днём независимости Республики Узбекистан график работы абонентских офисов Turon Telecom изменится:📅 31 августа и 1 сентября — выходные дни.Со 2 сентября все наши офисы продолжат работу в обычном режиме.
Turon Telecom
27 Aug, 11:56
🎁 Do‘stingizni taklif qiling — 50% keshbekni ikkalangiz ham oling!Turon 365’da yangi referal dasturi ishga tushdi.Ilovadagi shaxsiy havolangizni do‘stingiz yoki tanishingizga yuboring. U havola orqali Turon Telecom’ga ulanib, tarif uchun birinchi to‘lovini qilsa, tanlagan tarifi narxining 50 foizi sizga, yana 50 foizi uning o‘ziga bir martalik keshbek sifatida tushadi.Keshbekni Turon 365 orqali:🌐 internet tarifini to‘lashga; 📶 T-Market’dagi routerlarga; 🛍 gadjet va boshqa mahsulotlarga sarflashingiz mumkin.Qanday taklif qilasiz?1️⃣ Turon 365 ilovasini oching. 2️⃣ “Do‘stingizni taklif qiling” bo‘limiga kiring. 3️⃣ Shaxsiy havolangizni nusxalab, do‘stingizga yuboring. 4️⃣ Do‘stingiz havola orqali ulanib, birinchi to‘lovini qiladi. 5️⃣ 50% keshbek ikkalangizning Turon 365 balansingizga alohida tushadi.


Turon Telecom
17 Aug, 12:06
🧠 Toshkentda IOI 2026 yakunlandi9–16 avgust kunlari Toshkent 38-Xalqaro informatika olimpiadasiga — IOI 2026 ga mezbonlik qildi. Bu olimpiada O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazildi.Rasmiy yakuniy statistikaga ko‘ra, unda 375 nafar o‘quvchi qatnashdi. Ishtirokchilar murakkab algoritmik masalalarni yechib, kodlarini avtomatik tekshiruv tizimiga topshirdilar.Olimpiadada sinovdan o‘tadigan ko‘nikmalar — murakkab tizimlarni tahlil qilish, maqbul yechimni topish va xatolarni tez aniqlash — tarmoqlarni boshqarishda ham kerak bo‘ladi. Internet yuklamasini prognoz qilish, trafikni yo‘naltirish va tarmoq xavfsizligini kuzatish ortida ham algoritmlar turadi.Shunday tadbirlarning Toshkentda o‘tkazilishi kelajakda tarmoqlar va raqamli xizmatlar bilan ishlaydigan mutaxassislar avlodi uchun muhim qadamdir.Sizningcha, maktablarda algoritmik dasturlash alohida fan sifatida o‘qitilishi kerakmi?————


Turon Telecom
10 Aug, 11:38
📶 Wi‑Fi bor, lekin internet yo‘q. Bu qanday bo‘ladi?Telefoningizda Wi‑Fi belgisi chiqib turgani qurilma routerga ulanganini bildiradi. Ammo router provayder tarmog‘iga chiqa olmasa, saytlar va ilovalar ochilmaydi.Qisqasi: — Wi‑Fi — qurilma va router orasidagi simsiz aloqa. — Internet — router orqali tashqi tarmoqqa chiqish.Shu sabab avval bitta narsani aniqlash kerak: muammo faqat bitta qurilmadami yoki hammasidami?Faqat bitta qurilmada bo‘lsa, sabab uning o‘zida bo‘lishi mumkin. Barcha qurilmalarda bo‘lsa, router yoki tashqi ulanish tekshiriladi.1132 ga murojaat qilganda shu ma’lumotni aytish muammoni tezroq aniqlashga yordam beradi.—————————————-📶 Wi‑Fi есть, а интернета нет. Как так?Значок Wi‑Fi на телефоне означает, что устройство подключено к роутеру. Но если у самого роутера нет доступа к сети


