Latest posts

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
23 Sept, 17:44edited
📷 Kun fotosiBizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook


O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
23 Sept, 17:26edited
🇺🇿Andijonliklar Prezidentimizni ochiq chehralar va ezgu tilaklar bilan kutib oldilar.Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
23 Sept, 17:25
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining Oʻrikzor mahallasida tashkil etilgan gastronomik turizm koʻchasi bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari koʻcha boʻylab sayr davomida aholi bilan ko‘rishdi.#Mirziyoyev #tashrif #Andijon #bunyodkorlikBizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook




O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
23 Sept, 15:16edited
✈️Andijonda oqshom cho‘kdi. Amir Temur ko’chasida o‘zgacha shukuh!Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
23 Sept, 12:43
#Obodlik⚡️Mahalla o‘zgarsa, hayot o‘zgaradi: Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumani, "Beshboy" mahallasiBizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
23 Sept, 08:06
✈️Bir paytlar geografik jihatdan eksklav hudud sifatida imkoniyatlari cheklangan So‘x tumani bugun yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbuslari asosida hududning betakror tabiati va mavjud salohiyatidan samarali foydalanilib, So‘x zamonaviy ekoturizm maskaniga aylantirilmoqda.Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
23 Sept, 07:49
#Tajriba_almashinuvi🌍 Mahalla tajribasi Qozog‘iston delegatsiyasi e’tiboridaQozog‘iston Respublikasining turli soha mas’ullari va hudud rahbarlaridan iborat delegatsiya kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish borasida Toshkent viloyati tajribasini o‘rganish maqsadida O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq va Qibray tumanlariga tashrif buyurdi.Tashrif davomida ushbu hududlardagi mahallalarda savdo-xizmat ko‘rsatish, mebel ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash loyihalari, ijtimoiy soha obyektlari, mahallalardagi “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulot yetishtirayotgan tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi.Shuningdek, mahalla imkoniyatlaridan samarali foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari va barqaror daromad manbalarini yaratish masalalari yuzasidan fikr va tajriba almashildi. Qozog‘iston delegatsiyasi vakillari o‘z hududlaridagi ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashib, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook




O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
23 Sept, 07:36
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Eco Cotton” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.Shu yerning o‘zida Davlatimiz Rahbariga viloyatda yoshlar bilan ishlash, ularni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish hamda bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va rejalar to‘g‘risida axborot berildi.#Mirziyoyev #tashrif #Andijon #korxonaBizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook




O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
22 Sept, 14:45
Hashar yo‘li bilan piyodalar yo‘lakchasi bunyod etilmoqda✈️Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi “Qoraqo‘yli” mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz piyoda qatnovini ta’minlash maqsadida 1,5 kilometr uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasi barpo etilmoqda. Qoraqo‘yli-1, Qoraqo‘yli-2 hamda Nurafshon ko‘chalarini o‘zaro bog‘lovchi mazkur yo‘lakcha, ayniqsa, maktab yoshidagi bolalarning qatnovi uchun qulay sharoit yaratadi.🔍Loyiha Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda. Qurilish ishlari hashar yo‘li bilan mahalla raisi va faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Mazkur tashabbus mahalla infratuzilmasini yaxshilash va hudud obodonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.Bizning sahifalarimiz:




O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
22 Sept, 11:21
⚡️Aholini ommaviy sportga keng jalb qilish, jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida Xorazm viloyatida “5000 qadam” yurish marafoni o'tkazildi.Marafonda mahalla aholisi, yoshlar va nuroniylar, korxona hamda tashkilot xodimlari birdamlikda faol ishtirok etdi.Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook




O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
22 Sept, 11:02
forwarded from @mintrans_uz
#SOʻROVNOMA🚌 Toshkent shahri jamoat transporti xizmati sifatini baholash bo‘yicha aholi so‘rovnomasiHurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! So‘nggi yillarda Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini rivojlantirish, yangi avtobus va elektrobuslar olib kelish hamda yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.📊Transport vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda ushbu o‘zgarishlarni baholash va xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida mazkur so‘rovnomani o‘tkazmoqda.✔️Sizning fikringiz biz uchun muhim!Toshkent shahar jamoat transporti xizmatlariga befarq bo'lmagan yurtdoshlarimizdan ushbu so'rovnomada ishtirok etishlarini so'rab qolamiz.


