gram news
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi channel avatar

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

@uzedu

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

ProjectsUZEducationVerified by Telegram

105,000subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

    23 Sept, 17:33

    #Qashqadaryo #Йил_ўқитувчиси“O’quvchilarimning “Biz ham sizday ustoz bo‘lishni istayman” deyishi — Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi, deb bilaman…”✅ Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani, 20-sonli maktabning Tarix fani o‘qituvchisi Akmal Safarov “Yil o‘qituvchisi” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.🔰 30 yoshida ustozlik kasbida yuqori natijalarga erishgan Akmal Safarov 616 million so‘m miqdorida pul mukofotiga ega boʻldi.🔹 U bugungi kunda 1000 AQSH dollaridan ortiq maosh olib kelmoqda.🌐 Videolavhada ustozning fikr-mulohazalariga quloq tutdik.Bizni kuzating: Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

    23 Sept, 13:02

    #Maktabgacha_taʼlim📚Samarqanddagi 897 ta maktabgacha ta’lim tashkilotiga 10 turdagi o‘quv-metodik qo‘llanmalar yetkazildiMaktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Samarqand viloyatidagi 897 ta davlat-xususiy sheriklik (DXSH) va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 10 turdagi o‘quv-metodik qo‘llanmalar hamda didaktik materiallar yetkazib berildi.🗣Mazkur materiallar bolajonlarning mantiqiy fikrlashi, idrok etish qobiliyati, nutqi va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi.Bizni kuzating: Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

    23 Sept, 11:00edited

    #Биз_зўравонликка_қаршимизMaktablarda zo'ravonlikning oldini olish maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan ta'lim muassasalarida “Kelajak soati” darslarida bolalarga “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”, “Xavfsiz hayot”, “Gadjetlar va men” kabi mazularda dars ishlanmalari hamda videokontentlar tayyorlandi.📊 2025-2026 o‘quv yilining noyabr-dekabr oylarida ta’lim tashkilotlarida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” kampaniyasi doirasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” tadbirini o‘tkazildi. 2026-yilning 16-25-yanvar kunlari o‘quvchilarga nisbatan turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlik holatlarini aniqlash bo‘yicha anonim so‘rovnoma ishlab chiqilib, o‘tkazildi. O‘tkazilgan mazkur so‘rovnomada jami 685 179 nafar 7-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi va so‘rovnoma natijalari tahlil qilindi.🔹Shuningdek, maktab psixologi ish rejasiga SEL va hayotiy ko‘nikmalar kiritildi. Bu esa o‘quvchilarda o‘z his-tuyg‘ularini boshqarish, empatiya, muloqot va nizolarni tinch hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirib, zo‘ravonlikka olib keluvchi xulq-atvorlarning oldini olishga yordam beradi.🌐 BATAFSIL VIDEOLAVHADA.🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni kuzating Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
    12,900videoOpen in Telegram
  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

    23 Sept, 10:24

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi “Ipak yoʻli” sanoat zonasi hududida tashkil etilgan texnikum faoliyati bilan tanishdi.Mamlakatimizda yangi sanoat korxonalarini ishga tushirish bilan bir qatorda ular uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga ham ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bunda taʼlim jarayonini ishlab chiqarish bilan uzviy bogʻlash muhim oʻrin tutadi.“Andijon-Huanya” xalqaro texnikumi ana shu maqsadda tashkil etilgan. Texnikum “Ipak yoʻli” hududidagi toʻqimachilik, mashinasozlik, elektrotexnika va boshqa yuqori texnologiyali korxonalar uchun talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda mutaxassislar tayyorlaydi.Loyihaning umumiy qiymati 15 million dollarni tashkil etib, toʻliq xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirildi. Natijada 150 ta yangi ish oʻrni yaratildi.Toʻrt gektar maydonda 5 ming nafar oʻquvchiga moʻljallangan zamonaviy oʻquv binosi qurib bitkazildi. Keyingi bosqichda yotoqxona, laboratoriya binosi, sport maydonchasi, oshxona va yashil hudud barpo qilinadi.Muassasada dual taʼlim tizimi joriy etilgan. Oʻquvchilar nazariy bilimlarni texnikumda egallab, amaliyotni sanoat zonasidagi yirik korxonalarda oʻtaydi. Shu tariqa ular oʻqish davridayoq ishlab chiqarish jarayoni, zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan yaqindan tanishadi.Texnikum joriy yil iyun oyida ishga tushirildi. Hozirda bu yerda 210 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. 2030-yilga qadar yillik qabulni 1 ming 800 nafarga, oʻquvchilarning umumiy sonini esa 4 ming nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarining soni 20 tagacha koʻpaytiriladi.Prezidentimiz texnikumda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, yoshlar va investor bilan suhbatlashdi.Bizni kuzating Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
    Image from a post by Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiImage from a post by Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiImage from a post by Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiImage from a post by Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

