gram news
O'RMON AGENTLIGI channel avatar

O'RMON AGENTLIGI

@urmon_gov_uz

🌐 Oʻrmon va yashil hududlarni ko'paytirish, cho'llanishga qarshi kurashish agentligi 📬 E-mail: info@urmon.uz ☎️ Ishonch raqami: +998 (71) 207-88-77 🌐 Rasmiy veb-sayt: https://gov.uz/urmon 📍 Toshkent shahri, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7-A

ProjectsUZOther

1,720subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • O'RMON AGENTLIGI

    22 Sept, 04:43

    forwarded from @rasmiy_axborot_official

    🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni
  • O'RMON AGENTLIGI

    21 Sept, 11:31

    🌳"Yashil makon": mahallalarda soyali sayr ko‘chalari tashkil etilmoqda"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida respublikada barcha mahallalarda yashil hududlar barpo etilmoqda. Xususan, Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi "Sayqal" mahallasi "yashil" mahallaga, aholi yuradigan trotuarlar esa soyali sayr ko‘chalariga aylantirilmoqda.👉Batafsil - https://gov.uz/oz/urmon/news/view/222171💻Instagram 😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
  • O'RMON AGENTLIGI

    21 Sept, 06:54

    #Yashil_makonToshkent KIDO‘X da Janubiy Koreyaning KOICA kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etilayotgan zamonaviy ko'chatxona haqidagi telelavha "O'zbekiston" telekanalida efirga uzatildi.💻Instagram 😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
  • O'RMON AGENTLIGI

    19 Sept, 18:45

    forwarded from @press_secretary_uz

    Kelgusi bahordan Nukus tumanidagi 10 ming gektar maydonda qovun yetishtirish boshlanadi.Yil yakunigacha Ispaniya, AQSh, Niderlandiya va Xitoydan qovunning eng yaxshi navlari, urug‘chilik va agrotexnologiya bo‘yicha mutaxassislarni olib kelish topshirildi.Salohiyatli investorlarni jalb qilib, shu yerning o‘zida qovunni qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanadigan xolding tashkil etiladi.Nukus tumanidagi texnikum qovunchilikka moslashtirilib, laboratoriya va sinov poligoni bilan ta’minlanadi.Ushbu muassasa Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryodagi qovun yetishtiruvchilar uchun tajriba almashish metodik markazi bo‘ladi.Facebook|Instagram|X
  • O'RMON AGENTLIGI

    19 Sept, 12:52

    forwarded from @press_secretary_uz

    Kecha Nukus shahrining “Ashshiko‘l” hududida 50 ming aholiga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston” massivi – “Nukus siti” qurilishi boshlandi.270 gektarda ilg‘or arxitektura yechimlari va energiya tejamkor texnologiyalar asosida osmono‘par binolar, biznes, savdo va servis markazlari, yashil xiyobonlar barpo etiladi. Investitsiya loyihalariga xorijdan salohiyatli investorlar jalb qilinadi.Nukusdagi Mustaqillik ko‘chasi tun-u kun ishlaydigan maskanga aylandi. 28 nafar tadbirkor ish boshlab, 50 nafarining faoliyati kengaygani hisobiga bir haftada savdo tushumi 2 karra oshdi.Nur va Elobod mahallalari Olmazorning Qichqiriq mahallasi namunasida obod qilinadi. Navro‘z bayramigacha shu yerdagi istirohat bog‘ida aholini jalb qiladigan zamonaviy maskan barpo etish topshirildi.Kegeylida 3,5 kilometr zovurni yopib, 100 ta servis obyekti qurish boshlangan. Buning hisobiga 320 ta ish o‘rni
  • O'RMON AGENTLIGI

    19 Sept, 11:15

    forwarded from @press_secretary_uz

    Qoraqalpog‘istonda 30 ming gektarda sho‘rga chidamli olxo‘ri va kechki o‘rik plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha uch yillik dastur amalga oshiriladi.Prezidentimiz Kegeylidagi 330 gektar sho‘r yerda yaratilayotgan sanoatlashgan bog‘ni ko‘rganini qayd etdi. Yangi dastur doirasidagi 10 ming gektarda ishlar shu yil boshlanadi.Viloyat hokimlari 500 va 1 ming gektardan bog‘ yaratishga mas’ul bo‘ladi. Andijondan yer bo‘yicha mutaxassis va dehqonlar kelib, Kegeylida ishlarni boshlagan.Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyat hokimlari va Bog‘dorchilik agentligi o‘rtasida uch tomonlama shartnomalar tuziladi. Ikki haftada har bir viloyat uchun yer ajratilib, kafolatli suv ta’minoti yaratiladi. Agentlik 1-oktabrgacha iqlimga mos ko‘chat navlari va ekish texnologiyalarini taqdim etadi.Viloyat hokimlari usta dehqon va agronomlarni jalb qilib, ularga uy-joy qurib beradi. Har bir
  • O'RMON AGENTLIGI

