Latest posts

Fan va texnologiyalar universiteti
22 Sept, 15:34
👍 USATdan Istanbulgacha: 100 foizlik grant asosida xalqaro ta’lim!🎓 Bir semestr. Ikki iqtidorli talaba. Barcha asosiy xarajatlar qoplangan!Fan va texnologiyalar universitetining ikki nafar talabasi Turkiyaning ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasidagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Ibn Haldun universitetida kuzgi semestr davomida tahsil oladi:👩🎓 Saydaliyeva Mubina G‘olib qizi Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi, 3-kurs, TM 2-24-guruh talabasi;👩🎓 Jabborova Roziyabibi Jurabek qizi Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi, 4-kurs, 3/23-guruh talabasi.💯 Talabalarimizga ajratilgan grant quyidagi xarajatlarni to‘liq qoplaydi:✅ bir semestrlik ta’lim; ✅ yashash bilan bog‘liq xarajatlar; ✅ zamonaviy talabalar
Fan va texnologiyalar universiteti
22 Sept, 14:04
🎤 USAT talabalari bilan qisqa savol-javob!1-kurs talabalarimizdan ularning talabalik taassurotlari, dars jarayonlari, universitet muhiti va ustozlarning dars olib borish uslubi haqida so‘rab ko‘rdik.💬 Javoblar esa, rostini aytganda, kutganimizdan ham ijobiyroq bo‘ldi!🎓 Eng quvonarlisi, ko'p talabalarimiz magistratura bosqichini ham aynan USAT’da davom ettirishni rejalashtirayotganini aytishdi.🤩 Bu — talabalarning universitetdagi ta’lim va muhitdan mamnun ekanining biz uchun muhim ko‘rsatkichlaridan biri.🎥 Keling, talabalarimizning taassurotlarini birgalikda tinglaymiz!👍 Siz ham USAT’dagi taassurotlaringizni izohlarda yozib keting!Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
Fan va texnologiyalar universiteti
22 Sept, 12:12
✈️ Navbatdagi xalqaro imkoniyat sari yo‘l olamiz!🇹🇷 Fan va texnologiyalar universitetining navbatdagi ikki nafar talabasi tahsil olish uchun Turkiyaga yo‘l oldi.🎓 Ular Turkiyaning ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasidagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Ibn Haldun universitetida kuzgi semestr davomida tahsil oladi.🥳 Eng quvonarlisi, talabalarimiz ushbu imkoniyatni 100% grant asosida qo‘lga kiritishdi!Safar oldidan talabalarimiz bilan suhbatlashib, ularning xalqaro ta’lim, yangi muhit va kutilayotgan taassurotlari haqida so‘rab ko‘ramiz.🌍 Keyingi xalqaro imkoniyat sohibi siz bo‘lishingiz mumkin!Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
Fan va texnologiyalar universiteti
21 Sept, 09:22edited
🇹🇷 Olti oyga aniq reja: Boburjonning xalqaro ta’lim sari qadami!✅ Xorijda bir semestr o‘qish imkoniyati berilsa, o‘zingizga qanday maqsad qo‘yardingiz?🎓 Fan va texnologiyalar universitetining Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 3-kurs talabasi Yo‘ldoshev Boburjon Bahromjon o‘g‘li bu savolga o‘z rejalari bilan javob bermoqda.✔️ Recep Tayyip Erdoğan universitetidagi uchrashuv Boburjonning akademik mobillik yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. U kuzgi semestrni ushbu universitetning zamonaviy kampusida, yangi akademik muhitda o‘tkazadi.🎓 Boburjon bu davr uchun olti oylik shaxsiy yo‘l xaritasini belgilagan. Uning maqsadi — yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, xalqaro tajriba orttirish hamda kelajakdagi kasbiy yo‘lini yanada aniq belgilab olish. U O‘zbekistonga o‘z maqsadini va unga erishish yo‘lini biladigan, jamiyatda munosib o‘rin egallashga tayyor mutaxassis bo‘lib