    23 Sept, 09:27edited

    #Toshkent_viloyati #Йил_ўқитувчиси"Natijalar chiqqanda "Dada, yutdim" deb telefon qildim..."🔰 "Yil o'qituvchisi" tanlovida Chirchiq shahar 2-sonli umumta’lim maktabining tarbiya fani o‘qituvchisi Tanzilaxon Tursunova g‘oliblar safidan joy olib, 616 million so‘m miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.🔹O‘zim o‘qituvchilar oilasida tug‘ilganman. Maktab faoliyati shundan beri hayotimning ajralmas qismiga aylangan. 🔹2-bosqich natijalari chiqqanda, kechki vaqt bo‘lgandi, ochib qarasam — 1-o‘rinda turibman. Turmush o'rtog'imga "Men 1-o'rinda o‘tibman" dedim… 🔹Tanlov davomida maktabimiz rahbari "Sen o‘zi ajralib turasan-ku, albatta o‘tasan" deb meni qo‘llab-quvvatlab keldi.▶️ Batafsil videolavhadaBizni kuzating Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

    23 Sept, 07:26

    #qonunchilik_hujjatlari📣 Umumtaʼlim maktablarida “Juniors Tennis Initiative” dasturi joriy qilinadi✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentabrdagi “Tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi tegishli qaroriga muvofiq:👉 2027-yil 1-yanvardan boshlab — umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida “Juniors Tennis Initiative” dasturi joriy qilinadi. Bunda dastur doirasida:➖ 1–4-sinf oʻquvchilari uchun jismoniy tarbiya darslarida tennisga qiziqishni shakllantirish boʻyicha boshlangʻich mashgʻulotlar yoʻlga qoʻyiladi;➖ oʻquvchilarning tennisga qiziqishi hamda sport infratuzilmasi mavjudligiga qarab tennis rivojlantiriladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tanlab olinadi;➖ tanlab olingan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tennis boʻyicha sport seksiyalari tashkil etiladi hamda ularning moddiy-texnika bazasi yaxshilanib, sport inventarlari, shu jumladan, “tennis wall” moslamalari bilan Oʻzbekiston tennis federatsiyasi mablagʻlari hisobidan jihozlanadi;➖ mashgʻulotlar tanlab olingan umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti joylashgan hududdagi sport maktabidan jalb etilgan trenerlar tomonidan olib boriladi.👉 Shuningdek, qaror bilan:🔹 Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari gʻoliblari hamda sovrindorlari:🥇oltin medal uchun — 25 000 AQSH dollari; 🥈kumush medal uchun — 12 500 AQSH dollari; 🥉bronza medal uchun — 6 250 AQSH dollari miqdorda bir martalik;🔹 Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar:🥇oltin medal uchun — 10 000 AQSH dollari; 🥈kumush medal uchun — 5 000 AQSH dollari; 🥉bronza medal uchun — 2 500 AQSH dollari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.Bizni kuzating Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
    Image from a post by Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiImage from a post by Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

