gram news
O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi channel avatar

O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

@ula_officiall

⚖️ Maqsadimiz mamlakatda yuridik kasbning sha'ni, mustaqilligi va professional standartlarini himoya qilish va rivojlantirish. 🇷🇺 Rus tilida: https://t.me/ULAru_Officiall

ProjectsUZLaw

1,510subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

    22 Sept, 15:25

    🎓 Termiz davlat universiteti talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi📝 Termiz davlat universitetida yuridik fakultetida tahsil olayotgan talabalar uchun seminar-trening mashg‘uloti tashkil etildi.✅ Seminar-treningni O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi koordinatori Habibullayev Dalerbek Baxtiyor o‘g‘li olib bordi.📚 Mazkur loyiha BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD)ning “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda hamda Finlandiya Tashqi ishlar vazirligining moliyaviy ko‘magida Kichik grantlar dasturi
    Image from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi
    53321Open in Telegram
  • O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

    22 Sept, 08:45

    SAYYOR QABULO‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi tomonidan Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida Shahrisabz tumani “Mevazor” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun sayyor qabul tashkil etdi.Mazkur sayyor qabulning asosiy maqsadi — fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish hamda aholiga huquqiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.Loyiha doirasida aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarning huquqiy muammolarini aniqlash va ularni hal etishda amaliy ko‘mak berish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Sayyor
    Image from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi
    6173111Open in Telegram
  • O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

    21 Sept, 16:20

    🌐 O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi JST Jamoat Forumida.2026-yil 15–17-sentabr kunlari Jenevada bo‘lib o‘tgan Jahon Savdo Tashkilotining Jamoat Forumida (WTO Public Forum 2026) O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi raisi, yuridik fanlar doktori, professor Narziyev Otabek Sa'diyevich ishtirok etdi.📌 “Powering the Future” shiori ostida o‘tgan forum doirasida 113 ta sessiya tashkil etilib, 540 dan ortiq spiker va 4 000 dan ziyod ishtirokchi jamlandi.⚖️ Forum sessiyalarida xalqaro savdo huquqi, xizmatlar savdosi, raqamli xizmatlar, yashil iqtisodiyot, savdo siyosati va JSTga qo‘shilish jarayonlari kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.🤝 Tashrif davomida Xalqaro Savdo Palatasi (ICC), JST, Peterson xalqaro iqtisodiyot instituti, London
    667video541Open in Telegram
  • O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

    21 Sept, 13:40

    ⁉️ I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimga ish haqi saqlanmaydigan qo‘shimcha ta’til qancha muddatga beriladi?✅ Qonunchilikka ko‘ra, I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga mehnat faoliyatida bir qator qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar berilgan.🔹 Ish haqi saqlanmaydigan qo‘shimcha ta’til.Mehnat kodeksining 430-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimning yozma arizasiga asosan unga har yili 14 kalendar kungacha ish haqi saqlanmaydigan ta’til berishi shart.📌 Ya’ni, oddiy hollarda ish haqi saqlanmaydigan ta’til berish ish beruvchining ixtiyoriga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biroq I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodim ushbu ta’tilni so‘raganida, ish beruvchi uni berishni rad etishga haqli emas.🔹 Yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan mehnat ta’tili.
    Image from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi
    743421Open in Telegram
  • O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

    21 Sept, 06:49

    784poll421Open in Telegram
  • O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

    19 Sept, 13:55

    #Savol_javob⁉️ Savol: Ikki nafar sobiq xotiniga aliment to‘layotgan shaxs aliment miqdorini kamaytirishni so‘rab sudga murojaat qilganda, har bir aliment oluvchiga nisbatan alohida da’vo arizasi berishi shartmi?⚖️ Javob: Agar aliment miqdorini kamaytirish talabi bo‘yicha ikkala sobiq xotin ham javobgar sifatida ko‘rsatilsa, sobiq er ularning ikkalasiga nisbatan bitta da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilishi mumkin.Javobgarlar turli tumanlarda yashasa, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 34-moddasi 8-qismiga muvofiq, turli joylarda yashovchi bir nechta javobgarga nisbatan da’vo arizasi da’vogarning tanloviga ko‘ra javobgarlardan birining yashash joyidagi sudga beriladi.📌 Shunday qilib, har bir sobiq xotinning yashash joyidagi sudga alohida da’vo arizasi
    Image from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi
    85131Open in Telegram
  • O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

    18 Sept, 17:10

    📄 Quyida videoroliklar tanlovini o‘tkazish tartibi, nominatsiyalari va ishtirok etish shartlari batafsil bayon etilgan Nizom fayli joylashtirilgan. 🎓 Tanlovda ishtirok etishni istagan talabalar Nizom bilan diqqat bilan tanishib chiqishlari va unda belgilangan
    1,05021Open in Telegram
  • O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

