gram news
urikguli channel avatar

urikguli

@urik_guli

ekofaol•erkin jurnalist•ona 📞@urikguli 🌱Donatlar uchun https://www.tirikchilik.uz/urikguli

ProjectsUZBlogs

5,770subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • urikguli

    22 Sept, 08:54

    🌱Andijonda daraxt ekish aksiyasiga qo‘shiling! Qachon va qayerda ekilishi bo’yicha ko’chatlar uchun mablag’ yig’ilgach e’lon beriladi. Shuning uchun kanalga obuna bo’lishni unutmang🫶🏻Ko‘chatlar uchun yordam bermoqchi bo‘lsangiz: 5614 6821 1458 8645——🌳Join our tree-planting campaign in Andijan! The date and location will be announced once we raise enough funds for the seedlings. Don’t forget to subscribe to our channel for updates🫶🏻To support the purchase of seedlings: 5614 6821 1458 8645
    9782266321Open in Telegram
  • urikguli

    22 Sept, 08:43

    🌍 Nepal-Xitoy chegarasidagi halokatli suv toshqiniga iqlim o‘zgarishi ham ta’sir qilganYangi ilmiy hisobotga ko‘ra, mintaqadagi haroratning oshishi permafrostning erishi, muzliklarning yupqalashishi va qorning tez erishiga olib kelgan. Erigan suv tog‘ jinslariga singib, ularni zaiflashtirgan va muz-tosh ko‘chkisi xavfini oshirgan.2015-yildagi kuchli zilzila ham tog‘ yonbag‘rini beqarorlashtirgan bo‘lishi mumkin.Olimlar iqlim o‘zgarishi fojiaga sabab bo‘lgan yagona omil emasligini, ammo uning rivojlanishida muhim rol o‘ynaganini qayd etmoqda.Telegram Instagram
    682video6422Open in Telegram
  • urikguli pinned a photo

    22 Sept, 08:32

  • urikguli

    22 Sept, 08:27

    🌱 Mikroplastiklar tuproqda “Troya oti” bo‘lib xizmat qilmoqdaYevropaning 11 davlatidagi 227 ta qishloq xo‘jaligi dalasi o‘rganilganda, ularning barchasi tuprog‘ida mikroplastiklar aniqlangan.Tadqiqotga ko‘ra, mikroplastiklar pestitsidlar, zaharli moddalar, bakteriyalar va antibiotiklarga chidamlilik genlarini o‘z yuzasida tashib, ularning tuproqda tarqalishiga yordam berishi mumkin.🔬 Mikroplastiklar tuproq mikroorganizmlari uchun “plastisfera” deb ataladigan yangi muhit yaratadi. Pestitsidlar bilan birga ular antibiotiklarga chidamlilik genlarining ko‘payishini kuchaytirishi mumkin.🌱 Tadqiqotda mikroplastiklar salat o‘simliklarining barg maydoni, xlorofill miqdori, fotosintez samaradorligi va biomassasini kamaytirgani ham aniqlangan. Qurg‘oqchilik sharoitida ta’sir yanada kuchaygan.Muhimi, biologik parchalanadigan plastiklar ham har doim xavfsiz emas. Ular ham
    88213833Open in Telegram
  • urikguli

    21 Sept, 10:07

    forwarded from @uenteruz

    UEnter Green Youth Cup inkubatsiya dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabulini boshladiGreen Youth Cup — yashil texnologiyalar sohasida yechimlar ishlab chiqayotgan yosh startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan inkubatsiya dasturi.Dastur ishtirokchilarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: 🚀 G‘oyani hayotiy mahsulotga aylantirish va MVP ishlab chiqish 🤝 Loyihani xalqaro mentorlar va bozor ekspertlari bilan birgalikda rivojlantirish 📈 Ilk mijozlarni topish va startapni keyingi bosqich hamda o‘sishga tayyorlash ✈️ Dastur g‘oliblarini Web Summit Qatar — dunyodagi eng yirik texnologik tadbirlardan biriga sayohat kutmoqda📅 Arizalar 22-sentabrgacha qabul qilinadi.📩 Arizani havola orqali topshirishingiz mumkin.Dastur Shveysariya va Buyuk Britaniya hukumatlari, shuningdek, Virtual Accelerate ko‘magida amalga oshiriladi. ___UEnter открывает приём заявок на участие в
    8751041Open in Telegram
  • urikguli

    20 Sept, 14:50edited

    "If children don’t grow up knowing about nature and appreciating it, they will not understand it and if they don't understand it, they won't protect it, and if they don't protect it, who will?"David AttenboroughTelegram Instagram
    1,240video80251583Open in Telegram
  • urikguli