Fan va texnologiyalar universiteti
20 Sept, 08:27
📍Eng sevimli manzilingiz qayer?Biz uchun bu — bilim, yangi imkoniyatlar va qadrdon insonlar jam bo‘lgan Fan va Texnologiyalar Universiteti.✨ Chunki bu yer — shunchaki universitet emas, kelajak sari ilk qadamlar qo‘yiladigan maskan.Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
Fan va texnologiyalar universiteti
19 Sept, 11:36
🌍 Bir semestr — yangi mamlakat, yangi bilim va katta imkoniyatlar!🎓 Kecha USAT auditoriyasida birga dars qilgan kursdoshingiz bugun Turkiya yoki Gruziyada xalqaro akademik tajriba orttirmoqda.✈️ Fan va Texnologiyalar Universiteti talabalari bir semestrlik akademik mobillik dasturi doirasida Turkiya va Gruziyada o‘qishlarini davom ettirmoqda.📚 Talabalarimiz tahsil olayotgan universitetlar:🇹🇷 Turkiya • Karadeniz Texnika Universiteti • Recep Tayyip Erdoğan Universiteti • Ibn Xaldun Universiteti🇬🇪 Gruziya • Kavkaz Xalqaro Universiteti📌 Bir semestr xorijda o‘qish sizga nima beradi? 🔹 Yangi ta’lim muhiti va xalqaro tajriba 🔹 Xorijiy tilni amaliy rivojlantirish 🔹 Turli mamlakatlardan yangi do‘stlar
Fan va texnologiyalar universiteti
19 Sept, 09:54
✨ O‘zingizni rivojlantiring, g‘oyalaringizni amalga oshiring va salohiyatingizni namoyon eting!🎓 Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan 3 ta yangi klub tashkil etildi.O‘zingizga mos klubni tanlang va yangi bilim, tajriba, networking hamda yangi imkoniyatlar sari qadam tashlang!💡G‘oya sizdan — imkoniyat bizdan!👇 Hoziroq quyidagi havolalar orqali ro‘yxatdan o‘ting!💼 Business | 🔬 Olima qizlar | 🚀 StartapInstagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
Fan va texnologiyalar universiteti
18 Sept, 09:58
💌 Ota-onangizga salom yo‘llang!Talabalik — yangi bilimlar, unutilmas lahzalar va katta orzular sari qo‘yilgan ilk qadamlar davri.Shu munosabat bilan Fan va texnologiyalar universiteti talabalari bilan “Ota-onangizga salom yo‘llang” rubrikasini o‘tkazdik.🎥 Yuqoridagi videoda talabalarimizning ota-onalariga yo‘llagan iliq tilaklari, samimiy salomlari va mehrga to‘la so‘zlarini ko‘rishingiz mumkin.Siz ham ota-onangizga bugun bir og‘iz iliq so‘z aytishni unutmang.Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
Fan va texnologiyalar universiteti
16 Sept, 07:19
Diqqat!"Zakovat" intellektual o'yini bo'yicha USAT 1-ligasi KUZgi mavsumi uchun jamoalarni ro'yxatdan o'tkazish boshlandi. Ligada ishtirok etish uchun 6 kishidan iborat jamoa tuzing va @owner44 username orqali jamoangizni ro'yxatdan o'tkazing. Liga g'oliblari qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi va asosiysi, faol ishtirok etgan talabalar dekabr oyida bo'lib o'tadigan talabalar o'rtasidagi "Intellektual Olimpiada"da USAT jamoasi nomidan ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi.Ro'yxatdan o'tish uchun jamoa nomi va 6 kishining ism familiyasini @owner44 ga yozish yetarli. Jamoa tarkibida faqat 1-kurs talabalari bo'lishi talab qilinadi. Bir guruhdan bitta jamoa bo'lishi shart emas, bir nechta jamoa ham qatnashishi mumkin.1-tur o'yinlari 17-sentyabr (payshanba) kuni soat 13:30da boshlanadi!