    19 Sept, 10:16

    forwarded from @press_secretary_uz

    Taxtako‘pirda Shinjon tajribasi asosida ozuqa yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.Mo‘g‘uliston, Turkiya, Xitoy va Avstraliyadan 5 ming bosh qo‘y-echki olib kelinib, Qoraqalpog‘iston sharoitida ko‘paytiriladi. Buning uchun bir oyda 1 ming gektar yerni belgilab berish topshirildi.Yil yakunigacha 10-15 ming gektarda loyihalarni shakllantirib, bir yil ichida 100 ming bosh qo‘y-echki boqishni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.Prezidentimiz kecha “Kegeyli naslli parranda” korxonasi faoliyati bilan tanishganini qayd etdi. Tadbirkorni qo‘llab-quvvatlab, bir yil ichida parranda yetishtirish quvvatini 2-3 karra oshirish va korxonani xoldingga aylantirish topshirildi. Zarur mablag‘ masalasi hal qilinadi.Kegeylidagi texnikumda parranda yetishtirishni o‘rgatadigan kurslar tashkil etiladi.Facebook|Instagram|X
  • O'RMON AGENTLIGI

    19 Sept, 09:28

    forwarded from @press_secretary_uz

    Qoraqalpog‘istondagi 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga 5 milliard 700 million kub metr suv sarflanmoqda. Yo‘qotishlar esa 38 foizni – 2 milliard 100 million kub metrni tashkil etmoqda.To‘rtko‘ldagi “Yonbosh” kanalidan yiliga o‘tadigan 115 million kub metr suvning 44 millioni yo‘qotiladi. Kanal to‘liq betonlansa, yana 9 ming gektarga suv yetkazish va 15 ming bosh qoramol uchun ozuqa bazasini yaratish mumkin.Bo‘zatovdagi “Erkindaryo” kanalining 8 kilometrini betonlash hisobiga foydalaniladigan yer 3 ming gektarga ko‘payadi, 15 ming gektarda suv ta’minoti yaxshilanadi. 3 ta suv inshooti va 22 ta artezian quduq barpo etilishi yana 5 ming gektar ozuqa maydonini yaratish imkonini beradi.Ushbu ishlarga jami 135 milliard so‘m ajratish, ikki kanalni 1-martgacha betonlash topshirildi. To‘rtko‘l va Bo‘zatovda kelasi yil 17 ming gektarda ozuqa ekib, 2 ming odamni daromadli qilish
  • O'RMON AGENTLIGI

    19 Sept, 08:15

    forwarded from @press_secretary_uz

    Yig‘ilishda Qoraqalpog‘istonni kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi.Qoraqalpog‘istondagi 2 ming tadbirkor uch yilda 2 trillion 145 milliard so‘m kreditni vaqtida qaytarib, banklarning ishonchli mijoziga aylangan. “Mijozni o‘stirish” modeli asosida yana kamida 30-40 ming odamni ishli va daromadli qilish imkoniyati bor.Hududga mas’ul bank ishonchli mijozlar uchun 16 foiz stavkada 300 milliard so‘mlik kredit liniyasini ochmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi 4 foizlik qismini qoplab berishi hisobiga tadbirkor uchun stavka 12 foizga tushadi.Qolgan 8 ta bankka ham bir oyda shunday qulay mahsulotlarni ishlab chiqish topshirildi.Facebook|Instagram|X
  • O'RMON AGENTLIGI

    19 Sept, 07:30

    forwarded from @press_secretary_uz

    Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonda yer, qazilma boyliklar, quyosh va shamol energiyasi, katta yaylovlar mavjudligini qayd etdi.Ana shu imkoniyatlar asosida “resursdan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan zanjirni qamrab oladigan yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi.“Qo‘ng‘irot – Qorao‘zak – Taxiatosh” yo‘nalishi Qoraqalpog‘istonning “yashil sanoat yo‘lagi” – “intellektual iqtisodiyot uchburchagi”ga aylanadi.Sun’iy intellekt va data markaz loyihalari uchun tashkil etilgan maxsus zonada 8 milliard dollarlik 6 ta loyiha amalga oshiriladi.Mutasaddilarga 1-oktabrgacha besh yillik dastur ishlab chiqib, investorlar uchun 1 gigavatt quvvatli barqaror elektr ta’minotini yo‘lga qo‘yish topshirildi.Uch yilda Nukus shahri, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak va Taxiatoshda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish, bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida yillik eksportni 600 million
  • O'RMON AGENTLIGI