    18 Sept, 05:28

    🌍 O‘tgan yili 124 nafardan ortiq ekologiya himoyachisi o‘ldirilganGlobal Witness hisobotiga ko‘ra, 2025-yilda o‘rmonlar, yerlar va suv havzalarini himoya qilgan kamida 124 kishi hayotdan ko‘z yumgan.Qotilliklarning 85 foizi Lotin Amerikasida qayd etilgan. Eng ko‘p holat Kolumbiyada — 39 ta, Braziliyada esa 26 ta.Halok bo‘lganlarning qariyb uchdan biri tub mahalliy aholi vakillari bo‘lgan. Yer bilan bog‘liq nizolar esa o‘limlarning yarmidan ko‘prog‘iga sabab bo‘lgan.Telegram Instagram
    1,4706615872Open in Telegram
  • urikguli

    17 Sept, 14:48

    forwarded from @youthcenterziyo

    💧 Suv sifati: uni qanday aniqlaymiz?Butunjahon suv monitoringi kuni munosabati bilan suv havzalarining holati aslida qanday aniqlanishini birgalikda o‘rganamiz — suv sifati ko‘rsatkichlari, tirik organizmlar va hatto mikroplastiklar orqali. Siz suv havzasining holatini baholash va ifloslanishning ehtimoliy manbalarini aniqlashni o‘rganasiz.🧪 Dasturda: — Kahoot viktorinasi — neft to‘kilishini modellashtirish bo‘yicha tajriba — «Suv havzasi tadqiqotchilari» jamoaviy o‘yini — eng faol ishtirokchilarga kichik sovg‘alar 🎁👩‍🔬 Spiker — Isokova Adelina, ekologik va barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi yosh mutaxassis. Green University’da Environmental and Sustainable Management yo‘nalishida tahsil oladi. ArtStation dasturi ishtirokchisi.📅 18-sentabr 🕐 15:00 🗣 Tadbir tillari: rus va ingliz tillari 📍 Ziyo Forum Youth Center ✅Ro‘yxatdan o‘tish:
    1,400855Open in Telegram
  • urikguli

    17 Sept, 08:56

    forwarded from @undpuzbekistan

    📣 Barchani “Hayot uchun joy ajrating!” plogging-marafoniga taklif etamiz!19-sentabr – Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan biz Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Chiqindilarni boshqarish va aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda sizni keng koʻlamli plogging aksiyasida ishtirok etishga chorlaymiz.Plogging – bu yugurish va chiqindilarni yigʻishni oʻzida mujassam etgan noyob harakatdir. Bu nafaqat jismoniy holatni saqlab qolish, balki shaharlarimiz, bogʻlarimiz va koʻchalarimizni toza qilish uchun ajoyib imkoniyat.Biz barchani – yoshlar, faollar, koʻngillilar va yurtimizning toza kelajagiga hissa qoʻshishni istagan har bir kishini bizga qoʻshilishga chaqiramiz.🗓 Sana: 2026-yil 19-sentabr📍 Oʻtkazilish joylari: Aksiya Oʻzbekistonning barcha hududlarida boʻlib oʻtadi. Manzillar haqidagi toʻliq maʼlumot bilan shu yerda tanishishingiz
    1,3802232Open in Telegram
  • urikguli

    16 Sept, 07:43

    ✨ Yaltiroq trendlar ortida qancha plastik chiqindi bor?Ijtimoiy tarmoqlarda tez ommalashayotgan yangi hobbi va trendlar odamlarni ijodkorlikka undayotgandek ko‘rinadi. Ammo ularning ayrimlari atrof-muhitga qo‘shimcha yuk bo‘lishi mumkin.Masalan, “bedazzling” trendida turli buyumlarga mayda yaltiroq bezaklar yopishtiriladi. Bunday bezaklarning ayrimlari PMMA kabi akril plastmassalardan tayyorlanadi. Ularni qayta ishlash qiyin bo‘lgani uchun oxir-oqibat chiqindixonaga tushishi mumkin.Xuddi shunday muammo diamond painting kabi mashg‘ulotlarda ishlatiladigan juda mayda plastik detallar bilan ham bog‘liq. Ular oson yo‘qoladi va tabiatga tushib qolishi mumkin.Muammo hobbi bilan shug‘ullanishda emas. Asosiy masala — trendlarning tez almashishi va odamlarning qisqa muddat foydalaniladigan buyumlarni qayta-qayta xarid qilishidir.Shuning uchun yangi trend ortidan quvishdan oldin bir
    1,690video36201191Open in Telegram
  • urikguli