Fan va texnologiyalar universiteti
10 Sept, 14:12
📚 Bilim auditoriyadan boshlanadi. Kelajak esa shu yerdan quriladi.Fan va texnologiyalar universitetida yangi o‘quv yili qizg‘in davom etmoqda. 🎓Bugun auditoriyalarda — yangi mavzular, faol munozaralar, savollar va eng muhimi, o‘z kelajagi uchun harakat qilayotgan talabalar.Har bir dars — shunchaki mavzuni o‘rganish emas. Bu fikrlash, izlanish, tajriba orttirish va kelajak kasbiga bir qadam yaqinlashish jarayoni.💙Fan va texnologiyalar universitetida talabalik — bu faqat diplom olish emas. Bu o‘z ustingda ishlash, imkoniyatlardan foydalanish va katta maqsadlar sari harakat qilish yo‘li.🎥 Bugungi dars jarayonlaridan qisqa lavhalarni tomosha qiling.Yangi bilimlar. Yangi maqsadlar. Yangi imkoniyatlar.📞Savollar uchun: +998788883888
Fan va texnologiyalar universiteti
10 Sept, 12:35
🚍 TALABALAR, SIZNING FIKRINGIZ MUHIM!Toshkent shahrida talabalar qaysi transportdan, qayerdan va qaysi vaqtda foydalanishini o‘rganish bo‘yicha qisqa so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.📲 So‘rovnomada qatnashish juda oson: 1️⃣Universitetni tanlang 2️⃣Qayerdan yo‘lga chiqishingizni belgilang 3️⃣Foydalanadigan transportingizni tanlang 4️⃣Yo‘lga chiqish vaqtingizni ko‘rsating 5️⃣Javoblaringizni yuboring⏱ Atigi bir necha daqiqa vaqtingiz ketadi.🔄 Har bir talaba so‘rovnomani bir marta to‘ldiradi. Zarur bo‘lsa, keyinchalik javoblaringizni yangilashingiz mumkin.💙 Sizning javobingiz muhim! Ushbu ma’lumotlar Toshkent shahrida
Fan va texnologiyalar universiteti
9 Sept, 13:03
🎓 Fan va texnologiyalar universitetida ma’naviy-ma’rifiy seminar o‘tkazildi📚 Bugun Fan va texnologiyalar universitetida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirokida “Millat shavkati” kitobining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.📝 Seminar davomida taniqli jamoat arbobi, senator va siyosatshunos Qudratilla Rafiqov tomonidan yozilgan mazkur asarda yoritilgan mavzular haqida atroflicha fikr almashildi. Kitobda Yangi O‘zbekistondagi siyosiy-ijtimoiy o‘zgarishlar, milliy o‘zlik, tarixiy xotira, ajdodlar merosi, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqaro maydondagi o‘rni kabi muhim masalalar keng yoritilgani ta’kidlandi.🇺🇿 Shuningdek, seminar davomida Mustaqillik yillarida mamlakatimizda erishilgan natijalar, ta’lim, ilm-fan, tibbiyot, iqtisodiyot va boshqa sohalardagi o‘zgarishlar, shuningdek,
Fan va texnologiyalar universiteti
9 Sept, 12:28
🎓 Ustozga ehtirom — yuksak qadriyat!Bugun Fan va texnologiyalar universitetida Ijtimoiy fanlar kafedrasi hamda universitet Kasaba uyushmasi hamkorligida yubiley sanalarini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.🏅Tarix fanlari nomzodi, dotsent Muhammadjanova Vera Avrorovna hamda Falsafa fanlari nomzodi, dotsent Raximbabayeva Nigora Abdurasulovnaning ko‘p yillik samarali mehnati, ta’lim-tarbiya va ilm-fan rivojiga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi.Tadbir davomida ustozlarga samimiy tilaklar bildirilib, ularga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi. 🌷✨ Ustozga hurmat — ilmga, ma’rifatga va kelajakka hurmatdir! Barchalariga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va ilmiy-pedagogik
Fan va texnologiyalar universiteti
9 Sept, 10:17
