gram news
Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev channel avatar

Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

@uzbankinfo

Bank va moliyaviy savodxonlik bo'yicha sara kontentlar 14 yillik tajribaga ega bank mutaxassisi Sherzod Saydaliev tomonidan berib boriladi. Hamkorlik bo'yicha: @uzbankinfo_bot Kanalni qo'llab-quvvatlash: https://t.me/boost/uzbankinfo

ProjectsENFinance

21,261subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

    13 Nov, 14:02

    🚗 BIRLAMCHI BOZOR UCHUN AVTOKREDITLARMa’lumotlar banklarning rasmiy saytlaridan olindi (13.11.2026 holatiga).🏦 Xalq banki • Zero (hamkor tashkilotlardan) ◦ Foiz — 0% ◦ Muddat — 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov — 30% dan Batafsil ☎️ 1106🏦 BRB • Avto Self (o‘zini band qilganlar uchun) ◦ Foiz — 0% ◦ Muddat — 20–42 oy ◦ Boshlang‘ich to‘lov — 20% dan Batafsil ☎️ 1254🏦 Garant bank • Changan ◦ Foiz — 0% dan ◦ Muddat — 60 oygacha Batafsil ☎️ 1326🏦 Mikrokreditbank • Geely Auto ◦ Foiz — 0% dan 8% gacha ◦ Muddat — 12–60 oy ◦ Boshlang‘ich to‘lov — 25% dan Batafsil ☎️ 1285🏦 Universal bank • Super JAC ◦ Foiz — 0% dan 9% gacha ◦ Muddat — 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov — 25% dan
    1,34041Open in Telegram
  • Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

    13 Nov, 12:02

    Ipoteka bank OTP Group sof foydani 56 foizga oshirdi2026-yilning to‘qqiz oyida Ipoteka bank OTP Group sof foydasi 1,8 trln so‘m ($151 mln)ni tashkil qildi, bu bankka O‘zbekistonning eng daromadli banklari ro‘yxatida yetakchilik qilish imkonini berdi. Shu davrda operatsion foyda 39% ga – 2,2 trln so‘mgacha o‘sdi.Bank aktivlari yil davomida 16% ga oshdi va 57,9 trln so‘mni tashkil qildi. Bunda o‘z kapitali rentabelligi (ROE) 25,2% ga, kapital yetarliligi esa (CAR) 21,1% ga yetdi.Moliyaviy natijalar bilan parallel ravishda mijoz sadoqati ko‘rsatkichlari ham o‘smoqda. Bir yilda NPS 58% dan 74% ga oshdi. Bo‘limlarda va kontakt-markazda xizmat ko‘rsatish sifatining baholari, tegishlicha, 93% va 92,7% ni tashkil qildi.To‘qqiz oy yakunlari Ipoteka bank OTP Group kapital yetarliligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni saqlab qolib va mijoz tajribasini yanada yaxshilab, biznesning daromadliligini oshirishda davom etayotganini ko‘rsatadi. boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, MHXSga muvofiq.Batafsil: https://t.me/ipotekabankofficial/4123
    1,7705211Open in Telegram
  • Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

    13 Nov, 11:01

    🚗 Chevrolet Tracker: bank orqali xaridga 22 mln so‘mgacha chegirma!UzAuto Motors Chevrolet Tracker’ni hamkor tijorat banklari orqali bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilganda chegirma berilishini e'lon qildi. Chegirma tanlangan komplektatsiyaga qarab 5 mln so‘mdan 22 mln so‘mgacha miqdorda taqdim qilinadi.▪️ LS Plus — 5 mln so‘m ▪️ LTZ Plus — 15 mln so‘m ▪️ Premier Plus — 20 mln so‘m ▪️ Premier Redline — 22 mln so‘m🤝 Hamkor banklar (22 ta) va ularning aloqa raqamlari:🏦 Biznesni rivojlantirish banki (BRB) — 1254 🏦 Universal bank — 1355 🏦 Asia Alliance bank — 1270 🏦 Davr bank — 1284 🏦 Tengebank — 1245 🏦 Infinbank — 1214 🏦 Ipoteka bank — 1233 🏦 O‘zsanoatqurilishbank (SQB) — 1180 🏦 Kapitalbank — 1340 🏦 Asakabank — 1152 🏦 Apex bank — 1881 🏦 Hamkorbank — 1256 🏦 Agrobank — 1216 🏦 Mikrokreditbank — 1285 🏦 O‘zmilliybank (NBU) — 1344 🏦 Poytaxt bank — 71 214-20-00 🏦 Turonbank — 1220 🏦 Xalq banki — 1106 🏦 Ipak Yo‘li bank — 1296 🏦 Aloqabank — 71 230-77-77 🏦 Anorbank — 1290 🏦 TBC bank — 78 777 27 27Batafsil ma’lumot va oylik to‘lovlar hisob-kitobi uchun Chevrolet rasmiy dilerlariga murojaat qiling.Mashina olmoqchi bo‘lgan do‘stingizga yuborib qo‘ying✈️@uzbankinfo
    1,96011Open in Telegram
  • Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