    18 Sept, 15:40

    #Ekspert_fikri⁉️ Xodim ishdan bo‘shaganda foydalanilmagan ta’til kunlari qolib ketadimi?⚖️ Bunday holatda xodim foydalanilmagan mehnat ta’tili kunlari uchun kompensatsiya olishi mumkinmi? Ishdan bo‘shashda foydalanilmagan ta’til kunlari bilan bog‘liq qanday huquqlar mavjud?📹 Savolga Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi sho‘basi katta o‘qituvchisi, advokat Karimjonov Muhammadamin Muhammadalievich javob beradi.👉 Javobni videoda tomosha qiling!Video o‘zbek tilida.📥Bepul huquqiy yordam olish uchun Telegram-bot: 👉 @ULA_ProBono_bot📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
    5,110video321Open in Telegram
  • O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

    18 Sept, 13:25

    #Qonunchilikdagi_yangiliklar🚨 Endilikda nogironlik pensiyasi avtomatik tayinlanadi !O‘zbekistonda nogironligi belgilangan fuqarolarga pensiya tayinlash jarayoni soddalashtirilmoqda.📌 Senat tomonidan ma’qullangan qonunga ko‘ra, endilikda nogironlik pensiyasini tayinlash uchun fuqarolarga hujjatlarni yig‘ish, navbatlarda turish yoki alohida ariza bilan murojaat qilish talab etilmaydi.🔄 Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, jumladan:• mehnat staji; • ish haqi; • o‘qish davri; • oila tarkibi haqidagi ma’lumotlardavlat organlari tomonidan elektron axborot almashinuvi orqali avtomatik ravishda olinadi.🎯 Ya’ni, fuqaro uchun ortiqcha hujjatbozlik va ovora bo‘lish holatlari kamayadi.📥Bepul huquqiy
    973211Open in Telegram
  • O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

    17 Sept, 14:30

    ⁉️ II guruh nogironligi boʻlgan xodimlarga mehnat qonunchiligida qanday imtiyozlar nazarda tutilgan?✅ Qonunchilikka ko‘ra, I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga mehnat faoliyatida bir qator qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar beriladi.🔹 Qisqartirilgan ish vaqti. Mehnat kodeksining 427-moddasiga ko‘ra, II guruh nogironligi bo‘lgan xodim uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.📌 Besh kunlik ish haftasida kunlik ish vaqti 7 soat 30 daqiqadan, olti kunlik ish haftasida esa 6 soatdan oshmasligi kerak.🔹 Ish haqi kamaytirilmaydi. Mehnat kodeksining 431-moddasiga muvofiq, qisqartirilgan ish vaqtida ishlaydigan I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash to‘liq ish vaqtida ishlaydigan xodimlar uchun belgilangan
    Image from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi
    1,180421Open in Telegram
  • O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

    17 Sept, 07:29

    980poll1Open in Telegram
  • O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

    16 Sept, 12:10edited

    ⚡️Sizning fikringiz muhim!“O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi” tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish hamda qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish masalalari bo‘yicha anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.So‘rovnoma orqali normativ-huquqiy hujjatlardagi korrupsiyaviy xavflar, huquqiy bo‘shliqlar, noaniq normalar va ortiqcha ma’muriy tartib-taomillar aniqlanadi hamda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha jamoatchilik takliflari yig‘iladi.📝Sizning fikr va takliflaringiz jamoatchilik ekspertizasi mexanizmlarini takomillashtirish hamda qonun ijodkorligida shaffoflik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. So‘rovnoma to‘liq anonim bo‘lib, javoblar faqat umumlashtirilgan
    Image from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi
    7,800221Open in Telegram
  • O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

    16 Sept, 10:40

    ⚖️ O‘zbekiston fuqarolik jamiyati vakillari Jahon savdo tashkilotining Jamoatchilik forumida ishtirok etmoqda🟢 Jeneva shahrida Jahon savdo tashkiloti (JST) tomonidan o‘tkazilayotgan Jamoatchilik forumida O‘zbekiston fuqarolik jamiyati vakillari, jumladan, O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi raisi Narziyev Otabek Sa’diyеvich ishtirok etmoqda.🟢 Mazkur forumda davlat va xalqaro tashkilotlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari, ekspertlar va ilmiy doiralar vakillaridan iborat xalqaro hamjamiyat ishtirok etib, global savdo tizimining dolzarb masalalarini muhokama qilmoqda.🟢 Forumning asosiy maqsadi — global savdo tizimidagi yangi tendensiya va muammolarni muhokama qilish, turli manfaatdor tomonlar o‘rtasida muloqotni kuchaytirish hamda ko‘p tomonlama savdo tizimini yanada samarali va inklyuziv rivojlantirish bo‘yicha takliflarni
    982video92Open in Telegram
  • O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