O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
22 Sept, 10:11
#Sayyor_qabul⚡️Aholi muammolariga yechim izlandiMahallalarda fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va joyida bartaraf etish maqsadida kuni kecha O'zbekiston mahallalari uyushmasi hamda Chinoz tumani hokimligi mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.Qabulda 100 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etdi. Muloqot davomida ko‘tarilgan masalalarning aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan qolgan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook




O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
22 Sept, 07:14
#Mahallada_sport⚡️Mahallalarda aholi salomatligiga katta e'tibor qaratilmoqdaAholi salomatligini mustahkamlash, jismoniy faollikni oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida mahallalarda muntazam ravishda turli sport tadbirlari tashkil etib kelinmoqda. Bunday loyihalar yoshu qari o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ommaviy sportni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Xususan, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ham ana shunday tadbirlardan biri o‘tkazildi. Mahalliy aholi vakillarini birlashtirgan ushbu sport harakati “Sog‘lom ona — sog‘lom jamiyat bunyodkori” shiori ostida tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar turli jismoniy mashqlar va sport musobaqalarida faol qatnashib, o‘zlarining chaqqonlik hamda matonatlarini namoyish etdilar.Bizning sahifalarimiz:




O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
22 Sept, 06:21
#Mahalla_drayveri🌳Kichik tomorqadan katta daromadFarg'onalik o‘qituvchi yosh avlodga ta’lim berish bilan bir qatorda tomorqachilikni ham kasb qilib, xorijdan keltirilgan noyob gullarni yetishtirishni yo'lga qo'ygan. U bugun ushbu faoliyat ortidan yiliga 250–300 million so‘mgacha daromad topmoqda.Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
21 Sept, 07:37
🔍Mahalla ko‘magida hayotga qaytgan insonUchko‘prik tumanidagi “Puchug‘oy” mahallasida istiqomat qiluvchi Shavkat Sultonovning hayotida davlat ko‘magi yangi sahifa ochdi. Og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqaroning muammosi mahalla tomonidan o‘rganilib, uni qo‘llab-quvvatlash va hayotga qaytarish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.Eng muhimi, Shavkat Sultonov va uning oilasi istiqomat qilib kelayotgan xonadon ta’mirlanib, yashash uchun munosib sharoit yaratildi.Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
21 Sept, 04:25
📚O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazining loyihasiO‘zbekiston xalq shoiri OYDIN HOJIYEVA to'g'rida ma'lumot va asarlarining namunalari bilan tanishishni tavsiya etamiz. Ziyouz.uz portaliga minnatdorlik bildiramiz.Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook


O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
20 Sept, 11:11
forwarded from @samarqandvmahallauyushmasi
🌿 “YASHIL VA YORUG‘ MAHALLA”Mahallamizni birgalikda yashil va yorug‘ maskanga aylantiraylik!Yangi loyihada faol ishtirok eting va mahallangiz ravnaqiga o‘z hissangizni qo‘shing!Yangi tashabbus — yangi imkoniyat!📲 Kanalimizni kuzatib boring: @samarqandvmahallauyushmasi


O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
20 Sept, 08:00
🔍Nimaga “Ahil” mahallasi tanlandi?Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
20 Sept, 05:55
🔍Nukusda zamonaviy shahar muhiti: 24/7 ko‘chalarBizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
19 Sept, 14:56
🌍 "Mahallaning piru badavlati" ko'rsatuvining navbatdagi soni🔍 https://www.youtube.com/watch?v=vv3YivrIYYc#Mahallalaruyushmasi #tomosha_qilingBizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱FacebookYouTube"Mahallaning piru badavlati". 19.09.2026Enjoy the videos and music you love, upload original content, and share it all with friends, family, and the world on YouTube.
Links
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