    13 Nov, 07:02

    ⚖️ Sud qarori chiqqan kreditda foiz va jarima o‘smaydi: banklarga topshiriq berildiMarkaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi qarori bilan banklarning kuzatuv kengashlari va boshqaruvlariga bir talabga to‘liq rioya qilinishini ta’minlash vazifasi yuklandi.📌 Talab nima?Fuqarolik kodeksining 744-moddasi uchinchi qismiga ko‘ra, kredit qarzini undirish to‘g‘risida sud hal qiluv qarori chiqarilsa, sud qarorida ko‘rsatilgan undiriladigan summaga foiz va neustoyka (jarima) hisoblanishi to‘xtatiladi.Oddiy qilib aytganda, sud qarorida yozilgan summa keyin yangi foiz, jarima yoki penya hisobiga ortib bormasligi kerak.ℹ️ Bu qoida Kodeksga 2024-yil 27-fevraldagi OʻRQ-914-sonli Qonun bilan kiritilgan va 2024-yil 1-yanvardan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.📋 Banklar nima qilishi kerak?▪️ 2026-yil 10-dekabrgacha ichki audit tekshiruvini o‘tkazish: sud qarori chiqqan kreditlarda foiz va jarima hisoblash to‘xtatilganini to‘liq tekshirish, aniqlangan qoidabuzarliklarni kuzatuv kengashi va boshqaruv muhokamasiga kiritish; ▪️ noqonuniy hisoblangan foiz va jarimani zudlik bilan bekor qilish, undirilgan mablag‘larni qisqa muddatda qarz oluvchilarga qaytarish; ▪️ 2026-yil 25-dekabrgacha bajarilgan ishlar va qaytarilgan mablag‘lar haqida hisobotni tasdiqlovchi hujjatlar bilan Markaziy bankka taqdim etish.💡 Bu nimani anglatadi?✅ Sud qarori chiqqan bo‘lsa, qarorda yozilgan summaga yangi foiz va jarima qo‘shilmasligi kerak. ✅ Agar bank qaror chiqqandan keyin ham foiz yoki jarima hisoblagan va undirgan bo‘lsa, bu summa qaytarilishi lozim. ✅ O‘z kreditingizda shunday holat bo‘lsa, sud qarori va bank hisobvarag‘idagi hisob-kitobni solishtirib ko‘ring. Bank bilan kelisha olmasangiz, Markaziy bankning 71-200-00-44 yoki 1800 aloqa markaziga murojaat qilishingiz mumkin.@uzbankinfo
    2,240511Open in Telegram
  • Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

