Latest posts

Uchko‘prik tumani hokimligi
22 Sept, 14:22
#qabul_davom_etmoqdaO'QISHGA MARHAMAT🧮 Yotoqxonasi, 4 mahal issiq ovqati, fan va kasb-hunar to'garaklari mutlaqo bepul bo'gan, vodiyda yagona maxsus texnikum haqida eshitganmisiz? Unda bu yangilik aynan siz uchun!💻 Zamonaviy va talab yuqori bo'lgan quyidagi 12 ta yo'nalish bo'yicha sizlarni o'qishga taklif etamiz:✅ oshpazlik, ✅ tikuvchilik, ✅ raqamli axborotlarni qayta ishlash, ✅ tele-radio jihozlarini ta'mirlash, ✅ charm va mo'ynali mahsulotlarga ishlov berish, ✅ mehmonxona menejmenti, ✅ grafika va dizayn texnologiyasi, ✅ raqamli va smart-maishiy
Uchko‘prik tumani hokimligi
22 Sept, 14:18edited
"Quantity class": yillik ishlab chiqarish quvvati ortib bormoqdaSanoat sohasida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, ichki bozor talabini ta’minlash va eksport hajmini oshirish iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan sanaladi. "Quantity class" korxonasi faoliyatida ham bu yo‘nalishdagi ijobiy natijalarni ko‘rish mumkin.Qariyb 14 million AQSH dollari qiymatidagi loyiha doirasida bugungi kunda 15 turdagi un mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ham salmoqli bo‘lib, bir sutkada 870 tonna bug‘doyni qayta ishlash imkoniyati mavjud.Tayyor mahsulotlar ichki bozorga yetkazib berilishi bilan birga, Afg‘onistonga ham eksport qilinmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda eksport ko‘rsatkichlarining izchil o‘sib borayotgani korxonaning tashqi bozordagi salohiyatini ham namoyon etadi.Xususan, korxonada ishlab chiqarish quvvati yildan yilga


7,520Open in Telegram
Uchko‘prik tumani hokimligi
22 Sept, 12:27edited
📊 Pensiyaga kechroq chiqish: qo‘shimcha moliyaviy manfaatPensiya yoshiga yetgan, ish haqi yuqori va ishlash imkoniyati bor fuqarolar uchun pensiyaga chiqishni biroz kechiktirish qo‘shimcha moliyaviy manfaat berishi mumkin.Xususan: ✔️2028-yildan pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi chegarasi 6 million so‘mdan 6 million 600 ming so‘mga oshirilishi nazarda tutilmoqda; ✔️pensiyaga chiqishni 6 oy kechiktirganda hisobga olinadigan ish haqi chegarasi 7 million 100 ming so‘mgacha oshirilib, pensiya miqdori 8 foizga ko‘payishi ko‘zda tutilmoqda; ✔️pensiyaga chiqishni 12 oy kechiktirganda esa ushbu chegara 7 million 600 ming so‘mgacha yetib, pensiya miqdori 15 foizga oshishi mumkin.Ya’ni, ishlashni davom ettirgan fuqaroning qo‘shimcha mehnati pensiya miqdorida ham aks etishi ko‘zda tutilmoqda.
Uchko‘prik tumani hokimligi
22 Sept, 09:36
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish10,700Open in Telegram
Uchko‘prik tumani hokimligi
22 Sept, 09:19edited
Mahalla ko‘magida hayotga qaytgan insonUchko‘prik tumanidagi “Puchug‘oy” mahallasida istiqomat qiluvchi Shavkat Sultonovning hayotida davlat ko‘magi yangi sahifa ochdi. Og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqaroning muammosi mahalla tomonidan o‘rganilib, uni qo‘llab-quvvatlash va hayotga qaytarish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.Eng muhimi, Shavkat Sultonov va uning oilasi istiqomat qilib kelayotgan xonadon ta’mirlanib, yashash uchun munosib sharoit yaratildi.
Uchko‘prik tumani hokimligi
22 Sept, 06:52edited
MUXLISLAR DIQQATIGA!24 sentyabr kuni kechki soat 19:00 da Farg‘onadagi muhtasham "Istiqlol" stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Shu kuni "Istiqlol" stadioni sariq-qora emas, oq-ko‘k rangga burkanadi. Chiptalarni esa stadion kassalarida xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi. Milliy terma jamoamizni "Istiqlol" stadionida qo‘llab-quvvatlang.Olg‘a O‘zbekiston, olg‘a oq bo‘rilar!
Uchko‘prik tumani hokimligi
22 Sept, 04:40
#infografikaBIZNESNI RO'YXATGA OLISH TARTIBI QANDAY BO'LADI?BATAFSIL INFOGRAFIKADA 🔼