Turon Telecom
10 Aug, 10:11
🌘 Ispaniyada Quyosh tutilishi oldidan mobil tarmoq 200 dan ortiq nuqtada sozlanmoqda12-avgust kuni Ispaniyaning bir qismida to‘liq Quyosh tutilishi kuzatiladi. Tomoshabinlar oqimi, jonli efirlar va videolar sabab kuzatuv hududlarida mobil tarmoqqa yuklama keskin oshishi mumkin.Shu bois Telefónica tarmoq parametrlarini 200 dan ortiq nuqtada oldindan sozlamoqda. Kompaniya yozgi mavsumdagi 440 ta ommaviy tadbir uchun ham 109 ta 5G mobil stansiyasini tayyorlagan.Bu aloqa infratuzilmasidagi muhim tamoyilni ko‘rsatadi: tarmoq sifati oddiy kunda emas, minglab foydalanuvchi bir vaqtda ulanadigan paytda bilinadi.Manbalar: Telefónica, 23.06.2026, ESA, 21.05.2026------🌘 Перед солнечным затмением в Испании мобильную сеть настраивают более чем в 200 точках12 августа в части Испании можно будет наблюдать полное солнечное затмение. Поток зрителей, прямые эфиры и передача видео могут


Turon Telecom
10 Aug, 09:08
🛰 Новый путь мобильной связи — спутники5 августа ракета Falcon 9 компании SpaceX вывела на орбиту спутники BlueBird 11, 12 и 13 компании AST SpaceMobile.Они созданы для прямой связи с обычными, немодифицированными смартфонами — без дополнительной антенны или специального терминала. В перспективе система должна обеспечивать голосовую связь, передачу данных и видеосвязь.Важно: в Узбекистане эта услуга пока не запущена. Но по мере увеличения спутниковой группировки технические возможности связи с обычного телефона там, куда не доходят наземные сети, будут расширяться.Для Turon Telecom здесь важна сама тенденция: в будущем оптоволоконные сети, мобильная и спутниковая связь будут дополнять друг друга.Источник: Space.com, 05.08.2026Telegram 🌐| Instagram 🌐| Facebook 🌐| Website


Turon Telecom
10 Aug, 09:03
🛰 Telefon aloqasining yangi yo‘li — sun’iy yo‘ldoshlar5-avgust kuni SpaceX Falcon 9 raketasi AST SpaceMobile’ning BlueBird 11, 12 va 13 yo‘ldoshlarini orbitaga chiqardi.Ular standart, o‘zgartirilmagan smartfonlar bilan bevosita aloqa qilish uchun yaratilgan. Maqsad — qo‘shimcha antenna yoki maxsus terminalisiz telefon orqali ovoz, ma’lumot va video xizmatlarini taqdim etish.Muhim jihat: bu hali O‘zbekistonda ishga tushgan xizmat emas. Ammo yo‘ldoshlar soni oshgani sayin aloqa tarmog‘i yetib bormaydigan joylarda oddiy telefonning o‘zi bilan bog‘lanish imkoniyati kengayadi.Turon Telecom uchun bu soha kelajakda optik tarmoq, mobil aloqa va sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari bir-birini to‘ldirish muxim.Manba: Space.com, 05.08.2026Telegram 🌐| Instagram 🌐| Facebook 🌐| Website


Turon Telecom
10 Aug, 06:02
🏗️ Yangi ko‘p qavatli uylar optik internetga tayyor loyihalanadiO‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarni yuqori tezlikdagi internetga ulanish texnologiyasi asosida loyihalash va qurish talabi joriy etiladi.Bu yangi uy-joylarda optik tolali internet infratuzilmasi loyiha bosqichidayoq hisobga olinishini anglatadi. Ya’ni uy interneti keyin tarmoq tortib hal qilinadigan masala emas, binoning muhandislik infratuzilmasining bir qismi bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.Bu Turon Telecom bilan bevosita bog‘liq yangilik: kompaniya ulaydigan uy interneti yangi binolarda oldindan tayyorlangan optik tarmoqqa tayanadi.Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy sayti, 07.07.2026Telegram 🌐| Instagram 🌐| Facebook 🌐| Website 💬