    13 Nov, 05:04

    🛡 Banklar kiberxavfsizlik bo‘yicha qanday ishlayapti: Markaziy bank TOP-10 reytingiMarkaziy bank 2026-yil oktabr oyi bo‘yicha banklarning antifrod va antivirus tizimlari ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.Bir oyda butun tizim bo‘yicha: ▪️ 3 859 969 ta yuqori xavfli sessiya aniqlandi; ▪️ 1 687,4 mlrd so‘mlik amaliyotlar cheklandi; ▪️ 257 010 nafar foydalanuvchining qurilmasi zararli fayllardan tozalandi; ▪️ 220 316 nafar foydalanuvchining ilovadan foydalanishi cheklandi.🔹 Yuqori xavfli sessiyalar (ta): 1. Xalq banki — 2 026 645; 2. Biznesni rivojlantirish banki — 874 251; 3. Ipak Yo‘li banki — 161 108; 4. Agrobank — 147 293; 5. Trastbank — 136 102; 6. Davr bank — 114 082; 7. Infinbank — 85 669; 8. Mikrokreditbank — 84 745; 9. Asakabank — 45 472; 10. Orient Finans bank — 40 266.🔹 Cheklangan mablag‘ (mlrd so‘m): 1. Orient Finans bank — 636,0; 2. O‘zsanoatqurilishbank — 613,7; 3. Xalq banki — 241,6; 4. Biznesni rivojlantirish banki — 82,2; 5. Uzum bank — 50,2; 6. Asakabank — 23,0; 7. Ipak Yo‘li banki — 18,1; 8. Agrobank — 6,5; 9. Infinbank — 4,6; 10. Hamkorbank — 4,5.🔹 Qurilmasi zararli fayllardan tozalangan foydalanuvchilar (nafar): 1. Xalq banki — 80 000; 2. Uzum bank — 45 394; 3. Aloqabank — 35 408; 4. Mikrokreditbank — 23 452; 5. Hamkorbank — 13 377;
    2,33022Open in Telegram
  • Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

    12 Nov, 14:00

    📞 Kredit to‘lovini kechiktirdingiz. Bank nima qila oladi va nima qila olmaydi?Hayotda har xil holat bo‘ladi: maosh kechikdi, kutilmagan xarajat chiqdi va kredit to‘lovi o‘tib ketdi.Ko‘pchilik shu payt qo‘rqib qoladi: kechasi qo‘ng‘iroqlar, tahdidlar, “ertaga sudga beramiz”. Aslida bank ham qoidaga bo‘ysunadi. Bu qoidalar Markaziy bankning 3030-son nizomida yozilgan.✅ Bank nima qilishi SHART:▪️ To‘lov kechikkan kundan boshlab 7 kalendar kun ichida sizga xabar berishi (41-band); ▪️ Qarz tarkibini aytishi: asosiy qarz, foiz, jarima alohida-alohida (37-band); ▪️ Qarz nima sababdan paydo bo‘lganini sizdan so‘rashi (42-band); ▪️ Sudga berishdan oldin talabnoma yuborishi. Unda to‘lash uchun kamida 10 kun muhlat bo‘ladi (44-band).❌ Bank nima qila OLMAYDI:▪️ Soat 20:00 dan 08:00 gacha qarz haqida telefon qilish va xabarnoma yetkazish (37-band); ▪️ Davlat ijtimoiy nafaqasi va yordam pullaridan, jumladan ijtimoiy kartadagi puldan qarzni undirish (33-band); ▪️ Eski qarzni yopish uchun yangi kredit olishga undash (33-band); ▪️ Talabnomadagi muhlat tugamasdan sudga berish (46-band).📌 Misol:Oylik to‘lovingiz 1 200 000 so‘m, to‘lov kuni 5-dekabr edi, to‘lamadingiz. ▪️ Bank 12-dekabrgacha sizga xabar berishi kerak; ▪️ Talabnoma 15-dekabrda kelsa, unda to‘lash muddati kamida 25-dekabrgacha bo‘ladi; ▪️ Shu muddatda to‘lasangiz, ish sudgacha bormaydi.🔹 Nima qilish kerak: 3 qadam1️⃣ Qochmang, telefonni o‘chirmang. Bankka o‘zingiz qo‘ng‘iroq qiling va kechikish sababini ayting; 2️⃣ Qarz tarkibini yozma so‘rang: qancha asosiy qarz, qancha foiz va jarima; 3️⃣ Muddatni uzaytirish yoki to‘lov jadvalini o‘zgartirishni so‘rang. Nizomda bank bilan sudsiz, muzokara orqali kelishish yo‘li ham bor (45-band).Bank qoidani buzsa (masalan, tunda qo‘ng‘iroq qilsa yoki ijtimoiy kartangizdan pul yechsa), bankka yozma shikoyat qiling. Javob qoniqtirmasa, Markaziy bankka murojaat qilish mumkin.💬 Sizga bank tunda qo‘ng‘iroq qilganmi? Izohda yozing.📌 Postni saqlab qo‘ying, yaqinlaringizga ham yuboring.#moliyaviy_savodxonlik
    2,790431Open in Telegram
  • Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