10,700Open in Telegram
Uchko‘prik tumani hokimligi
22 Sept, 01:24
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni


10,800Open in Telegram
Uchko‘prik tumani hokimligi
21 Sept, 06:36
Uchkoʻprik tumani hokimi va o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvaliFuqarolarning murojaatlari bilan tizimli ishlash, mavjud muammolarni joyida va tezkor hal etish maqsadida tuman hokimi hamda o‘rinbosarlari tomonidan haftalik shaxsiy qabullar tashkil etilmoqda.Qabul manzili: Uchkoʻprik tumani Xalq qabulxonasi.Qabul kunlari va vaqtlari:Juma (10:00–12:00): Erkaboyev Qodirjon Nosirjonovich – tuman hokimi.Dushanba (10:00–12:00): Qoraboyev Sayyidqosimxon - tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari.Seshanba (10:00–12:00): Pozilov Shuhratjon – tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.Payshanba (14:00–16:00): Usmonov Baxtiyorjon – tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunal, ekologiya va
11,000Open in Telegram
Uchko‘prik tumani hokimligi
21 Sept, 06:04edited
#yechim"Katta qashqar" mahalla fuqarolar yig‘inida ichki yo‘llar ravon bo‘lmoqdaUchko‘prik tumani mahallalarida hudud infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, jumladan, ichki yo‘llar holatini yaxshilash va ularni ta’mirlash ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.Mazkur jarayonda "mahallabay" o‘rganishlar natijasida aholi murojaatlari asosida aniqlangan muammo va kamchiliklarni ijobiy hal etishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.Xususan, "Katta qashqar" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining murojaatlari asosida mahalla hududidagi Bachqir ariq va Mustaqillik koʻchalariga asfalt yotqizilib, soz va ravon holga keltirildi.Bu kabi bunyodkorlik ishlari mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish barobarida hudud aholisining xursandchiligiga ham sabab bo‘lmoqda.


10,800Open in Telegram
Uchko‘prik tumani hokimligi
21 Sept, 05:40edited
✅E-AKSION.UZ savdo platformasida Farg‘ona viloyati bo‘yicha mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarilgan tadbirkorlik uchun yer uchastkalari bilan tanishing!⭐Farg‘ona shahridan (ko'rish) ⭐Marg'ilon shahridan (ko'rish) ⭐Quvasoy shahridan (ko'rish) ⭐Qo'qon shahridan (ko'rish) ⭐Bag'dod tumanidan (ko'rish) ⭐Beshariq tumanidan (ko'rish) ⭐Buvayda tumanidan (ko'rish) ⭐Dang'ara tumanidan (ko'rish) ⭐Yozyovon tumanidan (ko'rish) ⭐Oltiariq tumanidan (ko'rish) ⭐Qo'shtepa tumanidan (ko'rish)
10,900Open in Telegram
Uchko‘prik tumani hokimligi
21 Sept, 05:19edited
Is gazi hayot uchun xavfliYaqin kunlarda mamlakatimizning ayrim joylarida, xususan, tog‘li va tog‘oldi hududlarida yashovchi fuqarolar tomonidan isitish qozonlaridan bosqichma-bosqich foydalanish boshlanadi. Ushbu videoda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim tavsiyalar berilgan. Mazkur videoni yaqinlaringizga yuboring.
Uchko‘prik tumani hokimligi
21 Sept, 05:13edited
BIZNESNI RO‘YXATGA OLISHGA TAYYORGARLIK QIZG‘IN PALLADAUchko‘prik tumanida biznesni ro‘yxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan o‘quv-seminari tashkil etildi.Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi “Statistikani rivojlantirish – 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazildi.O‘quv-seminarida tumanda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi hamda tuman statistika bo‘limining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.Seminar davomida biznesni ro‘yxatga olish tadbirini tashkil etish va o‘tkazish tartibi, uning normativ-huquqiy asoslari, shuningdek, jarayon ishtirokchilari oldida turgan asosiy vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.