    13 Sept, 15:55edited

    OdatTelegram Instagram
    2,120video138291883Open in Telegram
  • urikguli

    13 Sept, 10:06

    🌍 Tabiiy tizimlarning yemirilishi global isishni 30 foizgacha kuchaytirishi mumkinTundralar erimoqda, botqoqliklar va o‘rmonlar esa katta miqdorda issiqxona gazlarini chiqarishni boshlamoqda. O‘rmon yong‘inlarining ko‘payishi ham bu jarayonni tezlashtirmoqda.Yangi tadqiqotga ko‘ra, tabiiy tizimlardagi bu jarayonlar inson faoliyati sababli yuzaga kelayotgan global isishni 20–30 foizga kuchaytirishi mumkin.Hozir Yer sanoatgacha bo‘lgan davrga nisbatan 1,4°C issiqroq. Agar insoniyat asr oxirida net-zero emissiyaga erishsa ham, tabiiy qayta aloqa jarayonlari qo‘shimcha 0,2°C isishga sabab bo‘lishi mumkin. Net-zero maqsadiga erishilmasa, qo‘shimcha isish 0,4°C ga yaqinlashadi.Olimlar esa bu emissiyalar iqlim modellarida yetarlicha hisobga olinmayotganidan xavotirda.Telegram Instagram
    2,08014666Open in Telegram
  • urikguli

    12 Sept, 06:21

    🌌 11-sentabr kuni dunyoning ayrim hududlarida chiroqlar o‘chirildi11-sentabr kuni “Yer tuni” aksiyasi o‘tkazildi. Tashabbus 2020-yildan beri Germaniyadagi nodavlat tashkilot tomonidan ilgari surilib, odamlarni bir kechaga chiroqlarni o‘chirishga chaqiradi.Sun’iy yorug‘lik nafaqat yulduzlarni ko‘rishga xalaqit beradi, balki uyqu va ekotizimlarga ham ta’sir qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, birgina Germaniyada sun’iy yorug‘lik ta’siri har yozda taxminan 100 milliard hasharotning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi..Qushlar, toshbaqalar, ko‘rshapalaklar va boshqa ko‘plab hayvonlar yo‘l topish va ko‘payish uchun qorong‘ilikka muhtoj. Shu sababli keraksiz chiroqlarni o‘chirish va tashqi yoritgichlarni pastga qaratish tavsiya etiladi.Telegram Instagram
    2,220video38218Open in Telegram
  • urikguli

    10 Sept, 13:51

    🇳🇵 Nepal global isish oqibatlari uchun BMTdan $20 mln kompensatsiya talab qildiIkki hafta avval Nepal va Xitoy chegarasida muzlik qulab, kuchli sel yuzaga kelgan. Tabiiy ofat oqibatida qishloqlar va yo‘llar vayron bo‘lgan, 1300 dan ortiq odam halok bo‘lgani, 5000 dan ortiq kishi esa bedarak yo‘qolgani aytilmoqda.Nepal TIV rahbari Shishir Khanalning ta’kidlashicha, mamlakat global issiqxona gazlari chiqindilarining 0,1 foizidan ham kamini ishlab chiqaradi. Shunga qaramay, iqlim o‘zgarishining og‘ir oqibatlariga duch kelmoqda.Nepal hukumati global isish sabab yuzaga kelgan muzlik qulashi, sel va suv toshqinlari ortidan BMTdan 20 million dollar kompensatsiya so‘radi. Bundan tashqari, ko‘proq issiqxona gazlari chiqaradigan davlatlarni iqlim o‘zgarishi oqibatlari uchun mas’uliyatli bo‘lishga chaqirmoqda.7-sentabr kuni mamlakatda fojia qurbonlari xotirasiga milliy motam kuni e’lon
    2,450371613Open in Telegram
  • urikguli

    10 Sept, 10:53

    🐦‍⬛️ Yer yuzidan butunlay yo‘qolgan ovozni tinglaganmisiz?Ushbu audioyozuvda 1987-yilda Gavayi o‘rmonlarida kuylagan eng oxirgi erkak Kauayi ‘ō‘ō (Moho braccatus) qushining ovozi muhrlangan.Bu qushlar juftlashish mavsumida doimo bir-biriga jo‘r bo‘lib kuylashgan. Yozuvga diqqat bilan quloq tutsangiz, qush sayrashdan to‘xtab, pauza qilayotganini eshitasiz — u tabiat qonuniyatiga ko‘ra modasining javob berishini kutmoqda...Ammo bu javob hech qachon kelmaydi. Chunki u o‘z turining Yer yuzidagi eng so‘nggi vakili edi.Kauaʻi ʻōʻō qushi chivinlar orqali yuqadigan kasalliklar, yirtqich sutemizuvchilar, o‘rmonlarning kesilishi va kuchli dovullar sabab yashash muhitidan ayrilib, soni keskin kamaygan. 1989–2000-yillarda olib borilgan qidiruvlarda topilmagach, 2023-yil oktabrida tur rasman yo‘q bo‘lib ketgan deb e’lon qilindi.Telegram Instagram
    2,210video57181032Open in Telegram
  • urikguli