    12 Nov, 07:03

    🏧 Qaysi bankda bankomatdan naqd pul yechish eng arzon?12.11.2026 holatiga, banklarning rasmiy saytlaridagi tariflari asosida tayyorlandi.Quyida banklarning o‘z bankomatlarida shu bank tomonidan chiqarilgan kartangiz bilan naqd pul yechish komissiyasi keltirilgan. Aksariyat banklarda komissiya 1 foizni tashkil qiladi: 1 000 000 so‘m yechsangiz, 10 000 so‘m to‘laysiz. Eng arzoni — 0,5%.🔹 0,5% komissiya: 🏦 Davr bank — Uzcard va Humo: 0,5%. Tarif; 🏦 KDB bank — Humo: 0,5% (Uzcard — 1%). Tarif.🔹 0,7% komissiya: 🏦 Asakabank — Uzcard va Humo: 0,7%. Tarif; 🏦 Garant bank — Student card: 0,7%. Tarif.🔹 1% komissiya: ☑️ Uzcard va Humo: Aloqabank, NBU, Octobank, Poytaxt bank, SQB, Turonbank, Universal bank, Ipoteka bank, Tenge bank, BRB, Mikrokreditbank, Infinbank — 1%.🔹 0% — limit bilan: 🏦 Uzum bank — Uzum Visa: Uzum bank bankomatida oyiga 10 mln so‘mgacha - 0%, oshgan qismi - 0,7%. Batafsil; 🏦 Hamkorbank — Visa So‘m: Hamkorbank bankomatida oyiga 3 mln so‘mgacha - 0%, oshgan qismi - 1%. Batafsil.🔹 Keyin qaytariladigan komissiya: 🏦 TBC bank — TBC Salom: istalgan bankomatdan naqd pul yechasiz, undirilgan komissiya keyingi oyda 5 mln so‘mgacha yechilgan summa uchun qaytariladi. Batafsil.💡 Bu nimani anglatadi: oyiga 5 mln so‘m yechsangiz, 1% da 50 000 so‘m, 0,7% da 35 000 so‘m, 0,5% da 25 000 so‘m to‘laysiz.ℹ️ Shartlar o‘zgarishi mumkin, naqd pul yechishdan avval bank ilovasi yoki filialida tekshiring. Bankomatda qancha komissiya ko‘rsatilganiga e’tibor bering!@uzbankinfo
    2,87021Open in Telegram
  • Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

    12 Nov, 05:10

    ⚖️ Kredit to‘lay olmasangiz, qamalasizmi?Ko‘pchilik kredit to‘lovini kechiktirganda banklar sudga beradi va natijada "sudlanib" qolaman, qamalaman, deb qo‘rqadi. Aslida vaziyat qanday?📌 Fuqarolik sudi — jinoyat emasBank qarzni undirish uchun fuqarolik sudiga murojaat qilsa, bu iqtisodiy nizo. Bunday sud qarori sizda sudlanganlik holatini keltirib chiqarmaydi.❗️ Jinoiy javobgarlik qachon bo‘lishi mumkin?Qarzni to‘lay olmaslikning o‘zi jinoyat emas. Jinoyat kodeksida quyidagi holatlar uchun javobgarlik bor:▪️ Aldash (firibgarlik) — 168-modda. Masalan, kredit olishda bankka soxta hujjat taqdim etish yoki boshidanoq qaytarmaslik niyatida aldash. Modda birinchi qismi bo‘yicha jazo: 50 dan 100 baza hisoblash miqdorigacha jarima, 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish; ▪️ Sud qarorini bajarmaslik — 232-modda. Sud qarori chiqqan bo‘lsa va ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin ham uni bajarishdan bo‘yin tovlash davom etsa. Birinchi qism bo‘yicha jazo: 100 baza hisoblash miqdorigacha jarima, 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.✅ Muhim yengillik: yetkazilgan moddiy zarar qoplansa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish jazolari qo‘llanilmaydi (168-modda oxirgi qismi, 167-modda 4-qismi).Bu nimani anglatadi?Agar kredit olishda bankni aldamagan bo‘lsangiz va faqat moliyaviy qiyinchilik sababli to‘lay olmayotgan bo‘lsangiz, masala fuqarolik tartibida hal qilinadi. Xavf — aldash va sud qarorini e’tiborsiz qoldirish.Nima qilish kerak?🔹 Bankdan qochmang: kechikish sababini ayting va to‘lov muddatini yoki jadvalini o‘zgartirishni so‘rang; 🔹 sud chaqiruvi yoki ijro hujjati kelsa, e’tiborsiz qoldirmang; 🔹 murakkab holatda advokatga murojaat qiling.ℹ️ Manba: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (22.09.1994), 167, 168 va 232-moddalar.Krediti bor do‘stlaringizga yuborib qo‘ying✈️@uzbankinfo
    2,97052Open in Telegram
  • Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