Turon Telecom
10 Aug, 05:01
⚠️ UZCERT: RDP orqali kiberhujumlar kuchayganO‘zbekistondagi davlat tashkilotlari va bizneslar uchun kiberogohlantirish e’lon qilindi.UZCERT ma’lumotiga ko‘ra, masofadan kompyuterga kirish tizimi — RDP orqali server va kompyuterlarga noqonuniy kirish urinishlari ko‘paygan. Ayrim tashkilotlarda ma’lumotlar shifrlab qo‘yilgan holatlar ham aniqlangan.Agar kompaniyangizda masofadan kirish ishlatilsa, IT mutaxassislariga quyidagilar tavsiya qilinadi:🔹 Kerak bo‘lmasa, RDP’ni o‘chirish yoki internetdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni yopish 🔹 Administrator parollarini yangilash 🔹 Ikki bosqichli himoyani yoqish 🔹 Shubhali ulanishlarni tekshirishTuron Telecom eslatadi: biznes uchun tez internet muhim, lekin xavfsiz tarmoq undan ham muhim.Telegram 🌐| Instagram 🌐| Facebook 🌐| Website


Turon Telecom
9 Aug, 10:03edited

Turon Telecom
6 Aug, 07:03
🚀 O‘zbekistonda simli internet tezligi oshmoqdaSpeedtest Global Index’ning 2026-yil iyun oyi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida 76-o‘rindan 74-o‘ringa ko‘tarildi.Mamlakatdagi o‘rtacha yuklab olish tezligi esa 94,14 Mbit/sga yetdi.Bu oddiy statistika emas. Natija foydalanuvchilarning tezkor, barqaror va sifatli uy internetiga bo‘lgan talabi tobora oshayotganini ko‘rsatadi.Turon Telecom ham GPON texnologiyasi asosidagi tarmog‘ini rivojlantirib, abonentlarni zamonaviy va barqaror internet bilan ta’minlashda davom etmoqda.Chunki bugungi kunda internet — shunchaki aloqa emas. U ish, ta’lim, ko‘ngilochar kontent va kundalik hayotimizning ajralmas qismidir.Siz uchun uy internetida qaysi biri muhimroq?🚀 — Yuqori tezlik 🛡 — Barqaror ulanish ⚡️ — Ikkalasi hamTelegram 🌐| Instagram


Turon Telecom
6 Aug, 05:35
🕷 U o‘rgimchak to‘rini quradi. Biz esa tezkor internet tarmog‘ini!Bugun O‘zbekiston kinoteatrlarida «O‘rgimchak odam: Yangi kun» filmining premyerasi boshlanadi. Eng qizig‘i — filmni o‘zbek tilida ham tomosha qilish mumkin.O‘rgimchak odam shahar xavfsizligi uchun javobgar. Turon Telecom esa xonadoningizdagi tezkor va barqaror internet uchun! 😉Siz premyerani qachon tomosha qilasiz?🕷 — Bugunoq 🎬 — Dam olish kuni 👀 — Avval fikrlarni kutamanTelegram 🌐| Instagram 🌐| Facebook 🌐| Website 💬




