Latest posts

"O'zmetkombinat" AJ rasmiy kanali
22 Sept, 14:05
“Kombinat qahramonlari” loyihasining navbatdagi soni e’lon qilindiLoyihaning navbatdagi sonini “O‘zmetkombinat” AJning rasmiy YouTube sahifasida quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:https://youtu.be/rulUW_D6Gik“Kombinat qahramonlari” — o‘z mehnati, fidoyiligi va kasbiy mahorati bilan kombinat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan insonlar haqida hikoya qiluvchi loyiha.Navbatdagi qahramonimiz bilan yaqindan tanishing.uzbeksteel.uz lFacebook l Instagram l Twitter lTelegram l You TubeYouTubeKom qahramonlari 8-son2-navli prokatlash bo'linmasi xodimasining faoliyat yo'li1,530Open in Telegram
"O'zmetkombinat" AJ rasmiy kanali
22 Sept, 12:29edited
Keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari nazoratdan o‘tkazildi“O‘zmetkombinat” AJda ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirish va xodimlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik hamda modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.Mazkur loyihalarning amalga oshirilish holati “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi – Bosh direktori Bahodir Abdullayev tomonidan joyiga chiqqan holda nazoratdan o‘tkazildi. Har bir obyekt bo‘yicha bajarilgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, hududlarni obodonlashtirish holati hamda obyektlarni foydalanishga topshirishga tayyorgarlik jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi.Boshqaruv raisi tomonidan mas’ullarga ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish hamda obyektlarni foydalanishga
"O'zmetkombinat" AJ rasmiy kanali
21 Sept, 17:04edited
Inson hayoti — birinchi o‘rinda: «O‘zmetkombinat»da mehnat xavfsizligi muhokama qilindi«O‘zmetkombinat» AJda baxtsiz hodisalarning oldini olish, mehnat madaniyatini oshirish hamda sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi tizimidagi muammolarni bartaraf etishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.Yig‘ilishda Boshqaruv raisi — Bosh direktor Bahodir Abdullayev jarohatlanish holatlari ko‘paygan tarkibiy bo‘linmalar mas’ullari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, baxtsiz hodisalarning asl sabablarini tanqidiy tahlil qildi va ularning oldini olish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.Unda Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi departamenti xodimlari, mehnat muhofazasi muhandislari hamda tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishga Toshkent viloyati bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish davlat texnik inspektori U. T. Usarov ham taklif etildi.uzbeksteel.uz|Facebook|Instagram|X|Tele
"O'zmetkombinat" AJ rasmiy kanali
21 Sept, 12:25
“Kombinat qahramonlari” loyihasining yangi sonini kutib olingErtaga soat 19:00 da loyihaning navbatdagi soni e’lon qilinadi.Bu gal ham o‘zining fidokorona mehnati, yuksak mas’uliyati va kasbiy mahorati bilan kombinat rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xodim faoliyati yoritiladi.Navbatdagi qahramon bilan yaqindan tanishing va uning muvaffaqiyat yo‘li haqida bilib oling.uzbeksteel.uz lFacebook l Instagram l Twitter lTelegram l You Tube
"O'zmetkombinat" AJ rasmiy kanali
21 Sept, 09:38