    22 Sept, 15:04

    Ipoteka bank Oyjon Nurmatovaga tibbiyot biznesini yangi darajaga olib chiqishga qanday yordam bergani haqidaHar qanday tarix ilk qadamdan boshlanadi. Har bir o‘sib borayotgan biznes esa – tin olmaslik va olg‘a intilish jasoratiga asoslanadi.Xorazm viloyatilik Oyjon Nurmatovaning tarixi aynan shu haqda. 2018-yilda u 7 ta laboratoriya ochdi, bugungi kunda esa 16 nafar mutaxassis ishlaydigan ko‘p profilli “LOB Life Clinic” klinikasini rivojlantirmoqda. Bu yo‘lda Oyjonga “Ipoteka bank” yordam berdi: moliyalashtirish klinikani yangilash, zarur jihozlarni xarid qilish va xizmatlar ko‘lamini kengaytirish imkonini berdi.Videoni tomosha qiling, unda Oyjonning biznesi qadam-baqadam qanday rivojlangani, qanday yechimlar unga o‘sishda yordam bergani va bugungi yutuqlar ortida nimalar turgani haqida hikoya qilinadi. Bu ayolning tajribasi biznesda ilk qadamlarini qo‘yayotganlar va o‘z ishini
  • Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

    22 Sept, 13:13

    🏠 Yangi uy sotib olmoqchimisiz? Pul berishdan avval obyektni shu 4 ta onlayn servis orqali tekshiring!“Quruvchi aytdi”, “hujjatlari bor ekan”, “hamma olyapti” degan gaplar uy sotib olish uchun yetarli asos emas.Chunki uy olishda xato qilsangiz, keyin pullaringizni qaytarib olish imkonsiz bo'lishi mumkin.Shuning uchun bitimdan oldin quyidagilarni tekshirib chiqing 👇1️⃣ Avval qurilayotgan obyektning o‘zini tekshiringQuruvchi: “Bu uy 9 qavatli, 3 ta podyezdli bo‘ladi” deyapti. Rostdan ham shunaqami?Buni dshk.shaffofqurilish.uz sayti orqali tekshirishingiz mumkin.Xaritadagi obyektlar rang bilan ko‘rsatiladi: 🔵 Ko‘k — qurilayotgan obyekt 🔴 Qizil — qurilishi to‘xtatilgan obyekt ⚫️ Qora — qurilishi bekor qilingan obyekt
    1,92031Open in Telegram
  • Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

    22 Sept, 12:47

    Davr Bank ishga chorlamoqda#vakansiyaDavr Bank tomonidan malakali yurist ishga taklif qilinmoqda.Talablar:🎓 Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi; 🚗 Shaxsiy avtomobili bo‘lishi; 📍 Toshkent shahridan bo‘lishi; 🇷🇺 Rus tilini yaxshi bilishi; ❗️Mas’uliyatli va hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.Ish vaqti: 5/2 Maosh: 6 000 000 so‘m📩 Murojaat uchun: CV/rezume yuboring. @Shodi951Bankda ishlash niyatida bo'lgan do'stlaringizga yuborib qo'ying✈️
    2,0802421Open in Telegram
  • Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