10,600Open in Telegram
Uchko‘prik tumani hokimligi
21 Sept, 04:40edited
🟣Pensiya huquqini shakllantirish: yangi imkoniyatlarUyda farzand tarbiyalayotgan, yaqiniga g‘amxo‘rlik qilayotgan yoki o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning kelajakdagi pensiya huquqini shakllantirish bo‘yicha yangi mexanizmlar taklif etilmoqda.Xususan: ✔️ ishlaydigan fuqaro ishlamaydigan ota-onasi, opa-singlisi, aka-ukasi yoki voyaga yetgan farzandi uchun oyiga 152 ming so‘m miqdorida ixtiyoriy ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin bo‘ladi; ✔️ o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yiliga 440 ming so‘m yoki oyma-oy 37 ming so‘mdan ijtimoiy soliq to‘lash orqali bir yillik ish stajiga ega bo‘lishi nazarda tutilmoqda; ✔️ o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari bo‘yicha kafolatlarni yaratish taklif
Uchko‘prik tumani hokimligi
20 Sept, 15:18edited
19 nafar farg‘onalik pedagog "Yil o‘qituvchisi" tanlovi g‘olibi deb topildi


11,400Open in Telegram
Uchko‘prik tumani hokimligi
20 Sept, 07:58edited
Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz.
Uchko‘prik tumani hokimligi
20 Sept, 07:53edited
Xotin-qizlar ishtirokida "Sog‘lom hayot sari 5000 ming qadam" yurish marafoni o‘tkazildiMamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish, aholi, ayniqsa, mehnat jamoalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Zero, jismoniy faollik nafaqat salomatlik garovi, balki ish samaradorligi va jamoaviy jipslikni ta’minlovchi muhim omildir. Tumanimizda muntazam tashkil etilayotgan ommaviy sport tadbirlari bu boradagi ishlarning amaliy ifodasi bo‘lmoqda.Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari va 30 yoshdan oshgan ayollar o‘rtasida navbatdagi sport tadbirlari o‘tkazildi.Dastlab "Sog‘lom hayot sari 5000 ming qadam" yurish marafoni o‘tkazildi. Marafon ishtirokchilari belgilangan masofani piyoda yurib o‘tishdi va badantarbiya mashqlarini bajarishdi.Sportning


11,200Open in Telegram
Uchko‘prik tumani hokimligi
6 Sept, 05:54
Osiyo sahnasiga chiqish vaqti keldi! 14-sentabr. “Istiqlol” stadioni.🏟 ⚽️Bu safar maydonda faqat ikki jamoa emas — ikki kuch, ikki xarakter, ikki maqsad to‘qnashadi. Raqib — Iroqning kuchli jamoasi “Air Force”. Barcha futbol muxlislarini ushbu o‘yinga taklif etamiz! 14-sentabr | 18:45
Uchko‘prik tumani hokimligi
6 Sept, 05:54
📢AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi. ✅ Bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. ✅ Yangi
Uchko‘prik tumani hokimligi
5 Sept, 11:47
Tadbirkorlar uchun xushxabar: soliq qarzi uchun endi penya to‘lashga hojat yo‘q Asos: PF-175-son Prezident Farmoni
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