    16 Sept, 10:00

    #Savol_javob⁉️ Savol: Ijtimoiy reyestrga oilani kiritish uchun uning daromadlari qanday hisoblanishi sizlarni postda aniq va to‘g‘ri tushuntirilgan. Shu o‘rinda qo‘shimcha ma’lumot kerak. Daromadlar kim tomonidan va qanday hisoblanadi? Shu haqida batafsil ma’lumot berolasizlarmi?💬 Javob: Ijtimoiy reyestrga kiritishda oilaning daromadi haqidagi ma’lumotlar vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olinadi. Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yakuniy baholash va daromadni hisoblash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” (YAMIH) axborot tizimida avtomatik amalga oshiriladi. Bunda oxirgi 3 oyda hisobga olinadigan daromadlar jamlanib, oila a’zolari soniga va 3 ga bo‘linadi. Zarur hollarda normativ daromadlar ham hisobga olinadi.✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil
    Image from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi
    960111Open in Telegram
  • O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

    15 Sept, 17:20

    ⚖️ Yuridik sohada rivojlanish, yangi tanishuvlar va imkoniyatlar sari bir qadam!🌐 O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi — yuristlarni birlashtiruvchi, bilim va tajriba almashish hamda professional rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratadigan zamonaviy hamjamiyat.✅ Assotsiatsiya a’zolari:🔹 soha mutaxassislari bilan professional aloqalar o‘rnatadi; 🔹 bilim va tajriba almashadi; 🔹 trening, seminar va ta’lim tadbirlarida ishtirok etadi; 🔹 yangi loyihalar va hamkorlik imkoniyatlariga ega bo‘ladi; 🔹 xalqaro tajriba va zamonaviy yuridik yondashuvlar bilan tanishadi; 🔹 yuridik soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi.🤝 Bu shunchaki a’zolik emas — professional hamjamiyatning bir qismi bo‘lish imkoniyati!📣 Assotsiats
    1,090video331Open in Telegram
  • O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

    15 Sept, 12:25

    #Qonunchilikdagi_yangiliklar‼️ Aholi daromadlarini oshirish va barqaror ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar belgilandi.📄 Prezident Farmoni (PF-193) bilan kichik biznesni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ehtiyojmand oilalar daromadini oshirishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etilmoqda.💰 3,2 trln so‘m resurs yo‘naltiriladi.2026-yil yakuniga qadar tuman (shahar) shtablari ixtiyoriga jami 3,2 trln so‘m resurs yo‘naltiriladi.🤝 Ehtiyojmand oilalar uchun yangi imkoniyat.Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni kooperatsiyaga jalb qilgan lider tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha garovsiz kredit ajratilishiga ruxsat beriladi.📌 2026-yil 1-oktabrdan o‘zini o‘zi band qilgan
    Image from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi
    1,1603211Open in Telegram
  • O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

    14 Sept, 16:50

    #Ekspert_fikri⁉️ Ish beruvchi xodimni majburiy ravishda ishdan tashqari vaqtda ishga jalb qilishi mumkinmi?⚖️ Bunday holatda ish beruvchining harakatlari qonuniymi? Xodimni ishdan tashqari vaqtda ishlashga majburlash mumkinmi?📹 Savolga Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi sho‘basi katta o‘qituvchisi, advokat Karimjonov Muhammadamin Muhammadalievich javob beradi.👉 Javobni videoda tomosha qiling!Video o‘zbek tilida.📥Bepul huquqiy yordam olish uchun Telegram-bot: 👉 @ULA_ProBono_bot📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube
    6,180video6211Open in Telegram
  • O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

    14 Sept, 13:15

    #Qonunchilikdagi_yangiliklar‼️ Sud ishlarini hal etishga aralashganlik uchun javobgarlik choralari aniq belgilandi⚖️ 2026-yil 11-sentabrdagi O‘RQ–1176-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.📌 Sud ishlarini hal etishga aralashish nima?Sud ishining har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qilish yoki adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoxud qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga yoki xalq maslahatchisiga qonunga xilof ravishda turli shakllarda ta’sir o‘tkazish sud ishlarini hal etishga aralashish hisoblanadi.⚠️ Bunday harakatlar uchun:➖ 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari; ➖ 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash; ➖ 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.
    1,120431Open in Telegram
  • O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

    14 Sept, 11:55edited

    ⁉️ Aliment miqdorini kamaytirish yoki undan ozod qilish haqidagi da’vo arizasida davlat boji to‘lanadimi?✅ Ha, bunday da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilinganda davlat boji to‘lanadi.📌 Aliment undirish haqidagi dastlabki da’volardan farqli ravishda, aliment to‘lovchining aliment miqdorini kamaytirish yoki undan ozod qilish haqidagi da’vosi davlat bojidan ozod etilmaydi.🔹 Bunday da’volar mulkiy xarakterdagi da’volar hisoblanadi. Shu sababli davlat boji da’vo bahosidan kelib chiqib hisoblanadi.📌 Da’vo bahosi — aliment to‘lovchi bir yil davomida kamaytirmoqchi bo‘lgan aliment summasidan kelib chiqib belgilanadi.❗️Masalan: ota oyiga 1 500 000 so‘m aliment to‘laydi va uni 1 000 000 so‘mgacha kamaytirishni
    Image from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi
    1,100511Open in Telegram
  • O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi

    14 Sept, 06:11