    22 Sept, 06:38

    📌 Kredit to‘lamaslik, kafil javobgarligi, garov, sud, auksion va MIB haqida Advokat bilan ochiq suhbatBu galgi podkastimiz mehmoni advokat va huquqshunos Muxriddin Shamsiddinov bo‘ldi.Suhbat davomida quyidagi muhim mavzularni muhokama qildik: ✅ Kredit to‘lamaslikning huquqiy oqibatlari; ✅ Kafilning javobgarligi va kafillikdan voz kechish mumkinmi? ✅ Garovdagi mulkni sotish, almashtirish yoki garovdan chiqarish tartibi; ✅ Garovdagi mulk bo‘yicha auksion savdolari qanday o‘tadi? ✅ Sud jarayonlari va amaliyotdagi real holatlar; ✅ MIB qarzdorlar bilan qanday ishlaydi?; ✅ Kredit ta’tili olish imkoniyatlari; ✅ Bankrotlik e’lon qilib qarzlardan qutulish mumkinmi? ✅ Ajrim paytida kredit qarzlari va mulk qanday taqsimlanadi?Podkast davomida qonunchilikdagi normalar va sud amaliyotida uchraydigan real keyslar misolida batafsil tushuntirishlar berildi.Agar siz: • kredit olgan bo‘lsangiz; •
    2,790video311Open in Telegram
  • Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

    20 Sept, 11:40

    Salom bankdoshlar!Sizga qulay bo'lishi uchun shu kungacha YouTube kanalimizda joylangan video-kontentlarni bir yerga to'pladik😇Agar hali ham YouTube kanalimizga obuna bo'lmagan bo'lsangiz, hozir ayni vaqti⏰ Shu kabi foydali mavzularda yana ko'plab video-darsliklar olishni reja qilganmiz✊Quyida videolarga link qoldiraman. Eng muhimi, kontent (darsliklar) vaqti 5-10 daqiqa atrofida🎥 va oddiy so'zlar bilan mavzular yoritib berilgan😊1. Bankda suhbat qilish jarayoni va nomzodlarga maslaxatlar.2. Firibgarlik turlari va ularni oldini olish yo'llari.3. Annuitet va Differensial to'lov usuli - kredit olishda qaysi biri foydaliroq?4. Kreditga foiz qanday hisoblanadi? Real misolda ko'rib chiqamiz.5. Qora ro'yxat: Sabablari va undan chiqish yo'llari.6. Skoring nima va skoring ballni yaxshilasa bo'ladimi?
    YouTubeAnnuitet va Differensial to'lov usuli - Kredit to'lashda qaysi biri foydaliroq?Kredit olish vaqtida kredit tashkiloti sizga savol beradi - Annuitet to'lov usulida to'lov qilasizmi yoki Differensial to'lov usulidami deb. Hech o'ylab ko'rganmisiz aslida ushbu ikki to'lov usulining bir biridan qanday farqi bor? Qaysi biri foydaliroq? Yoki…
    3,41054Open in Telegram
  • Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

    18 Sept, 09:20

    Kapitalbank ishga chorlamoqda#vakansiyaQuyidagi lavozimlarga👇👇👇1. Axborot xavfsizligi departamenti Hududiy qo‘llab-quvvatlash bo‘limining yetakchi mutaxassisi;2. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash departamenti Telemarketing bo‘limining yetakchi mutaxassisi;3. Risklarni boshqarish departamenti Axborot xavfsizligi risklari bo‘limining yetakchi mutaxassisi;4. Axborot xavfsizligi departamenti Axborot xavfsizligini strategik rivojlantirish boshqarmasining bosh mutaxassisi;5. Marketing departamenti Brend-menejment bo‘limining bosh mutaxassisi.📍 Barcha dolzarb vakansiyalar — hh.uz saytidaBankda ishlash niyatida bo'lgan do'stlaringizga yuborib qo'ying✈️
    4,73061Open in Telegram
  • Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

    17 Sept, 10:26

    4,89042Open in Telegram
  • Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

    17 Sept, 06:50

    4,30011Open in Telegram
  • Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

    16 Sept, 07:27

    O'zgarishsiz!Markaziy bank boshqaruvi tomonidan 16-sentyabrdagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14% darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.Inflyatsiya pasayishda davom etmoqda: • avgust oyida umumiy inflyatsiya – 6,2%; • bazaviy inflyatsiya – 5,5%.Iqtisodiyotda ayrim muvozanatlashuv belgilari kuzatilayotgan bo‘lsa-da, inflyatsion bosimlar hamon saqlanib qolmoqda. Xususan, • inflyatsion kutilmalarning pasayishi umumiy inflyatsiyaga nisbatan sekinroq kechmoqda; • jahon xomashyo, oziq-ovqat va energiya narxlarining yuqori darajasi hamda tartibga solinadigan narxlarni liberallashtirish jarayoni asosiy inflyatsion xatarlar sifatida baholanmoqda.Ijobiy real foiz stavkalari aholining jamgʻarishga boʻlgan moyilligini qoʻllab-quvvatlamoqda.Markaziy bank inflyatsiyani 2027-yil yakuniga qadar 5% maqsadli ko‘rsatkichiga tushirish uchun zarur pul-kredit sharoitlarini
    4,430442Open in Telegram
  • Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