    9 Sept, 03:55edited

    🌍 BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatladiBMT Bosh Assambleyasi qit’alar va mamlakatlar maydonini aniqroq ko‘rsatadigan Equal Earth xarita proyeksiyasidan foydalanishni qo‘llab-quvvatladi.Amaldagi Merkator xaritasida ekvatordan uzoq hududlar aslidan kattaroq ko‘rinadi. Masalan, Afrika Grenlandiyaga deyarli tengdek tasvirlanadi. Aslida esa Afrika Grenlandiyadan qariyb 14 baravar katta.“Correct the map” rezolyutsiyasini Togo ilgari surgan. 164 davlat rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagan, 6 davlat betaraf qolgan, AQSh qarshi ovoz bergan. Rossiya yoqlagan, Ukraina esa betaraf qolgan.Yangi proyeksiya majburiy emas. Merkator xaritasi ham foydalanishdan chiqarilmaydi.Telegram Instagram
    2,700video27752Open in Telegram
  • urikguli

    8 Sept, 18:59edited

    🌱 O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston “Orol–Gobi” ekologik tashabbusini ishlab chiqadi4-sentabr kuni O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston ekologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishdi.Jumladan, ikki davlat “Orol–Gobi” hamkorligini birgalikda ishlab chiqadi. Tashabbusning asosiy maqsadi - degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash va qum-chang bo‘ronlari xavfini kamaytirish.Dastlab ikki davlatda pilot hududlar tanlanib, yer va yaylovlarni tiklash loyihalari ishlab chiqiladi.Loyihalarni GEF, GCF, Jahon banki va boshqa xalqaro manbalar orqali moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.Shuningdek, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistonda investitsiyaga tayyor loyihalarni ishlab chiqish uchun yangi mexanizm yaratiladi.Telegram Instagram
    2,02920851Open in Telegram
  • urikguli

    8 Sept, 08:56edited

    ❗️Kok-Jaylyaudagi kurort mojarolari sabab ekofaol 15 sutkaga hibsga olindiOlmaotada Kok-Jaylyau hududida tog‘-chang‘i kurorti qurilishiga qarshi bo’lgan jurnalist va ekofaol Aruna Ortayeva 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi.29-avgust kuni uning xonadonida tintuv o‘tkazilgan. So‘ng Ortayeva shahar politsiya departamentiga olib ketilgan. Sud uni politsiya xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaganlikda ayblab, 15 sutkaga hibsga olgan.Hibsga olinishidan biroz oldin Ortayeva Olmaota akimatidagi yopiq yig‘ilishning audioyozuvlarini Instagramda e’lon qilgan edi. Audioyozuvlarda Kok-Jaylyauda kurort qurilishi uchun avtomobil yo‘li barpo etilishi va buning oqibatida 2010 ta daraxt kesilishi mumkinligi muhokama qilingan. Ularning 700 tasi Qizil kitobga kiritilgan noyob daraxtlar, jumladan, Sievers olmasi bor ekani aytilgan.2019-yilda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev
    2,0407414943Open in Telegram
  • urikguli

    1 Sept, 10:16

    🇺🇿❤️ Mustaqil, obod va barhayot bo‘l, aziz yurtim! Tabiating g‘animlar qo‘lidan aziyat chekmasin. Qalbi pok, insofli, diyonatli xalqing o‘zligini unutmasin! Qadring baland, qadriyatlaring o‘chmas bo‘lsin!Vatandoshlar, barchangizga bayram muborak! Shu yurt — hammamizniki! Uning tabiati, qadriyatlari va mustaqilligi bardavom bo‘lishi uchun hammamiz birdek mas’ulmiz!
    2,700871810Open in Telegram
  • urikguli

    23 Aug, 12:53

    Toshkent tumani “Qizg‘aldoq” MFY hududidagi 2,5 gektar maydonga ekilgan 1 758 ta manzarali va mevali daraxtni boshqa hududga ko‘chirish Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudi qarori bilan yuklatilgan.Mazkur sud qarorini ijro etish uchun tegishli hujjatlar Majburiy ijro byurosiga yuborilgan bo‘lib, hozirda ijro harakatlari boshlanish arafasida.Aholi ushbu qarordan noroziligini bildirib, mas’ul tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilmoqda. Biroq hozircha bu murojaatlar bo‘yicha amaliy natija kuzatilmayapti.Shu munosabat bilan mas’ul tashkilotlardan ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratishlarini, daraxtlarning kesilishi yoki nobud bo‘lishining oldini olish hamda ularni saqlab qolish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishlarini so‘raymiz.🌳 1 758 ta daraxt — bu shunchaki raqam emas. Bu hududning yashilligi, havosi va kelajagi.
    3,960video582713551Open in Telegram