Latest posts

Usmon Dostonov
22 Sept, 07:01
Odatda sotib olmaydigan yoki moliyasi ko’tarmaydigan mijozlar.O’zlarini juda-juda ezma, maydakash insondek tutishadi.Imkon qadar suhbatni tez tugatsam deydi.
Usmon Dostonov
22 Sept, 03:03
Katta chekli sotuvlar qilayotganda, mijozni o’rniga qaror qabul qilmang.Ko’p tadbirkorlar birinchi uchrashuvdayoq mahsulotni sotishga harakat qiladi.Natija odatda: “Yaxshi, o’ylab ko’raman…” bilan tugaydi.Muammo mijozda emas.Sotuv voronkasida ishonchni shakllantiradigan bosqich yo’qligida.Bu bosqichni taxmin bilan emas, test va raqamlar orqali shakllantirish mumkin.Sotuvni his-tuyg’ular emas, raqamlar va tizimli harakatlar o’stiradi.@usmon_dostonov
Usmon Dostonov
21 Sept, 15:43
Biznesda tizim quramiz. Farzand tarbiyasida-chi?Biznesdagi oddiy qonuniyatni hamma bilsa kerak. Agar rahbar bo‘lmasa ham jamoa ishlay olsa, demak tizim bor.Agar rahbar bir kun kelmay qolib hamma narsa to‘xtasa, bu yaxshi biznes va yaxshi rahbarlik emas.Farzand tarbiyasida ham shunga o‘xshash holat bor. Bolani doim oʻzimiz kuchli nazorat qilamiz.Keyin esa 18–20 yoshga kirganida: “Nega mustaqil qaror qilolmaydi?” deb hayron bo‘lamiz.Aslida mustaqillik 18 yoshda birdan paydo bo‘ladigan sifat emas. U ancha oldin boshlanadi. Tugʻilganidanoq.Ta'lim-tarbiyada qoʻllanadigan Montessori metodologiyasi bor. Uni menga yoqqan asosiy fikrlardan biri: bolani doim boshqarish emas, bora-bora o‘zini o‘zi boshqara oladigan qilib tarbiyalash.Shu mavzuni yaqindan tushunish uchun 3–4-oktyabr kunlari Toshkentda “Montessori Hamma Uchun” nomli Xalqaro Montessori Konferensiyasi o‘tkazilyapti.Turli
Usmon Dostonov
21 Sept, 15:07
Biznesingiz sizsiz ishlay oladimi? 🤔Agar javob "yo‘q" bo‘lsa, savol tug‘iladi: siz biznesni boshqaryapsizmi yoki biznes sizni?Bu galgi mehmonimiz, bizneslarni tizimlashtirish bo‘yicha mutaxassis Usmon Dostonov. Suhbatda quyidagilarni ochib berdik:✅ Biznesni tizimlashtirish ✅ Vakolat berish san’ati ✅ KPI orqali natijani boshqarish ✅ Kuchli jamoa yig‘ish ✅ Rahbarning operatsion ishlardan chiqishi👇👇👇https://youtu.be/nU22NWNR9Qk?si=B7dzJMIxypiFFrUG
Usmon Dostonov
21 Sept, 03:00edited

Usmon Dostonov
20 Sept, 07:55edited
Ot minadigan ob havo boshlandi, Siz ham ot minishga qiziqasizmi?
Usmon Dostonov
20 Sept, 03:00
Tadbikor ham investor.Investor bo’lganda ham - aktiv investor.Umrini ham pulini ham biznesiga tikadi.Afsuski ko’pchilik tadbirkorlar biznesida investitsion pul oqimi hisobotini yuritmaydi.Natijada ish boshidagi kapitali hozir qancha bo’lganini aniqlay olmaydi.@usmon_dostonov
Usmon Dostonov
19 Sept, 03:03edited
Ko’p harakat qilish har doim ham o’sish degani emas.Biznesni harakat emas, to’g’ri qarorlar o’stiradi.Rahbarning asosiy vazifasi band bo’lish emas, muhim qarorlarni o’z vaqtida qabul qilishdir.Siz hozir qaysi qarorni qabul qilishni ortga suryapsiz?
Usmon Dostonov
18 Sept, 12:55
Gapingiz bilan ishingiz bir bo’lsin.