Korrupsiya haqida xabar berish — qonun ustuvorligini ta'minlaydiKorrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1520; 1161 yoki 1253.“O'zmetkombinat” AJ korrupsiya haqida xabar berishga mo'ljallangan aloqa kanallari: Telegram – t.me/UMK_ANTICOR_BOT; @FIDOIY_METALLURG_BOT Ishonch telefoni: (+998 71) 514-19-17, 90 9986720, Ichki raqam 17-07 Elektron pochta manzili: compliance@uzbeksteel.uzwww.uzbeksteel.uz lFacebook l Instagram l Twitter lTelegram l You Tube
2,630Open in Telegram
"O'zmetkombinat" AJ rasmiy kanali
19 Sept, 16:45
OAV Biz xaqimizdaYosh ijodkorlarga milliy cholg‘u asboblari topshirildiuzbeksteel.uz|Facebook|Instagram|X|Telegram|You Tube
"O'zmetkombinat" AJ rasmiy kanali
19 Sept, 14:51
«O‘zmetkombinat» AJ — milliy cholg‘u san’ati va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shmoqdaR. Gliyer nomidagi musiqa maktabida milliy cholg‘u san’atiga bag‘ishlangan tadbir va mahorat darslari o‘tkazildi.«O‘zmetkombinat» AJ Boshqaruv raisi Bahodir Abdullayev yosh iste’dodlarning mahorati bilan tanishdi.Milliy san’at — yoshlar bilan, kelajak sari!uzbeksteel.uz|Facebook|Instagram|X|Telegram|You Tube
"O'zmetkombinat" AJ rasmiy kanali
19 Sept, 14:21
«O‘zmetkombinat» AJ — milliy cholg‘u san’ati va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shmoqdaR. Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida «Milliy musiqa kelajagi — Yangi O‘zbekiston yoshlari bilan» shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir va mahorat darslari o‘tkazildi.Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan «Milliy cholg‘u ijrochiligi» ijodiy birlashmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda «O‘zmetkombinat» AJ Boshqaruv raisi Bahodir Abdullayev, O‘zbekiston xalq artisti Tohir Qo‘ziyev hamda taniqli ustoz san’atkorlar ishtirok etdi.Dutor, rubob, doira va ansambllarda o‘tkazilgan mahorat darslari orqali yoshlar milliy cholg‘ularning o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishdilar. Ustozlar bilan muloqot va konsert dasturi esa milliy san’atning avloddan avlodga o‘tib kelayotgan bebaho an’analarini yana bir bor namoyon etdi.Bugun ustozlardan saboq


3,140Open in Telegram
"O'zmetkombinat" AJ rasmiy kanali
18 Sept, 18:42edited
O‘zmetkombinat: bo‘linmalar faoliyati o‘rganildiBugun, 18-sentabr kuni «O‘zmetkombinat» AJ Boshqaruv raisi — Bosh direktor Bahodir Abdullayev kombinatning bir qator muhim bo‘linmalari faoliyati bilan bevosita tanishdi.Xususan, Metall konstruksiyalar bo‘linmasi, Axborot texnologiyalari departamenti, Videokuzatuv bo‘limi, Kislorod-kompressor bo‘limi hamda Ombor faoliyati ko‘zdan kechirildi.Tashrif davomida bo‘linmalardagi ish jarayonlari, mavjud texnik imkoniyatlar va faoliyat samaradorligini oshirish masalalari o‘rganildi. Ish jarayonlarini yanada takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.Bunday bevosita o‘rganishlar korxonaning har bir bo‘g‘inidagi ish samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish jarayonlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. uzbeksteel.uz|
"O'zmetkombinat" AJ rasmiy kanali
18 Sept, 15:55