💙 Fan va Texnologiyalar Universitetida yangi o‘quv yili qizg‘in boshlandi!🎓 Universitetimizda darslar boshlandi, talabalar esa yangi bilim, yangi maqsad va yangi imkoniyatlar sari ilk qadamlarini tashlamoqda.📚 Auditoriyalarda — bilim va izlanish, ustozlarda — fidoyilik, talabalarda esa katta maqsadlar!Yangi o‘quv yili barchamizga omad, ulkan zafarlar va unutilmas taassurotlar olib kelsin! 💙Fan va Texnologiyalar Universitetida kelajak sari birga intilamiz! 🚀💬Admin 📍Lokatsiya📹Instagram 🔴Facebook 📹Youtube 🌐Sayt
Fan va texnologiyalar universiteti
9 Sept, 10:10
📚 Fan va texnologiyalar universitetida o‘quv jarayonlari qizg‘in davom etmoqda!Universitetimizda yangi o‘quv yilining ilk kunlaridanoq dars jarayonlari faol, qiziqarli va ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda. 🎓Talabalar o‘z fanlari bo‘yicha bilim olish bilan birga, universitet hayotiga moslashib, yangi muhit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishmoqda.👥Shuningdek, dekanat tomonidan talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, universitetning ichki tartib-qoidalari, talabalar uchun belgilangan talablar va muhim me’yorlar haqida batafsil ma’lumot berilmoqda.🎯Maqsad — har bir talabaning universitet hayotiga tez moslashishi, o‘z huquq va majburiyatlarini bilishi hamda ta’lim jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlash.✨Ya
Fan va texnologiyalar universiteti
9 Sept, 08:52
🎓 USAT — ota-onalar va talabalar nigohidaUniversitet tanlash — nafaqat talabaning, balki ota-onaning ham muhim qarori.USATda yangi o‘quv yilining ilk kunlarida ota-onalar va talabalar bilan suhbatlashib, ularning universitetimiz haqidagi ilk taassurotlari, fikrlari va tanlovlari bilan qiziqdik. 💬Ularning samimiy fikrlarini videoda tomosha qiling! 🎥✨USAT — bilim, imkoniyat va kelajak sari ishonchli qadam!💬Admin 📍Lokatsiya📹Instagram 🔴Facebook 📹Youtube 🌐Sayt
Fan va texnologiyalar universiteti
8 Sept, 13:52
🇺🇿 Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati!Fan va Texnologiyalar Universitetida talabalar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi.Tadbirlar davomida yurtimizdagi tinchlik, bunyodkorlik va yangilanishlar, shuningdek, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti haqida fikrlar bildirildi.🇺🇿 Istiqlolimiz abadiy bo‘lsin! Yangi O‘zbekiston — umumiy maqsadimiz!#mustaqillikyurt #istiqlol35 #yangiO‘zbekiston #renessanspoydevori💬Admin 📍Lokatsiya📹Instagram 🔴Facebook 📹Youtube 🌐Sayt
Fan va texnologiyalar universiteti
7 Sept, 16:12
🎓 3-smena talabalarini Fan va Texnologiyalar Universitetida ko‘tarinki kayfiyatda kutib oldik! ✨Talabalarimiz yangi bilimlar sari ilk qadamlarini tashlab, darslarini katta ishtiyoq bilan boshlashdi. 📚🔥Barchalariga o‘qishlarida omad, ulkan bilim va kelajakdagi yo‘llarida zafarlar tilaymiz! 💙Yangi marralar sari birgalikda! 🚀📞Savollar uchun: +998788883888💬Admin 📍Lokatsiya📹Instagram 🔴Facebook 📹Youtube 🌐Sayt
Fan va texnologiyalar universiteti
7 Sept, 15:41
🎓 Fan va texnologiyalar universitetida 3-smena talabalari ham kutib olindi!Bugun universitetimizda navbatdagi talabalarimizni ko‘tarinki kayfiyat, samimiy tabassumlar va iliq muhitda kutib oldik. 💙✨ Yangi muhit, yangi tanishuvlar va katta maqsadlar sari ilk qadamlar!📚 3-smena talabalari uchun ham talabalikning unutilmas kunlari boshlandi.Aziz talabalar, universitetimizga xush kelibsiz!🎉 Yangi o‘quv yilingiz muborak bo‘lsin! Sizlarga o‘qishlaringizda ulkan omad, muvaffaqiyat va yorqin natijalar tilaymiz! 🚀📞Savollar uchun: +998788883888💬Admin 📍Lokatsiya📹Instagram
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