Usmon Dostonov
18 Sept, 03:00
O’zingizni mijozning o’rniga qo’ying.Bir daqiqaga o’zingizni mahsulot yoki xizmatingizni sotib oladigan inson deb tasavvur qiling.O’zingizga savol bering:• Bu menga nima foyda beradi? • Nega aynan sizni tanlashim kerak? • Natijani qachon ko’raman? • Qanday kafolat bor? • Nima uchun narxi shuncha? • Qanday muammomni hal qiladi? • Sotib olmasam, nimani yo’qotaman?Mijozning savollariga javob bera olgan tadbirkor sotadi.Faqat mahsulot haqida gapirmang. Mijozni qiziqtiradigan savollarga javob bering.Shunda marketingingiz ham, savdongiz ham ancha kuchli bo’ladi.
Usmon Dostonov
17 Sept, 03:04
Mijozga mahsulotingiz haqida nima deyishni bilish muhim.Lekin undan ham muhimi - nima deya olmasligingizni bilish.Bajara olmaydigan va’dalarni bermang.Qisqa muddatli savdo uchun berilgan yolg‘on va’da, uzoq muddatli obro‘ni yo‘qotadi.Ishonch - har qanday savdodan qimmatroq.
Usmon Dostonov
15 Sept, 03:02
Savdoning katta qismini bitta sotuvchiga bog‘lash — xavfli xato.Chunki u ishdan ketsa, savdoning katta qismi ham ketishi mumkin.Biznes yulduz xodimlarga emas, tizimga tayanishi kerak.Bitta kuchli sotuvchi o‘rniga, bir nechta o‘rtacha natija ko‘rsatadigan, ammo tizim asosida ishlaydigan jamoa ancha barqaror.Tizim yulduzlardan kuchliroq.
Usmon Dostonov
14 Sept, 03:04edited
Katta sotuvlar- tasodifan bo’lmaydiKatta sotuvlar tizimli sotuvlar natijasidir.Tasodifiy sotuv vaqtinchalik bo‘ladi.Tizimli sotuv bo’lsa doimiy o’sish bo’ladi.
Usmon Dostonov
13 Sept, 03:04
Nega aynan sizning mahsulotingizni sotib olishim kerak?Bu savolning javobini o‘zingiz topishga urinmang.Uni mavjud mijozlaringizdan so‘rang.Chunki xarid qilgan insonlar sizni nega tanlaganini eng yaxshi bilishadi.Ularning javoblari esa eng kuchli marketing xabaringizga aylanishi mumkin.
Usmon Dostonov
12 Sept, 03:03
Mahsulotingizni qaysi xususiyati mijoz uchun eng muhim?Aynan qaysi jihati raqobatchilarnikidan ustun?Mijozlar odatda sizni emas, sizdagi farqni sotib oladi.
Usmon Dostonov
11 Sept, 10:32edited
Ba’zi xodimlar bor ular kun davomida nimadir ish qilishadi.Qilgan ishlari uchun oylik maoshni o’z vaqtida olishadi.Ular ishdan olinsa - olinmasa biznesda hech narsa o’zgarmaydi.@usmon_dostonov
Usmon Dostonov
11 Sept, 03:03
Mijoz sizga to’lashi uchun undagi og’riqqa bera oladigan yechimingiz bo’lishi kerak.
Usmon Dostonov
10 Sept, 03:03edited
Ko’plab imkoniyatlar odamlar savol bermagani uchun yo’qoladi.Savol bermaydigan inson — javob topmaydi.Ko’pchilik rad javobidan qo’rqadi.Shuning uchun imkoniyatni sinab ko’rmaydi.@usmon_dostonov
Usmon Dostonov
9 Sept, 03:00edited
Ertaga deyarli barcha kasblar o’zgaradi.Lekin tadbirkorlikka bo’lgan ehtiyoj qoladi.Chunki texnologiya vazifalarni almashtiradi.Tadbirkor esa muammoni ko’radi, yechim yaratadi va qiymat hosil qiladi.Kasblar o’zgaradi.Qiymat yaratish qobiliyati esa doimo talabda bo’ladi.@usmon_dostonov
Usmon Dostonov
8 Sept, 03:01
Sun’iy intellekt eng ko’p tadbirkorlarga foyda keltiradi.Chunki tadbirkor AI yordamida:• tezroq qaror qabul qiladi; • xarajatlarni kamaytiradi; • jamoa samaradorligini oshiradi; • biznesni masshtablaydi.Xodimlar AI dan foydalansa, faqat o’z ishini tezlashtiradi.Tadbirkor foydalansa butun biznesni natijasini o’zgartiradi.@usmon_dostonov
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