    15 Sept, 09:40

    Anorbank ishga chorlamoqda#vakansiyaAnorbank Toshkent viloyatining quyidagi hududlari bo‘yicha Monitoring va undiruv bo‘limiga mutaxassislarni ishga taklif qiladi:- Parkent tumani - O‘rtachirchiq tumani - Yuqorichirchiq tumani - Piskent tumani - Bo‘ka tumani - Bekobod tumani - Oqqo‘rg‘on tumani - Nurafshon shahri📋Lavozim vazifalari: - biriktirilgan hududdagi mijozlar bilan qarzdorlikni so‘ndirish masalalari bo‘yicha ishlash; - qarzdorlikni undirish ishlarini amalga oshirish; - biriktirilgan hudud doirasida mijozlar bilan ishlash uchun joylarga chiqish; - belgilangan ko‘rsatkichlarni bajarish.
    5,0106111Open in Telegram
  • Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

    15 Sept, 06:40

    ❗️ Bank kartangiz nima sababdan bloklanganini endi tezroq aniqlash mumkin!Kartangiz bloklandi. Bankka qo‘ng‘iroq qildingiz, lekin sababini aniqlash uchun yana boshqa tashkilotga murojaat qilish kerakligini aytishdi.Endi bunday ovoragarchiliklar kamayishi mumkin.▪️Markaziy bank, tijorat banklari, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimi operatorlari o‘rtasida InfoCards axborot almashinuvi tizimi joriy etildi.📌 Bu tizim nima imkon beradi? Agar bank kartangiz huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan bloklangan bo‘lsa, InfoCards orqali quyidagi ma’lumotlarni tezkor aniqlash mumkin: ▫️ Kartani qaysi huquqni muhofaza qiluvchi organ bloklagani; ▫️ Bloklash qachon amalga oshirilgani; ▫️ Kartani bloklashga qanday sabab asos bo‘lgani.✅ Endi fuqaroning buning uchun Markaziy bankka alohida murojaat qilishi talab etilmaydi. Karta egasi o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga murojaat
    5,28032Open in Telegram
  • Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

    13 Sept, 11:54

    ❗️Bankirlar eng koʻp yoʻliqadigan 3 ta kasallik (va ularning ilmiy isboti)Kuniga 8–10 soat kompyuter qarshisida oʻtirish, doimiy hisobotlar, mijozlar va KPI bosimi… Bank yoki ofis ishi tashqaridan qulay koʻrinsa-da, harakatsiz rejim salomatlikka sezdirmasdan zarba beradi.Xalqaro tibbiy tadqiqotlar ofis va bank xodimlarida eng koʻp aynan quyidagi 3 ta muammo uchrashini koʻrsatadi:1. Ortiqcha vazn (Semizlik)Kresloga oʻtirganimizdan 1–1,5 soat oʻtib, tanada yogʻlarni parchalaydigan fermentlar faoliyati keskin sekinlashadi. Bunga doimiy stress va asabiylashish qoʻshilgach, miya tinimsiz shirinlik, pishiriq yoki kofe talab qiladi. Sarflanmagan energiya esa toʻgʻridan-toʻgʻri qorin sohasiga yogʻ boʻlib yigʻiladi.Tadqiqot nima deydi? The Lancet Diabetes & Endocrinology xalqaro tibbiyot jurnalida eʼlon qilingan tadqiqotga koʻra, kuniga 7 soatdan koʻp oʻtirib ishlaydigan ofis
    6,310133211Open in Telegram
Download the series as CSV
A feedback bot for your channel — free

Followers write to the bot, you answer by reply, your account stays hidden. Created in one tap.

How it works →
Create the bot