«Ayol — hayotning eng kuchli qahramoni»«O‘zmetkombinat» AJda ayolning jamiyat va oiladagi o‘rni, uning matonati, fidoyiligi va hayotdagi beqiyos qadriyatlariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda taniqli ijodkor va ziyolilar — shoira Nazira As-Salom, O‘zbekiston xalq artisti Ra’no Yarasheva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Eltoyeva, professorlar Marhabo Sobirova va Nodira Akayeva, jurnalist Mapura Nabiyeva hamda Marhabo Xoliqova ishtirok etdi.Mehmonlar «O‘zmetkombinat» AJda faoliyat yuritayotgan metallurg ayollar bilan samimiy suhbatlashib, ularning mehnati, hayotiy tajribasi va kasbiy faoliyati haqida fikr almashdilar.San’at va adabiyot namoyandalari bilan uchrashuv metallurg ayollarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ularning mashaqqatli va sharafli mehnatiga bo‘lgan e’tibor va ehtiromning yana bir ifodasiga aylandi.Ayol — mehr va matonat,
"O'zmetkombinat" AJ rasmiy kanali
18 Sept, 13:40
"ZA METALL" GAZETASINI O‘QING!Hurmatli obunachilar!Sizlarning e’tiboringizga 2026-yil 18-sentabrda chiqqan "Za metall" gazetasining 18-soni PDF variantini taqdim etamiz.ЧИТАЙТЕ ГАЗЕТУ "ЗА МЕТАЛЛ"!Уважаемые подписчики!Предлагаем вашему вниманию PDF вариант газеты "За металл" №18 от 18 сентября 2026 года.uzbeksteel.uz|Facebook|Instagram|X|Telegram|You Tube
"O'zmetkombinat" AJ rasmiy kanali
18 Sept, 05:51
O‘zmetkombinatda qurilish va rekonstruksiya ishlari davom etmoqda“O‘zmetkombinat” AJda Boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev rahbarligida korxona hududlarida qurilish va rekonstruksiya ishlari izchil olib borilmoqda.Jumladan, kombinat hududida Texnopark qurilishi jadal davom etmoqda. Shu bilan birga, korxonaning boshqa hududlarida mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.Mazkur jarayonlar korxona infratuzilmasini rivojlantirish va ishlab chiqarish uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.uzbeksteel.uz|Facebook|Instagram|X|Telegram|You Tube


3,710Open in Telegram
"O'zmetkombinat" AJ rasmiy kanali
16 Sept, 12:36
“O‘zmetkombinat” va Jiangsu SOHO: hamkorlikning yangi bosqichi16-sentabr kuni Jiangsu SOHO Holdings Group Direktorlar kengashi raisi Chjou Yun boshchiligidagi delegatsiya “O‘zmetkombinat” AJga tashrif buyurdi.Tashrif davomida Quyuv-prokatlash kompleksi faoliyati bilan tanishilib, xomashyo, eksport, logistika va investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.Mazkur kelishuv avgust oyida Xitoyda o‘tkazilgan muzokaralarning amaliy davomi bo‘lib, yangi qo‘shma loyihalar uchun muhim qadam bo‘ldi.uzbeksteel.uz|Facebook|Instagram|X|Telegram|You Tube
"O'zmetkombinat" AJ rasmiy kanali
16 Sept, 12:17
"O‘zmetkombinat" va Jiangsu SOHO: strategik hamkorlikning yangi bosqichi16-sentabr kuni Jiangsu SOHO Holdings Group Direktorlar kengashi raisi Chjou Yun boshchiligidagi delegatsiya «O‘zmetkombinat» AJga tashrif buyurdi.Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Quyish-prokatlash kompleksi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuvda xomashyo ta’minoti, eksport, logistika hamda investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.Uchrashuv yakunida «O‘zmetkombinat» AJ va Jiangsu SOHO Holdings Group o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.Mazkur kelishuv avgust oyida Xitoyda Bahodir Abdullayev boshchiligida o‘tkazilgan muzokaralarning amaliy davomi bo‘lib, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.uzbeksteel.uz|Facebook|Instagram|X|Telegram|You Tube


3,700Open in Telegram
"O'zmetkombinat" AJ rasmiy kanali
15 Sept, 16:14edited
“O‘zmetkombinat”da ish jarayonlari izchil davom etmoqda!“O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi – Bosh direktori Bahodir Abdullayev rahbarligida haftalik ishlab chiqarish yig‘ilishi o‘tkazildi.Yig‘ilishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.Sifat va samaradorlik — asosiy maqsad!uzbeksteel.uz|Facebook|Instagram|X|Telegram|You Tube