    23 Sept, 07:06

    🌐 Google bilan hamkorlik yangi bosqichda: O‘zbekistonda AI, raqamli xizmatlar va yangi avlod kadrlari ekotizimi yaratiladiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Google kompaniyasi vitse-prezidenti Karan Bxatiya bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Google o‘rtasidagi texnologik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.💝 Biz so‘nggi yillarda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va raqamli to‘lovlar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirdik. Buning natijasida O‘zbekistonda xalqaro to‘lov tizimlaridan erkin foydalanish uchun keng yo‘l ochilmoqda,- deydi Administratsiya rahbari.❗️ Bugun bu hamkorlik oddiy raqamli xizmatlar doirasidan ancha kengayib, O‘zbekistonning IT salohiyatini oshirish va Markaziy Osiyoda texnologik markaz sifatidagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan strategik yo‘nalishga aylanmoqda.➡️ Bu hamkorlikning eng muhim natijalari quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi:💳 Google Pay O‘zbekistonda ishga tushadi🔷Visa va Mastercard kartalari uchun Google Pay xizmatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.🤖 O‘zbek tili Google Gemini’ga integratsiya qilinadi🔷 Google Cloud Gemini platformasida o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlash mahalliy tildagi AI yechimlarini yaratish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. BigQuery va Dataplex kabi texnologiyalar esa iqtisodiyot tarmoqlarida katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha pilot loyihalarda qo‘llaniladi.🛡 Kiberxavfsizlik va raqamli kadrlar🔷 Google texnologiyalari asosida milliy kiberxavfsizlik yo‘nalishida mutaxassislar salohiyatini oshirish, yangi o‘quv dasturlari va xalqaro sertifikatlash imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.🎓 O‘zbekiston kadrlari Google ekotizimiga kirib bormoqda🔷 Coursera orqali Google’ning «Inson + AI» kurslarida 737 mingdan ziyod foydalanuvchi ta’lim olgan va sertifikatlarga ega bo‘lgan. Shuningdek, har yili 25 nafar talabani Google ofislarida stajirovkaga yuborish rejalashtirilgan.Eng muhimi, hamkorlik startaplarni qo‘llab-quvvatlash, xakatonlar o‘tkazish, ta’lim va AI bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash orqali mahalliy IT ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan.🧊 Google bilan hamkorlikning yangi bosqichi O‘zbekistonda texnologiyani shunchaki iste’mol qilishdan uni yaratish, moslashtirish va eksport qilishga o‘tish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.Kompaniya bilan juda ko‘p yo‘nalishda hamkorlik qilish imkoniyati bor. Oldimizda esa katta va muhim vazifalar turibdi,- deb ta'kidladi S.Mirziyoyeva.
    Image from a post by Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiImage from a post by Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiImage from a post by Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiImage from a post by Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

    23 Sept, 05:33edited

    #Йил_ўқитувчиси“O‘qituvchi 616 mln so‘mni umri davomida ishlab topa olmasligi mumkin...” 28 yildan beri yosh avlodga ta'lim va tarbiya berib kelayotgan Shayxontohur tumani, 169-maktab o‘zbek tili fani o‘qituvchisi Baxtiyor Bo‘kayev "Yil o‘qituvchisi" tanlovi g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Ushbu videoda uning ustozlik yo‘li, o‘quvchi va hamkasblarining u haqidagi fikrlariga quloq tutdik.➖“Bu xushxabarni eshitganda maktabimiz jamoasi bilan juda quvondik. Bu inson haqiqatdan ham bu mukofotga loyiq” ➖“Ustoz biz bilan xuddi otamizdek gaplashadilar...” ➖“Oyligimiz 15 kunlik oila byudjetiga ham yetmagan vaqtlar bo‘lgan... Lekin, o‘quvchilarga bo‘lgan mehr, sohaga bo‘lgan qiziqish meni ushlab turdi”#Toshkent_shahri🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni kuzating Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
    12,300videoOpen in Telegram
  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

    22 Sept, 14:40

    #Namangan #Йил_ўқитувчиси"Sovrini bunchalik katta bo‘lgan tanlovni birinchi marta ko‘rishim!" "Yil o‘qituvchisi" tanlovi nafaqat ustozlarni, balki ularning yaqinlarini ham behad quvontirdi.🔹 16 yildan buyon yosh avlodga ta’lim va tarbiya berib kelayotgan Chortoq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Ra’no Nosirovaning ota-onasi bilan suhbatlashdik.Darvoqe, ustozning 70 nafar o‘quvchisi kimyo fanidan Milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan. Yuzdan ziyod shogirdi esa mamlakatimiz va xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda. Shuningdek, u Milliy sertifikat hamda 70 foizlik ustama sohibasi. Bu haqida VIDEOLAVHAda.Bizni kuzating Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube
  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

