gram news
Germaniyalik o'zbek channel avatar

Germaniyalik o'zbek

@uzbek_europe

🇩🇪Germaniyaga kelganlarda va kelmoqchi bo'lganlarda "bo'lishi shart" kanal. O‘qish. Ish. Immigratsiya va hayot — hammasi oddiy tilda. Aloqa uchun: @uzbek_europe_admin

ProjectsUZTravel

2,260subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Germaniyalik o'zbek

    8 Sept, 10:41

    Xayrli kun, auslanderlar!Ayni paytda biz Federal yerlarining birida juda konservativ (o‘ng) deb tan olingan partiya barcha ovozlarning 43.8% ini va parlamentdagi 83 ta o‘rindan 39 tasini qo‘lga kiritgan mamlakatda turibmiz. Bu nima degani, keyin nima bo‘ladi va nega hammasi bizga o'xshaganlar uchun bunchalik yomon emas — quyidagi postda.Sachsen-Anhalt Federal yeri (viloyati)dagi ovoz berishning yakuniy natijasi: - AfD (Germaniya uchun Alternativa) — parlamentda 39 o‘rin - CDU (Christlich Demokratische Union, Xristian-demokratik ittifoqi - hozirgi kansler Mertsning partiyasi) — 15 - SPD (Sozialdemokratische Partei Deutschlands, Germaniya sotsial-demokratik partiyasi) — 8 - Grüne (Yashillar partiyasi) — 8 - Linke (So‘lchilar partiyasi) — 8 - BSW (Bündnis Sahra Wagenknecht, Sara Vagenknext ittifoqi) — 5Biroq ko‘pchilikni shakllantirish uchun 42 ta o‘rin kerak. Endi hisoblaymiz: AfD —
    TelegramGermaniyalik o'zbekGermaniya Bundestagi 2026-yilda deputatlar maoshini rejalashtirilganidek oshirmaslikka qaror qildi. 1-iyuldan boshlab barcha 630 nafar deputatning maoshi oyiga taxminan 500 yevroga oshib, 12 330 yevroga yetishi kerak edi (bu Germaniyadagi o'rtacha oylikdan…
    323432Open in Telegram
  • Germaniyalik o'zbek

    6 Sept, 15:44

    Yoz + Deutschlandticket = ❤️Qisqa ta'tildan keyin ijodni yana qaytadan boshlaymiz!Ushbu postda "Dengiz, tog'lar, madaniyat: Berlin-dan Deutschlandticket bilan bepul borish mumkin bo'lgan 10 ta joy" to'plamini e'lon qilaman.Barcha yo'nalishlar tekshirilgan va yangilangan:🌊 Dengiz:1️⃣ Shtralzund (3 soat 22 daqiqa, almashuvsiz): Ryugenga darvoza, YUNESKO merosiga kirgan Altstadt va "Olovrang yelkanlar" filmida suratga tushgan o'sha mashhur kema joylashgan portdagi dengiz mahsulotlari.2️⃣ Bints (4 soat 32 daqiqa, 2 ta almashuv): Ryugendagi eng yaxshi kurort, qumli plyajlar, oq qoyalar hamda Granits qasriga piyoda sayr (xayk).3️⃣ Svinouystse (5 soat 32 daqiqa, 2 ta almashuv): Boltiq dengizi va vareniklar uchun chegaradan o'tib Polshaga boramiz.⛰ Tog'lar:4️⃣ Kvedlinburg (3 soat 22 daqiqa, 1 ta almashuv): faxverk uslubidagi durdona,
    487853Open in Telegram
  • Germaniyalik o'zbek

    2 Sept, 16:20

    🇩🇪"Qadriyat school" oʻquv markazi mahoratli nemis tili ustozlarini ishga taklif etadi!🔵 Lavozim: Yordamchi nemis tili ustozi🗓 Ish vaqti: Dushanba - Shanba. (Teilzeit)Biz sizdan kutamiz...🟢Xalqaro nemis tili sertifikati B1–B2 yoki CEFR B2 🟢Mas'uliyatli va intizomli bo'lish 🟢Nemis tilini o‘rgatishga ishtiyoq 🟢Doʻstona va xushmuomalalikBiz sizga nima taklif etamiz?✅Do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa✅Zamonaviy o‘quv materiallari va qulay ish sharoiti
    75342Open in Telegram
  • Germaniyalik o'zbek