"O'zmetkombinat" AJ rasmiy kanali
15 Sept, 16:14
“Ўзметкомбинат”да иш жараёнлари изчил давом этмоқда“Ўзметкомбинат” АЖ Бошқарув раиси – Бош директори Баҳодир Абдуллаев раҳбарлигида ҳафталик ишлаб чиқариш масалаларига бағишланган йиғилиш бўлиб ўтди.Йиғилишда кун тартибидан ўрин олган масалалар юзасидан таркибий бўлинмалар раҳбарларининг ҳисоботлари тингланди. Ишлаб чиқариш самарадорлигини янада ошириш, меҳнат ва ишлаб чиқариш интизомини мустаҳкамлаш, шунингдек, белгиланган вазифаларнинг ўз вақтида ва сифатли бажарилишини таъминлаш бўйича масъулларга тегишли топшириқлар берилди.Йиғилиш якунида қабул қилинган қарорлар ва берилган топшириқлар ижросини қатъий назоратга олиш, ишлаб чиқариш жараёнларида сифат ва самарадорлик кўрсаткичларини янада яхшилашга қаратилган устувор вазифалар белгилаб берилди.uzbeksteel.uz|Facebook|Instagram|X|Telegram|You Tube


3,240Open in Telegram
"O'zmetkombinat" AJ rasmiy kanali
15 Sept, 13:39edited
O‘zmetkombinat aksiyadorlarining quvonchi cheksiz — dividendlar o‘z vaqtida to‘lanmoqda“O‘zmetkombinat” AJda 2025-yil yakunlari bo‘yicha aksiyadorlarga dividendlarni to‘lash jarayoni izchil davom etmoqda. Aksiyadorlar tomonidan yillar davomida kutilgan dividend mablag‘larining o‘z vaqtida hisob raqamlariga tushirilayotgani ularga quvonch bag‘ishlamoqda.Boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev tashabbusi bilan aksiyadorlarga qulaylik yaratish, ularning vaqtini tejash va dividendlarni olish jarayonini imkon qadar soddalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Endilikda dividend olish uchun aksiyadorlarning Toshkent shahriga borishiga hojat yo‘q. Amaldagi tartibga muvofiq, dividend mablag‘lari aksiyadorlarning bank hisob raqamlariga o‘tkazilmoqda.Bu esa aksiyadorlar uchun ortiqcha vaqt va xarajatlarni talab qilmaydigan, qulay va zamonaviy to‘lov tizimini ta’minlamoqda.Di
"O'zmetkombinat" AJ rasmiy kanali
15 Sept, 12:38
Sirlangan idishlar — sifat va ishonch uyg‘unligi“O‘zmetkombinat” AJ tarkibidagi “Bekobod Emal” MChJda ishlab chiqarilayotgan sirlangan po‘lat idishlar zamonaviy texnologiyalar, qat’iy sifat nazorati va ko‘p yillik ishlab chiqarish tajribasi asosida tayyorlanadi.Mustahkamligi, foydalanish uchun qulayligi, xavfsizligi va zamonaviy dizayni bilan ajralib turadigan mahsulotlar ichki bozorda keng qo‘llanilib, xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda.“Bekobod Emal” MChJ — sifat, ishonch va milliy ishlab chiqarish salohiyatini o‘zida mujassam etgan korxonalardan biridir.Batafsil ma’lumot va buyurtma uchun: 93 958-49-40 90 902-71-02 90 337-50-70 99 846-14-47uzbeksteel.uz|Facebook|Instagram|X|Telegram|You Tube
"O'zmetkombinat" AJ rasmiy kanali
5 Sept, 15:00
#Axborot24 | 05.09.2026 Korrupsiyaga qarshi kurashish - Davr talabi mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)1,910Open in Telegram
"O'zmetkombinat" AJ rasmiy kanali
5 Sept, 03:52
Navbatdagi raqib — “Paxtakor” FJ Bekobodning “Metallurg” jamoasi navbatdagi uchrashuvini 7-sentyabr kuni Toshkentning “Paxtakor” FJga qarshi o‘tkazadi. 18-tur doirasidagi bahs Bekoboddagi “Metallurg” stadionida bo‘lib o‘tadi va 18:30da start oladi. ———————————— Следующий соперник — ФК "Пахтакор"2,540Open in Telegram
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
