Latest posts

UNDP Uzbekistan
22 Sept, 13:05
⚡️ Bugun O‘zbekistonda energiya xizmatlari kompaniyalari (ESCO) bozorini rivojlantirish hamda energiya tejamkorligi sohasida O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.Loyihamiz xalqaro va Yevropa amaliyotlari asosida energiya auditi va ESCO bozorini rivojlantirishga qaratilgan uchta normativ va tartib-taomil hujjatini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatladi. Hujjatlar quyidagilarni qamrab oladi:🔹 ESCO kompaniyalarini sertifikatlash va energiya auditlarini o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma; 🔹 bazaviy ko‘rsatkichlarni baholash va verifikatsiya qilish bo‘yicha standart tartib-taomillar; 🔹 namunaviy energiya samaradorligi shartnomasi (EPC) va uni amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanma; 🔹 ESCO loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy modellar va risklarni kamaytirish mexanizmlari ishlab chiqildi.🇺🇿🇸🇰 Tadbirda energiya auditorlarini
UNDP Uzbekistan
22 Sept, 09:14
🏫🏥 Yangi infratuzilma - odamlarning kundalik hayotidagi haqiqiy o‘zgarishlar🏘 Navoiy viloyatining Navbahor tumanida qishloq joylarni barqaror rivojlantirish tashabbusimiz doirasida mahalla aholisi o‘z hududidagi eng muhim ehtiyojlarni aniqlashda bevosita ishtirok etdi. Ular orasida bolalar uchun munosib ta’lim sharoitlari va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaxshilash ham bor edi.🌧 Bu ehtiyojlar bejiz emas edi. Eski binolarning holati ancha og‘ir bo‘lib, qishda xonalar sovuq, yozda esa issiq bo‘lar, yomg‘irli kunlarda tomlardan suv o‘tardi. Bu esa bolalarning ta’lim olishi va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga salbiy ta’sir qilardi.🏫 Bugun 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida vaziyat butunlay boshqacha: 240 o‘rinli yangi bino mavjud, eski bino esa ta’mirlangan. Endilikda bolalar yorug‘, qulay va zamonaviy sharoitlarda ta’lim olmoqda.🏥 “Yangi
UNDP Uzbekistan
21 Sept, 13:01
Aliment: tarqoq xizmatlardan kompleks va proaktiv davlat ko‘magiga! 👶⚖️“Voyaga yetmagan farzandlar uchun aliment: hayotiy vaziyat va tegishli xizmatlar” nomli yangi tahliliy hisobot e’lon qilindi.Aliment olish shunchaki huquqiy xizmatdan iborat emas. Bu bolaning farovonligi va oilaning ijtimoiy himoyasi bilan bevosita bog‘liq muhim hayotiy masaladir. Hisobotda aliment undirishning amaldagi tartibi tahlil qilinib, fuqarolar uchun bu jarayonni soddalashtirish hamda my.gov.uz orqali xizmatlarni proaktiv, ya’ni fuqarolarning murojaatini kutmasdan taqdim etish imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar berilgan.Tahliliy hisobot Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O'zbekistonda davlat xizmatlari ko'rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida ishlab
UNDP Uzbekistan
21 Sept, 12:00
🌍 Butunjahon tozalik kuni: Birgalikda biz katta kuchmiz!♻️ Butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilgan "Hayot uchun joy ajrating!" nomli hamkorlikdagi keng ko‘lamli plogging aksiyasi ajoyib natijalar bilan yakunlandi!🌱 5 000 dan ortiq yoshlar, ekofaollar, hamkorlarimiz va ko‘ngillilar yagona maqsad — tabiatni asrash va unga g‘amxo‘rlik qilish yo‘lida birlashdilar.Bu shunchaki tozalik aksiyasi emas, balki sayyoramiz kelajagiga bo'lgan hurmat va O'zbekistonda aylanma iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan amaliy qadamdir.🎯 Biz Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga, xususan BRM 11 (Barqaror shaharlar), BRM 12 (Mas'uliyatli iste'mol), va BRM 13 (Iqlim o'zgarishiga qarshi kurash) ga erishish yo‘lida qat'iymiz.💚 UNDP ushbu kuchli hamjihatlik natijalari uchun har bir hamkor va ko‘ngilliga samimiy minnatdorchilik bildiradi. Biz birgalikda hayot va bunyodkorlik uchun joy ajratamoqdamiz!-
UNDP Uzbekistan
21 Sept, 07:53
⚽️ Chorkesar mahallasidagi 3-maktabda futbol maydoni, voleybol maydonchasi va suv tozalash tizimi barpo etildi. Inshootlar mahalla aholisi ovozi asosida tanlangan ehtiyojlar qatoridan joy oldi.🇪🇺 Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan YXHT bilan hamkorlikdagi loyihamiz doirasidagi ushbu tashabbus xavfsiz sport muhiti, yaxshiroq xizmatlar va mahalliy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.🌱 Loyiha, shuningdek, Chorkesardagi mahalliy tadbirkorlarni grantlar orqali qo‘llab-quvvatlab, yangi daromad va ish o‘rinlari yaratishga hissa qo‘shmoqda.Batafsil: https://go.undp.org/NWx🏀🏐🏀🏐⚽️ В школе №3 махалли Чоркесар построены футбольное поле, волейбольная площадка и система очистки воды. Эти объекты были выбраны самими жителями махалли в качестве приоритетных потребностей.🇪🇺 Инициатива реализована в рамках нашего проекта, финансируемого Европейским союзом и
UNDP Uzbekistan
21 Sept, 05:28
🌱 Ba’zan hayotni o‘zgartirish uchun katta imkoniyatlar emas, bor imkoniyatdan unumli foydalanish kerak.Baxtiyor Djubaev asalarichilikni atigi 10 ta asalari oilasi bilan boshlagan. Bugun esa u 200 ta ari uyasiga ega tajribali asalarichi, ustoz va oilaviy tadbirkor.U o‘z tajribasini boshqalar bilan baham ko‘rib, 70 dan ortiq insonga, ularning aksariyati ayollarga, asalarichilik sirlarini o‘rgatdi. Uning xo‘jaligida zamonaviy asal qadoqlash uskunalari va ari uyalari ishlab chiqarish ustaxonasi ham faoliyat yuritmoqda.Uning faoliyati va tajribasi haqidagi YouTube videosini tomosha qiling: https://youtu.be/ONb2clsi6us🐝 🐝 🐝🌱 Иногда, чтобы изменить свою жизнь, нужны не большие возможности, а умение максимально использовать те, что уже есть.Бахтияр Джубаев начал заниматься пчеловодством всего с 10 пчелосемей. Сегодня он — опытный пчеловод, наставник и семейный предприниматель,
UNDP Uzbekistan
4 Sept, 10:35
🌡 O‘zgidromet mutaxassislari uchun iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavfli hodisalar xavfini baholash bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazdik. Mazkur seminar iqlim xavflarini baholash uchun ko‘p modulli platforma yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarning bir qismidir. 🌊 Seminar davomida
UNDP Uzbekistan
4 Sept, 07:46
«Men buni hamshira sifatida emas, qishlog‘imiz aholisi sifatida aytyapman» 🏥 Ikki yil avval Boysun tumanidagi “Temir darvoza” mahallasi aholisi o‘z hududidagi eng dolzarb muammolarni birgalikda aniqlash uchun yig‘dik. Erkaklar o‘z takliflarini bildirgach, so‘zni oilaviy poliklinika hamshirasi
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