    22 Sept, 13:38edited

    #Kasbiy_mahorat_yetakchisi_tanlovi📣 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan joriy etilgan "Kasbiy mahorat yetakchisi" tanlovi g‘olibi aniqlandiGʻolib 616 mln soʻm miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi✅ Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga koʻra, joriy yilning sentabr oyida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovi tashkil etildi.➖ Unda hududlardagi Pedagogik mahorat markazlari direktorlari ishtirok etdi hamda ularning kasbiy faoliyati belgilangan mezonlar asosida baholandi.📊 Tanlovning dastlabki bosqichida maxsus Ishchi guruh aʼzolari tomonidan ishtirokchilarning faoliyat natijalari toʻrtta yoʻnalish boʻyicha tahlil qilindi. Xususan:➡️nomzodlarning oʻz hududida taʼlim sifatini oshirish; ➡️Pedagogik mahorat markazlarida
    Image from a post by Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiImage from a post by Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

    22 Sept, 12:32edited

    #Samarqand #Maktabgacha_taʼlimMTT guruh xonalarida 5 ta rivojlanish markazini tashkil etish bo’yicha namunaviy video yo’riqnoma ishlab chiqildi🔹Unda quyidagi markazlarni tashkil etish, jihozlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi:➡️Qurish, konstruksiyalash va matematika; ➡️Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish; ➡️Til va nutq; ➡️Fan va tabiat; ➡️San’at.❗️Muhim! Video yo‘riqnoma tavsiyaviy xususiyatga ega. MTT pedagoglari “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturi, bolalarning ehtiyojlari, guruh xonasi imkoniyatlari va mavjud resurslardan kelib chiqib, rivojlanish markazlarini ijodiy tashkil etishlari mumkin.
  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

    22 Sept, 11:33edited

    #Andijon #Yil_oʻqituvchisi "Ilk bora o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovida birinchi qaldirg‘ochlaridan bo‘lib yutganim bir quvonch, mukofot pullari esa yana bir quvonch keltirdi..."Ustozning haqiqiy mahorati nafaqat bilim berish, balki har bir o‘quvchining qalbiga yo‘l topish va uning qobiliyatini yuzaga chiqarishda namoyon bo‘ladi. Buning uchun esa pedagogdan doimiy izlanish talab etiladi.“Yil o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining Andijon viloyati, Jalaquduq tumani bosqichi g‘olibi bo‘lgan qahramonimiz kasbiga bo‘lgan mehri, o‘quvchilari bilan ishlash tajribasi, tanlovdagi ishtiroki, g‘oliblik quvonchi bilan o‘rtoqlashdi.🔹 Maxmudaxon Jumaqulova — Andijon viloyati, Jalaquduq tumani 20-sonli maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiBizni kuzating Telegram 🌐 Facebook
  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

    22 Sept, 09:01edited

    #Qashqadaryo #Bayram_shukuhi📊 24 nafar pedagog 1000$ dan ortiq maosh olib kelayotgan maktabdan reportaj “Biz “Ustozlar kuni” bayramini paxta dalalarida kutib olardik...” — deydi Dehqonobod tumanidagi 70-sonli umumta’lim maktabi ustozlari.Bugungi kunda esa maktabdagi 24 nafar pedagog turli fan sertifikatlari va oliy toifaga ega bo‘lib, 1000 AQSH dollari va undan ortiq oylik maosh olib kelishmoqda.🔹 O‘tgan o‘quv yilida maktab o‘quvchilari 200 dan ortiq sertifikatni qo‘lga kiritdi, 15 nafar bitiruvchi esa oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin talaba bo‘ldi.🌐 Bu haqida VIDEOLAVHAda.Bizni kuzating Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram
  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

    22 Sept, 06:08edited

    #Videoinfografika #Jihozlash📊 2026-yil davomida umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zarur mebel va jihozlar bilan ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar VIDEOINFOGRAFIKAda.🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni kuzating Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
    10,500videoOpen in Telegram
  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

    22 Sept, 03:00

    🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni
    Image from a post by Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiImage from a post by Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiImage from a post by Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiImage from a post by Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

    21 Sept, 16:26

    #Йил_ўқитувчисиO‘quvchilar mehrini qozongan ustozUstozning mahorati bolani darsga jalb eta olishida, murakkab mavzuni tushunarli yetkazishida, har bir o‘quvchining imkoniyatini yuzaga chiqarishida namoyon bo‘ladi. Bunday natijaga erishish pedagogdan o‘zi ham o‘rganishdan to‘xtamaslikni, har bir darsga puxta tayyorlanishni talab etadi.“Yil o‘qituvchisi” tanlovida g‘olib bo‘lgan qahramonimiz faoliyatida shu talabchanlik va izlanish mujassam. Ushbu videoda ustozning kasbiga sadoqati, bolalar bilan ishlash uslubi va g‘alabaga olib kelgan mehnati haqida so‘z boradi.Abduqodirova Dilshodabonu — Toshkent shahri Mirobod tumani bo‘yicha “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni
    12,800videoOpen in Telegram
  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

    21 Sept, 12:59

    #KelajakMarkazlari #JadidlarIzidan"Jadidlar izidan" tanlovi yana Siz bilan!🤐 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak” markazi tomonidan oʻtkaziladigan “Jadidlar izidan” respublika ko‘rik-tanlovining uchinchi mavsumi boshlanmoqda!🔹 Tanlov ikki yosh toifasida 6-8 hamda 9-10-sinf o‘quvchilari oʻrtasida o‘tkaziladi.🔗 Ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish: 6-8-sinf 9-10-sinf▪️ Arizalar 15-oktabrgacha qabul qilinadi. Eslatib oʻtamiz, Respublika bosqichi g’oliblari xorijga ta'lim sayohati va oliy ta'lim muassasalarining kasbiy (ijodiy) imtihonida soha bo‘yicha eng yuqori ball olish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.👉 Tanlov NIZOMI bilan tanishing.Jadi
    50,800videoOpen in Telegram
  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

    21 Sept, 11:29

    ✅ Davlatimiz rahbarining 2026-yil 11-fevraldagi tegishli qaroriga muvofiq, joriy oʻquv yilidan boshlab mamlakatimizning 28 ta tuman (shahar)idagi belgilangan 84 ta umumtaʼlim maktabida “Mohirlik va biznes soatlari” mashgʻulotlari oʻtilmoqda. Bunda oʻquvchilar startap gʻoyalarni shakllantirish, biznes loyihalar ishlab chiqish hamda innovatsion fikrlash va tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishadi.➖ Mashgʻulotlarga Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislari jalb etilgan hamda bunda oʻquvchilarga oʻz gʻoyalarini amaliy loyihaga aylantirish boʻyicha koʻnikmalar berib borilmoqda.🔹 Shuningdek, oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, muammolarga
    Image from a post by Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiImage from a post by Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiImage from a post by Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiImage from a post by Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

    21 Sept, 10:02

    #Kelajak_soati_haqida Bugun barcha maktablarda dars soatlari “Kelajak soati” bilan boshlandi🔴 Navbatdagi “Kelajak soati” darsi "Men O‘zbekistonlikman” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilar “Vatanimning so‘lim go‘shalari” mavzusida loyiha ishlarini taqdim etdilar.Dars davomida bolajonlar yurtimizning betakror tabiati, go‘zal maskanlari va diqqatga sazovor joylari haqida o‘z bilimlarini namoyish etishdi.📍Videolavhada Samarqand shahridagi 16-umumta’lim maktabidagi dars jarayonlari aks etgan.Bizni kuzating Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
    10,300videoOpen in Telegram
  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

    21 Sept, 08:30

    #Диққат_эълон✅ O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 2027-2028-o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi.❗️Joriy yilning 5-sentabridan 5-oktabriga qadar nomzodlar www.dxxtmhal.uz sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali ariza topshirishlari mumkin.Bizni kuzating Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
    49,300videoOpen in Telegram