Turon Telecom
6 Aug, 04:44
🔐 Sizning internetdagi ma’lumotlaringiz qayerda saqlanadi?O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni saqlash bo‘yicha yangi tartib belgilandi. Endi ayrim ma’lumotlarni himoya darajasi talabga javob beradigan 49 ta davlat va hududda saqlash hamda qayta ishlash mumkin.Biroq biometrik, genetik va telekommunikatsiya xizmatlari abonentlariga oid ma’lumotlar O‘zbekiston hududida saqlanishi shart.Nega bu muhim?Raqamli hayotimiz kengaygan sari shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi ham internet tezligi kabi muhim bo‘lib bormoqda.Turon Telecom uchun sifatli internet — bu faqat yuqori tezlik emas. Bu barqaror aloqa, zamonaviy infratuzilma va foydalanuvchi ishonchi hamdir.Siz xizmat tanlashda ma’lumotlaringiz xavfsizligiga e’tibor berasizmi?👍 — Ha, albatta 🤔 — Bu haqda o‘ylamagan ekanmanTelegram 🌐| Instagram 🌐| Facebook


Turon Telecom
5 Aug, 10:52
🚀 O'zbekiston tarixda ilk bor o'z sun'iy yo'ldoshini orbitaga chiqardiBugun, 5-avgust kuni Xitoyning Shandun provinsiyasi sohilidagi dengiz uchirish platformasidan Samarkand-2028 sun'iy yo'ldoshi muvaffaqiyatli uchirildi. Bu — O'zbekiston kosmik dasturi doirasida orbitaga chiqarilgan birinchi sun'iy yo'ldosh.Loyiha «O'zbekkosmos» agentligi va Xitoyning STAR.VISION kompaniyasi hamkorligida amalga oshirildi. Kelishuv 2025-yil noyabr oyida imzolangan strategik memorandum asosida boshlangan edi.🛰 Eng muhimi — sun'iy yo'ldoshdagi "miya" o'zbek muhandislarinikiO'zbekistonlik mutaxassislar giperspektral ma'lumotlarning bir qismini to'g'ridan-to'g'ri orbitada qayta ishlaydigan sun'iy intellekt modulini ishlab chiqdilar. Bu Yerga uzatiladigan ma'lumot hajmini kamaytiradi va natijalarni ancha tezroq olish imkonini beradi.📌 Nima uchun "2028"? Sun'iy yo'ldosh nomi 2028-yilda Samarqandda


Turon Telecom
24 Jul, 06:58
📺 Turon TV rasmiy kanaliga obuna bo‘ling! Endi Turon TV yangiliklari, foydali e’lonlar, televideniye xizmatlari bo‘yicha ma’lumotlar va muhim xabarlarni bitta joyda kuzatishingiz mumkin. ✅Rasmiy yangiliklar ✅ Foydali ma’lumotlar ✅ Xizmatlar bo‘yicha e’lonlar ✅ Tezkor xabarlar Turon TV rasmiy kanaliga qo‘shiling va yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling 👇 ➡️ https://t.me/Turontv_rasmiy Savollar bo‘yicha: 1132 Yoki @turonsupport ga yozing.————————————————📺 Подпишитесь на официальный канал Turon TV! Теперь новости Turon TV, полезные объявления, информация о телевизионных услугах и важные сообщения — в одном месте.


Turon Telecom
15 Jul, 10:26
🇺🇿 Hurmatli abonentlar!Ayni paytda Turon Telecom umumiy tizimida yangilanish ishlari olib borilmoqda. Shu sababli tizimning ayrim bo‘limlarida vaqtinchalik nosozliklar kuzatilishi, ayrim to‘lovlar, balans ma’lumotlari va xizmatlar holati kechikib aks etishi mumkin.Mutaxassislarimiz tizim faoliyatini imkon qadar tezroq to‘liq tiklash ustida ishlamoqda. Muammo bartaraf etilgach, barcha ma’lumotlar avtomatik ravishda yangilanadi.Agar to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsangiz-u, u hali tizimda ko‘rinmayotgan bo‘lsa, iltimos, qayta to‘lov qilishga shoshilmang.Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Sabr-toqatingiz va tushunganingiz uchun rahmat! 💙Turon Telecom — sizning ishonchli internet provayderingiz💙⸻🇷🇺 Уважаемые абоненты!В настоящее время в общей системе Turon Telecom проводятся технические обновления. В связи с этим в работе отдельных разделов могут

Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