    26 Aug, 15:52

    🇩🇪Qadriyat nemis tilida yana bir ajoyib natija!✅Ösd A1 sertifikati + Germaniya vizasiQadriyat Nemis tili oʻquvchilaridan biri Ulmas aka yaqinda nemis tili sertifikati bilan bir vaqtda Germaniya til kursi vizasini qoʻlga kiritdi.Intensiv nemis tili kurslarida Ösd A1 sertifikati uchun muntazam Vorbereitung darslarida qatnashgan Ulmas aka 2 oy mobaynida A1 sertifikatini olishga muvaffaq boʻldi.Ulmas akaga endilikda Germaniyada nemis tilini oʻrganishda "Qadriyat school" jamoasi omad tilab qolamiz!Maʼlumot oʻrnida xalqaro Ösd A1-B1 nemis tili imtihonlari Samarqand shahrida ham har oy oʻtqazilmoqda.Agar sizda ham nemis tilini Germaniyada oʻrganish istagi bor boʻlsa va til kursi dasturi orqali ketmoqchi boʻlsangiz bizga murojaat qiling, biz sizga koʻmaklashamiz. 👉@uzbek_europe_admin 👉Germaniyada til kurslariVaqtni behuda oʻtqazmang, nemis tilini oʻrganish uchun izohlarda
    1,020video6421Open in Telegram
  • Germaniyalik o'zbek

    13 Aug, 11:31

    Germaniya Soliqlari: Qanday Qilib Qonuniy Pul Qaytarib Olinadi?Oldinroq Germaniyadagi soliqlar haqida yozganimda, davlatdan bir qismini qaytarib olish mumkinligi haqida yozgan edim. Bugun shu haqda batafsilroq yozaman:- Avval barcha asosiy hujjatlarni yigʻish kerak: ish beruvchidan yillik hisobot, bank hisobvaragʻi rekvizitlari, sugʻurta, yoʻl xarajatlari, ish qurollari va materiallari, taʼlim boʻyicha to'lov hujjatlar, bolalar oid harajat hujjatlari va hk.- Keyin davlatning ELSTER (nisbatan murakkab, lekin tekin) tizimida roʻyxatdan oʻtish yoki topshirish uchun xususiy maxsus dasturni (Taxfix, Steuerbot, WISO Steuer, and SteuerGo va hk. - tushunish oson, lekin pullik) tanlash lozim.- Shundan soʻng tanlangan dastur orqali asosiy ariza toʻldiriladi, daromadlar haqidagi maʼlumotlar koʻchiriladi hamda ketma-ketlikda chegiriladigan xarajatlar — kasbiy, maxsus va boshqa ruxsat
    TelegramGermaniyalik o'zbekGermaniyadagi soliqlar haqida Germaniyaga ishlashga kelayotganlarda birinchi bo‘lib xayolga keladigan savol: soliqlar va sug‘urta to‘langanidan keyin qo‘lda qancha pul qoladi? Bir og‘iz so‘z bilan: 65% Hammasi ko‘plab omillarga bog‘liq, ushbu kalkulyator…
    1,390663Open in Telegram
  • Germaniyalik o'zbek

    8 Aug, 05:25edited

    Germaniya Bundestagi 2026-yilda deputatlar maoshini rejalashtirilganidek oshirmaslikka qaror qildi. 1-iyuldan boshlab barcha 630 nafar deputatning maoshi oyiga taxminan 500 yevroga oshib, 12 330 yevroga yetishi kerak edi (bu Germaniyadagi o'rtacha oylikdan 2.5 barobar ko'p degani). Deputatlarning fikricha, ular "tejamkorlikka o‘z hissalarini qo‘shishlari" kerak. Oyiga 11 800 yevro maosh olib turib, uni oshirmagani uchun o‘zini "xalq bilan birga tejamkorlik qilyapmiz" deyish — samimiyatmi yoki shunchaki chiroyli populizm?)))Deputatlar maoshining o‘sishi 2014-yildagi qonunga ko‘ra Germaniya fuqarolarining nominal daromadlari oshishiga bog‘langan. To‘lovlar faqat bir marta — 2021-yildagi pandemiya davrida — nemislarning daromadlari ortidan kamaytirilgan edi. 2020-yilda esa deputatlarning o‘zlari pandemiya sababli maosh oshirilishidan voz kechishgan. O‘tgan yili parlamentariylarga
    TelegramGermaniyalik o'zbekGermaniyada o'rtacha maosh qancha? Soliqlar va ijtimoiy to'lovlardan oldin Germaniyada to'liq stavkada bo'yicha o'rtacha oylik maosh 4634 yevroni yoki yiliga 55 608 yevroni tashkil etadi. Ushbu ko'rsatkichni har yili mamlakatning Federal Statistika Boshqarmasi…
    1,290975Open in Telegram
  • Germaniyalik o'zbek

    6 Aug, 02:52

    So‘nggi vaqtlarda kanalda chiqqan nemis tilini o'rganish oid postlarni bir joyga jamladim:- ✅ Nemis tilini o‘rganish uchun foydali manbalar - 🌭 Nemischa kolbasalar haqida maqol va iboralar - 📄 Xalqaro nemis tili sertifikatlari - ✍️ Artikl tufayli ma'nosi o'zgaradigan so‘zlar - 🏠 Uydan turib nemis tilini o‘rganishning 4 usuli - ❗️ Germaniyada siz aniq eshitadigan 5 ta ibora - 😊 Bo‘sh vaqtda YouTube - 🤓 ß: Eszett nima uchun kerak? - 🚀 Nemis tili kurslari: Qayerdan qidirish kerak? - 🇩🇪 Nemis tilini yaxshilash uchun 5 ta tezkor va oson qadamBoshqa postlarni #NemisTili heshtagi orqali topishingiz mumkin.❤️ Foydali bo‘lgan bo‘lsa, postga reaksiyalar va kommentlarni portlashini kutib
    TelegramGermaniyalik o'zbek🇩🇪 Nemis tilini o‘rganish uchun foydali manbalar Mobil ilovalar: Duolingo, Busuu, Memrise, Anki, LingQ, Babbel. DW Deutsch Lernen: Deutsche Welle’ning bepul kurslari, videolar, mashqlar. Goethe Institut kutubxonasi va platformasi Deutsch Online, StudyGerman.ru…
    1,050531Open in Telegram
  • Germaniyalik o'zbek

    3 Aug, 08:39

    Germaniyaning chiroyli shaharlari haqidagi postlarimizni davom ettiramiz, bu safargi qahramon Rotenburg-ob-der-Tauber. Ushbu shahar turistlar orasida eng mashhur o‘rta asr nemis shahri deb atash mumkin. Buni turli tadqiqotlar va so‘rovnoma natijalari muntazam ravishda tasdiqlab kelmoqda. Masalan, Germaniya milliy turizm qo‘mitasining 2024-yilgi yuzta eng top diqqatga sazovor joylar an’anaviy reytingida u beshinchi o‘rinni egalladi. 2025-yilda Rotenburg Instagram’da tilga olinish chastotasi bo‘yicha Germaniyaning eng fotogenik kichik shaharlari kuchli uchligiga kirdi.Har yili Rotenburg-ob-der-Tauberga butun dunyodan ikki milliondan ortiq turist tashrif buyuradi. Bu Rotenburgning tarixiy qismidagi 2500 nafar aholining har biriga 800 (!!!) tashrif buyuruvchi to‘g‘ri keladi degani. Bu nisbat hatto eng gavjum davrlarda Venetsiyadagidan ham ko‘proqdir. Rotenburg mashhurligining siri
    1,39013432Open in Telegram
  • Germaniyalik o'zbek

    1 Aug, 04:31

    Germaniyaning eng yaxshi universitetlari (Biznes va Iqtisodiyot)Germaniyada o‘qishni rejalashtirayotganlar va qanday boshlashni bilmayotganlar uchun ro'yxatdagi universitetlar boshlang‘ich nuqtadir. Oldinroq muhandislik va tibbiyot, ushbu postda biznes, keyingi postda esa computer science sohalari bo'yicha batafsil to'plamlar bo'ladi.💸 Universität Mannheim, (Manxaym) - Biznes-boshqaruv bo‘yicha yetakchi, menejment, moliya va iqtisodiyot bo‘yicha kuchli dasturlar - Ingliz tilidagi ko‘plab magistratura dasturlari, bakalavriatning bir qismi ingliz tilidagi yo‘nalishlarga ega💸 Ludwig-Maximilians-Universität München (LMU), Myunxen - Iqtisodiyot bo‘yicha top darajada, nazariya va amaliyotning sifatli uyg‘unligi - Iqtisodiyot va moliya bo‘yicha magistratura dasturlari ko‘pincha ingliz tilida
    TelegramGermaniyalik o'zbek🎓 Germaniyaning eng yaxshi universitetlari (Muhandislik) Germaniyada o‘qishni rejalashtirayotganlar va qanday boshlashni bilmayotganlar uchun ro'yxatdagi universitetlar boshlang‘ich nuqtadir. Ushbu postda muhandislik, keyingi postlarda esa tibbiyot, biznes…
    1,21062Open in Telegram
  • Germaniyalik o'zbek

    29 Jul, 05:04

    Berlinda yashayotganimga deyarli 5 yil bo'ldi. Plyus va minuslari haqidaBerlinga 2021-yilning sentyabrida PhD ni boshlash uchun ko'chib kelganman. Bunga qadar Berlinda biron marta ham bo'lmaganman, shahar men uchun butunlay yangi edi. Shuncha vaqt davomida shaharga moslashdim va bu yer 2-Vatanga aylandi. Shahar haqidagi taassurotlarim barqarorlashdi, ushbu postda shular haqida yozaman.➕ Afzalliklari Birinchisi va eng asosiysi — bu yerda hamma narsa bor. 4 million aholi (Yevropada 1-o'rinda), Germaniyaning poytaxti va kattaligi bo'yicha 1- shahri. Yaqin atrofimda (piyoda boradigan masofada) hamma narsa bor: supermarket, maktab, bog'cha, uy-ro'zg'or buyumlari do'koni, restoranlar, pochta. Yer usti metrosi (S-Bahn) uydan 12 daqiqalik yo'l. Vokzalgacha 40 daqiqa, aeroportgacha 20 daqiqa. Madaniyat va oshxona: Festivallar, konsertlar, madaniy tadbirlar, maxsus texno-klub, andegraund
    TelegramGermaniyalik o'zbek🇩🇪Germaniyaga kelganlarda va kelmoqchi bo'lganlarda "bo'lishi shart" kanal. O‘qish. Ish. Immigratsiya va hayot — hammasi oddiy tilda. Aloqa uchun: @uzbek_europe_admin
    1,280316Open in Telegram
  • Germaniyalik o'zbek

    26 Jul, 07:37edited

    💼💲Berlindagi ishlarBerlinda maxsus malaka talab etilmaydigan ishlar ro'yhatini davom ettiramiz (ba'zilarida nemis tilini bilish shart emas). Ish beruvchi bilan vakansiyani ustiga bosib bog'lanishingiz mumkin:Farrosh (ayol/erkak) — zinalarni tozalash (Amtsgericht) 💶 Oylik maosh: 25,16 €/soat Zina maydonchalarini tozalash: supurish, namlab tozalash, o‘rgimchak to‘rlarini olib tashlash, kirish hududini parvarish qilish, oynalarni yengil yuvish va muntazam ravishda axlatni olib chiqib tashlash. Ish rejimi — Vollzeit (to‘liq stavka). Boshlang‘ich tozalash ko‘nikmalari talab etilmaydi; Sohada tajribasi bo‘lmaganlar ham qabul qilinadi, joyida kirish amaliyoti (stajirovlka) ko‘zda tutilgan. Mehnatkashlik va uyushqoqlik talab etiladi.Yuklagich (pogruzchik) haydovchisi 💶 Oylik maosh: 15,06 €/soat Metall omborida ishlash uchun yuklagich haydovchisi talab qilinadi. 2 smenali rejimda
    TelegramGermaniyalik o'zbek💼💲Berlindagi ishlar Berlinda maxsus malaka talab etilmaydigan ishlar ro'yhatini davom ettiramiz (ba'zilarida nemis tilini bilish shart emas). Ish beruvchi bilan vakansiyani ustiga bosib bog'lanishingiz mumkin: Yuk mashinasi haydovchisi (LKW-Fahrer) - apetito…
    1,6105421Open in Telegram
  • Germaniyalik o'zbek

    24 Jul, 15:11edited

    Navbatdagi muvaffaqiyatimiz! 🎉Kanalimiz obunachisi Dilraboxon bizning yordamimiz bilan Germaniyadagi Martin Lyuter nomidagi Halle-Vittenberg universitetiga (Martin-Luther-Universität Halle-Wittenberg) Anglo-Amerika adabiyoti, tili va madaniyati yo'nalishi bo'yicha grant asosida magistraturaga qabul qilindilar! Obunachimizni ushbu katta qadam bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 🥳🏙 Shahar va universitet haqida qiziqarli ma'lumotlar: “Oq oltin” ustiga qurilgan: Halle nomi kelt tilidagi “tuz” degan ma'noni anglatadi. O‘rta asrlarda shaharga tabiiy sho‘r suv manbalari katta boylik keltirgan va tuz ishlab chiqarish bilan Halloren deb ataluvchi afsonaviy tuzchilar gildiyasi shug‘ullangan. Bundan tashqari Halle 1804-yilda tashkil etilgan Halloren fabrikasi Germaniyadagi eng qadimiy shokolad fabrikasi hisoblanadiBirinchi “zamonaviy” universitet: 17-asr oxirida Halle universiteti qat’iy
    2,2107542Open in Telegram
  • Germaniyalik o'zbek

    23 Jul, 03:39

    Maktabdan 1 kun qolish narxi — 2500 yevro!Germaniyada maktab ta'lim tizimi haqida oldinroq yozgan edim. Yaxshi oʻqiydiganlar gimnaziyaga kirishlari mumkin – bu universitetga to'g'ridan to'g'ri kirish yoʻlidir. Qolganlar boshqa maktablarga borishadi va keyinchalik kasb-hunar taʼlimini olishadi yoki oliygohga kirish uchun qoʻshimcha oʻqishadi. Ammo koʻp narsa nafaqat baholarga, balki oilaga ham bogʻliq.Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan bolalarning gimnaziyaga kirish uchun tavsiya olish ehtimoli 35 foizni, oʻrta qatlamnikida 60 foizni tashkil etadi, agar ota-ona boy boʻlsa – bu koʻrsatkich 79 foizga yetadi. Masalan, maktabda bir xil natijalarga erishgan taqdirda ham, boyroq oilalarning bolalarida faqat asosiy maktab shahodatnomasini olish (oliygohga kirish huquqisiz) ehtimoli 50% ga yuqori. Xullas Germaniyada ham boy bo'lgan yaxshi )))Lekin har doim
    TelegramGermaniyalik o'zbek🎒 Germaniya maktab tizimi qanday tuzilgan Germaniyada ota sifatida, oldindan tayyorgarlik ko'rish uchun bu yerdadi maktab tizimi haqida yozishga qaror qildim. 👶🏼 Grundschule (Boshlang‘ich maktab) Germaniyada 6 yoshdan Schulpflicht (majburiy ta’lim) amal…
    1,220159Open in Telegram
  • Germaniyalik o'zbek

    20 Jul, 14:32

    🖤 13 ming kishilik kichik shaharcha jamoasi «Elfersberg» – BUNDESLIGADA!Kanalni doimiy kuzatayotgan bilishadi, futbol muxlisiman. Oldinroq Bundesligadagi birinchi ayol murabbiy haqida yozgan edim, endi «Elfersberg» klubi haqida yozmoqchiman.Ushbu klub bir yil ichida 4-ligadan BL2 (Ikkinchi Bundesliga)ga sakrab chiqqandi. 2023-yildan esa Bundesligaga qarab yo‘l oldi. Va mana, 2026-mavsum oxirida nihoyat yetib keldi! Buni kichik bir viloyat markazida ochilgan, bor-yo‘g‘i 15-20 kishi ishlaydigan kichik bir oilaviy korxona (masalan, milliy shirinliklar tayyorlaydigan sex) bir necha yil ichida to‘g‘ri menejment va investor yordamida dunyoning eng yirik riteylerlari (Amazon yoki Walmart) tarmog‘iga kirib borishiga o‘xshatish mumkin.Qiziqarli tomoni shundaki, ularning 10 ming kishilik «Ursafarm-Arena» stadioni sig‘imi jihatidan Saar o‘lkasidagi ushbu shaharcha aholisi soni bilan deyarli
    1,1601343Open in Telegram
  • Germaniyalik o'zbek

    18 Jul, 06:55edited

    💰Germaniyada qanday qilib va nima uchun ETF sotib olish kerak. 2-qism.1-qism bu yerda.ETF'ni qanday sotib olish mumkin? ETF brokerlar va banklar orqali sotib olinadi. Buni Sparplan orqali qilish eng foydalidir – belgilangan kichik summa avtomatik ravishda investitsiya qilinadi va hatto komissiya ham olinmaydi. Germaniyada Commerzbank, Deutsche Bank, Sparkasse kabi klassik banklar ETF sotadi, ammo ko'pincha ularning ilovalari juda noqulay ishlaydi / bankka borish kerak bo'ladi, alohida xarid uchun komissiyalar juda yuqori. Shuning uchun ETF'ni neobanklardan biri orqali sotib olish osonroq, u yerda ilovani yuklab olish va Yashash guvohnomasi bilan onlayn verifikatsiyadan o'tish kifoya. Germaniyadagi eng mashhuri – Trade Republic, unda sparplansiz xarid uchun mikro-komissiyalar (1€) mavjud, agar mening havolam orqali ro'yxatdan o'tsangiz, ikkalamizga ham 10€ dan berishadi. ETF'larning
    TelegramGermaniyalik o'zbekGERMANIYADAGI TAVSIYA QILADIGAN BANKLARIM (talabalar uchun) ✅ DEUTSCHE BANK (hozirgacha foydalanaman) Eng katta banklardan biri, xalqaro tan olinadi. Hamma joyda bor = filialga oson kirish + katta bankomatlar tarmog‘i. Talaba hisoblari odatda 25-27 yoshgacha…
    1,100522Open in Telegram
  • Germaniyalik o'zbek

    18 Jul, 06:55

    💰 Germaniyada qanday qilib va nima uchun ETF sotib olish kerak. 1-qism. Aslida kanal mavzusi iqtisod/moliya haqida emas, lekin Germaniyada ishlayotganlar uchun moliyaning juda muhim asoslarini muhokama qilmoqchiman.Yevropada yig'ilgan pulni saqlash/ko'paytirish usullaridan biri – uni investitsiya qilish. Buni amalga oshirishning eng oson yo'li esa ETF sotib olishdir.O'zi bu nima? ETF – bu faqat bitta aksiya emas, balki butun bir to'plamni sotib olish imkonini beruvchi birja fondi. Dunyodagi eng mashhur fond – MSCI World, u dunyodagi eng qimmat 1500 ga yaqin kompaniyaning aksiyalarini o'z ichiga oladi. Ya'ni, siz 100€ kiritasiz va bir vaqtning o'zida 1500 ta kompaniyada o'z ulushingiz bo'ladi. Fond buning uchun mikro-komissiya olinadi, hozirda ular pasaygan va yiliga aktivning arzimagan 0,12%-0,25% ni tashkil qiladi.Nima uchun aynan ETF? Buning ma'nosi diversifikatsiyada. Hech
    962321Open in Telegram
  • Germaniyalik o'zbek

    15 Jul, 04:15

    🇩🇪 Nemis tilini yaxshilash uchun 5 ta tezkor va oson qadamNemis tilingizni yaxshilashni hoziroq boshlash uchun 5 daqiqadan kam vaqt oladigan 5 odat:1. Telefoningiz tilini nemis tiliga o'zgartiring "Men bu so'zlarni bilmayman-ku" deb o'ylashingiz mumkin. Mayli, tez orada bilib olasiz, chunki bunga majbursiz. Agar telefoningiz ishlashi uchun nemis tilidagi biror narsani tushunishga majbur bo'ladigan vaziyatga o'zingizni solishga hali tayyor bo'lmasangiz, unda jiddiyroq kirishishingiz (bor diqqatingizni jamlashingiz) kerak.2. TikTok va/yoki Instagram algoritmingizni chalg'iting Algoritmingizni sizni go'yo nemis tilida gaplasha oladi deb ishonishga majburlang. Buning uchun nima qilish kerak? Nemis tilidagi kontent yaratuvchilarni qidirib toping. Agar kuzatmoqchi bo'lgan boshqa mualliflar bo'lsa, bu ham yaxshi. Nemis tilida kalit so'zlarni qidirib ko'ring, ularga obuna bo'ling va
    TelegramGermaniyalik o'zbek🇩🇪 Nemis tilini o‘rganish uchun foydali manbalar Mobil ilovalar: Duolingo, Busuu, Memrise, Anki, LingQ, Babbel. DW Deutsch Lernen: Deutsche Welle’ning bepul kurslari, videolar, mashqlar. Goethe Institut kutubxonasi va platformasi Deutsch Online, StudyGerman.ru…
    1,330862Open in Telegram
  • Germaniyalik o'zbek

    12 Jul, 04:28

    So‘nggi vaqtlarda kanalda chiqqan Germaniyaga oid rasmli postlarni bir joyga jamladim:- 🏴‍☠️ Vismar: Qaroqchilar makoni va Shvetsiya merosi - 🏰 Germaniyaning o'ziga xos timsoli: Fachwerk uylari - ❄️ Boltiq dengizida qish - 🌳 O'rmon sehri: Germaniyadagi osma ko'priklar - 🎭 Barokko davridan qolgan klassik opera teatri - 🏘️ Noyshvanshtayn qasri yo'lida: Fyussenning tarixiy manzaralari - 👁 G‘ishtli gotika: Ganze regioni - 🤩 Berlindagi bir bunker tarixi - ⛰ Bu nemis qasriga borish juda qiyin — Shahendagi qirollik qarorgohiBoshqa postlarni #VibeGermany heshtagi orqali topishingiz mumkin.♻️ Germaniyalik o'zbek
    TelegramGermaniyalik o'zbekGermaniya shaxarlari bo'ylab sayohatimiz davom etadi. Bu safargi manzil yana shimolda Boltiq dengizi bo'yida joylashgan Vismar va Shchverin shaxarlari. Bu postda Vismar haqida aytib o'taman, Shchverin haqida keyinroq. Shaxar ko'p jihatdan Lyubek yoki Hamburgga…
    1,350443Open in Telegram
  • Germaniyalik o'zbek

    9 Jul, 05:35edited

    Germaniyaning eng yaxshi universitetlari (Tibbiyot)Germaniyada o‘qishni rejalashtirayotganlar va qanday boshlashni bilmayotganlar uchun ro'yxatdagi universitetlar boshlang‘ich nuqtadir. Oldinroq muhandislik, ushbu postda tibbiyot, keyingi postlarda esa biznes va iqtisodiyot, va computer science sohalari bo'yicha batafsil to'plamlar bo'ladi.Germaniyada tibbiy ta'lim kuchli, ammo talablar ham yuqori: kuchli raqobat (konkurs), uzoq davom etadigan o'qish, deyarli hammasi nemis tilida.🔹 Universität Heidelberg, Geydelberg Germaniya va Yevropaning eng yaxshi tibbiyot fakultetlaridan biri, onkologiya, radiologiya va xirurgiya yo'nalishlari kuchli. Shifokorlik ta'limi nemis tilida, global/public health (global/jamoat salomatligi) bo'yicha magistratura dasturlari ingliz tilida.🔹 Ludwig-Maximilians-Universität München (LMU), Myunxen Eng yuqori darajadagi (top) tibbiyot yo'nalishlari,
    TelegramGermaniyalik o'zbek🎓 Germaniyaning eng yaxshi universitetlari (Muhandislik) Germaniyada o‘qishni rejalashtirayotganlar va qanday boshlashni bilmayotganlar uchun ro'yxatdagi universitetlar boshlang‘ich nuqtadir. Ushbu postda muhandislik, keyingi postlarda esa tibbiyot, biznes…
    1,510441Open in Telegram
  • Germaniyalik o'zbek

    6 Jul, 07:48

    Berliner boy 15 oylik va u allaqachon katta investor:)Inflyatsiya yillar davomida farzandlar uchun naqd pul jamgʻarmalarini qadrsizlantirishi mumkinligi sababli, hozirda Germaniyadagi koʻplab ota-onalar orasida soliq imtiyozlari va murakkab foiz kombinatsiyasidan unumli foydalangan holda, ETF (aksiyalar to'plami)larga investitsiya qilish uchun Kinderdepot (bola uchun investitsiya akkaunti) ochish keng tarqalgan.Biz ham o'glim uchun shaxsiy investitsiya hisobi ochdik. Hisob-kitob oddiy: investitsiyalardan keladigan murakkab foiz (Zinseszinseffekt) uzoq masofada eng yaxshi natijani beradi. Berliner boy davlatdan har oy 250 yevro miqdorida pul (Kindergeld) oladi. Barcha o'yinchoqlar, kolyaskalar va boshqa jihozlarni allaqachon sotib olib boʻlgandik, shuning uchun bu pullarni oʻzimizga sarflab yubormay, haqiqatdan ham uning oʻziga qoldirishga qaror qildik.Reja bunday: investitsiya
    1,470642Open in Telegram