Latest posts

Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
22 Sept, 13:42
💠 O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida GEOMIN 2026 konferensiyasi tashkilotchilarining fikr-mulohazalari“O‘zbekiston 24” telekanali “Ortga qaytmas islohotlar” maxsus ko‘rsatuvi🔹 🔹 🔹💠 Мнения и отзывы организаторов конференции GEOMIN 2026 о реформах, проводимых в горнодобывающей промышленности и геологии УзбекистанаСпециальная передача «Ortga qaytmas islohotlar» телеканала «O‘zbekiston 24»#kongeologiya #mingeo #GEOMIN2026 #SEG #GFU #Ozbekgeologiyaqidiruv #NKMK #OKMK #OzTMK #xalqaro_hamkorlik #GGI #NGKGQI #panel_sessiyalar #korgazma #Ozbekiston24 #Ortga_qaytmas_islohotlar #maxsus_korsatuvSayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
22 Sept, 11:04
📣 DIQQAT, SAYYOR QABUL!Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.Mazkur uchrashuvda vazirning birinchi o‘rinbosari F. Xamidova ishtirok etib, soha bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari va takliflarini tinglaydi.Sayyor qabul 2026-yil 24-sentabr kuni soat 10:00 da Toshkent viloyati, Angren shahri, Istiqlol ko‘chasi, 1-uy, “O‘zbekko‘mir” AJ binosida bo‘lib o‘tadi.Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topishdir.Soha mutaxassislari va tadbirkorlarni ochiq muloqotga taklif etamiz.🔹 🔹 🔹📣 ВНИМАНИЕ, ВЫЕЗДНОЙ ПРИЕМ!Руководством Министерства горнодобывающей промышленности и геологии будет проведен выездной прием для
3,590Open in Telegram
Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
22 Sept, 10:10
forwarded from @rasmiy_axborot_official
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
22 Sept, 05:14
🌿 22-sentabr — Butunjahon avtomobilsiz kunBugun avtomobildan foydalanishni bir kunga kamaytirib, ekologik toza transport vositalarini tanlashga chorlaymiz.🚲 Velosiped 🛴 Samokat 🚌 Jamoat transporti 🚶 Piyoda yurishHar birimizning tanlovimiz atmosfera havosi ifloslanishini kamaytirish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.Toza havo. Sog‘lom hayot. Yashil kelajak. 🌱🔹 🔹 🔹🌿 22 сентября — Всемирный день без автомобиляСегодня мы призываем хотя бы на один день сократить использование автомобилей и отдать предпочтение экологичным способам передвижения.🚲 Велосипед
1,390Open in Telegram
Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
22 Sept, 02:47
forwarded from @rasmiy_axborot_official
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni



Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology pinned a video
21 Sept, 04:23

Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
21 Sept, 04:23
🟦🟦🟩🟩 Yakunlangan ikki hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim xabarlar🟢Pokiston Fan va texnologiyalar milliy universiteti (NUST) rektori boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazildi🟢O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida tog‘-kon sanoatida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi🟢 “Mahalla” telekanali “Renessans yo‘lnomasi” maxsus ko‘rsatuvi🟢Vazirning birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston-Serbiya biznes-forumida ishtirok etdi🟢Mangold Consulting GmbH kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi🟢O‘zbek tili va adabiyotiga
Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
20 Sept, 15:32
forwarded from @shmirziyoyev
Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz. — Поездка Президента в Каракалпакстан: сплоченной страной, единым народом, в полной мере реализуя огромные возможности и потенциал Каракалпакстана, мы достигнем новых высот в развитии региона и повышении благосостояния людей.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
19 Sept, 12:06
forwarded from @shmirziyoyev
Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni belgilab berdi. — Глава нашего государства обозначил новые возможности для дальнейшего развития Каракалпакстана.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
19 Sept, 12:06
forwarded from @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Nukus shahrida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Shu bilan Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. — Под председательством Президента Шавката Мирзиёева в городе Нукусе состоялось совещание по вопросам социально-экономического развития Каракалпакстана.На этом Президент нашей страны завершил поездку в Каракалпакстан и вернулся в Ташкент.#Mirziyoyev #yigilish #Qoraqalpogiston #vazifalarPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


1,040Open in Telegram
Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
19 Sept, 12:05
forwarded from @press_secretary_uz
Kelasi yili qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludiga 200 yil to‘ladi.Prezidentimiz shoirning “Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun, o‘zim dema g‘amxo‘rlik qil xalq uchun” degan hikmatli so‘zlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ta’kidladi.Ulug‘ ziyolilarning ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish, raqamlashtirish, asrab-avaylash va xalqimizga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish muhimligi qayd etildi.Kelgusi yili Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini mamlakatimizda munosib nishonlash taklifi bildirildi.Mutasaddilarga bir oyda keng qamrovli dastur ishlab chiqib, uni amalga oshirishni boshlash topshirildi.Hudud va tarmoqlar rahbarlarining axborotlari tinglandi, Qoraqalpog‘iston faollari bilan muloqot qilindi.Yig‘ilish yakunida ichki ishlar organlari tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, Qoraqalpog‘istonni har


Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
19 Sept, 08:55
forwarded from @press_secretary_uz
Yig‘ilishda ko‘cha va mahalla biylari, nuroniylarning jamiyatdagi yuksak obro‘-e’tiboridan samarali foydalanish masalasiga e’tibor qaratildi.Davlatimiz rahbari asosiy maqsad har bir shahar va ovulda qulay turmush sharoitini yaratish ekanini ta’kidladi. Nuroniylarning tajribasi, yoshlarning g‘ayrati va aholi tashabbuskorligini birlashtirish orqali har bir mahallada obod va farovon muhit yaratish mumkin.Rahbarlar mahalla va ko‘cha biylari bilan ishini erta tongdan hududlarni aylanish, aholi bilan muloqotdan boshlashi zarurligi qayd etildi.Ko‘chalar, ariq va zovurlarni toza tutish, daraxt va gullarni ko‘paytirish, har bir insonda o‘z mahallasi taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish muhim.Obodonlashtirish bir martalik hashar yoki bayram oldidan o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib qolmasligi, tozalik va obodlik kundalik madaniyatga aylanishi zarurligi qayd etildi.Facebook|Instagram|X


Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
19 Sept, 07:52
forwarded from @press_secretary_uz
Qoraqalpog‘istonda yuqori texnologik tibbiy xizmatlarning ko‘lami ham kengaymoqda.Nukusdagi markaziy shifoxonada jigar va buyrak transplantatsiyasi amalga oshirilmoqda. Orolbo‘yi bolalar shifoxonasida 150 turdagi yuqori texnologik tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Shu yil bosh miya, yurak va plastik jarrohlik kabi murakkab yo‘nalishlarda 1,5 mingta operatsiya o‘tkazildi.Hududda tibbiy sug‘urta mexanizmi joriy etildi. Tibbiyot muassasalariga 10 million dollarlik jihozlar olib berildi.O‘zbekistonda birinchi marta xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan Nukus tibbiyot ilmiy akademiyasi soha xodimlari bilimini baholash va malakasini oshirishda metodik markaz bo‘ladi.Tibbiyot akademiyasi, Bolalar klinikasi, Onkologiya markazi hamda yangi tashkil etiladigan ko‘p tarmoqli shifoxonani yaxlit tizimga birlashtirib, Universitet tibbiy klasteri tashkil qilinadi.Mo‘ynoqqa kelib ishlayotgan


Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
19 Sept, 07:36
forwarded from @press_secretary_uz
Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim qamrovi 84 foizga yetgan. Biroq Amudaryo, Bo‘zatov, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli va Ellikqal’ada bu ko‘rsatkich hali ham pastligi qayd etildi.Endi Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan 7 foizli kredit beriladi.Qolgan viloyatlarda kredit stavkasi markazdan uzoq-yaqinligiga qarab, 7 foizdan 15 foizgacha bo‘ladi.Facebook|Instagram|X


Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
19 Sept, 07:33
forwarded from @press_secretary_uz
Prezidentimiz Nukus shahridagi 1-son texnikumda yo‘lga qo‘yilgan kasbiy ta’lim tajribasini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.Texnikumda “Pearson BTEC” xalqaro ta’lim dasturi joriy etilgan bo‘lib, bitiruvchilarga 70 ta davlat tan oladigan kasb sertifikati beriladi.Tadbirkor Salovutdin Ilyosov bu yerda 37 turdagi kichik asbob-uskuna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yoshlarga uskunasozlikni ham o‘rgatmoqda. Ushbu uskunalarni olgan 4 ming ishsiz daromad topishni boshlagan.Yangi yildan Amudaryo, Beruniy, Chimboy va Qo‘ng‘irotdagi bittadan texnikumda ham shu tajriba yo‘lga qo‘yiladi.1-oktabrdan asbob-uskuna uchun beriladigan ssuda miqdori 20 million so‘mdan 50 million so‘mga oshiriladi.“Usta-shogird” an’anasi asosida kasb o‘rganish xarajatlarini qoplash bo‘yicha yosh chegarasi 30 yoshdan 40 yoshga ko‘tariladi.Facebook|Instagram|X


Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
19 Sept, 07:33
forwarded from @press_secretary_uz
Qoraqalpog‘istonda 1 million 100 ming yoshlar bor, shundan 505 mingi 14-30 yoshda. Davlatimiz rahbari bu katta kuch ekanini, yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish berish muhimligini ta’kidladi.Bir yilda 1 ming, kelgusi ikki yilda yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.Hududda xorijiy til sertifikatiga ega 98 ming, axborot texnologiyalari bo‘yicha 127 ming, aniq fanlar bo‘yicha sertifikat olgan 5,5 ming yosh bor. Ularning 10 mingi chet tili va axborot texnologiyalarini mukammal biladi.Koreyadagi vatandoshimizning olis hududlardagi yoshlarga axborot texnologiyalarini o‘rgatib, ularni yuqori daromadli qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.Yil yakunigacha shunday kamida 10 nafar iqtidorli vatandoshni Qoraqalpog‘istonga jalb etib, loyihalar boshlash topshirildi.Facebook|Instagram|X


Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
19 Sept, 07:33
forwarded from @press_secretary_uz
Kecha Nukus shahrining “Ashshiko‘l” hududida 50 ming aholiga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston” massivi – “Nukus siti” qurilishi boshlandi.270 gektarda ilg‘or arxitektura yechimlari va energiya tejamkor texnologiyalar asosida osmono‘par binolar, biznes, savdo va servis markazlari, yashil xiyobonlar barpo etiladi. Investitsiya loyihalariga xorijdan salohiyatli investorlar jalb qilinadi.Nukusdagi Mustaqillik ko‘chasi tun-u kun ishlaydigan maskanga aylandi. 28 nafar tadbirkor ish boshlab, 50 nafarining faoliyati kengaygani hisobiga bir haftada savdo tushumi 2 karra oshdi.Nur va Elobod mahallalari Olmazorning Qichqiriq mahallasi namunasida obod qilinadi. Navro‘z bayramigacha shu yerdagi istirohat bog‘ida aholini jalb qiladigan zamonaviy maskan barpo etish topshirildi.Kegeylida 3,5 kilometr zovurni yopib, 100 ta servis obyekti qurish boshlangan. Buning hisobiga 320 ta ish o‘rni


Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
19 Sept, 07:33
forwarded from @press_secretary_uz
Kelgusi bahordan Nukus tumanidagi 10 ming gektar maydonda qovun yetishtirish boshlanadi.Yil yakunigacha Ispaniya, AQSh, Niderlandiya va Xitoydan qovunning eng yaxshi navlari, urug‘chilik va agrotexnologiya bo‘yicha mutaxassislarni olib kelish topshirildi.Salohiyatli investorlarni jalb qilib, shu yerning o‘zida qovunni qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanadigan xolding tashkil etiladi.Nukus tumanidagi texnikum qovunchilikka moslashtirilib, laboratoriya va sinov poligoni bilan ta’minlanadi.Ushbu muassasa Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryodagi qovun yetishtiruvchilar uchun tajriba almashish metodik markazi bo‘ladi.Facebook|Instagram|X


Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
19 Sept, 07:33
forwarded from @press_secretary_uz
Qoraqalpog‘istonda 30 ming gektarda sho‘rga chidamli olxo‘ri va kechki o‘rik plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha uch yillik dastur amalga oshiriladi.Prezidentimiz Kegeylidagi 330 gektar sho‘r yerda yaratilayotgan sanoatlashgan bog‘ni ko‘rganini qayd etdi. Yangi dastur doirasidagi 10 ming gektarda ishlar shu yil boshlanadi.Viloyat hokimlari 500 va 1 ming gektardan bog‘ yaratishga mas’ul bo‘ladi. Andijondan yer bo‘yicha mutaxassis va dehqonlar kelib, Kegeylida ishlarni boshlagan.Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyat hokimlari va Bog‘dorchilik agentligi o‘rtasida uch tomonlama shartnomalar tuziladi. Ikki haftada har bir viloyat uchun yer ajratilib, kafolatli suv ta’minoti yaratiladi. Agentlik 1-oktabrgacha iqlimga mos ko‘chat navlari va ekish texnologiyalarini taqdim etadi.Viloyat hokimlari usta dehqon va agronomlarni jalb qilib, ularga uy-joy qurib beradi. Har bir


Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology
19 Sept, 07:33
forwarded from @press_secretary_uz
Taxtako‘pirda Shinjon tajribasi asosida ozuqa yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.Mo‘g‘uliston, Turkiya, Xitoy va Avstraliyadan 5 ming bosh qo‘y-echki olib kelinib, Qoraqalpog‘iston sharoitida ko‘paytiriladi. Buning uchun bir oyda 1 ming gektar yerni belgilab berish topshirildi.Yil yakunigacha 10-15 ming gektarda loyihalarni shakllantirib, bir yil ichida 100 ming bosh qo‘y-echki boqishni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.Prezidentimiz kecha “Kegeyli naslli parranda” korxonasi faoliyati bilan tanishganini qayd etdi. Tadbirkorni qo‘llab-quvvatlab, bir yil ichida parranda yetishtirish quvvatini 2-3 karra oshirish va korxonani xoldingga aylantirish topshirildi. Zarur mablag‘ masalasi hal qilinadi.Kegeylidagi texnikumda parranda yetishtirishni o‘rgatadigan kurslar tashkil etiladi.Facebook|Instagram|X

Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
