gram news
O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti channel avatar

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

@uzswlu_mmb

O'zDJTU Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi kanali

ProjectsUZOther

3,940subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

    22 Sept, 17:05

    forwarded from @rgffaculty

    🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori L.Raxmatullayeva tomonidan ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olindi.Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari va xavfsizligi o‘rganilib, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish hamda giyohvandlikning salbiy oqibatlari va undan saqlanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.Shuningdek, talabalarga xavfsiz va sog‘lom muhitda yashash, hushyorlik va mas’uliyatni oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
  • O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

    22 Sept, 15:01

    🎨 TALABALAR BILAN MADANIY-MA’RIFIY TASHRIFO‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakultetining FRUS 2606, FRUS 2607 va FRUS 2608-guruh talabalari Hozirgi zamon rus tili kafedrasi katta o‘qituvchisi E.S. Velishayeva rahbarligida Toshkent shahrining qator madaniy maskanlariga tashrif buyurdilar.📸 Talabalar dastlab Amir Temur xiyobonida bo‘lib, so‘ngra Toshkent Fotosuratlar uyiga tashrif buyurdilar. Bu yerda samarqandlik rassom Ramiz Xo‘jayevning “Yovvoyi raqslar” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdilar.🖼 Ko‘rgazma talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, san’at asarlari bilan tanishish jarayoni ijodiy muhitda davom etdi. Talabalar fortepianoda kuylar ijro etib, qo‘shiq kuylab, raqsga tushib, o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini ham namoyon etdilar.🏛 Shundan so‘ng talabalar hiyobonda sayrni davom ettirib, mahalliy rassomlar va hunarmandlarning ijod
    337311Open in Telegram
  • O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

    22 Sept, 13:16

    🏡 IJARADA YASHAYOTGAN TALABALAR BILAN UCHRASHUVRus filologiyasi fakulteti tyutori S. To‘rayeva tomonidan Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasida yashayotgan 25-10-guruh talaba-qizlarining ijara xonadoniga tashrif amalga oshirildi.🔎 Tashrif davomida, avvalo, talaba-qizlarning yashash va maishiy sharoitlari, xonadondagi qulayliklar hamda kundalik ehtiyojlari o‘rganildi. Talabalarning o‘qish jarayonini samarali tashkil etishi uchun zarur sharoitlarning mavjudligiga ham e’tibor qaratildi.🌿 Shuningdek, xonadon joylashgan hududning umumiy holati bilan tanishilib, uning tinchligi, obodonligi va yashash uchun qulayligiga e’tibor qaratildi.👩‍🎓 Suhbat davomida talaba-qizlarning ijara sharoitida mustaqil yashash jarayoni, o‘zaro munosabatlari va kundalik hayotida yuzaga kelayotgan masalalar haqida fikr almashildi. Ularga xonadonda ozodalikni saqlash, xavfsizlik choralariga amal qilish
    336311Open in Telegram
  • O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

    22 Sept, 12:51

    forwarded from @xalqarojurnalistika_fakulteti

    Xalqaro jurnalistika fakultetida yoshlar o'rtasida jaholatga qarshi ma'rifat g'oyalarini keng targ'ib etish, sog'lom diniy-ma'rifiy yoqarashni shakllantirish, turli yot va buzg'unchi g'oyalaring oldini olish maqsadida davra suhbati o'tkazildi.​Fakultet dekani A.Matyakubov hamda dekan muovini D.Xoshimova boshchiligida tashkil etilgan ushbu davra suhbatiga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi maslahatchisi – Axborot xizmati rahbari, “Shuhrat” medali sohibi va dinshunos olim Marupov Ilhomjon Islomovich mehmon bo‘ldi.​✨ Suhbat davomida nimalar haqida so‘z bordi? ​Axborot xavfsizligi va xolislik: Zamonaviy media makonida to‘g‘ri va xolis axborot tarqatish, axborot hurujlariga qarshi immunitetni shakllantirish, ​dinshunoslik va jurnalistika etikasi, diniy-ma’rifiy mavzularni yoritishda jurnalist mas’uliyati va nozik jihatlar.​Amaliy tajriba: Matbuot xizmatlari faoliyati, OAV va davlat
  • O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

    22 Sept, 12:51

    forwarded from @xalqarojurnalistika_fakulteti

    🌐 “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildiO‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Xalqaro jurnalistika fakultetida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasining mazmun-mohiyati va imkoniyatlariga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.Tadbir fakultet dekan muovini D. Xoshimova boshchiligida o‘tkazilib, unda talabalarga loyiha doirasida yaratilayotgan imkoniyatlar, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarni oshirishning ahamiyati, shuningdek, onlayn ta’lim platformalari orqali sertifikat olish tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.Uchrashuv davomida talaba-yoshlar sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish, zamonaviy raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda loyiha
  • O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

    22 Sept, 12:45

    🇺🇿 MUSTAQILLIK — 35 YIL!🎬 O‘zDJTU Rus filologiyasi fakulteti FRUS 26-03 guruh talabalari tomonidan Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan videorolik. ❤️ Vatan, istiqlol va milliy g‘urur — qalblarimizda! #Mustaqillik35yil #RusFilologiyasi #O‘zDJTU
    282video332Open in Telegram
  • O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

    22 Sept, 12:09

    🏠 TALABALAR TURAR JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDIRus filologiyasi fakulteti tyutori N.A. Safonova tomonidan 2-son talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olindi.🎯 Tashrifning asosiy maqsadi talabalar bilan yaqindan muloqot qilish, ularning yashash sharoitlari bilan tanishish, kundalik hayotida duch kelayotgan muammo va takliflarini o‘rganish hamda zarur tavsiyalar berishdan iborat bo‘ldi.🧹 Tashrif davomida talabalar turar joyidagi xonalarning ozodaligi va tartibliligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishi, ichki tartib-qoidalarga amal qilinishi hamda umumiy foydalanish joylarining holatiga alohida e’tibor qaratildi.🤝 Talabalar bilan suhbat davomida o‘zaro hurmat va hamjihatlikni saqlash, qo‘shnilar bilan ahil munosabatda bo‘lish, turar joy mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish hamda belgilangan tartiblarga rioya qilish yuzasidan
    328111Open in Telegram
  • O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

    22 Sept, 11:45

    forwarded from @second_faculty_official

    ODOB-AXLOQ VA KIYINISH MADANIYATIGA BAG‘ISHLANGAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI📅 Joriy yilning 22-sentyabr sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakultetida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F. ASHUROVA hamda IPMBIB mutaxassisi O. ARTIKOVA hamkorligida 4-BOSQICH TALABALARI ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.Suhbat davomida universitetning odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati, muomala madaniyati, talaba-yoshlarning mas’uliyati hamda ta’lim muassasasida amal qilinishi lozim bo‘lgan tartib-qoidalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.Tadbir davomida talabalarga ma’naviy yetuklik, o‘zaro hurmat, jamoat joylarida o‘zini tutish madaniyati va universitet nufuzini saqlash borasidagi tavsiyalar ham yetkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.Ma