    19 Sept, 06:42

    forwarded from @press_secretary_uz

    Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi.So‘nggi yillarda hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra ko‘p.Bu yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.Facebook|Instagram|X
  • O'RMON AGENTLIGI

    18 Sept, 16:36

    forwarded from @rasmiy_axborot_official

    ❗️"Biz sizni yaxshi ko‘ramiz"Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 24/7 ishlaydigan ko‘chaga tashrif buyurdi. Prezident korteji ko’chada rejadan tashqari to’xtadi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
  • O'RMON AGENTLIGI

    18 Sept, 15:00

    forwarded from @shmirziyoyev

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga keldi. Safarni boshlashdan avval mamlakatimiz yetakchisi marhum davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalovning xonadoniga tashrif buyurdi. — Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Республику Каракалпакстан. Перед началом поездки глава нашего государства посетил дом покойного государственного и общественного деятеля Каллибека Камалова.#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #xotiraPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • O'RMON AGENTLIGI

    18 Sept, 12:39

    Tabiiy sharoitlar aholi turmush sifatiga ta’sir ko‘rsatadi – Saida MirziyoyevaO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Shayxontohur tumanida barpo etilishi rejalashtirilgan yangi istirohat bog‘i hududini ko‘zdan kechirdi.👉Batafsil - https://gov.uz/oz/urmon/news/view/221017💻Instagram 😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
  • O'RMON AGENTLIGI

    18 Sept, 10:48

    🇺🇿🇰🇷O‘rmonlarni tiklash va ekologik barqarorlik borasida Koreya Respublikasi bilan hamkorlik kuchaytiriladiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida Koreya O‘rmon xo‘jaligi xizmati (KFS), Osiyo o‘rmon xo‘jaligi hamkorligi tashkiloti (AFoCO) va Milliy bog‘lar xizmati (KNPS) rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralarda o‘rmonlarni tiklash, cho‘llanishga qarshi kurash, bioxilma-xillikni saqlash va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish bo‘yicha yangi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.👉Batafsil - https://gov.uz/oz/eco/news/view/221014💻Instagram
  • O'RMON AGENTLIGI

    18 Sept, 06:20

    forwarded from @press_secretary_uz

    Bugun Toshkent viloyatidagi Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli "Sevarsoy" sihatgohida o‘tkazilayotgan "Axborot xizmati faoliyati: tahlil, tajriba va rivojlanish" mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qildik. Sohadagi ishlarni tanqidiy tahlil qilib, mavjud muammolar va ustuvor vazifalarni ko‘rib chiqdik.Raqamli muhit shiddat bilan o‘zgarayotgan bugungi kunda axborot xizmatlaridan tezkorlik, tashabbuskorlik va yuqori kasbiy mas’uliyat talab etiladi. Jamoatchilik uchun muhim axborotni o‘z vaqtida, aniq va tushunarli yetkazish, ehtimoliy inqirozli vaziyatlarga oldindan tayyor bo‘lish, OAV bilan konstruktiv hamkorlik qilish hamda axborot ochiqligi va xavfsizligi o‘rtasida muvozanatni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik.Axborot xizmatlari faoliyati bo‘yicha tahliliy o‘rganish
  • O'RMON AGENTLIGI

    18 Sept, 04:25edited

    📣 DIQQAT, TRENING!Green University tomonidan Finlyandiyaning Forgis Oy kompaniyasi bilan hamkorlikda, Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan RESILAND UZ loyihasi doirasida 📚 “Raqamli o‘rmon xo‘jaligi: inventarizatsiya, BPLA va o‘rmon uglerodi” mavzusida 40 soatlik trening tashkil etilmoqda.🎯 Trening doirasida: 🟢 Raqamli o‘rmon inventarizatsiyasi 🟢 BPLA va fotogrammetriya 🟢 O‘rmon uglerodi — MRV va uglerodli o‘rmon xo‘jaligi 🟢 Dala sharoitida o‘rmon inventarizatsiyasi👥 Kimlar uchun? Ekologiya va o‘rmon xo‘jaligi, o‘rmonlarni tiklash va boshqarish, GIS va masofadan zondlash texnologiyalari, iqlim o‘zgarishi
  • O'RMON AGENTLIGI

    17 Sept, 13:47

    "O'zbekiston" telekanali “Taraqqiyot yo'li” dasturida O'rmon agentligi bosh mutaxassislari Shohjahon Omonov hamda Jasur Rahimovning intervyulari efirga uzatildi.💻Instagram 😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt