Latest posts

O‘zJOKU | Rasmiy
22 Sept, 18:12
PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA — 30 FOIZ CHEGIRMA!2026/2027-o‘quv yilidan boshlab pedagoglarning davlat oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan farzandlariga kontrakt to‘lovining 30 foizi miqdorida chegirma beriladi.Agar pedagogning bir nechta farzandi kontrakt asosida tahsil olsa, ularning har biri uchun alohida 30 foiz chegirma qo‘llanadi.📌 Chegirmadan foydalanish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza berish lozim. Ariza ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.❌Chegirma quyidagi holatlarga tatbiq etilmaydi: — nodavlat oliy ta’lim muassasalariga; — harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalariga; — kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllariga; — tabaqalashtirilgan va qo‘shimcha kontrakt to‘lovlariga; — ayrim qo‘shma ta’lim dasturlariga.❗️Chegirma har bir o‘quv yili uchun bir marta beriladi. Belgilangan shartlar
O‘zJOKU | Rasmiy
22 Sept, 16:17
forwarded from @sherzodxonqudratxoja
🇲🇾 Bugun Malayziyaning poytaxti Kuala-Lumpur shahrida UCSI University rahbariyati bilan muzokaralar olib bordik.Uchrashuv yakunida taʼlim va ilmiy soha boʻyicha uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻydik.UCSI University — QS World University Rankings 2026da TOP 269 oʻrinni egallagan, 120 dan ortiq mamlakatdan talabalarni qabul qiladigan nufuzli universitet.🤝 Kelishilgan yoʻnalishlar: • Xalqaro taʼlim grantlari • Akademik almashinuv dasturlari • Qoʻshma taʼlim va ilmiy loyihalarBatafsil lavhada ———————————————Sherzodxon Qudratxo'janing ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo'ling:📱 Telegram 📱 Instagram 📱 YouTube 📱 Facebook 📱 Twitter
O‘zJOKU | Rasmiy
22 Sept, 13:52edited
UCSI va O‘zJOKU o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilmoqdaO‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti delegatsiyasi Malayziyaning nufuzli UCSI universitetida bo‘lib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilmoqda.UCSI University — 1986-yilda tashkil etilgan Malayziyaning yetakchi xususiy universitetlaridan biri. UCSI University xalqaro reytinglarda ham yuqori natijalarga ega. QS World University Rankings 2026 reytingida universitet 269-o‘rinni egallagan.Universitetning Kuala-Lumpur, Bandar Springhill va Kuching shaharlarida kampuslari mavjud. Bugungi kunda unda 120 dan ortiq mamlakatdan kelgan talabalar tahsil oladi. Universitet 150 dan ziyod bakalavriat va magistratura dasturlarini taklif etadi.Mazkur tashrif O‘zJOKUning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish
O‘zJOKU | Rasmiy
22 Sept, 11:27edited
❗️❗️❗️❗️❗️“Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar va yozma mulohazalar” tanloviga start berildi!Tanlovning asosiy maqsadi — jadidchilik harakati va qatag‘on qurbonlarining hayoti hamda faoliyatini chuqur o‘rganish, ularning mamlakatimiz taraqqiyoti, ilm-fan, ta’lim va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissini keng targ‘ib etish, talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mustaqil fikrlash va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.👥 TANLOVDA KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN? Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan barcha talabalar tanlovda ishtirok etishlari mumkin.📝 TANLOV UCHUN ISHLARGA
O‘zJOKU | Rasmiy
22 Sept, 10:51
forwarded from @uzjoku_jms
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💟💟💟🔴🔴🔴💙💙💙 🔴Oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida bo'lib o'tadigan sport musobaqalarida ishtirok etish uchun 5tashabbus.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tishga, start berildi. Barcha talaba-yoshlarimizni ushbu sport musobaqlarida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz. Barcha eng so'ngi ma'lumotlarni bizning https://t.me/UzJOKU_JMS kanalida kuzatib boring. 💙
O‘zJOKU | Rasmiy
22 Sept, 08:09edited
O’zJOKU delegatsiyasi Malayziyaning UCSI universitetida!Ayni kunlarda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti delegatsiyasi Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — UCSI Universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida Kuala-Lumpur shahrida.UCSI University — QS World University Rankings 2026 reytingida universitet 269-o‘rinni egallagan, xalqaro ta’lim muhitiga ega bo‘lgan universitetlardan biri bo‘lib, dunyoning 120 dan ortiq mamlakatidan talabalarni qabul qiladi. Universitetning asosiy kampusi Kuala-Lumpur shahrida joylashgan.📚Universitetda bakalavriat va magistratura bosqichlarida IT va kompyuter texnologiyalari; biznes va menejment, muhandislik, tibbiyot, farmatsevtika, arxitektura, turizm, musiqa, san’at va dizayn kabi yo‘nalishlarda ta’lim beriladi.
O‘zJOKU | Rasmiy
22 Sept, 07:29
forwarded from @sherzodxonqudratxoja
Biz Malayziyaning poytaxti Kuala-Lumpur shahridamiz!Bu safarimizning asosiy maqsadi — Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan UCSI University bilan o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish.🇲🇾 UCSI University — Malayziyaning nufuzli universitetlaridan biri bo‘lib, dunyoning 120 dan ortiq mamlakatidan talabalarni qabul qiladi. Asosiy kampusi Kuala-Lumpur shahrida joylashgan. Universitetda bakalavr va magistratura bosqichlarida 150 dan ortiq ta’lim dasturlari mavjud.📚Asosiy yo‘nalishlar: • Kompyuter savodxonligi & IT • Biznes va menejment • Muhandislik • Tibbiyot • Farmasevtika • Arxitektura • Turizm • Musiqa, san’at va dizaynTa’limning ko‘plab dasturlari ingliz tilida olib boriladi. Talabalar xalqaro muhitda tahsil olish va turli davlatlardan kelgan yoshlar bilan birga o‘qish imkoniyatiga ega.UCSI University xalqaro
O‘zJOKU | Rasmiy
22 Sept, 07:20
forwarded from @eduuz
Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi tanlovi e’lon qilindiMilliy statistika qo‘mitasi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish hamda istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi tanlovini e’lon qildi.🫂 Kimlar ishtirok etishi mumkin? O‘zbekiston hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida kunduzgi ta’lim shaklida, bakalavriatning 4-bosqichi va magistraturada tahsil olayotgan, quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar: ➡️statistika ➡️iqtisodiyot ➡️moliya ➡️axborot texnologiyalari ➡️ma’lumotlar ilmi va tahlili (Data Science & Analytics)📊 Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:
O‘zJOKU | Rasmiy
22 Sept, 06:47edited
MAGISTRATURAGA QO'SHIMCHA QABUL OCHILDI!O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Magistratura bosqichiga qo'shimcha qabul ochilganini e’lon qiladi!📝 Talabgorlar o'z arizalarini Universitetning Magistratura bo'limiga topshirishlari kerak bo'ladi!❗️MUHIM: Davlat OTMlari magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.❗️ESLATMA: Qo'shimcha qabul asosida o'qishga qabul qilingan xotin-qizlarning kontrakt-to'lovlari davlat tomonidan qoplab berilmaydi!🏢 Qo'shimcha savollar va murojaat uchun: O'zJOKU asosiy bino 008-xona — Magistratura bo'limi📞 Tel: +998 (91)190-93-59 ———————————————😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
O‘zJOKU | Rasmiy
21 Sept, 14:55
forwarded from @eduuz
♟G‘ALABA MUBORAK!🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi 🇮🇳Hindiston ustidan g‘alaba qozondi va Shaxmat olimpiadasida yakkapeshqadam bo‘lib oldi!Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov hamda Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarida durang o‘ynadi.Barchasi Nodirbek Yakubbayev hamda Nihol Sarin o‘rtasidagi jangda hal bo‘ldi. Qiyin vaziyatda qolgan Nodirbek raqibiga tuzoq qo‘yib, g‘alabani ilib ketdi!Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
O‘zJOKU | Rasmiy
21 Sept, 14:21
forwarded from @sherzodxonqudratxoja
O'ZJOKU delegatsiyasi MALAYZIYADA!O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti delegatsiyasi TOP 260-o'rindagi Malayziyaning nufuzli UCSI universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish uchun Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida!Yangiliklar bilan ulashib boramiz, kuzatishda davom eting! ———————————————Sherzodxon Qudratxo'janing ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo'ling:📱 Telegram 📱 Instagram 📱 YouTube 📱 Facebook 📱 Twitter
O‘zJOKU | Rasmiy
21 Sept, 14:08
forwarded from @eduuz
#7_MilliyDasturMustaqillik — o‘z yo‘lingni tanlash imkoniyatiKimdir o‘z mahorati bilan dasturxonimizga fayz kiritadi, kimdir zamonaviy texnologiyalar orqali yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etadi. Yana kimdir ijodi, mehnati va kasbiy mahorati bilan insonlar hayotiga go‘zallik baxsh etadi.🎥 Bugun turli kasb egalarining mustaqillikning inson hayotidagi o‘rni, yaratgan imkoniyatlari va kelajak haqidagi fikrlarini tinglaymiz.🇺🇿 Mustaqil yurtimizda o‘z kasbimiz bilan kelajakni birga yaratamiz!Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
O‘zJOKU | Rasmiy
21 Sept, 12:08edited
Jurnalistika fakulteti 1-bosqich guruh sardorlarining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor bilan ochiq muloqotidan videolavha! ———————————————😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
O‘zJOKU | Rasmiy
21 Sept, 12:07
O‘zJOKUda 1-bosqich guruh sardorlari bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdiO’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Jurnalistika fakulteti 1-bosqich guruh sardorlari bilan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sanjarbek Rashidov ochiq muloqot o’tkazdi.Suhbat davomida guruh sardorlarining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, talabalar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning taklif va murojaatlarini o‘rganish hamda fakultet hayotida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ———————————————😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
O‘zJOKU | Rasmiy
20 Sept, 08:22edited
KINO KECHASI💠O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talabalar uchun kino kechasi tashkil etildi.🎞Kechki dastur davomida talabalar birgalikda “Zabonabog’im” nomli qozoq filmini tomosha qilib, do‘stlar davrasida maroqli vaqt o‘tkazdilar. Samimiy muhit va ko‘tarinki kayfiyatga boy kecha talabalarda unutilmas taassurotlar qoldirdi. ———————————————😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
O‘zJOKU | Rasmiy
20 Sept, 07:03edited
Raxmanov Said Ibodullayevichning ilmiy dissertatsiya ishi himoyasidan videolavha! ———————————————😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
O‘zJOKU | Rasmiy
20 Sept, 06:57
Ilmiy dissertatsiya ishi himoyasiO'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12 raqamli Ilmiy kengashning majlisida navbatdagi PhD dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.Raxmanov Said Ibodullayevichning 10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi bo'yicha “O‘zbekiston internet va bosma nashrlarida paxta-to‘qimachilik mavzusining yoritilishi: yondashuvlar, muammo va yechimlar” mavzusida filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi muvaffaqqiyatli bo'lib o'tdi. ———————————————😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
O‘zJOKU | Rasmiy
19 Sept, 15:49edited
Chet ellik talabalar o‘rtasida O‘zbek tili olimpiadasi e'lon qilinadi!O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida tahsil olayotgan barcha chet ellik talabalarni o‘zbek tilidan o‘tkaziladigan Respublika olimpiadasiga taklif etamiz.Olimpiada o‘zbek tili bo‘yicha bilimingizni namoyon etish, iqtidoringizni ko‘rsatish va munosib taqdirlanish uchun ajoyib imkoniyat!💠Universitet bosqichida ishtirok etish uchun arizalar 24-sentabrga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan qabul qilinadi.🏆 Saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan 3 nafar talaba respublika bosqichiga yo‘llanma oladi.Olimpiada shartlari, bosqichlari hamda ishtirok etish tartibi bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin: 📎 Olimpiada Nizomi bilan tanishing!Ro‘yxatdan o‘tish va ma'lumot uchun: @blessed_1707 ———————————————
O‘zJOKU | Rasmiy
19 Sept, 14:46edited
UNITED STARS - GALA KONSERT!O‘zbekiston va Qozog‘istonning mashhur yulduzlari bir sahnada!Sahnada: Kayrat Nurtas Qarakesek Xamdam Sobirov Rayxon Ummon GuruhiBoshlovchi: mashhur bloger-DILI.MEBosh homiy: MEXNAT BESHBARMOQ №125-sentabr 19:00 HUMO ARENA
O‘zJOKU | Rasmiy
19 Sept, 14:20edited
O‘zJOKUda Andijon viloyati tumanlari matbuot kotiblari uchun tashkil etilgan ikki kunlik o‘quv kursidan videolavha! ———————————————😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
